Адрес:
O'zbekiston, Toshkent, Navoiy ko'chasi 40
`$site.phones[0].num_title`
Asalari - hakim dastyori, dexqon - hamkori, hosil - madori !!!
Hurmatli asalarichilar va saytimiz mehmonlari, Siz saytimizdan "Asalarichilik ensiklopediyasi" va "Arizor.uz" axborot almashish tizimi mobil ilovalarini yuklab olishingiz mumkin

CHORVACHILIK TARMOG‘INI YANADA RIVOJLANTIRISH VA QO‘LLAB-QUVVATLASH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

Qarori

Chorvachilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida

Chorvachilik tarmog‘ini jadal rivojlantirish xalqimizni arzon va sifatli go‘sht va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, ayniqsa qishloq joylarida istiqomat qilayotgan fuqarolarning bandligini oshirish va daromadlarini ko‘paytirishda muhim o‘rin tutadi.

Shu bilan birga, hududlardagi ishlarning hozirgi holati mazkur tarmoq korxonalarini qo‘llab-quvvatlash, ozuqa bazasini ko‘paytirish, naslchilikni yaxshilash, shu jumladan sun’iy urug‘lantirishni rivojlantirish va naslchilik xo‘jaliklarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash borasida aniq kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishni taqozo etmoqda.

Xalqimizning chorvachilikni rivojlantirish borasidagi tadbirkorlik tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ushbu tarmoqda ilmiy yondashuvlar va ilg‘or zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish, import o‘rnini bosuvchi va eksportbop chorva mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlashni yanada rag‘batlantirish, pirovardida aholi farovonligini yuksaltirish va daromadlarini ko‘paytirish maqsadida:

1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligining tuman hokimliklari zaxirasidagi lalmi va yaylov yer uchastkalarini chorvachilik fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalariga (keyingi o‘rinlarda — ozuqabop ekinlar yetishtiruvchilar deb yuritiladi) ozuqabop ekinlar yetishtirish, tomchilatib va yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilish majburiyatlari bilan 1-ilovaga muvofiq ajratish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.

2. Ushbu qarorning 1-ilovasiga muvofiq ajratiladigan lalmi va yaylov yer uchastkalarida tomchilatib va yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilish uchun ozuqabop ekinlar yetishtiruvchilarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning quyidagi tartibi o‘rnatilsin:

ozuqabop ekinlar yetishtiruvchilarga mazkur yer uchastkalarida sug‘orish tik quduqlari burg‘ulashga har bir metr chuqurligi uchun 100 ming so‘mdan subsidiya beriladi.

Bunda subsidiya xarajatlari 2019-yilda O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamg‘armasidan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan, 2020-yildan boshlab esa O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat tashkilotlari va boshqa donorlarning kreditlari (qarzlari) va grantlari hisobidan qoplanadi;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ozuqabop ekinlar yetishtiruvchilarga tomchilatib va yomg‘irlatib sug‘orish tizimlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ularning butlovchi qismlarini sotib olish uchun 5 yilgacha muddatga ajratiladigan kreditlarning valyuta turidan qat’i nazar bir gektarga ekvivalenti 20 million so‘mdan oshmaydigan qismi bo‘yicha foiz xarajatlari tijorat banklari tomonidan belgilangan foiz stavkasining 50 foizi miqdorida, biroq kredit stavkasining 10 foizlik punktidan oshmagan miqdorda qoplanadi.

3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda 1-ilovaga muvofiq ajratilayotgan yer uchastkalarida yer osti suv chiqarish uchun sug‘orish tik quduqlari burg‘ulash joylarini aniqlab, ozuqabop ekinlar yetishtiruvchilarni xabardor qilsin.

4. Sug‘orish tik quduqlarini burg‘ulash uchun O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi mazkur quduqlarni burg‘ulash loyihalariga ekologik ekspertiza xulosalari hamda Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi gidrogeologik xulosalar berilishini ta’minlasin.

5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari ozuqabop ekinlar yetishtiruvchilar tomonidan lalmi va yaylov yerlar o‘zlashtirilgan taqdirda, ularga chorva mollarini saqlash (fermalar), shu jumladan energiya manbalari uskunalarini o‘rnatish va ularni kelgusida ekspluatatsiya qilish hamda boshqa turdagi infratuzilma obyektlarini qurish uchun yer uchastkalarini, istisno tariqasida, to‘g‘ridan to‘g‘rituman hokimlarining qarorlari asosida ajratib berilishini ta’minlasin.

6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-martdagi PQ-4231–son “Hududlarda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini tashkil etish jarayonida “Oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash markazlari”ning tavsiyasiga asosan:

chorvachilik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan fuqarolarga ozuqabop ekinlar etishtirish uchun har bir shartli bosh chorva mol uchun 0,5 gektardan tuman hokimliklari zaxirasidagi bo‘sh, lalmi va yaylov yer uchastkalarini 2 yil muddatda haqiqiy daromad manbaiga aylantirish sharti bilan doimiy yoki uzoq muddatli ijaraga bersin;

mazkur fuqarolarga ushbu bandda ko‘rsatilgan tartibda ajratilgan yer uchastkalarida tomchilatib va yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilish hamda naslli chorva moli sotib olish uchun “Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida imtiyozli kreditlar ajratilishida amaliy yordam ko‘rsatsin.

7. Quyidagilar:

2019 — 2021-yillarda ilmiy-tadqiqot institutlari tomonidan ozuqabop ekinlarning birlamchi urug‘larini yetishtirish prognoz hajmlari 2-ilovaga muvofiq;

Xo‘jaliklarning asosiy maydonlarida cho‘l-yaylov ozuqabop ekinlar urug‘larini ekin turlari va navlari bo‘yicha 2019-yilda joylashtirish rejasi 3-ilovaga muvofiq;

Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot institutida cho‘l-yaylov ozuqabop ekinlarining birlamchi urug‘lik maydonlarini barpo etish uchun xarid qilinishi zarur bo‘lgan moddiy-texnika vositalari ro‘yxati 4-ilovaga muvofiq;

ozuqabop ekinlar urug‘larini yetishtiruvchi xo‘jaliklarning yer maydoni hajmlari 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklariga:

bir oy muddatda har bir hududning tuproq-iqlim sharoitlariga mos ravishda ozuqabop ekinlar urug‘lariga bo‘lgan ehtiyojdan kelib chiqqan holda xo‘jaliklarda urug‘lik yetishtirish maydonlari ajratilishini;

ozuqabop ekinlar urug‘larini optimal muddatlarda ekish, parvarish qilish, urug‘ hosilini uyushqoqlik bilan o‘rib-yig‘ib olish tadbirlarining o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazilishini;

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda ozuqabop ekinlar urug‘larini yetishtiruvchi rivojlangan mamlakatlar bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, yangi zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, ilmiy-tadqiqot muassasalari va xo‘jaliklar mutaxassislari malakasini doimiy ravishda oshirib borilishini ta’minlasin.

9. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi:

xo‘jaliklarga sertifikatlangan yuqori sifatli ozuqabop ekinlarning birlamchi urug‘larini yetkazib berishni;

ozuqabop ekinlarning yangi navlari va duragaylarini yaratish, ularning agrotexnologiyalarini takomillashtirish, birlamchi urug‘chilik ishlarini olib borish, superelita va elita urug‘larini yetishtirish, yer tarkibini yaxshilovchi kuchsiz va o‘rta darajada sho‘rlangan tuproq sharoitlariga mos yuqori oqsilli va noan’anaviy (oq lyupin, payza va boshqalar) ozuqabop ekinlarni iqlimlashtirish, seleksiya va urug‘chilik ishlarini olib borish hamda mahalliy sermahsul chorva mollari liniyalari va tiplarini yaratishga qaratilgan fundamental, amaliy va innovatsion loyihalar tanlovlarini doimiy ravishda tashkil etishni ta’minlasin.

10. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi hamda Davlat veterinariya qo‘mitasining sun’iy urug‘lantirish bo‘yicha mavjud tizimni saqlagan holda Qishloq xo‘jaligi vazirligi tarkibidagi “O‘ZNASLCNILIK” davlat korxonasi tomonidan eksperiment tariqasida 2019-yilda Qashqadaryo, Toshkent va Xorazm viloyatlaridagi barcha toifa xo‘jaliklarda naslchilik, shu jumladan sun’iy urug‘lantirish va servis xizmatlari ko‘rsatishni tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.

11. “O‘ZNASLCNILIK” davlat korxonasi tomonidan aholi, fermer, dehqon va shaxsiy yordamchi xo‘jaliklar qaromog‘idagi sigirlarni sun’iy urug‘lantirishni tashkil etish bo‘yicha eksperimentni qo‘llab-quvvatlash va ushbu ishlarning tizimli davom ettirilishini ta’minlash maqsadida:

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “O‘ZNASLCNILIK” davlat korxonasi tomonidan 2019-yilda Qashqadaryo, Toshkent va Xorazm viloyatlarida sigirlarni sun’iy urug‘lantirishni tashkil etish maqsadida 6-ilovaga muvofiq talab etiladigan moddiy-texnika vositalari bilan bir marta ta’minlash uchun kerakli mablag‘larning O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetining qo‘shimcha manbalari va xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilishini;

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi “O‘ZNASLCNILIK” davlat korxonasiga budjet mablag‘lari va xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobidan olib berilgan moddiy-texnika vositalarining maqsadli ishlatilishi hamda ushbu vositalardan foydalanish orqali olingan mablag‘lar hisobidan ularni doimiy yangilab borish va uning faoliyatini kengaytirib borilishini ta’minlasin.

12. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Davlat veterinariya qo‘mitasi “O‘ZNASLCNILIK” davlat korxonasi bilan birgalikda:

6-ilovada keltirilgan moddiy-texnika vositalarining samarali va maqsadli ishlatilishini;

sun’iy urug‘lantirilgan sigirlarning hamda ulardan olingan buzoqlarning elektron hisobi yuritilishini;

Qashqadaryo, Toshkent va Xorazm viloyatlarida “O‘ZNASLCNILIK” davlat korxonasining filiallari tashkil etilishini ta’minlasin.

13. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2019-yilda “O‘ZNASLCNILIK” davlat korxonasi tomonidan Qashqadaryo, Toshkent va Xorazm viloyatlarida o‘tkaziladigan eksperiment natijasidan kelib chiqib, ushbu tajribani keyingi yillarda respublikaning barcha hududlarida joriy etish yuzasidan tegishli qaror qabul qilsin.

14. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda 2020-yilda Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti hududida chorva mollari genetikasini tahlil qilish uchun zamonaviy genomika laboratoriyasini tashkil etish, zamonaviy kimyo laboratoriya jihozlari bilan ta’minlash, ozuqabop ekinlar agrotexnologiyalari va birlamchi urug‘chilik ishlarini olib borish uchun moddiy-texnika bazasini yaxshilash, zarur texnika va agregatlarni xarid qilishga yetarli miqdorda mablag‘ ajratilishini nazarda tutsin.

15. Toshkent viloyati hokimligi bir oy muddatda Qibray tumani, “Shalola” MFY hududidan Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot institutiga ozuqabop ekinlarning superelita va elita urug‘larini yetishtirish uchun 30 gektar sug‘oriladigan yer ajratilishini ta’minlasin.

16. Quyidagilar 2022-yil 1-yanvarga qadar:

ozuqabop ekinlar yetishtiruvchilar, shuningdek tomchilatib va yomg‘irlatib sug‘orish tizimlari va ularning butlovchi qismlarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan olib kiriladigan, tomchilatib va yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyasini joriy etish uchun zarur bo‘lgan butlovchi qismlar va xomashyolar 7-ilovadagi ro‘yxatga muvofiq bojxona to‘lovlarini to‘lashdan (qo‘shilgan qiymat solig‘i va bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlardan tashqari) ozod etilsin;

asalarichilik subyektlari asalari oilalarini “vaqtincha olib chiqish” bojxona rejimida qo‘shni mamlakatlarga ko‘chirib chiqarishi natijasida yig‘ib olgan tabiiy asalni (TIF TN kodi 0409 00 000 0) respublika hududiga olib kirishda bojxona to‘lovlarini to‘lashdan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlardan tashqari) ozod etilsin.

Bunda, imtiyoz bitta asalari oilasi bo‘yicha olib kirilayotgan tabiiy asalning 50 kilogrammdan oshmagan qismiga nisbatan qo‘llaniladi.

17. Asalarichilik subyektlariga bahor-yoz mavsumida asalari oilalarini qo‘shni mamlakatlarga “vaqtincha olib chiqish” bojxona rejimida ko‘chirib chiqarishga ruxsat berilsin.

18. Belgilansinki, 2019-yil 1-apreldan boshlab bir kunlik jo‘jalarni (TIF TN kodi 0105 11 110 0, 0105 11 190 0, 0105 11 990 0) eksport qilish ruxsat etiladi.

19. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi bilan birgalikda 10 kun muddatda ozuqabop ekinlar yetishtiruvchilarning sug‘orish tik quduqlarini burg‘ulash bilan bog‘liq xarajatlarini qoplab berish tartibini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

20. O‘zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi:

manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki hafta muddatda chorva hayvonlarini so‘yish korxonalari faoliyatini tartibga solish hamda iste’mol bozoriga go‘sht va go‘sht mahsulotlarini yetkazib berish tizimini takomillashtirish bo‘yicha, shu jumladan hayvonotga mansub mahsulot va xomashyolarni ishlab chiqarish, saqlash va sotishga nisbatan veterinariya-sanitariya qoidalari hamda ixtisoslashgan so‘yish korxonalariga nisbatan veterinariya, veterinariya-sanitariya qoida va me’yorlarini;

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi va Qurilish vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda sanoat usulidagi parrandachilik korxonalari faoliyatini amalga oshirishda zootexnika, zoogigiyena, veterinariya, veterinariya-sanitariya, ekologiya, sanitariya, yong‘in hamda qurilish bo‘yicha xavfsizlik talablarini belgilovchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

21. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.

22. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi A.D.Vaxabov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2019-yil 18-mart,

PQ-4243-son

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-martdagi PQ-4243-son qaroriga
1-ILOVA

Chorvachilik fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalariga ozuqabop ekinlar yetishtirish, tomchilatib va yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilish majburiyatlari bilan ajratilayotgan tuman hokimliklari zaxirasidagi lalmi va yaylov yer uchastkalari

T/r

Tuman nomi

Zaxiradagi yer maydonlari

(ga)

Ozuqabop ekinlar yetishtiruvchi tashabbuskorlar

Ajratiladigan zaxiradagi lalmi va yaylov yer maydonlari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

1.

