Адрес:
O'zbekiston, Toshkent, Navoiy ko'chasi 40
`$site.phones[0].num_title`
Asalari - hakim dastyori, dexqon - hamkori, hosil - madori !!!

ARILARNI KO'CHGA CHIQISHINING OLDINI OLISH

ARILARNI KO'CHGA CHIQISHINING OLDINI OLISH

 

Arilaring oilada rivojlanishi, o'sishi, ko'payishi ularning kuchini  oshiradi. Kuchli ari oilalardan tabiiy yo’l bilan ko'chga chiqish orqali yangi oilalar tashkil bo’ladi.

Asosan, yaxshi rivojlanayotgan ari oilalari bahorning ikkinchi yarmida, kun issiq va ob-havo yaxshi bo'lgan kunlarda ko'proq ko’chga chiqadi. Ko’ch chiqargan asosiy ari oilalarining osha yili mahsuldorligi past bo’lib, asal to’planishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Shiniing uchun mutaxassislar azaldan ari oilasining ko’chga chiqish sabablari bilan qiziqqanlar.

Arixonada jadal ko’ch chiqmasligi uchun quyidagi qoidalarga rioya qilish kerak:

  1. ari oilalarida kam tuxum qo'yadigan qari ona arilarni (ikki yoshdan oshganini) almashtirish;
  2. ko’chga chiqish mavsumida asalari ko'p asal tashishi uchun ularni sharbat ajratuvchi o’simliklar ko’p joylarga ko'chirish yoki bo’lmasa maxsus asal ajratuvchi o'simliklar ekib arilarni shunday oziq bilan ta’minlash;
  3. arilarning ko’chini sharbat tashish va katak mumlarini tortishga yo'naltirish;
  4. oilaning ichki hajmini o’z vaqtida sifatli mumkatak romlar bilan kengaytirib turish zarur;
  5. ari oilalarining uyasini quyosh tushadigan joyda qoldirmaslik;
  6. jazirama issiq kunlari arilarning uya teshiklarini kengaytirib, havo almashib turishiga sharoit yaratish.

Bundan tashqari arilar hajmi keng uyalarda boqilsa, ularning kuchidan samarali foydalaniladi va arilar ko’chga chiqishga kam intiladi.

Yuqorida aytilganlarga amal qilinganida ham arixonada ko’ch chiqishini butunlay bartaraf etib bo’lmaydi. Shuning uchun ko’ch chiqmasligining oldini olishning eng qulay yo’li o'z vaqtida yangi yosh oila ajratish hisoblanadi.

Asalarichilik yaxshi yo’lga qo'yilgan arixonalarda hali ham ko'chga chiqish holatlari uchrab turadi. Bunday paytlarda asalarichi nima ish qilishni yaxshi bilishi kerak.

O’zbekiston sharoitida, asosan, ari oilalari yotoq uyalarda boqil- gani uchun, asosiy sharbat to’plash davrida yaxshi qishlash uchun yaroqli bo’lgan sifatli asal beruvchi o’simliklar gullashi davrida mumkatak romlarining yarimida yoki yarmidan ko'proq qismida asali bor romlar ajratib olinib, alohida zich yopiladigan uyalarga solinadi Arixona atrofida joylashgan uyalarda, vagonlarda yerto’lalarda arilar kech kuzgacha saqlanadi, kuzda ari oilasining ichki hajmini qishlashga to’plash davrida oila ichidagi paxta yoki qishlashga yaroqsiz deb hisoblangan asalli romlar ajratib olinib, ularning o’rniga maxsus yopiq uyalarda saqlanayotgan sifatli gullarning asali bor romlari qo’yiladi. Alohida ajratib qo'yilgan asalli romlarda gulchanglarning borligiga e’tibor berish kerak.

Arixonalarda ko p qavatli uyalarda ari boqilganida asalarichi ari oilalarini tekshirish, oila hajmini kengaytirish, mumparda tortish, asal olish, qishga oziq jamg'arish kabi mavsum davomida qilinadigan ishlarni uya qavatlarini almaslitirish chog'ida bajarsa, olinadigan daromad yuqori bo’ladi.

