ASALARICHILIK ASBOBLARI
Respublikamiz mintaqalarida mart oyida asalari oilasi asosiy nazoratdan o‘tkaziladi. Bahorgi kunlar isib, soyadagi harorat 14°C dan oshganidan so‘ng arixonadagi asalari oilasining ahvoli ko‘zdan kechiriladi. Undagi oziq zaxirasi, oilaning katta-kichikligi, ona asalarining bor-yo‘qligi aniqlanadi. Bu ishlarni, ayniqsa, bundan keyingi oylarda bajariladigan ishlarni sifatli bajarish uchun, asalari biologiyasini yaxshi bilish kerak. Kuzgi mavsumda asalarichilikdan ko‘proq mahsulot (asal, mum, gul changi) olish uchun asalari oilasi uchun qulay sharoitlar tug‘dirish lozim, ya’ni vaziyatga mos arixona turini tanlash, uni to‘g‘ri sozlash, arixonalarning joyini o‘zgartirishda asalarilarni bezovta qilmaydigan texnik vositalardan foydalanish kabi ishlarni to‘g‘ri tashkillashtirish talab qilinadi. Demak, birinchi navbatda, texnik vositalar va boshqa anjomlarning tuzilishini, ularni to‘g‘ri sozlashni bilish kerak.
Asalari oilasini ko‘zdan kechirganda – boshni, yuzni va bo‘yinni asalarilarning chaqishidan himoya qilmoq uchun, yuzniqob, tutatqich, iskana va cho‘tka bo‘lishi kerak. Bundan tashqari asalarichilikda Asalarilar uchun yangi romlarga mum pardalari yopishtirishda, romlardagi asalni ajratishda, mum xomashyosiga qayta ishlov berishda, ta’mirlashda, arixonalarni ko‘tarishda, bo‘yashda va boshqa ishlarni bajarishda, asalarichilik anjomlaridan foydalaniladi.
Bevosita asalarilar bilan ishlashda asalarichi maxsus bosh niqobi, xalat, ona asalarining qafasi, tutunlatkich, ona asalari himoyalovchi qalpog‘i, ona asalari va erkak asalarilarni ajratish panjarasi, romlarni saqlaydigan shkaf, asalarichi pichog‘i, kurakcha, supuruvchi cho‘tka, asal qirg‘ichi, romlar solinadigan quti, tozalash iskanasi va boshqalardan foydalaniladi.
Yuzniqob – qora to‘rdan yasaladi. Buning uchun oq va boshqa rangli to‘rlar yaramaydi, chunki ular ko‘zni charchatadi va ravshan ko‘rsatmaydi. Yuzniqobning to‘ri yuzga tegib turmasligi uchun, uning ichiga aylana sim o‘rnatiladi va to‘ri bo‘yin atrofiga ip bilan tortib bog‘lanadi. (9-rasm)
Bosh asalarichi boshini asalarilar hujumidan himoyalash uchun kiyiladi. Odam boshining peshana va iyak balandligida simtemirdan aylanasimon yasalgan halqa o‘rnatiladi. Ko‘z ro‘parasidan yelkagacha yetadigan qora rangli mayda to‘r tikiladi (qora to‘rdan tashqaridagi jismlar yaxshiroq ko‘rinadi). To‘rning pastki etagiga rezina yoki ip tiqiladi. Bu ip bilan to‘r etagi asalarichining bo‘yniga zich bog‘lab qo‘yiladi, asalarilar odam bo‘yniga kirib ketmaydi.
Asalarichining xalati, hamma kiyimi, iloji bo‘lsa, oq rangli paxta matosidan tikilgani ma’qul.
Iskana – asalarilar bilan ishlashdagi eng zarur asboblardan biridir. Bu asbob arixona qavatlaridan magazinni ajratish, ramkalarni siljitish, arixonaning devorlari, poli va boshqa joylarini mumdan hamda ari yelimidan tozalash uchun ishlatiladi. (7-rasm)
Asalarilar romning yelka qismini arixona devorini ichki tomoniga propolis yordamida zich yopishtirib qo‘yadi. Shu sababli, romni sug‘urib, tashqariga chiqarishdan oldin, uni astasekin joyidan qo‘zg‘atish kerak bo‘ladi. Iskana bu ishni yengillashtiradi. Arixona ichki devoridagi o‘yiq joyga o‘rnatilgan rom plankalarini asalarilar devorga mum bilan yelimlab qo‘yadi. Shu sababli, romni chiqarib olishdan oldin, iskana bilan yelimlangan mumni yirtib, tozalab qo‘yish kerak bo‘ladi.
