Адрес:
O'zbekiston, Toshkent, Navoiy ko'chasi 40
`$site.phones[0].num_title`
Asalari - hakim dastyori, dexqon - hamkori, hosil - madori !!!
Hurmatli asalarichilar va saytimiz mehmonlari, Siz saytimizdan "Asalarichilik ensiklopediyasi" va "Arizor.uz" axborot almashish tizimi mobil ilovalarini yuklab olishingiz mumkin

ASALARI OILASI KUCHINI EKINLAR GULINI CHANGLATISHGA JALB ETISH

ASALARI OILASI KUCHINI EKINLAR GULINI CHANGLATISHGA JALB ETISH

опыление

 

Ekinlarni asalarilar yordamida changlatish va hosildorligini oshirishning quyidagi usullari mavjud:

  • Asalarilarning xohlagan o'smilikka borishini ta'minlash uchun qo’llaniladigan usullardan biri bu ularni o’rgatishdir, ya’ni ularda ma’lum bir o'simlikka borishi refleksini shakllantirish. Buning uchun tayyorlangan siropga (1 qism qand, 2 qism suv) belgilangan o'simlikning changidan olingan gulini solish kerak va run bo’yi shu siropda qoldirish kerak. Ertalab asalarilar hali uchib chiqmaslaridan oldin har oilaga 200 g hisobida shu siropdan oxurlarga quyiladi.
  • Asalarilarni ma’lum bir joydan asal yig'ishga o’rgatish. Kechqurun oxurga tayyorlangan ivitma quyiladi, eitalab qolgan ivitma bilan ichidagi asalarilar changlatish uchun belgilangan maydon o'rtasiga ustiga doka yopib olib borib qo'yiladi va yana ivitma quyiladi Asalarilar oxurdan o’z uyalariga qaytib kelganida u yerdagilarga oxurning turgan joyi qayerdaligini «aytadilar». Bu ivitma bilan bir necha kun uyada ham oziqlantirib turilsa, asalarilar o'rgatilgan joyga boradigan bo'ladilar.
  • Qiziqarli usullardan biri - chang ushlab qoladigan asbob bilan asalarilarning changini tortib olish. Bunday vaqtda asalarilar yana chang yig’ishga ketadi.
  • Changlanuvchi ekinning maydon birligida asalarilar sonining ko’p bolishi.
  • Asalarilarda o’simliklarga qatnash uchun turg’in refleks hosil qilish.
  • Ghanglatuvchi asalarilardan foydalanishning optimal muddatlarini ishlab chiqish. Bunda o'smiliklarning biologik va fiziologik xususiyatlari ularni o'stirish texnikasi o’sish mavsumi, harorat faktori va hokazolar hisobga olinadi.
  • Changlatuvchi arilar oilalari joyini har 5-7 kunda almashtirib turish.

Asalari bilan changlatishda eng asosiysi bu bir gektardagi o'simlikni changlatish uchun kerak bo’ladigan arilar oilasining sonidir. Bu katta ahamiyatga ega (6. 1- jadval).

 

Qishloq ho'jalik ekinlarini asalarilar yordamida changlatish uchun zarur bo‘ladigan asalari oilalari soni (1 gektar yer maydoni hisobida)

T/r

O'simliklai' mi i

Changlatish uchun zarur bo’ladigan asalari oilalari soni

Asalarilar yordamida changitilganidan  so'ng hosildorlikning oshishi, %

1

Beda, kanop, yovvoyi beda

2-3

180-200

2

G’o’za

2-4

30-35

3

Mevali daraxtzor

2-4

40-50

4

Poliz ekinlari

1

30-40

5

Sabzavot, uzumzor, perga va raps ekinlari

1-2

35-45

6

Dukkakli o'simliklar

2

25-30

7

Kungaboqar

1

40-50

8

Qulupuay, maymunjon

4

20-25

9

Issiqxona sharoitida

1-2

40-50

 

Respublikamizda jami bo’lib 143 mingta asalari oilasi bo’lib, bu mavjud ekilayotgan 1,5 million gektar g'oza maydonlarini, 540 ming gektar bedazor, 482 ming gektar bog', poliz, sabzavotni, 387 ming gektar makkajo’xori va boshqa ekinlar gulini changlatishga yetmaydi. Ana shu maydondagi ekinlar gulini changlatish uchun qo’shimcha ravishda yana 1,5-2 millionta asalari oilasini tashkil etishni talab qiladi

Mutaxassis olimlarining fikncha, bir gektar bedazor gulini changlatish uchun 2-3 ta asalari oilasi kifoya ekan. 1 gektar g'o'za maydoni uchun 2-4 ta, mevazorlar uchun 2-4 ta, poliz ekinlari uchun 0,5-1 ta, sabzavot, uzumzor, perga, raps kabi ekinlar uchun 1-2 ta arilari oilasi talab qilinadi.