To‘rtko‘l tumani

373,0 ga

“Allambergenov Ikrom” fermer xo‘jaligi

70 ga

2.

“Absalyut Jemchug” fermer xo‘jaligi

12,1 ga

3.

Chimboy tumani

9 722,0 ga

“Reypnazarov Baglitay” fermer xo‘jaligi

150 ga

4.

“Shaxaman jaylaui korporativ” fermer xo‘jaligi

70,0 ga

5.

Beruniy tumani

1 904,1 ga

“Gapporov Umid” fermer xo‘jaligi

36,9 ga

6.

“Bunyodbek Parrandachi”fermer xo‘jaligi

241,1 ga

7.

“Alimov Gulimmat” fermer xo‘jaligi

19,0 ga

8.

“Eko Agro Kapital” mas’uliyati cheklangan jamiyat

159,2 ga

9.

Kegeyli tumani

11 416,5 ga

“Pishen jabik” fermer xo‘jaligi

25,0 ga

10.

“Azatbek Amir” fermer xo‘jaligi

15,0 ga

11.

“Illalatdin Genjebayev” fermer xo‘jaligi

10,0 ga

12.

“Abatov Azizbek” fermer xo‘jaligi

20,0 ga

13.

“Guldana Zarina” fermer xo‘jaligi

15,0 ga

14.

Taxtako‘pir tumani

10 209,0 ga

“Jandaryo qorako‘lchilik” ishlab chiqarish markazi

85,0 ga

15.

“Zamin diyor nasl chorvasi” fermer xo‘jaligi

27,0 ga

16.

“ Nursultan nasl chorvasi” fermer xo‘jaligi

58,0 ga

17.

“Aybek sharua” fermer xo‘jaligi

80,0 ga

18.

Taxiatosh tumani

409,6 ga

“Xaytjan pilla” xususiy korxonasi

115,8 ga

19.

Qonliko‘l tumani

5 749,3 ga

“Ashamayli sharua” fermer xo‘jaligi

40,0 ga

20.

“Gafur” fermer xo‘jaligi

30,0 ga

21.

“Qonliko‘lshi Uzakbay” fermer xo‘jaligi

20,0 ga

22.

“Auyezov Genjebay” fermer xo‘jaligi

26,0 ga

23.

“Kutlimurot bagman” fermer xo‘jaligi

33,0 ga

24.

Qorao‘zak tumani

2 661,7 ga

“Transport” fermer xo‘jaligi

20,0 ga

25.

“Imran-1” fermer xo‘jaligi

25,0 ga

26.

“Uaysil kara” fermer xo‘jaligi

40,0 ga

27.

“Bazarbay sharua” fermer xo‘jaligi

40,0 ga

28.

Xo‘jayli tumani

482,7 ga

“Aral gaz Oyl invest” mas’uliyati cheklangan jamiyat

407,9 ga

 

Jami:

   

1 891,0 ga

Andijon viloyati

29.

Andijon tumani

387,8

“Xirabek ziynati” fermer xo‘jaligi

17,3 ga

30.

Asaka tumani

197,6 ga

“Madaminpolvon chorvasi” fermer xo‘jaligi

17,3 ga

31.

“Global agro chorva” fermer xo‘jaligi

17,3 ga

32.

Jalaquduq tumani

464,5 ga

“Obidjon” xususiy korxonasi

20,1 ga

33.

“Temur” xususiy chorva fermeri

15,1 ga

34.

“Davron diyor bog‘i” fermer xo‘jaligi

20,1 ga

35.

“Oq bo‘ra” fermer xo‘jaligi

20,1 ga

36.

Marhamat tumani

621,6 ga

“Chorvador omadli anor bog‘i” fermer xo‘jaligi

15,9 ga

37.

“Rovotlik ulkan chorvador” fermer xo‘jaligi

15,9 ga

38.

Ulug‘nor tumani

824,5 ga

“Umurzoq hoji” fermer xo‘jaligi

23,4 ga

39.

“Chorvador” fermer xo‘jaligi

23,4 ga

40.

“Mahmudxo‘ja” fermer xo‘jaligi

23,4 ga

41.

“Rayhon” fermer xo‘jaligi

22,1 ga

42.

“Ulug‘norda Shavkatbek yeri” fermer xo‘jaligi

22,1 ga

43.

“Ovulmat” fermer xo‘jaligi

22,1 ga

44.

“Davon” fermer xo‘jaligi

22,1 ga

45.

“Ulug‘norda Azizaxon chorvasi” fermer xo‘jaligi

22,1 ga

46.

“Niyozmat” fermer xo‘jaligi

22,1 ga

47.

“Hoshimboy ota” fermer xo‘jaligi

22,1 ga

48.

“Al-Aziz” fermer xo‘jaligi

22,1 ga

49.

“Sut buloq” fermer xo‘jaligi

22,1 ga

50.

“Ulug‘norda Mamajonov Ilhomjon” fermer xo‘jaligi

22,1 ga

51.

“Chorva barokati” fermer xo‘jaligi

22,1 ga

52.

“Yagona koshona” fermer xo‘jaligi

22,1 ga

53.

“Dilmurod” fermer xo‘jaligi

22,1 ga

54.

“Ulug‘norlik oyim” fermer xo‘jaligi

22,1 ga

55.

“Navro‘z” fermer xo‘jaligi

22,1 ga

56.

“Chinobodlik Oripovlar yeri” fermer xo‘jaligi

22,1 ga

57.

“Ulug‘norda Mansurbek chorvador” fermer xo‘jaligi

22,1 ga

58.

“Muxammadabdulloh” fermer xo‘jaligi

22,1 ga

59.

“Karimov Aqiljon chorvador” fermer xo‘jaligi

21,1 ga

60.

“Shaxriyor” fermer xo‘jaligi

21,1 ga

61.

“Ulug‘norda Tursinoy yeri” fermer xo‘jaligi

21,1 ga

62.

Xo‘jaobod tumani

410,0 ga

“Andijon ko‘rkam” fermer xo‘jaligi

20,1 ga

63.

“Istiqlol” fermer xo‘jaligi

20,1 ga

64.

“Mustahkam” fermer xo‘jaligi

20,1 ga

 

Jami:

   

750,7

Buxoro viloyati

65.

Jondor tumani

260 ga

“Chinor” fermer xo‘jaligi

240 ga

66.

Kogon tumani

110 ga

“To‘rabobo saxovati” fermer xo‘jaligi

90 ga

67.

Peshko‘ tumani

269 ga

“Xastanapur” fermer xo‘jaligi

255 g�

68.

Romitan tumani

215 ga

“Ziroatul tamaddun” fermer xo‘jaligi

190 ga

69.

189 ga

“Hotambobo” fermer xo‘jaligi

175 ga

70.

Shofirkon tumani

78 ga

“Otabek” fermer xo‘jaligi

65 ga

71.

G‘ijduvon tumani

244 ga

“Serhosil tabarruk zamini” fermer xo‘jaligi

224 ga

72.

389 ga

“Odilfayz EPS” fermer xo‘jaligi

368 ga

 

Jami:

   

1 607 ga

Jizzax viloyati

73.

Arnasoy tumani

800 ga

“Turonov Kamoliddin” fermer xo‘jaligi

50 ga

74.

“Egamov Sherzod” fermer xo‘jaligi

100 ga

75.

Baxmal tumani

6 338,6 ga

“Jovli ota” fermer xo‘jaligi

110 ga

76.

“Eshmurod Sanaqulov” fermer xo‘jaligi

50 ga

77.