Iskana uzunligi 200 mm, o‘rta eni 26 mm, tig‘larining eni 45 mm, tig‘ining qalinligi 2,5 mm, massasi 0,15 kg.
Tutatqich – bu asbob uyani tekshirish vaqtida, tutatib asalarilarni yuvoshlatish uchun ishlatiladi. (8-rasm) Tutatqich tunukadan yasalgan silindr bilan unga ulangan damdan iborat bo‘ladi. Tutatqichning ichiga tagi panjaralanib ishlangan ichki silindr o‘rnatiladi. Bu silindrning taglari o‘rtasida oraliq qoldiriladi. Tashqi silindr devorining shu oraliqqa to‘g‘ri kelgan qismida alohida teshik bor, damni bosganda bu teshikdan havo kiradi. Tutatqich aylana shaklida ishlangan qaytarma qopqoqcha bilan yopiladi, tutun shu qopqoqchaning uchidagi teshikdan chiqadi.
Tutunlatkichdan quyidagicha foydalaniladi. Arixona qopqog‘ini ajratib olishdan oldin (misol uchun, ustki magazinni olib tashlashdan oldin) uchish tuynuklariga 2-3 marta tutun yuboriladi. Arixonani bo‘laklarga ajratishda asta-sekin harakatlanish kerak. Qopqoq va bevosita uning ostidagi isitish yostiqchalari olinganidan so‘ng, rom ustidagi yopqich matoning chetki qismi ko‘tarilib, u yerga ham 1-2 marta tutun yuboriladi. Keyin yopqich mato chetga olib qo‘yiladi. Usti ochilgan romlar joyidan asta-sekin olinadi. Ochilib qolgan pastki rom ustini mato bilan yopib qo‘yish kerak.
Tutunlatkichning ichida tez lovullab yonib ketmaydigan yoqilg‘i (mol tezagi, daraxtning chirigan po‘pagi, qipiq) yoqiladi. Tutunlatkich ichiga bosqon (charmdan garmoshkaga o‘xshatib yasaladi) yordamida tashqaridan havo kiritilib, tutun miqdori o‘zgartiriladi. Tutun oqininga tushgan asalari o‘z jig‘ildonini asalga to‘ldirib olib, jahldorligini kamaytiradi, odamni chaqmaydigan bo‘lib qoladi.
Tutunlatkichning o‘tdoni metalldan, bosqoni charmdan tayyorlanadi. Uni nam joyda qoldirmaslik kerak. Aks holda charm dag‘allashib, yorilib ketishi, o‘tdon esa zanglab qolishi mumkin. Tutunlatkich o‘tdonidagi to‘rni hamda qopqog‘ini teztez tozalab turish kerak. Agar yonib ulgurmagan yoqilg‘ini (qipiqni) o‘chirish kerak bo‘lsa, tutun chiqadigan joyga biron narsa tiqilib qo‘yiladi. O‘tdon orqali havo harakati to‘xtab, cho‘g‘i o‘chib qoladi. Agar, aksincha, biqsib yonishni kuchaytirish kerak bo‘lsa, qo‘l bilan bosqonni bir necha marta bosibqaytarib, o‘tdonga ko‘proq havo kiritish kerak.
Tutunlatkich bosqonini ichiga qo‘yilgan prujina ta’sirida, qo‘l bilan bosilgandan so‘ng, u dastlabki holatiga qaytadi. Maxsus klaparilar havoni so‘rish va bosim ostida chiqarishni ta’minlaydi. Tutunlatkich yonilg‘isi sifatida eski lattalarni ishlatish mumkin emas, chunki ular asalarilarning g‘azabini oshiradigan achchiq tutin beradi. Tutunlatkich o‘lchamlari 220x118x250 mm, korpusining diametri 100 mm.
Cho‘tka – ramkalardagi asalarilarni arixonaga supurib tushirish uchun, yumshoq va oq rangli ot qilidan zich qilib yasaladi.