Hozirgi kunda mavjud arilari oilasi bilan faqatgina 200 ming gektardan ziyodroq g’o’za maydonlarini changlatish mumkin.

Asalari bir daqiqada o’ndan ortiq, bir kunda esa 72 mingga yaqin g'o'za gulini changlatishga ko'maklashadi. O'z vaqtida yaxshi changlanish esa hosildorlikning oshishida katta ahamiyatga ega. Bu ayniqsa, beda urug'i hosilini oshirishda yaqqol seziladi.

Respublikamizda asalarichilikni rivojlantirishning va uni ozuqa bilan ta'minlashning yana bir yo’li shuki, chorvachilik uchun takroriy ekiladigan ozuqabop ekinlardan hisoblangan kuzgi raps va perga kabi servitamin ekinlarni javdar o’smiligi bilan birga xo'jaliklarda bo’shab qolgan yerlarga ekishni tashkil etishdir. Bu ozu­qabop ekinlar bahorda chorva mollari uchun juda to’yimli, shirali ozuqa bo'lishi bilan birga, asalarilarning bahorgi rivoji uchun ham juda yaxshi gulshira va gulchangi beruvchi o’similiklardan hisoblanadi. Shuningdek, Bug’doydan bo'shab qolgan yerlarga uch oylik kungaboqar o'simligi navlarini ekish ham yoz oxirida asalari oilasini ko’plab gulchangi va gul shirasi bilan ta’minlab, ularning rivojalanishiga salmoqli hissa qo’shadi.

Asalarilar – ekinlar hosilini oshirish va urug’chilikni rivojlantirishda katta ahamiyatga ega.

Dalazordagi o‘simliklarning hosil berishlari uchun chang bir o‘simlik gulidagi ikkinchi o‘simlik guliga o‘tmogi kerak. Bu vazifani har xil hasharotlar, ayniqsa asala­rilar bajaradi. Ekinlar gullagan vaqtda, asalarilarni ularga yaqinroq olib borishadi. Agar aksi bo‘lsa, ulardan mo‘l hosil olib bo‘lmaydi, chunki gulli o‘simliklarning 70% qismi asalarilar bilan changlanadi. Asalarilar ko‘p miqdorda oziqa qidirib turli xil gullarga qo‘nadilar va shu bilan birga bu gullarni changlantirib ham ketadi. Asalarilarning tanasi yetarli darajada sertukli bo‘ladi va bu tuklarga ko‘p miqdorda gulchangi ilashib qoladi.

O‘simliklarni changlatish uchun asalarilarga o‘rgatish sharbati beriladi. Agar arixonaga birorta gulning hidi kelib turgan oziqa solingan oxurcha qo‘yilsa, asalarilar bu oziqni olib mumkatakchalariga eltadi. Bu oziqani topib olgan asalarilar o‘z katakchalariga qaytib kelganidan so‘ng dalada birorta oziqa manbai topgan darakchi asal­arilar kabi, doyra shaklida tez-tez yura boshlaydilar, ya’ni boshqa asalarilarni shu oziqani keltirish uchun qiziqtirishga urinadilar. Asalarilarning bir qismi oxurchadagi oziqani arixonaga keltiradi, va boshqa asal­arilarni xuddi shu kabi oziqa manbalarini izlab topish uchun arixonadan uchib ketishga majbur etadi. Agar asalariga g‘o‘za guli hidi kelib to‘rgan shakar sharbati berilsa, bu holda ular g‘o‘za usimligini qidirib topish uchun uchadilar. Asalarilar bu o‘simliklarni shirasidan kelib to‘rgan hidiga qarab topib oladilar. Demak asalarilar­ga o‘simlik gulining hidi kelib to‘rgan oziqa berib, kerakli o‘simlikni changlatish mumkin.

O‘simliklarni changlatish uchun 1/1 issiq suvda sharbat tayyorlab, bu sharbat sovuganidan keyin unga mo‘ljallangan o‘simlikning gullari botirilib ikki so­at ushlab turiladi. Gulning miqdori sharbat hajmining to‘rtdan bir qismiga baravar bo‘lishi kerak. Solinayotgan gullar sershira bo‘lishi uchun, ularni bir necha kun oldin doka bilan o‘rab, hasharotlar qo‘na olmaydigan joyga qo‘yish kerak. O‘rgatish sharbati ertalab asalarilar ucha boshlaguncha berilishi kerak.