“Sardor-474” fermer xo‘jaligi

50 ga

78.

“Xidir ota Kobilov” fermer xo‘jaligi

120 ga

79.

“Nazarboy o‘g‘li Juman” fermer xo‘jaligi

60 ga

80.

“Jumaboyev Inom” fermer xo‘jaligi

80 ga

81.

“Shoxrux” fermer xo‘jaligi

80 ga

82.

G‘allaorol tumani

4 533,4 ga

“Kumush dala chorvasi” fermer xo‘jaligi

40 ga

83.

“Botir Begbo‘ta o‘g‘li” fermer xo‘jaligi

40 ga

84.

“Alisher Shodiyor dalasi” fermer xo‘jaligi

100 ga

85.

Forish tumani

12 398 ga

“Buyuk Javoxir timsoli” fermer xo‘jaligi

70 ga

86.

“Asilbek baraka nur” fermer xo‘jaligi

100 ga

87.

“Asl ziyo maydoni” fermer xo‘jaligi

90 ga

88.

“Zoxid asl nasl chorva” fermer xo‘jaligi

100 ga

89.

Zomin tumani

6 352,0 ga

“Beshbulok” fermer xo‘jaligi

100 ga

90.

“Achchi oltin boshoq” fermer xo‘jaligi

50 ga

91.

“Xoji ota Majidov” fermer xo‘jaligi

50 ga

92.

Zarbdor tumani

4 618,0 ga

“Farxod Merganov” fermer xo‘jaligi

10 ga

93.

“Zarbdor grin xaus” mas’uliyati cheklangan jamiyat

5 ga

94.

“Mega nihol” fermer xo‘jaligi

10 ga

95.

“Farrux bog‘zori” fermer xo‘jaligi

10 ga

96.

“Adirobod tulpori” fermer xo‘jaligi

15 ga

97.

“Shois davr” fermer xo‘jaligi

20 ga

98.

“Absalomov Xasan” fermer xo‘jaligi

20 ga

99.

Zafarobod tumani

2 080,0 ga

“Oybek” fermer xo‘jaligi

100 ga

100.

“Zafarobod sara dalasi” fermer xo‘jaligi

100 ga

101.

“Rejali dastur” fermer xo‘jaligi

100 ga

102.

“Shaxarboyeva N” fermer xo‘jaligi

100 ga

103.

“Zafarobod bo‘rdoqi bazasi” fermer xo‘jaligi

100 ga

104.

Mirzacho‘l tumani

2 477,7 ga

“Adxam” fermer xo‘jaligi

100 ga

105.

“Inter Group” mas’uliyati cheklangan jamiyat

100 ga

106.

“Dinamik avto” mas’uliyati cheklangan jamiyat

50 ga

107.

“Mirzacho‘l fayz saxovat” fermer xo‘jaligi

100 ga

108.

“Ais karital” mas’uliyati cheklangan jamiyat

100 ga

109.

“Keml-ketl” fermer xo‘jaligi

50 ga

110.

“Kucharboy-Xursan” fermer xo‘jaligi

50 ga

111.

“Oltincho‘l mehri” fermer xo‘jaligi

50 ga

112.

Sh.Rashidov tumani

2 937,4 ga

“Chaqmoq” fermer xo‘jaligi

200 ga

113.

“Tikbuloq baraka” fermer xo‘jaligi

60 ga

114.

“Diamond chorvalari” mas’uliyati cheklangan jamiyat

100 ga

115.

Yangiobod tumani

14 338,3 ga

“Qambaraliyev Bobirbek” fermer xo‘jaligi

40 ga

116.

“Shaxzod” fermer xo‘jaligi

50 ga

117.

“Toxir-T” fermer xo‘jaligi

50 ga

118.

“Sa’dulla Sarvar” fermer xo‘jaligi

50 ga

119.

“Temurbek Mullajon nabirasi” fermer xo‘jaligi

50 ga

120.

“Saydon baxt orzusi” fermer xo‘jaligi

50 ga

121.

“Obod Varkin” fermer xo‘jaligi

50 ga

122.

“Voxid Norkul o‘g‘li” fermer xo‘jaligi

50 ga

123.

“Malikshox Jaxongir” fermer xo‘jaligi

50 ga

124.

“Baxti Balandchaqir” fermer xo‘jaligi

50 ga

125.

“Yangiobod baxt nishonasi” fermer xo‘jaligi

50 ga

126.

“Diyorbek Shoxruxbek” fermer xo‘jaligi

50 ga

127.

“Begimkul ota Zomin” fermer xo‘jaligi

50 ga

128.

“Berdiyorov Safarqul” fermer xo‘jaligi

50 ga

129.

“Eldor Nur” fermer xo‘jaligi

50 ga

130.

“Kuk kuz bobo” fermer xo‘jaligi

50 ga

131.

“Mexri Marjon” fermer xo‘jaligi

50 ga

132.

“Sarmich iqboli” fermer xo‘jaligi

50 ga

133.

“Yunusbek Mardonbek” fermer xo‘jaligi

50 ga

134.

“Vali Samad” fermer xo‘jaligi

50 ga

135.

“Chorvachilik baxt timsoli” fermer xo‘jaligi

50 ga

136.

“Zominlik Davlatbek” fermer xo‘jaligi

50 ga

137.

“Bek unversal agro kapital” fermer xo‘jaligi

50 ga

138.

“Shamshodbek barakasi” fermer xo‘jaligi

50 ga

139.

“Yorqin Xamdam” fermer xo‘jaligi

50 ga

140.

“Pastkichakir tongi” fermer xo‘jaligi

50 ga

141.

“Orzu” fermer xo‘jaligi

50 ga

142.

“Sherbek” fermer xo‘jaligi

50 ga

143.

“Chakand bulog‘i” fermer xo‘jaligi

50 ga

144.

“Bobur ibn Nabi” fermer xo‘jaligi

50 ga

145.

“Balandchakir uzumzori” fermer xo‘jaligi

50 ga

146.

“Murod imkon” fermer xo‘jaligi

50 ga

147.

“Shans-imkon” fermer xo‘jaligi

50 ga

148.

“Sarmich ziloli” fermer xo‘jaligi

50 ga

149.

“Barakali boshoq” fermer xo‘jaligi

50 ga

150.

“Yurtim” fermer xo‘jaligi

50 ga

 

Jami:

   

4 790 ga

Qashqadaryo viloyati

151.

Koson tumani

8 550,8 ga

“Obod Zamin” fermer xo‘jaligi

85,0 ga

152.

“Normurod Sanayev” fermer xo‘jaligi

30,0 ga

153.

“Axmedov Ulug‘bek” fermer xo‘jaligi

24,0 ga

154.

“Sheramat Saidov” fermer xo‘jaligi

115,0 ga

155.

“Dilmurod Omonov” fermer xo‘jaligi

78,0 ga

156.

“Bekchayev Xurshid Bekchayevich” fermer xo‘jaligi

40,0 ga

157.

“Kulmurodov Burxon Usar o‘g‘li” fermer xo‘jaligi

50,0 ga

158.

“Salomova Kurbon Salomovna”fermer xo‘jaligi

45,0 ga

159.

“Azizbek Toirov” fermer xo‘jaligi

25,0 ga

160.

“Obod zarchashma” fermer xo‘jaligi

40,0 ga

161.

“Shomurod ota” fermer xo‘jaligi

50,0 ga

162.