Ko‘p qavatli uyalarda boqiladigan arilar qish davomida jamg'arilgan oziqni iste'mol qilib bo'lgach, birinchi qavatlari ikkinchi qavatga ko’tarila boshlaydi, chunki ikkinchi qavatda oldingi yilda jamg’arilgan oziq bo’ladi. Bahorda arilarni yerto'lalardan ochiq havoga chiqarish davrida bo'shab qolgan uyaning birinchi qavati olinib, omborga topshiriladi, 10 romli hajmdagi qavatda arilar tez rivojlana boshlaydi va ona ari ko’p tuxum qo‘yadi. Birinchi qavat olib tashlanayotgan paytda bir yo'la oila ahvoli bilan ham tanishib chiqiladi va ona arining tuxum qo'yishi, jamg’arilgan oziq miqdorining yetarli ekanligiga ishonch hosil qilib, ari oilasini tekshirish ishlari tugatiladi.

Hozirgi kunda respublikamizga zotli ona asalarilar chetdan keltirilmoqda. O’zbekiston issiq iqlim sharoiti qulay bo’lganligi sababli 7-9 oyda ona arilari yetishtirish imkomyati mavjud. Respublikamizda 150 mingta arilari oilasi borligini hisobga olsak, ona arilari yetishtirish nihoyatda dolzarb bo'lib hisoblanadi. Har yili erta bahorda 30-40 mingta ona arilari zarur bo ladi. Loyiha asalarichilikda mahalliy noyob arilari populatsiya genofondini sof holda saqlab qolish, ko’paytirish, tanlash va seleksiya ishlarini yo’lga qo'yish, chetdan keltirilgan ona arilardan samarali foydalanish maqsadida asalarichilik bilan shug'ullanayotgan fermer ho'jaliklarida olib boriladi.

O’zbekistonning janubiy tumanlarida iqlim sharoiti yumshoq, issiq bo'lib, erta bahorda ari oilalarining rivojlanish muddati uzoq bo’lganligi uchun ham har bitta asosiy ari oilasidan bahorda bitta kichik oila yetishtirish mumkin. Ammo sharbat ajratadigan o’simliklar kam bo’lganligi bois, ularni rivojlantirib asal to'plashning iloji bo’lmaganligini hisobga olib, yetishtirilgan qutidagi arilar sharbat ajratish qobiliyati kuchli bo’lgan serasal o'simliklarga boy uzoq sharq va shimoliy tumanlarga jo’natiladi. Ularning kuchidan ko’p asal to’plashda foydalaniladi.

Yuqorida aytilganlarni amalga oshirish uchun qutili asalarichilikni rivojlantirish kerak. Qurili asalarichilik - bu januhiy tumanlarda yetishtirilgan asalarilarni fanerdan yasalgan qutilarda sharbat beradigan o’simliklarga boy bo’lgan joylarga jo’natishdir. U yerlarga keltirilgan arilar rivojlantirilib, asal to’planadi va jamiki asali olinib bo’lgach, tibbiyot sanoatida foydalanish uchun arilaring zahari olinadi, so’ngra ular o’ldirib yuboriladi.

Qutidagi ari oilasi kerakli joylarga asal to’plash uchun may oyining 10-12-kunlari keltirilsagina, qutili asalarichilik yuqori daromad berishi mumkin. Buning uchun qutidagi ari oilalari aprel oyining uchinchi o'n kunligida yoki may oyining boshlarida jo'natilishi kerak. Bahor erta kelishi kuzning uzoq cho’zilishi hamda qishning yumshoq kelgan davrlarda arilar qishlash vaqtida ko’p uchib harakat qilishi va bezovtalanishi oqibatida qishdan kuchsizlanib chiqadi. Shuning uchun ham ari oilalarini erta kuchaytirishning iloji bo'lmasligini hisobga olib, qish fasli kelmasidan oldin ko’p sonli yosh arilar bilan kuchli ari oilasini qishlashga ketkazish zarur bo’ladi.

Qutili yangi ari oilasini tashkil etish uchun yoz oylarining ikkin- chi yarmida ular jo’natilgan joylardagi ko’p asal beradigan, ya’ni kungaboqar, grechixa, jo'ka o’simligi, kashtan va cho’ldagi har xil asal beradigan o'tlarni hisobga olinishi kerak. Ko'p asal to’plash maqsadida qutili ari oilasini quyidagicha tashkil qilish mumkin.