Paxta hosilini oshirish qishloq ho‘jalik hodimlari oldida birinchi masaladir. Ko‘p sonli tekshirishlarga asosari asalarilar yordamida o‘simliklarni chetdan changlatish katta ahamiyatga ega ekanligi tasdiqdangan. G‘o‘zani changlatuvchi sifatida asalarilar bilan asrning boshidayoq qiziqa boshlandi, chunki xalqaro bozorda paxta mahsulotiga talab oshganligi bu o‘simlikning hosildorligini oshirish yo‘llarini izlashga majbur etar edi. Ma’lumotlarga ko‘ra asalarilar yordami­da changlatilgan g‘o‘zadan, asalarilar bo‘lmagan joylarga nisbatari har gektardan 2,6 s ko‘p paxta yig‘ib olingan. Ko‘pchilik olimlar paxtani eng yaxshi changga boy o‘simliklar qatoriga kiritib, unga asalarilar bajonu-dil qatnashini aniqlaganlar.

Iqlim va tuproq sharoitlarining xilma-xilligi, yovvoyi va madaniy o‘simlik turlarining ko‘pligi bilan farq qiladigan O‘zbekistonda asalarilar yordamida o‘simliklarni changlatish usuli keng qo‘llanmoqda.

Changlatishda asalarilardan muvaffaqiyatli foydalanish shartlari: sog‘lom, kuchli asalari oilasini changlatish kerak bo‘lgan joyga olib chiqishdan 12 kun oldin, oilada 5-6 qurtchali ramka bo‘lib, undagi qurtchalarni boqishga yetadigan asalari bo‘lishi kerak. Yuqori darajada changlatish uchun arizorni changlatiladigan maydonga yaqin qo‘yish va asalari­ning bu yerga uchib keladigan yo‘lidagi to‘siqlarning kamroq bo‘lishidir. O‘zbekiston sharoitida paxta, poliz ekinlari, sholi dalalarida changlatuvchi arizor­ni maydaroq qismlarga bo‘lib (40–50 oiladan) ularni bir-biridan 500 m uzoqlikda joylashtiriladi.

Bog‘larda bu masofa 200 m gacha qisqartiriladi. Agar changlatiladigan joy to‘rtburchak yoki aylana shaklda bo‘lsa arizorlarni ekinlar markaziga joylashtirish yaxshiroqdir. Agarda u cho‘zilgan bo‘lsa arizorlarni 1000 m oraligi bilan birin-ketin qo‘yiladi. Shuni hisobga olish kerakki, changlatiladigan ekinlarning atrofida asalarilar diqqatini jalb qiladigan o‘simliklar bo‘lmasligi kerak aks holda ularda asal­arilarning bir qismi qolib ketadi. Asalarilar­ni xohlagan o‘simlikka borishini ta’minlash uchun qo‘llaniladigan usullardan biri – bu ularga o‘rgatish sharbatini berishdir.

Bodring va boshqa o‘simliklar issiqxonalarda etishtirilganda, asalarilar kul hizmatini ancha engillashtiradi. Yaqin-yaqingacha issiqxonalarda o‘stirilayotgan bodringlarni qo‘lda changlatilar edi; buning uchun bodringlarning erkak gullarini yulib olib undagi gulchangini urg‘ochi gul ustiga o‘tkazar edilar. Bu ish juda ko‘p mehnat talab qilar edi. Endi bu changlatish uchun asalarilardan foydalanadilar. Asalari yordamida changlatish hisobiga, bodring hosili 10% ga oshadi. Bo­dring va boshqa o‘simliklarni issiqxonada changlatish uchun, asalari oilasini oldin boshqa issiqxonaga olib kirib, ularni uchib chiqib ichlarini axlatdan tozalab olishlariga imkon berish kerak. Bunday qilinmasa, asalarilar bodringlarni o‘z axlatlari bilan ifloslab qo‘yadi.

Ari oilasi issiqxonada turgan vaqtida ularga qo‘shimcha ikki ramka perga quyilishi zarur.

Asal Bayrami 2023
Asal Bayrami 2023
Asal Bayrami 2023
Asal Bayrami 2023
Asal Bayrami 2023
Asal Bayrami 2023
Asal Bayrami 2023
Asal Bayrami 2023
Asal Festivali Namangan
Asal Festivali Namangan
Uyushma binosining ochilish marosimi
Uyushma binosining ochilish marosimi
Uyushma binosining ochilish marosimi
Uyushma binosining ochilish marosimi
Farg'onaga tashrif
Farg'onaga tashrif
Asal Bayrami 2023
Asal Bayrami 2023
Bizning hamkorlar
The Food and Agriculture Organization
The Food and Agriculture Organization
ALOQALIZING
ALOQALIZING
Savollar bormi?
Savollaringizga javob berishga tayyormiz. 
Fayl yuklash:
maksimal: 1
Manzili:
O'zbekiston, Toshkent, Navoiy ko'chasi 40