“Abdunazar Ergashov”fermer xo‘jaligi

65,0 ga

163.

“Sharq Nori” fermer xo‘jaligi

70,0 ga

164.

“Navbahor chorvachilikka” fermer xo‘jaligi

55,0 ga

165.

“Koson chorva obod” fermer xo‘jaligi

35,0 ga

166.

“Navkat chorva omad” fermer xo‘jaligi

55,0 ga

167.

Chiroqchi tumani

13 144,0 ga

“Erali Narziyev” fermer xo‘jaligi

1 095,1 ga

168.

“O‘roqov Shohzod” fermer xo‘jaligi

1 095,1 ga

169.

“Usta Jumaniyoz Oqboyev” mas’uliyati cheklangan jamiyat

1 095,1 ga

170.

“Se�ob chorva” fermer xo‘jaligi

1 095,1 ga

171.

“Eshmuxammad Annayev” mas’uliyati cheklangan jamiyat

1 095,1 ga

172.

“Akbarshoh Zafarbek” fermer xo‘jaligi

1 095,1 ga

173.

“Ko‘p tarmoqli” xususiy korxona

1 095,1 ga

174.

“Etti yulduz chorvadori” mas’uliyati cheklangan jamiyat

100,0 ga

175.

Qarshi tumani

1 558,0 ga

Viloyat “Naslchilik” mas’uliyati cheklangan jamiyat

35,0 ga

176.

“Zamina Bahovuddin Zaynab” fermer xo‘jaligi

20,0 ga

177.

Kitob tumani

270,0 ga

“Qurbonov Mannon Solikovich” mas’uliyati cheklangan jamiyat

35,0 ga

178.

Yakkabog‘ tumani

3 048,0 ga

“Karpat ola chashmasi” mas’uliyati cheklangan jamiyat

600,0 ga

179.

“Dilmurodov Do‘stmurodbek” fermer xo‘jaligi

40,0 ga

180.

“Mixli ota” fermer xo‘jaligi

145,0 ga

181.

“Otaqulov Yusufxon Toxirovich” fermer xo‘jaligi

50,0 ga

182.

“Mirzayev Baxtiyor Yusupovich” fermer xo‘jaligi

40,0 ga

183.

“Buyuk tog‘” mas’uliyati cheklangan jamiyat

80,0 ga

184.

“Fayzli burg‘ulash” mas’uliyati cheklangan jamiyat

35,0 ga

185.

“Guliston chashmasi-2” fermer xo‘jaligi

15,0 ga

186.

“Pardayev Humoyun Xudoyshukur o‘g‘li” fermer xo‘jaligi

20,0 ga

187.

“Bobotepa havosi” fermer xo‘jaligi

15,0 ga

188.

“Yakkabog‘ oltin bog‘” fermer xo‘jaligi

20,0 ga

189.

G‘uzor tumani

7 006,0 ga

“Baxtiyor Yuldosh o‘g‘li” fermer xo‘jaligi

150,0 ga

190.

“Shoxmalik Shermurod o‘g‘li” fermer xo‘jaligi

200,0 ga

191.

“G‘uzor quduq chorva” fermer xo‘jaligi

100,0 ga

192.

“Orif Xolmirza o‘g‘li Chori” fermer xo‘jaligi

100,0 ga

193.

“Dilshod-K” fermer xo‘jaligi

150,0 ga

194.

“Sherzod AS” fermer xo‘jaligi

180,0 ga

195.

“Qo‘rg‘oshintepa” fermer xo‘jaligi

100,0 ga

196.

“Yosh davr kelajagi” fermer xo‘jaligi

100,0 ga

197.

“G‘uzor oq tulpori” fermer xo‘jaligi

20,0 ga

198.

“Oqar parranda” mas’uliyati cheklangan jamiyat

60,0 ga

 

Jami:

   

10 938 ga

Navoiy viloyati

199.

Qiziltepa tumani

1 855,0 ga

“Sattorbobo niyati” fermer xo‘jaligi

200,0 ga

200.

“Kubaro diyor” fermer xo‘jaligi

210,0 ga

201.

“Rasulbobo” fermer xo‘jaligi

200,0 ga

202.

“Zarmetan zotdor chorvalari” fermer xo‘jaligi

150,0 ga

203.

“Yangi asr” fermer xo‘jaligi

450,0 ga

204.

“Sulton Jaloliddin kelajagi” mas’uliyati cheklangan jamiyat

55,0 ga

205.

“Rustam ortiq kelajagi” fermer xo‘jaligi

80,0 ga

206.

“Feruz sevinch kelajagi” xususiy korxonasi

100,0 ga

207.

“Hazrat jahon chorvalari” xususiy korxonasi

180,0 ga

208.

“Gulbog‘obod chorbog‘i” fermer xo‘jaligi

50,0 ga

209.

“Shohbek hayoti” fermer xo‘jaligi

180,0 ga

210.

Konimex tumani

1 942,0 ga

“Aliaskar Baxtiyar” fermer xo‘jaligi

514,0 ga

211.

“Simbat Nurshat” fermer xo‘jaligi

500,0 ga

212.

“Shauker-Bobo” fermer xo‘jaligi

528,0 ga

213.

“Qodir Nodir” fermer xo‘jaligi

400,0 ga

214.

Xatirchi tumani

516,5

“Akbarov Amriddin-2018” mas’uliyati cheklangan jamiyat

100,0 ga

215.

“Azamat-Barhayot” fermer xo‘jaligi

116,5 ga

216.

“Muhammadali Quvonchi” fermer xo‘jaligi

200,0 ga

217.

“Yuksalish-rivojlanish olg‘a” mas’uliyati cheklangan jamiyat

100,0 ga

 

Jami:

   

4 313,5 ga

Namangan viloyati

218.

Mingbuloq tumani

1 980,0 ga

“Parpiyev Mahammadjon” XK

200,0 ga

219.

“Mingbuloq mujassam chorvadori” mas’uliyati cheklangan jamiyat

100,0 ga

220.

“Mingbuloq meva sabzavot agro eksport” mas’uliyati cheklangan jamiyat

100,0 ga

221.

“Namanganbaliq sanoati” mas’uliyati cheklangan jamiyat

200,0 ga

222.

“Art soft teks klaster” fermer xo‘jaligi

640,0 ga

223.

“Mingbuloq parranda” mas’uliyati cheklangan jamiyat

80,0 ga

224.

“Jonni Alli agro” mas’uliyati cheklangan jamiyat

50,0 ga

225.

“Trans mezon servis” mas’uliyati cheklangan jamiyat

70,0 ga

 

Jami:

   

1 440 ga

Samarqand viloyati

226.

Oqdaryo tumani

127,5 ga

“Baraka Chekin” fermer xo‘jaligi

127,5 ga

227.

Ishtixon tumani

144,0 ga

“Qilichov Baxrom” fermer xo‘jaligi

144,0 ga

 

Jami:

   

271,5 ga

Sirdaryo viloyati

228.

Boyovut tumani

407,0 ga

“Xaqberdi fayzi” fermer xo‘jaligi

110,0 ga

229.

“Axmadiy” fermer xo‘jaligi

80,0 ga

230.

“Yo‘ldosh ota” fermer xo‘jaligi

60,0 ga

231.

“Tuyachi” fermer xo‘jaligi

30,0 ga

232.

“Baxtinur chorva hamkor” fermer xo‘jaligi

60,0 ga

233.

“Axror Nuriddinov” fermer xo‘jaligi

30,0 ga

234.