Qafascha devorchalarining ko‘zlari kattaligi 3 mm keladigan sim to‘rdan yasaladi. Qafaschaning ustki qismida ona arini joylash uchun teshik bo‘lib, bu teshik tunuka surma qopqoq bilan berkitiladi. Qafaschaning pastki tomoni yog‘och qopqoqcha bilan yopiladi. Bu qopqoqchada, ona ari uchun oziqa beriladigan chuqurcha bor. Bu qafaschadan ona arini yoki onadonlarni ajratish, shuningdek ona arilarni yangi oilaga joylash vaqtida foydalaniladi.
Ona asalari qafasi (10-rasm) oiladagi ona asalarini arixonadan chiqarib, uni vaqtincha alohida saqlash uchun qo‘llaniladi.
Qafasning metall yoki plastmassadan yasalgan karkasiga mayda to‘r tortilgan bo‘ladi. Ona asalari qafasining uzunligi 36 mm, eni 28 mm va balandligi 58 mm, massasi 15 gramm.
Ona asalari qalpog‘i (11-rasm) arixona ichidagi romdan chiqarilmasdan ona asalarini oiladagi asalarilardan vaqtincha, alohida ajratib saqlash uchun ishlatiladi.
Ona asalari qalpog‘ining diametri 140 mm, gardishining balandligi 25 mm, uning oyoqlari balandligi 9 mm, massasi 35 gramm.
Ona ari qalpoqchasining usti panjarali, dumaloq shaklda bo‘lib, ona arini yopib qo‘yish uchun ishlatiladi. Undan yangi oilaga ona arini o‘tkazish uchun ishlatiladi.
Asalajratkich – mumkatakdagi asalni ajratib olish uchun maxsus asbob. Bu asbob markazdan qochish kuchiga asoslanib yasalgan. Ma’lumki, ipning bir uchiga boylangan toshni o‘z atrofingizda gir aylantirsangiz, bu tosh zo‘r kuch bilan ipni chetga tomon tortadi.
Ipning uchini qo‘yib yuborganingizda bu tosh markazdan qochish kuchining ta’siri bilan, chetga uchib ketadi. Mumkatakdagi asal ham ramkalarni tez-tez aylantirish ta’siri bilan kataklardan ajralib chiqadi.
Asalajratkich pastki qismida asalni oqizib olish uchun teshigi va jo‘mragi bo‘lgan silindrsimon bakdan iborat. Bakning o‘rtasiga tik o‘q o‘rnatilgan va bu o‘qqa quti birkitilgan. Quti devorlari ramkalarga nisbatan birmuncha kattaroq qilib yasaladi va ularga meall to‘r tortiladi. Asalajratkich 2-3-4 qutiliq bo‘ladi.
Ajratkich panjara – bu panjaradan ishchi arilar bemalol o‘tib yuradilar, ona ari va erkak arilar o‘ta olmaydilar. Ajratkich panjarasi, arixonaning birorta qisninga ona arining o‘tishini to‘sish kerak bo‘lgan hollarda ishlatiladi.
Asalari sharbat oxurchalari quyidagi talablarga javob berishi shart:
Ari uyasining eng issiq joyiga o‘rnatiladigan bo‘lishi.
Mumkin qadar ko‘proq oziqa solish uchun, katta bo‘lishi.
Foydalanish uchun ungay bo‘lishi, qo‘shimcha oziqa solingan vaqtda, asalarilarni bezovta qilmaydigan, bosib ezib yubormaydigan hamda ari uyasini sovutmaydigan bo‘lishi.
Asalarilar oziqlangan vaqtda, uning ichiga tushib nobud bo‘lmasliklari uchun, oxurcha ichiga yog‘och po‘kaklari solingan bo‘lishi kerak.
Asalarilarni shakar sharbati bilan oziqlantirish uchun maxsus oxurdan foydalaniladi (14-rasm). Oxur taxta va orgalit (fanera)dan yasalib, ichki devorlari eritilgan mum bilan qoplanadi. 14-a rasmda oxurning yalpi ko‘rinishini (qopqoqsiz) sxemasi keltirilgan. Oxurning katta bo‘lagiga 4-5 litr shakar sharbati quyiladi. Eni 105 mm bo‘lgan kichik xonasiga o‘rta devordagi o‘ta kichik teshiklar orqali sharbat oqib o‘tadi. Kichik xonaning tashqi devori bilan oxurning yon devori o‘rtasida asalarilar sig‘adigan tirqish yasalgan. Tirqish bilan kichik xona o‘rtasidagi devorning ustki qismida teshiklar yasalgan tirqishga kirgan asalarilar ushbu teshiklar orqali kichik xonaga kirib, u yerdagi sharbatni oladi. Asalarilar sharbatga cho‘kib ketmasligi uchun, uning yuzasiga yengil cho‘plar tashlanadi. Cho‘pga qo‘ngan asalari sharbatni so‘rib oladi.
