Адрес:
O'zbekiston, Toshkent, Navoiy ko'chasi 40
`$site.phones[0].num_title`
Asalari - hakim dastyori, dexqon - hamkori, hosil - madori !!!
Hurmatli asalarichilar va saytimiz mehmonlari, Siz saytimizdan "Asalarichilik ensiklopediyasi" va "Arizor.uz" axborot almashish tizimi mobil ilovalarini yuklab olishingiz mumkin

ASALARICHILIK TARIXI

тарих

Asalarilar haqida qadimgi Misrliklar ham bilishgan. Ular asalari qutilarini kemalarga solib, gullar ko‘p joylarga eltishgan. Qadimgi Misrliklar asalarichilik bilan shug‘ullanganligini fir’avnlar qabrlaridan topilgan asal solingan idishlar tasdiqdaydi. Qadimgi yozmalarga ko‘ra Ra hudosining (Quyosh hudosi) ko‘z yosh tomchilari yerga tushganida asalarilarga aylanib qolgan ekan. Asal hudolar ichimligi hisoblangan. Shuning uchun asal­ari uyalarini ehromlarda asrashgan. Qadimgi misrlik zodagon ayollar asaldan pardoz vositasi sifatida foydalanishgan.

Asalarilar gulshirasini jig‘ildonida olib kelishini, gulchangi to‘plashini Aristotel o‘rganib chiqqan. Birinchi bo‘lib Aristotel asalarilarni kuzatgan va erkak arilar xech qanday ish bajarmasligini aniqlab, ularni tekinho‘rlar deb atagan. Ari uyasidagi asalni erkak arilardan saqlash uchun, arixona eshikchasiga ishchi ari o‘ta oladigan, erkak ari esa o‘tolmaydigan to‘siqq qo‘yish taklifini kiritgan.

XVIII asrda fransuz olimi Reomyur ikki oyna devorli arixona yasab, asalarilar hayotini kuzatgan va ona ari tuxum qo‘yishini, ishchi arilar maxsus oziqa bilan qurtchalarni tarbiya qilishini isbot qilgan. Reomyo‘rning zamondoshi shveysariyalik asalarichi Fransua Gyuber ona ari erkak ari bilan uyadan tashqarida juftlashishini ma’lum qilgan. Keyinchaliq ona arini sun’iy yo‘l bilan urug‘lantirish haqida taklif kiritgan. Birinchi bo‘lib Fransua Gyuber asalarilar mumni asal va gulchangidan ishlab chiqarishlarini aniqlagan. Qadim zamonda asal va mum savdo-sotiqda keng qo‘llanilgan. Asal va mum qarzga, foizga berilgan. Asalari oilalari va asalarichilik sirlari nasldan naslga meros sifatada qoldirilgan.

1814 yili P.I.Prokopovichning qismlarga ajraladigan ramkali uya ixtiro qilishi, asalarilarni nobud qilmay asal ajratib olish imkonini berdi. Keyinchalik P.I.Prokopovich sun’iy mumparda va asalajratkichlarni ixtiro qildi.

O‘zbekistonga asalarilar birinchi marta 1872 yilda olib kelingan. Tashabbuskor asalarichilar tomonidan tashkil yyetilgan ko‘rgazmalar mahalliy aholi o‘rtasida asalarichilikning muvaffaqiyatli rivojlanishiga ta’sir etdi. Bu ko‘rgazmalarda asalarichilik usullari va asalarichilikdan olingan mahsulotlar targ‘ib qilindi. Keyinchalik asala­richilar maktabi ochildi, uni yuritish madaniyati oshirildi. Asalarilar ramkali yig‘ma uyalarga kochirildi, endi insonlar asalarilar hayotiga aralashib, ularga o‘z vaqtida zarur sharoit yarata oladigan bo‘ldi. 1926 yilga kelib O‘zbekistonda 1970 asalari oilasi asrab qolindi.

1930 yili O‘zbekiston Qishloq ho‘jaligi vazirligining qaramogida 20080, 1940 yili 37690, 1970 yili 71672 asalari oilasi asralgan. Bulardan tashqari, havaskor asalarichilarda 70000 dan ko‘proq asalari oilasi aniqlangan.

1980 yilga kelib, O‘zbekiston bo‘yicha 190000 asalari oilasi borligi aniqlangan.

Manba:  mirishkor.uz

Asal Bayrami 2023
Asal Bayrami 2023
Asal Bayrami 2023
Asal Bayrami 2023
Asal Bayrami 2023
Asal Bayrami 2023
Asal Bayrami 2023
Asal Bayrami 2023
Asal Festivali Namangan
Asal Festivali Namangan
Uyushma binosining ochilish marosimi
Uyushma binosining ochilish marosimi
Uyushma binosining ochilish marosimi
Uyushma binosining ochilish marosimi
Farg'onaga tashrif
Farg'onaga tashrif
Asal Bayrami 2023
Asal Bayrami 2023
Bizning hamkorlar
The Food and Agriculture Organization
The Food and Agriculture Organization
ALOQALIZING
ALOQALIZING
Savollar bormi?
Savollaringizga javob berishga tayyormiz. 
Fayl yuklash:
maksimal: 1
Manzili:
O'zbekiston, Toshkent, Navoiy ko'chasi 40