“Rivoj” fermer xo‘jaligi

15,0 ga

235.

“Shoh Humoyun chorva” fermer xo‘jaligi

22,0 ga

236.

Guliston tumani

262,4 ga

“Bek chorva yilqichilik” fermer xo‘jaligi

200 ga

237.

“Otabek Niyozov zafari” fermer xo‘jaligi

20,0 ga

238.

“Ali shunqor” fermer xo‘jaligi

20,0 ga

239.

“Guliston tamorqa servis-6” mas’uliyati cheklangan jamiyat

22,4 ga

240.

Mirzaobod tumani

1 735,8 ga

“Pro milk” mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi qo‘shma korxona

1 003,9 ga

241.

“Nigina tovuqlari” fermer xo‘jaligi

22,6 ga

242.

“Chashma” fermer xo‘jaligi

29,9 ga

243.

“Daromad imkoniyat hamkor” fermer xo‘jaligi

20,9 ga

244.

“Munis Gulhayo shahlosi” fermer xo‘jaligi

84 ga

245.

“Bobur Bahodir fayzi” fermer xo‘jaligi

31,5 ga

246.

“Abdunosir Ahmadjon” fermer xo‘jaligi

37,9 ga

247.

“Davlatbek fayzli dalasi” fermer xo‘jaligi

31 ga

248.

“Yulduz-A” fermer xo‘jaligi

21 ga

249.

“Mirzaobod zavqi” fermer xo‘jaligi

34,4 ga

250.

“Chorikor xotirasi” fermer xo‘jaligi

14 ga

251.

“Umid Abdurazzoq o‘g‘li” fermer xo‘jaligi

16,1 ga

252.

“Maqsadli karvon safari” fermer xo‘jaligi

15,1 ga

253.

“Shosobur nur chorvasi” fermer xo‘jaligi

50 ga

254.

“Sanjarbekning chorvalari” fermer xo‘jaligi

13,4 ga

255.

“Lazizbek Jasurbek hamkor” fermer xo‘jaligi

16,6 ga

256.

“Sherzod Sherqo‘ziyevich” fermer xo‘jaligi

185 ga

257.

“Tillo tumor boytumor” fermer xo‘jaligi

17,4 ga

258.

“Nazir Yunusovich” fermer xo‘jaligi

91,1 ga

259.

Oqoltin tumani

144 ga

“Oq tulpor chorvachiligi” fermer xo‘jaligi

30,0 ga

260.

“Oqoltin tomorqa servis 5” mas’uliyati cheklangan jamiyat

13,0 ga

261.

“Farg‘onalik chorvador” fermer xo‘jaligi

41,0 ga

262.

“Oqoltin nasldor chorva” fermer xo‘jaligi

40,0 ga

263.

“Samodagi qutb yulduzi” fermer xo‘jaligi

20,0 ga

264.

Sayxunobod tumani

588,7 ga

“Sayxunobod naslchilik chorvasi” fermer xo‘jaligi

588,7 ga

265.

Sirdaryo tumani

380,5 ga

“Mehridaryo” fermer xo‘jaligi

40,0 ga

266.

“Sulton” fermer xo‘jaligi

250,0 ga

267.

“Turon ravnaq baraka” fermer xo‘jaligi

36,5 ga

268.

“Jo‘rabek alp Mo‘min” fermer xo‘jaligi

26 ga

269.

“Nigina Muxlisa” fermer xo‘jaligi

28 ga

270.

Xovos tumani

595 ga

“Odil orzu chorvadori” fermer xo‘jaligi

80,0 ga

271.

“A.Ma’murov” mas’uliyati cheklangan jamiyat

100,0 ga

272.

“Nur” mas’uliyati cheklangan jamiyat

120,0 ga

273.

“Zominlik Murodjon” fermer xo‘jaligi

100,0 ga

274.

“Muborak chorvachilik” fermer xo‘jaligi

150,0 ga

275.

“Odil Ali naslchilik” fermer xo‘jaligi

45,0 ga

 

Jami:

   

4 113,4 ga

Toshkent viloyati

276.

Oqqo‘rg‘on tumani

37,4

“Ozodlik” fermer x�jaligi

13,0 ga

277.

“Anorboy Anor” fermer xo‘jaligi

24,4 ga

278.

Ohangaron tumani

3643,0

“Abduraxim Ota Fayzi” mas’uliyati cheklangan jamiyat

2000,0 ga

279.

“Asr Tulpor Baraka” mas’uliyati cheklangan jamiyat

600,0 ga

280.

“Do‘stlik yo‘li Obod Eram” fermer xo‘jaligi

450,0 ga

281.

“Mag‘rub” fermer xo‘jaligi

130,0 ga

282.

“Asilbek agro esport” fermer xo‘jaligi

100,0 ga

283.

“Moviy Adir Pahlavoni” fermer xo‘jaligi

130,0 ga

284.

O‘rtachirchiq tumani

270,0

“Nurtay Aydar” fermer xo‘jaligi

250 ga

285.

“Chavandoz” fermer xo‘jaligi

20 ga

286.

Bekobod tumani

240,0

“Sayyora pari” mas’uliyati cheklangan jamiyat

60,0 ga

287.

“Istiqlol” fermer xo‘jaligi

60,0 ga

288.

“Yangibozor Agro” dehqon xo‘jaligi

60,0 ga

289.

“Muxamadali Baxtiyor” fermer xo‘jaligi

60,0 ga

290.

Bo‘ka tumani

183,0

“Kumush” fermer xo‘jaligi

116,0 ga

291.

“Yuksaklikka intilish” fermer xo‘jaligi

67,0 ga

292.

Qibray tumani

76,0

“Xalol Baraka Nur” mas’uliyati cheklangan jamiyati

76,0 ga

293.

Parkent tumani

394,0

“Baxt” fermer xo‘jaligi

340,0 ga

294.

“Obid ota” fermer xo‘jaligi

54,0 ga

295.

Piskent tumani

486,0

“Haqqulov G‘olib” dehqon xo‘jaligi

100,0 ga

296.

“Ziyoda chorva” fermer xo‘jaligi

386,0 ga

297.

Chinoz tumani

100,0

“Chinoz sut” xususiy korxonasi

96,0 ga

 

Jami:

   

5 196,4 ga

Farg‘ona viloyati

298.

Dang‘ara tumani

14

“Usmon ota” fermer xo‘jaligi

14 ga

299.

Oltiariq tumani

100

“Agro maks dolina” mas’uliyati cheklangan jamiyat

100 ga

300.

O‘zbekiston tumani

82

“Maysagul” fermer xo‘jaligi

55 ga

301.

“Umidbek” fermer xo‘jaligi

27 ga

302.

Uchko‘prik tumani

60

“Ergashev Ergash hoji” fermer xo‘jaligi

60 ga

303.

Farg‘ona tumani

100

“Abduraxmonov Akmaljon” fermer xo‘jaligi

100 ga

304.

Quva tumani

60

“Ittifoq sulton baraka” fermer xo‘jaligi

30 ga

305.

“Ipak tumori” fermer xo‘jaligi

30 ga

 

Jami:

   

416 ga

Xorazm viloyati

306.

Qo‘shko‘pir tumani

1 827,7

“Amirxon Asilbek Kozimiy” fermer xo‘jaligi

349,9 ga

307.

“Bexruz-Feruz” fermer xo‘jaligi

712,2 ga

308.