Banka-oxur. Agar asalarilarni oziqlantirish uchun maxsus oxur topilmasa, 0,5-1,0 litrli shisha bankadan foydalanish mumkin. Bankaga shakar sharbati quyilib, og‘ziga ikki qavat doka zich bog‘lanadi. Banka og‘zi pastga qaratilib rom ustida joylashtiriladi. Doka ko‘zlaridan sizib chiqqan sharbatni asalarilar so‘rib oladi.
Oxurchalar yog‘ochdan, plastmassadan va tunukadan yasaladi. Eng yaxshi oxurchalar yog‘ochdan yasalgan oxurchalardir.
Ko‘ch idishi – asosiy oiladan ajralib chiqqan ko‘chlarni vaqtincha joylash va saqlash uchun ishlatiladi. Ko‘ch idishining devori yog‘och chambaraklardan yasalib, devorlariga va tubiga to‘qima tortiladi. Bu idish dumaloq yoki chuzinchoq shaklda bo‘lishi mumkin. Ko‘ch idishni ilib qo‘yish uchun yashikning ustida ilmogi bo‘ladi. Yashikning qopqog‘i ham fanerdan yasaladi.
Tarozi – nazorat arixonani tortish uchun ishlatiladi. Dalada oziqa topishning oz-ko‘pligi arixonaning vazniga qarab belgilanadi. Tarozi va uning ustiga qo‘yilgan arixonani yog‘ingarchiliqdan saqlash uchun arixona ustiga bostirma qilib qo‘yiladi.
Ish yashigi – asalarilar bilan ishlash vaqtida kerak bo‘ladigan asboblarni solib yurish uchun ishlatiladi. Bu yashik: tutatqich, iskana, cho‘tka, mih ona ari qafaschalari, arizordagi hisob-kitob daftarchasi, tutatishda ishlatadigan yog‘och chirindisi va boshqa narsalarni solish uchun juda qulay bo‘ladi. Ishlagan vaqtda, bu yashikka o‘tirish ham mumkin. Yashikni ko‘tarib yurish qulay bo‘lishi uchun, uning ustki qisninga barmoqlarga moslab ikkita o‘yiqcha qilinadi.
Asalarizor hududida ta’mirlash ishlarini bajarishda qutio‘rindiqdan foydalanish qulay bo‘ladi (15-rasm). Uning o‘rta qismi o‘rindiqqa o‘xshash bo‘lib, ikki chetida turli asboblar solinadigan qutichalar o‘rnatilgan. Quti-o‘rindiq o‘lchamlari erkin qabul qilinadi.
Kurakcha – arixonani tozalashda, uning tubidagi axlatni olishda ishlatiladi. U temirdan yasalgan bo‘lib, ushlagichi yog‘ochdan bo‘ladi.
G‘altakcha – sun’iy mumpardani ramkaning ustki yog‘ochiga (brusok) yopishtirish va simni sun’iy mumpardaga botirish uchun ishlatiladi. Bu asbob aylanasida sim joylanadigan tarnovchasi bo‘lgan tishli g‘ildirakchadan iborat. G‘altakcha o‘zining dastagi birkitilgan o‘qchasida erkin aylanadi.
Ramka yashigi odatda – fanerdan yasaladi va unga 10 ta ramka joylanadi. Yashikning qopqog‘i ham fanerdan yasaladi. Yashikni ko‘tarib yurish uchun, uning yon devorchalari mixlanadigan plankalariga dastak qilinadi.
Sim – mumparda yopishtirilishidan oldin, ramkaga tortiladi. Asalarichilikda diametri 0,4-0,5 mm sim ishlatiladi.
Eshik to‘siqchasi – sichqonlar ari uyasiga kirmasligi, arixona eshikchasi kengaytirish va toraytirish hamda yopish uchun bu to‘siqcha qoqiladi. Eshik to‘siqchasi metalldan yasaladi.
Suv idishi – jo‘mrakli yog‘och bochka yoki tunuka bakdan iborat. Suvning jildirab oqib turishi uchun jo‘mrak tagiga qiya qilib taxtacha qo‘yiladi. Idishning jo‘mragi taxtaga suv tomchilab turadigan qilib sozlanadi. Jo‘mrakdan tomgan suv, asta-sekin taxta bo‘ylab oqib isiydi va bunday suvdan asalarilar yaxshi foydalanadilar.
