Адрес:
O'zbekiston, Toshkent, Navoiy ko'chasi 40
`$site.phones[0].num_title`
Asalari - hakim dastyori, dexqon - hamkori, hosil - madori !!!
Hurmatli asalarichilar va saytimiz mehmonlari, Siz saytimizdan "Asalarichilik ensiklopediyasi" va "Arizor.uz" axborot almashish tizimi mobil ilovalarini yuklab olishingiz mumkin

KO’CHMA ASALARICHILIKNING AFZALLIKLARI VA UNING AHAMIYATI

KO’CHMA ASALARICHILIKNING AFZALLIKLARI VA UNING AHAMIYATI

 

O’rta Osiyo iqlim sharoitida ari oilalari erta bahordan to kech kuzgacha sharbat tashish va rivojlanishi uchun sharoit bo'lmaganligi tufayli vaqti-vaqti bilan bir joydan ikkinchi joyga ko’chirilib, sharbat tashishiga sharoit yaratiladi. Masalan, erta bahorda arilar qayrag’och, terak, momaqaymoq, tol va boshqa o'smiliklardan gulchang tashiganidan keyin, ular mevazor bog’larga, bog’lardan esa o’simliklari erta gullaydigan cho’l hududlariga hamda urug’lik olinadigan bedapoyalar va tog’larga ko’chirilib, iyun oylarining oxirida paxtazorlarga, paxtazorlardan to’qay, daryo yoqalariga, kechki oziq uchun ekiladigan jo'xoripoyalariga olib boriladi. Bir joydan ikkinchi joyga ko’chirish orqali arilarning to’xtovsiz sharbat tashishiga zamin yaratiladi.

Arilarni ko'chirishdan maqsad faqatgina asal to'plabgina qolmay, balki qishloq xo'jalik o'simliklarini changlantirish yo'li bilan hosildorlikni oshirishga katta hissa qo'shish hamdir. Ari oilalarini ko’chirishdan avval, ko’chiriladigan joy qidirib topiladi va joy tanlanadi hamda ari oilasi kochirishga tayyorlanadi.

 

ARI OILALARINI KO’CHIRISHGA TAYYORLASH

 

Agarda ari oilalari ko’chirishga noto’g’ri tayyorlansa, u hol­da havo yetishmasligidan mumkatak romlar uzilib ketishi yoki romlarning sinishi oqibatida ezilishi mumkin. Shuning uchun arilarni ko’chirishdan oldin og‘ir asali bor mumkatak romlar ham­da sharbat qo’yilgan romlar uzilib ketmasligi uchun ular ari oilasidan olib qo’yiladi. Romlar yo’lda silkinib surilib ketmasligi uchun ularning har bittasi orasiga yelka tarafidan pona qo’yiladi. Agarda romlarning tepa tarafi kengaytirilgan bo’lsa, u holda pona qo’yilmaydi. Romlarning orasiga qo’yilgan ponalar 10x15x100 mm o’lchamdagi yog’ochdan tayyorlanadi.

Uya ichidagi romlar bir tarafga surilib, uya devori hamda oxirgi rom orasiga yo’g’on pona qo’yib siqiladi yoki oxirgi romning yon tarafidan uya devon ga siljimaydigan qilib mixlab qo’yiladi.

Ob-havo issiq paytlarda ari oilalari ko’chiriladigan bo’lsa, ari uyalarining yuqori qopqoq qismida havo almashish teshikchalari bo’lishi shart. Buning uchun qopqoq qismining tag tarafiga simto'r qoqiladi. Ari oilalarini ko’chirishdan oldin uyalardan yostiqchalar olib tashlanadi.

