Адрес:
O'zbekiston, Toshkent, Navoiy ko'chasi 40
`$site.phones[0].num_title`
Asalari - hakim dastyori, dexqon - hamkori, hosil - madori !!!
Hurmatli asalarichilar va saytimiz mehmonlari, Siz saytimizdan "Asalarichilik ensiklopediyasi" va "Arizor.uz" axborot almashish tizimi mobil ilovalarini yuklab olishingiz mumkin

ASALARI OILASINI BOQISHDAGI ASOSIY TALABLAR

ASALARI OILASINI BOQISHDAGI ASOSIV TALABLAR

 

Asalarilarning hayoti nihoyatda murakkab oilani tashkil etadi va har bir individ ma’lum bir vazifani bajaradi. Shuning uchun oilada nasl beradigan ona ari, naslsiz urg'ochi ari, ya’ni ishchi ari va erkak arilar (trutenlar) paydo bo’lib, ular tuzilishi va fiziologik xususiyatlariga ko‘ra bir-biridan farq qiladi va bu polimarfizm deyiladi. Polimorfizm, odatda har bir individ oilada ma’lum bir vazifani bajarishidan kelib chiqadi ya'ni bajariladigan ishning taqsimlanishi bevosita ularning morfologik farqiga bog'liq.

Arixonalarda yetishtirilib ko'paytiriladigan kuchli arilar oilasida yoz mavsumining o’rtalarida 60-70 rining, duragay zot ari oilasida 80-90 riningtagacha arisi bo'ladi. Oilada ishchi arilarning soni ko'p bo‘lishi evaziga ular qisqa vaqt, yani 20-30 kun ichida keyingi yilgi sharbat tashish davrigacha yetadigan oziq to’play oladilar. Ko’p sonli arilar jamoa bo’lib yashashi natijasida asalarilar qishki sovuq kunlarda uyalarida zarur muhitni, kerakli issiqni ushlab turadilar.

Oilaning kuchi arilar to'liq qoplab olgan mumkatak inchali romlar soniga qarab aniqlanadi. Arilar 5-6 ta inchali romda bo’lsa, bunday oila to‘la kuchli oila bo'ladi.

Lichinkalar soni mumkatak inchali romlardagi usti berkitilgan lichinkalar soniga qarab aniqlanadi. Agar ona ari inchalarga bir tekisda tuxum qo'yayotgan bo‘lsa, u holda sifatli, agarda inchalarga onda-sonda tuxum qo'yayotgan bo’lsa, sifatsiz ona ari bo'ladi.

Oziqaning miqdori mumkatak inchali romlardagi asalga qa­rab chamalab aniqlanadi. Katta hajmdagi 435x300 millimetrli mumkatak romlarda 3,5-4 kg gacha, kop qavatli uyalarning 435 x 250 mm inchali romlarida esa 3 kg gacha asal bo’lishi kerak.

Oilaning ichidagi inchali romlarning sifati ona arining tuxum qoyishga yaroqliligiga qarab aniqlanib, mog’or bosgan, sichqon kemirgan, hajmi kichrayib, qorayib ketgan va erkak ari inchalari ko’p bo’lgan sifatsiz mumkatak romlar olib tashlanadi.

Agarda oilada bahorda oziq modda bo’lmasa, u holda ona arining tuxum qo’yishi kamayadi. Chunki oziq bo’lmasa, lichinkalarning rivojlanishi susayadi. Harorat ko’tarilishiga dosh bera olmaydi 10-12 kg gacha oziqasi bo’lgan oila yaxshi rivojlanadi. Har bir ari oilasining 1 ta kuchiga 1 kg oziq kerak bo’ladi.

Ari oilasi me'yorida yaxslii rivojlanayotgan davrda 30 kg asal iste'mol qiladi. Shundan 8-10 kg oziqni asalarichi uyaga solib qo’yadi. 18-20 kg ni asalarilarning o zi erta gullaydigan o’simlik gullaridan olib keladi.

Bahor kelishi bilan oilani isitish maqsadida bo'sh romlar olib qoyiladi. Asalarilar nechta romni qoplab turgan bo’lsa, shuncha rom qoldiriladi. Oilaning icliki hajmi qancha qisqartirilsa, oila shuncha tez rivojlanadi.

Bahorda oila sun’iy, ya’ni yostiqchalar yordamida isitiladi. Asalarilar ko‘chirish paytida, iloji bo’lsa, yuqori yostiqchalarni olib tashlab, o’rniga bo’sh romlar qo'yish kerak.

Ari oilasining ahvoli aniqlanayotgan bir vaqtda uning ichki hajmi ham tartibga keltiriladi. Ya’ni ari oilasini jadal rivojlantirish uchun sharoit yaratiladi. Buning uchun uyaning ichki hajmini tartibga keltirishda oilada yetarli oziq va ona arisi tuxum qo’yishiga yaroqli toza hamda sifatli mumkatak inchali romlar bo’lishi ta'minlanadi: ortiqcha va yaroqsiz mumkatak inchali romlar olib qo'yiladi, uyaning ichki hajmi kerakligicha qisqartirilib, isitgich yostiqchalar yordamida o’rab qo'yiladi. Ayniqsa, kuchsiz ari oilalarida bo’sh mumkatak inchali romlar ajratib olinib, kerakli oziq bilan ta’minlanadi.

Bahorgi taftish natijalari alohida ro'yxatga yozib qo'yiladi.

Asalarichi ari oilasini to’liq tekshirib taftish qilish bilan har qaysi ari oilalarining ahvoli haqida to'liq tushunchaga ega bo’ladi

Manba:  mirishkor.uz

Asal Bayrami 2023
Asal Bayrami 2023
Asal Bayrami 2023
Asal Bayrami 2023
Asal Bayrami 2023
Asal Bayrami 2023
Asal Bayrami 2023
Asal Bayrami 2023
Asal Festivali Namangan
Asal Festivali Namangan
Uyushma binosining ochilish marosimi
Uyushma binosining ochilish marosimi
Uyushma binosining ochilish marosimi
Uyushma binosining ochilish marosimi
Farg'onaga tashrif
Farg'onaga tashrif
Asal Bayrami 2023
Asal Bayrami 2023
Bizning hamkorlar
The Food and Agriculture Organization
The Food and Agriculture Organization
ALOQALIZING
ALOQALIZING
Savollar bormi?
Savollaringizga javob berishga tayyormiz. 
Fayl yuklash:
maksimal: 1
Manzili:
O'zbekiston, Toshkent, Navoiy ko'chasi 40