“Qoraqum naslli qo‘ylari” fermer xo‘jaligi

300,2 ga

309.

“Bolta xo‘ja” fermer xo‘jaligi

115,5 ga

310.

“Otabek Komilov” fermer xo‘jaligi

349,9 ga

311.

Hazorasp tumani

325,3

“Ovsharli Sarvar Marvar” fermer xo‘jaligi

72,6 ga

312.

“Hazorasp chorva” mas’uliyati cheklangan jamiyat

83,1 ga

313.

“Chuynik” fermer xo‘jaligi

61,5 ga

314.

“Norjon” fermer xo‘jaligi

101,6 ga

315.

“Bobo Abdulla” fermer xo‘jaligi

6,5 ga

316.

Yangiariq tumani

238,6

“Rahimova Poshsha” fermer xo‘jaligi

57,4 ga

317.

“Urganch tola” mas’uliyati cheklangan jamiyat

55,5 ga

318.

“Umid Vohid” fermer xo‘jaligi

74,1 ga

319.

“Matyaqubov Ibodulla” fermer xo‘jaligi

51,6 ga

 

Jami:

   

2391,6 ga

 

Respublika bo‘yicha:

 

38 049,1 ga

* Izoh: Kelgusida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar hokimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “Davyergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengash bilan kelishuvga va ozuqabop ekinlar yetishtiruvchi tashabbuskorlarning roziligiga asosan yer maydonining belgilangan hajmidan oshmagan holda ushbu tashabbuskorlarni boshqasiga o‘zgartirishi mumkin.i

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-martdagi PQ-4243-son qaroriga
2-ILOVA

2019 — 2021-yillarda ilmiy-tadqiqot institutlari tomonidan ozuqabop ekinlarning birlamchi urug‘larini yetishtirish prognoz hajmlari

T/r

Ilmiy-tadqiqot instituti nomi

Ekin turi

Navi

Maydoni (ga)

Reproduksiyasi

Urug‘ hajmi (ts)

2019-yil

1.

Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti

Tritikale

Kumushsimon Prag

7

elita

21

Suli

O‘zbekiston kengbargli

2

elita

5

Javdar

Shalola-18

1

elita

3

Xashaki lavlagi

O‘zbekiston-83

1,5

super-elita

0,9

Makkajo‘xori

O‘zbekiston-18

2

elita

8

2.

Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti

Izen

Nurota

5

1

5

Teresken

To‘lqin

2

1

2

Chogon

Jayhun

5

1

10

Quyrovuq

Senakosniy

1

1

2

3.

Makkajo‘xori seleksiya va urug‘chiligi ilmiy-tajriba stansiyasi

Makkajo‘xori

Erkin 2 ESV, Muxabbat, MJ 600, O‘zbekiston 203 M, Gk 26 M, Gk 26 zM, Gk 13, AKIM 1 AMV,
Krasnodar 3928, Krasnodar 1812

11

Ota-ona shakl

110

Makkajo‘xori

O‘zbekiston 601 ESV, O‘zbekiston 300 MV, Qorasuv 350 AMV

10,3

G‘1 duragay

206

Jo‘xori

Qorabosh

1

elita

25

Tritikale

Prag serebristiy

3

elita

90

Lavlagi

O‘zbekiston nimqandi

0,5

1-reproduksiya

0,5

2020-yil

1.

Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti

Tretikale

Kumushsimon Prag

5

super-elita

15

Suli

O‘zbekiston kengbargli

3

super-elita

7,5

Javdar

Shalola-18

2

super-elita

6

Xashaki lavlagi

O‘zbekiston-83

2

super-elita

1,2

Makkajo‘xori

O‘zbekiston-18

2,5

elita

10

2.

Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti

Izen

Nurota

5

1

5

Teresken

To‘lqin

2

1

2

Chogon

Jayhun

5

1

10

3.

Makkajo‘xori seleksiya va urug‘chiligi ilmiy-tajriba stansiyasi

Makkajo‘xori

Erkin 2 ESV, Muhabbat, MJ 600, O‘zbekiston 203 M, Gk 26 M, Gk 26 zM, Gk 13, AKIM 1 AMV, Krasnodar 3928, Krasnodar 1812

11

Ota-ona shakl

110

4.

Makkajo‘xori seleksiya va urug‘chiligi ilmiy-tajriba stansiyasi

Makkajo‘xori

O‘zbekiston 601 ESV, O‘zbekiston 300 MV, Qorasuv 350 AMV

10,3

G‘1 duragay

206

Jo‘xori

Qorabosh

1

elita

25

Tritikale

Prag serebristiy

3

elita

90

Lavlagi

O‘zbekiston nimqandi

0,5

1-reproduksiya

0,5

2021-yil

1.

Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti

Tretika�e

Kumushsimon Prag

4

super-elita

12

Suli

O‘zbekiston kengbargli

3

super-elita

7,5

Javdar

Shalola-18

4

super-elita

12

Xashaki lavlagi

O‘zbekiston-83

1,5

super-elita

0,9

Makkajo‘xori

O‘zbekiston-18

3

elita

12

2.

Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti

Izen

Nurota

7

1

7

Teresken

To‘lqin

4

1

5

Chogon

Jayhun

10

1

20

Quyrovuq

Senakosniy

5

1

10

3.

Makkajo‘xori seleksiya va urug‘chiligi ilmiy-tajriba stansiyasi

Makkajo‘xori

Erkin 2 ESV, Muhabbat, MJ 600, O‘zbekiston 203 M, Gk 26 M, Gk 26 zM, Gk 13, AKIM 1 AMV,
Krasnodar 3928, Krasnodar 1812

11

Ota-ona shakl

110

Makkajo‘xori

O‘zbekiston 601 ESV, O‘zbekiston 300 MV, Qorasuv 350 AMV

10,3

G‘1 duragay

206

Jo‘xori

Qorabosh

1

elita

25

Tritikale

Prag serebristiy

3

elita

90

Lavlagi

O‘zbekiston nimqandi

0,5

1-reproduksiya

0,5

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-martdagi PQ-4243-son qaroriga
3-ILOVA

Xo‘jaliklarning asosiy maydonlarida cho‘l-yaylov ozuqabop ekinlar urug‘ini ekin turlari va navlari bo‘yicha 2019-yilda joylashtirish rejasi

T/r

Hududlar

Tuman nomi

Fermer xo‘jaligi nomi

Jami yer maydoni, ga

Ozuqabop ekinlar turi

Ozuqabop ekinlarning urug‘lik maydoni, ga

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Xo‘jayli

“Azamat” FX

280

Tritikale, jo‘xori, beda

150

Nukus

“Kerber” FX

900

Tritikale, jo‘xori

235

Chimboy

“Alautdin” FX

600

Beda, jo‘xori, makkajo‘xori

420

2.

Andijon viloyati

Qo‘rg‘ontepa

“Zamon sari” FX

26

Makkajo‘xori

3

“Oq suv” elita eksperimental urug‘chiligi FX

640

Makkajo‘xori

140

3.

Buxoro viloyati

Kogon

“Zirbod” bo‘rdoqichilik kompleksi

10

Quyrovuq, teresken, chogon,

4

4.

Jizzax viloyati

Zomin

“Tutak Karim dalasi” FX

10

Izen, teresken, esparset

7

“Rustamnoma” FX

10

Izen, teresken, chogon

8

5.