Yoz mavsumining ikkinchi yarmida har qaysi asosiy oiladan 3 ta mumkatak romli urchigan ona arisi mavjud yosh kichik oila tashkil qilinadi. Yotoq uyalarning orqa tarafidan teshikcha ochiladi, faner to’siq yordamida 4-5 ta mumkatak romga mo’ljallangan cho‘ntak hosil qilinadi va shu yerda kichik yosh oila tashkil etiladi. Bunday yotoq uyada asosiy oila va kichik yosh oilaning rivojlanishiga sharoit yetarli bo’ladi hamda 4-5 ta mumkatak romdagi arilar yetarli ozig’i bilan qishlashga ketadi. Kelgusi yili bahorda asosiy oiladan 1 ta usti berkitilgan lichinkali romlar arisi bilan olinib, kichik yosh oilaga qo‘shilsa, yosh oila tez kuchayadi (kichik yosh oilaning ona arisi vaqtincha, arilar o'ldirib qo’ymasligi uchun, dumaloq simli qafas to’r ostiga berkitib qo’yiladi). Shunday qilib bahorda yotoq uyada bir vaqtning o’zida ikkita oila, ya’ni asosiy oila va kichik yosh oila rivojlanib, oradan 4-5 hafta o’tgach kichik oilaning kuchi yetti-sakkiz romni to’ldiradi.

Qutili ari oilasini yetishtirish vaqtini oldindan bilib, janubiy tumanlarda bog'lar, butazorlar gullashi hamda erkak arilarning mart oyining oxiri va aprel oyida yetilishini hisobga olib, ona ari yetishtirishga kirishiladi. Qutili ari oilasini tashkil etish vaqtigacha ona ari g’umbagi yetilisli kerak, chunki yaxshi rivojlangan yosh ari oilalarining anchalari qutili ari oilasini tashkil etish uchun fanerli qutiga ko’chiriladi va kerakli joylairga jo‘natiladi. Faner qutiga yosh arilar ko’proq tushishi uchun kunduzi arilar yaxshi uchayotgan paytda arilar va mumkatak romlar qutiga ko’chiriladi. Yosh oiladagi arilardan qutili ari oilasini tashkil etish uchun faner qutilarga 1,1 kg ari kochirilganida yosh oilada yana bir oz arisi, hamda lichinkalari qoladi. O’sha qolgan yosh oiladagi arilarga yetilgan ona ari g’umbagi yoki urchigan ona ari beriladi va yaxshilab yostiqcha yordamida o’rab isitiladi. Bunda kelajakda yozda gullaydigan o’simlikdan sharbat to’plashda arilar sonini ko’paytirish uchun yordamchi ona aridan oila boshlig‘i sifatida foydalaniladi

Asosiy sharbat ajratuvchi o’simliklar gullashi oldidan yordamchi ona ari oiladan 2 ta mumkatak romda lichinkalari hamda ona arisi bilan ajratib olinib, uyaning yon tarafidagi faner tosiq yordamida ajratilgan cho'ntak qismiga ko'chiriladi, arilarning asosiy qismidan asal to’plashda foydalanish uchun asosiy oilaga qo’shib yuboriladi. Asosiy sharbat vaqti tugaganidan keyin, ajratilgan kichik oilaga asosiy oiladan yetilgan lichinkali mumkatak romlar qo’yilib kuchaytiriladi, oziq bilan ta'minlanadi qishga qo’shimcha ona arili oila sifatida ketkaziladi.

Mana shunday yo’l bilan asosiy ari oilalasining rivojlanishi hamda sharbat to'plashiga salbiy ta’sir korsatmay, har qaysi asosiy ari oilasidan bittadan yangi yosh oila (qutida) ajratish mumkin bo’ladi.

Farg`onaga tashrif
Farg`onaga tashrif
Uyushma binosining ochilish marosimi
Uyushma binosining ochilish marosimi
Farg'onaga tashrif
Farg'onaga tashrif
Uyushma binosining ochilish marosimi
Uyushma binosining ochilish marosimi
Bizning hamkorlar
The Food and Agriculture Organization
The Food and Agriculture Organization
ALOQALIZING
ALOQALIZING
Savollar bormi?
Savollaringizga javob berishga tayyormiz. 
Fayl yuklash:
maksimal: 1
Manzili:
O'zbekiston, Toshkent, Navoiy ko'chasi 40