Sim ushlagich – g‘altakka (katushka) o‘ralgan simni sochilib ketmasligi uchun ushlab turadi.
Ko‘chma uy – asalarichi yashashi, asbob-uskunalar saqlashi va asal ajratish uchun fanerdan yoki brezentdan yasaladi. Hozirgi zamonda, ko‘chma asalarichilikda asalarichining ko‘chma uyi metalldan yasalgan bo‘lib, asalari aravasining chekka qismida joylashgan.
Bigiz – kichik arizorlarda ramka plankalarining sim o‘tkaziladigan joylarini teshish uchun ishlatiladi. Plankalarni yorib yubormaslik uchun, bigiz ingichka bo‘lmog‘i lozim.
Ramka teshish moslamasi (drokol) – katta arizorlarda ramkalarining yonbosh plankalarini, sim o‘tkazish uchun teshish vazifasini bajaradi.
Erkak ari ushlash moslamasi – arixonaning eshikchasiga o‘rnatiladi. Arixonadan chiqqan erkak arilar, moslamaga qamalib, qaytib uyasiga kira olmaydi.
Bug‘li mum eritkich – xom mumni bug‘ bilan eritish uchun ishlatiladi. U tashqi va ichki bak va qopqoqchadan iborat. Ikki bak o‘rtasiga 7,5 litr suv qo‘yish uchun teshikchasi bor. Eritgichning pastki tomonidagi teshikcha erigan mum oqishi uchun mo‘ljallangan.
Asalni saqlash uchun idish yog‘ochdan, plastmassadan yoki alyumindan yasalgan bo‘lishi kerak.
Quyoshda mum eritkich – ochrang mumkatak parchalarini eritish uchun «quyoshda mum eritish asbobi» ishlatiladi. Bu asbob 2-2,5 sm qalinlikdagi taxtalardan yashik shaklida yasaladi. Asbobning kattaligi odatda 55x45 – 50 sm, orqa devorning balandligi 20 sm va oldingi devorchaning balandligi 10 sm bo‘ladi. Yashikning ustida ikkita qopqog‘i bor. Ostki qopqoqning ramkasiga 10-15 sm oraliq bilan ustma-ust ikkita oyna o‘rnatilgan (bu oraliq issiqdiqni yaxshiroq saqlash uchun qoldiriladi); yuqorigi qo‘pqoq yupqa taxtalardan tayyorlanadi va mumeritkich ishlatilmagan vaqtda shu qopqoq yopib qo‘yiladi.
Yashik ichiga, uning oldingi devorchasi tubiga metalldan yasalgan cho‘ziq tog‘oracha qo‘yiladi, undan sal ichkariroqqa ikkinchi pol qilinadi va uning ustiga chetlari bukilib tunukadan yasalgan quti (protivnya) joylanadi; ikkinchi pol tog‘oracha bilan baravar tekislikda bo‘lishi va oldingi devorcha tomoniga nishablanib turishi kerak. Tunuka qutining old qismi birmuncha torroq bo‘ladi va tog‘oracha tomoniga nishabroq qilib o‘rnatiladi. Bu quticha ustiga ramkaga o‘rnatilgan sim to‘r qo‘yiladi.
Mumeritkichdagi issiqlikni yaxshiroq saqlash uchun, oynali ramkaning yashikka tegib turgan joylariga movut yoki lampa piligi mixlanadi. Yana, oynali ramkani yashikning korpusiga jips qilib berkitish uchun, mumeritkichga ilmoqlar qoqiladi.
Sun’iy mumparda idishi – sun’iy mumpardani saqlash va ko‘chirish uchun ishlatiladi. U alyumindan yasalgan bo‘lib, unga 20 kg sun’iy mumparda sig‘adi. Idishni ichki o‘lchamlari 550x440x350 mm. Uzunligi 569 mm, eni 465 va balandligi 365 mm. Vazni 5,600 kg dan iborat.
Gulchang ushlash moslamasi – arixona eshikchasining tashqi tomoniga o‘rnatiladi. Asalarilar shu moslama orqali arixonaga kirishga majbur bo‘ladilar, natijada teshikdan o‘tish vaqtida asalarini oyog‘idagi gulchang ushlanib, tushib qoladi. Bir kuchli ari oilasi, bir mavsumda 40 kilogainingacha gulchang to‘playdi. O‘zlarining rivojlanishi uchun 25 kilogainingacha gulchang iste’mol qiladilar. Qolgan gulchangni moslama yordamida sotish uchun olinadi.