Navoiy viloyati

Konimex

“Julay parranda” MChJ

10

Tritikali, jo‘xori

1

Nurota

“Istiqlol” MChJ

20

Izen, teresken, chogon, erkak o‘t

2

“Sharof Rashidov” MChJ

10

Izen, teresken, qora saksovul

3

6.

Samarqand viloyati

Nurobod

“Saxoba ota” MChJ

10

Shuvoq, olabuta, chogon

5

“Jarquduq bog‘lari” FX

5

Izen, teresken, chogon

6

7.

Sirdaryo viloyati

Yangiyer

“Energiya nasl chorva” MChJ

365

Makkajo‘xori, jo‘xori, tritikale

1,5

Xovos

“Avazbek Ma’murov” FX

45

Tritikale, beda, xashaki no‘xat, vika

15

Mirzaobod

“Bek Cluster” MChJ qo‘shma korxonasi

18 000

Makkajo‘xori, jo‘xori, tritikale

30

Jami:

20 941

 

1 030,5

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-martdagi PQ-4243-son qaroriga
4-ILOVA

Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot institutida cho‘l-yaylov ozuqabop o‘simliklarining birlamchi urug‘lik maydonlarini barpo etish uchun xarid qilinishi zarur bo‘lgan moddiy-texnika vositalari

RO‘YXATI

T/r

Materiallar

O‘lchov birligi

Miqdori

Tovar birligi narxi

(ming so‘m)

Jami
(ming so‘m)

1.

Sim to‘r

metr

8 000

12

96 000

2.

Beton ustunlar

dona

2 400

40

96 000

3.

Po‘lat sim

tonna

1

12

12 000

4.

Dizel yoqilg‘isi

tonna

3

4,8

14 000

5.

Sim to‘r bilan o‘rash ishlari

     

30 000

6.

Zarur urug‘larni yig‘ish, ekish

 

3 000

5

15 000

Jami:

     

263 000

Izoh: Zarur moddiy-texnika resurslari O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi “Urug‘chilikni rivojlantirish markazi” davlat unitar korxonasi tomonidan qaytarish sharti bilan moliyalashtiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-martdagi PQ-4243-son qaroriga
5-ILOVA

Ozuqabop ekinlar urug‘larini yetishtiruvchi xo‘jaliklar yer maydoni

HAJMLARI

           

gektar

T/r

Hududlar

Beda urug‘chiligi uchun

(1 gektardan 200 kg)

Makka urug‘chiligi uchun

(1 gektardan 7 tonna)

Lavlagi urug‘chiligi uchun

(1 gektardan 900 kg)

Oraliq ekin urug‘chiligi uchun

(1 gektardan 5 tonna)

Cho‘l ozuqa urug‘chiligi uchun

(1 gektardan 40 kg)

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

756

42

19

824

7 000

2.

Andijon viloyati

1 098

76

6

565

 

3.

Buxoro viloyati

783

35

14

707

5 000

4.

Jizzax viloyati

1 629

133

14

1 155

3 000

5.

Qashqadaryo viloyati

1 602

104

5

1 067

3 000

6.

Navoiy viloyati

84

69

4

351

8 000

7.

Namangan viloyati

1 242

54

8

546

 

8.

Samarqand viloyati

456

183

9

973

3 000

9.

Surxondaryo viloyati

271

66

13

485

3 000

10.

Sirdaryo viloyati

1 503

73

6

655

 

11.

Toshkent viloyati

1 287

153

9

911

 

12.

Farg‘ona viloyati

1 080

94

15

656

 

13.

Xorazm viloyati

828

58

10

941

 

Jami:

12 619

1 140

132

9 836

32 000

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-martdagi PQ-4243-son qaroriga
6-ILOVA

“O’znaslchilik” davlat korxonasi tomonidan 2019-yilda Qashqadaryo, Toshkent va Xorazm viloyatlarida sigirlarni sun’iy urug‘lantirishni tashkil etish maqsadida talab etiladigan moddiy-texnika vositalari bilan bir marta ta’minlash uchun kerakli mablag‘lar miqdori

Hududlar

Qishloq xo‘jaligi tumanlari soni

DAMAS “VAN” avtoulovi

Moddiy-texnika vositalari

Maxsus azot tashuvchi mashina (Isuzi 8 tn)

Kriogen idish (TRJK-8M) 2 100 litr

Dyuar idish
(35 va 6 litrlik)

Texnik osemenator sumkasi

Mikroskop

Noutbuk, planshet va GPS navigator

Jami talab etiladigan mablag‘
(mln so‘m)

soni

miqdori (mln so‘m)

soni (dona)

miqdori (mln so‘m)

soni (dona)

miqdori (mln so‘m)

soni (dona)

miqdori (mln so‘m)

soni (dona)

miqdori (mln so‘m)

soni (dona)

miqdori (mln so‘m)

soni (dona)

miqdori (mln so‘m)

 

“O’znaslchilik” davlat korxonasi

 

1

66

1

800

               

6

12

878

Qashqadaryo viloyati

13

13

858

   

1

175

52

260

39

117

52

52

65

130

1 592

Toshkent viloyati

15

15

990

   

1

175

60

300

45

135

60

60

75

150

1 810

Xorazm viloyati

10

10

660

   

1

175

40

200

30

90

40

40

50

100

1 265

Jami:

38

39

2 574

1

800

3

525

152

760

114

342

152

152

196

392

5 545

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-martdagi PQ-4243-son qaroriga
7-ILOVA

2022-yil 1-yanvarga qadar bojxona bojlarini to‘lashdan ozod etiladigan ayrim turdagi butlovchi qismlar va xomashyolar

RO‘YXATI

T/r

Tovarlar nomi

TIF TN kodi

1.

Tomchilatib sug‘orish tizimi uchun quvur va shlanglar ishlab chiqarish uchun pigment va preparatlar

3206 19 000 0

2.

Tomchilatib sug‘orish tizimi uchun PVX quvurlar

3917 23 900 0

3.

Sug‘orish uchun tomchilatish trubkasi, tomchilatib sug‘orish tizimi uchun egiluvchan quvurlar

3917 32 000 9

4.

Tomchilatib sug‘orish tizimini ulash uchun furnitura va fitinglar

3917 40 000 0

5.

O‘z o‘qi atrofida aylanuvchi va boshqa yomg‘irlatib sug‘orish tizimining butlovchi qismlari va mashinalari

8424 82 100 0

8424 90 000 0

6.

Barcha turdagi to‘g‘riga harakatlanuvchi yomg‘irlatib sug‘orish mashinalari

8424 82 100 0

 

 

(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.03.2019-y., 07/19/4243/2784-son)

Asal Bayrami 2023
Asal Bayrami 2023
Asal Bayrami 2023
Asal Bayrami 2023
Asal Bayrami 2023
Asal Bayrami 2023
Asal Bayrami 2023
Asal Bayrami 2023
Asal Festivali Namangan
Asal Festivali Namangan
Uyushma binosining ochilish marosimi
Uyushma binosining ochilish marosimi
Uyushma binosining ochilish marosimi
Uyushma binosining ochilish marosimi
Farg'onaga tashrif
Farg'onaga tashrif
Asal Bayrami 2023
Asal Bayrami 2023
Bizning hamkorlar
The Food and Agriculture Organization
The Food and Agriculture Organization
ALOQALIZING
ALOQALIZING
Savollar bormi?
Savollaringizga javob berishga tayyormiz. 
Fayl yuklash:
maksimal: 1
Manzili:
O'zbekiston, Toshkent, Navoiy ko'chasi 40