Arizor pichogi – asal olish vaqtida, usti berkitilgan katakchalarni ochish uchun, har bir arichida ikkita pichoq bo‘lishi zarur; bulardan biri si kaynoq suvda isib turadi.
Bug‘li pichoq – asal olish vaqtida asalli ramkalarni mumqopqog‘ini qirqib ochish uchun ishlatiladi. Bu pichoq bug‘ yordamida doimo issiq holda turadi.
Beshlikcha – asal olish vaqtida usti berkitilgan asalli ramkalarning katakchalarini ochish uchun ishlatiladi.
Asalari uya ramkasi
Ramkalarning bir xil kattalikda bo‘lishi ya’ni:
Ramkalarni bir arixonadan ikkinchisiga kuchi- rishga.
Barcha oilalardagi asalarilarni bir xil usul bilan parvarish qilishga.
Butun arizorlarda bir xil asbob-uskunalardan foydalanishga imkon beradi. Hamma arixonalar bir xil bo‘lganda asalarilarni parvarish qilish ancha osonlashadi va ishchi kuchi kamroq sarf qilinadi.
Ramkani yig‘ishda uzunligi 30 mm, qalinligi 1,4-1,6 mm mix ishlatiladi.
Kovsharlash lampasi – arixonani va boshqa asbob-uskunalarni dezinfeksiya qilish uchun ishlatiladi.
Tipratikan asbobi (yojik) – asal olish vaqtida va bahorda asalarilarga oziq berishda usti berkitilgan asalli ramkalar katakchalarini ochish uchun ishlatiladi.
Mumparda taxtachasi (lekalo) – Sim tortilgan ramkaga sun’iy mumpardani yopishtirish uchun mumparda taxtachasidan (lekalo) foydalaniladi. Mumparda taxtachasining chetlari ramkaning yon plankalariga 2-3 mm etmasdan turadigan bo‘lishi kerak. Taxtachaning qalinligi 12 mm qilib yasaladi. Uning tagiga qoqilgan planka taxtachadan 17,5 mm chiqib turishi kerak.
Arixonaning isitish yostiqchasi – arixonadagi issiqliqni saqlash uchun ishlatiladi. O‘lchovi arixonaning uyasiga moslab tiqiladi.
Asal suzgich – asalni suzish uchun oq yoki qalaylangan tunukadan maxsus to‘r suzgich yasaladi. Suzgich ikki xil bo‘ladi: katta va kichik. Kichik suzgich asalajratkichning jo‘mragiga osib qo‘yiladi. Katta suzgich asal quyilayotgan idishning og‘ziga qo‘yiladi. Asalajratkichdan asalni idishga qo‘yish vaqtida suzgichdan o‘tkazilsa asaldagi asalari qurtchalari, katta asalarilarning tanachasi hamda mumparchalari suzgichda ushlanib qoladi.
Jenter katakchali ramka – bir kunlik ona ari tuxumini olish uchun foydalaniladi.
Tamg‘acha – urug‘langan ona ariga tamg‘a qo‘yish uchun ishlatiladi.
Mumkatakchalarni ochish uchun stol
Stol to‘rt devorli va qaytarma qopqoqdi yashikdan iborat. Qopqoq ochilgandan keyin yashikning orqasiga biriktirilgan tirgak (kronshteyn)larga tiraladi.
Stolning pastki qismida qog‘ozmumlarni hamda mayda asbob-uskuna va bopqa narsalarni joylash uchun alohida yashikcha bor.
Katakchalari ochilgan asalli ramkalarni ilib qo‘yish uchun stolning oldingi va orqa devorlari ichkari tomonidan uyiladi. Yashikning bo‘lmachasi tubiga sim to‘r tortilgan ramka o‘rnatiladi. Mum parchalarining og‘irligi ta’siri bilan to‘r osilib qolmasligi uchun, uning tagiga kataklari 15x15 sm keladigan sim panjara qo‘yiladi. Ramkani stoldan chiqarib olish ung‘ay bo‘lishi uchun dastalar qilinadi.
Stolning qaytarma qopqog‘i ustiga sochiq, pichoqdar, suv isitadigan primus, kostrul va boshqa asboblar joylanadi.
Asalli mumkatakning ustini ochish vaqtida kesilgan mum qavati stol ichidagi to‘r ustiga tushadi. Mum qavatidagi asal oqib to‘rning tagiga tushadi va bu asal stolning o‘ng tomonidagi jo‘mrakdan oqizib olinadi.
Quti idishi (paket) – kichik asalari uyasini uzoq masofaga yuborishda ishlatiladi. Quti idishi 4-6 ramkalik bo‘lib, fanerdan yasaladi. Quti (paket) ari mumkataklik va mumkataksiz bo‘ladi. Ko‘proq foydalangan usul mumkataklik quti.
Quti idishining o‘lchami to‘rt ramkali, uzunligi 475 mm, eni 200 mm, balandligi 390 mm; olti ramkali qutining uzunligi 475 mm, eni 290 va balandligi 390 mm. Quti idishini o‘rtasiga qurtchali ramkalar va ona ari qo‘yiladi. Yashikning devorcha yonlariga asalli yoki bo‘sh ramkalar qo‘yiladi. Mumkatakli ramkalarni yaxshilab qotirib, idish berkitiladi. Berkitilgan idish tekshirilganda asalari o‘ta oladigan teshikchalari bo‘lmasligi kerak. Quti (paket) asalarilarni vazni to‘rt ramkali 8-10 kg bo‘ladi, olti ramkaligini vazni 12-15 kg gacha bo‘ladi.
Asalari aravasi – asalarichilikda asalari aravasining afzallikla- ri quyidagicha: uyani joydan-joyga ko‘chirishda kam mehnat talab qilinadi, sudralib yuruvchilar, o‘rgimchaklar va kemiruvchilar asalari aravasida zarar keltirmaydi. Uyalarning hizmat qilish muddati odatdagi ko‘chirishdagiga nisbatan 55% gacha ortadi. Aravacha o‘lchami transport holatida yo‘l harakati qoidalariga javob berishi lozim, ya’ni uning eni ikki yarim metrdan oshmaslik kerak.
Shpatel – ona arining bir kunlik qurtchasini ko‘chirish asbobi.
Ramka ushlagach – ari oilasidan ramka olish uchun ishlatiladi.
To‘siq taxtacha (diafragma) qalinligi 12-15 mm keladigan taxtalardan yasaladi. Taxtalar bir-birining ichiga kiritib yelim bilan ulanadi. To‘siq taxtachasi qiyshaymasligi uchun taxtalarning chetlarida 1-2 mm joy qoldirilib, eni 25 va qalinligi 8 mm keladigan ikkita taxtacha qoqiladi. To‘siq taxtachasini arixonaga moslab qo‘yish uchun, uning usti uchlari taxtacha chetlaridan birmuncha chiqib turadigan planka qoqiladi. Ishni osonlashtirish uchun, taxtacha ustiga planka qoqmasdan, ustki taxtaning uchlarini aralab kiritsa ham bo‘ladi. Bu holda ustki taxta yorilib ketmasligi uchun taxtaning chetlarida 10-15 mm joy qoldirilib bittadan mix qoqiladi.
Ko‘chasalarini tutish qafasi (12-rasm) arixonadagi katta oilaning bir qismi, alohida ko‘ch oila bo‘lish maqsadida tashqariga uchib chiqib, biron-bir daraxtda to‘planib turgan asalarilarni tutib, ularni bo‘sh arixonaga solishgacha, ushlash uchun qo‘llaniladi.
Tutkich fanera yoki plastmassadan oval yoki dumaloq shaklda yasaladi. Ichiga havo kirishi uchun, uning bir tomoniga yechilmaydigan sim to‘r tortiladi. Ikkinchi tomoniga yechib olinadigan mato tortiladi.
Panjarasimon to‘siq (13-rasm) plastmassadan tayyorlanadi. Ona asalari arixonaning biron joyiga kirmasligi uchun ushbu panjara bilan to‘sib qo‘yiladi. Panjara ko‘zlari 4,4 mm bo‘ladi. Shunda, panjaradan ishchi asalarilar bemalol o‘tadigan, ona asalari bilan erkak asalarilar sig‘masdan o‘ta olmaydigan bo‘ladi.
Arixonani bo‘ladigan panjara teshiklari 4,4x28 mm, hajm o‘lchamlari 448x250x0,3 mm, massasi 0,2 kg.
Manba: mirishkor.uz