Ari oilasini ko’chirish vaqtida ular silkinishlardan bezovtalanib, uya ichida harorat 34-35 °C orniga 37-38 °C gacha ko’tarilib ketadi. Ko'tarilgan haroratni arilar havoni haydab chiqarish orqa­li pasaytira olmaydilar, chunki birinchidan ular qattiq bezovtalangan, ikkinchidan, uyadagi arilarni ko’chirish bilan aloqador bo’lgan umumiy holat buzilgan bo’ladi. Jazirma issiq kunlari uyada harorat keragidan ortiqcha ko’tarilganida, arilar haroratni me'yoriga keltirish uchun asal qopchalariga asal to’ldirib, uyadan tashqariga chiqib, uyaning tag qismida to'da bo‘lib to’planib turadi. Ko’chirish vaqtida ham arilarning bezovtalanishi natijasida harorat ko'tarilganida lichinkali romlar hamda oilaning asosiy qismini tashlab, qopqoq ostidagi qismga ko'tarilib, to’da bo’lib qimirlamay turishlari uchun uyaning asosiy qismining ustida qopqoq osti qismini tashkil qilish kerak (5.1- rasm). Arilar qopqoq ostidagi qismga ko'tarilib, to’daga to’planganidan keyin asosiy oila qismi­dagi harorat meyoriga kelib, arilaring bezovtalanib tovush chiqarishi to’xtaydi. Agarda shunday paytda uyaning teshigi ochilsa, bir necha ari tinch holatda chiqib, mahalliy joy bilan tanisha boshlaydi.

Hozirgi tayyorlanayotgan ari uyalarining qopqoq ostidagi qismi (balandligi-15 sm) arilari ko’chirish vaqtida ularning to’planib o'tirishlari uchun zarur joy hisoblanadi. Sunday uyalarda arilarni ko’chirayotgan paytda matodan tayyorlangan yopqich va isitgich yostiqcha olib qo’yiladi. Agarda arixonada qopqoq ostidagi qismi yo’q uyalarda ari boqilayotgan bo’la, u holda asosiy oila boqiladigan qism ustiga (435x145 mm) magazin qurilmasi qo'yiladi, shunda arilar ko’chirish vaqtida qiynalmaydi.

Arilarni ko’chirish vaqtida uyalardagi havo almashish teshikchalari katta ahamiyatga ega, chunki bezovtalangan arilar ko’p miqdorda kislorod iste'mol qiladi. Shuning uchun asalarichilar arilari ko’chirish vaqtida uyaning tepa tarafini butunlay qoplaydigan sim to’rdan foydalanadilar.

 

KELTIRILGAN ASALARI UYALARINI JOYLASHTIRISH

 

Hamma joyda ham asosiy sharbat ajratuvchi o’simliklar bo‘lib, ular mavsumning ma’lum vaqtida sharbat ajratadi. Ana shu osmliklar gullagan vaqtda ari oilalari asosiy sharbatni to’playdilar va bu mavsum asosiy sharbat to‘plash davri deyiLadi. Mana shu davrgacha asalarichi kuchli ari oilalarini yetishtirib, arilarning jadal sharbat to'plashiga sharoit yaratishi kerak.

Ari oilalari yangi keltirilgan joyda kam bezovtalanmasligi uchun quyidagilarga rioya qilish kerak:

  • ari oilalari ko‘chinlayotgan paytda uyalarni lloji boricha kamroq taqillatish, turtish, silkitish va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish kerak;
  • uyalarining ichiga nur tushmasligiga harakat qilib, ko’chirish vaqtida quyoshda qoldirmaslik zarur;
  • yangi joyda ari uyalarini iloji boricha butazorlar orasiga joylashtirish kerak (agarda butazor, daraxtlar bo’lmasa u holda uyalaining qatorlari orasiga mo’ljalga olish uchun shoxlar tiqib, ularga o'tlarni bog’lab qo’yish kerak);
  • ari uyalari sharbat ajratuvchi o’simliklaiga qaratilib, uzunasiga, ko’ndalangiga joylashtirilsa, oldingi qatordagi ari oilalari kuchayib, orqa qatordagilari kuchsizlanib ketmaydi.

 

Manba:  mirishkor.uz

Asal Bayrami 2023
Asal Bayrami 2023
Asal Bayrami 2023
Asal Bayrami 2023
Asal Bayrami 2023
Asal Bayrami 2023
Asal Bayrami 2023
Asal Bayrami 2023
Asal Festivali Namangan
Asal Festivali Namangan
Uyushma binosining ochilish marosimi
Uyushma binosining ochilish marosimi
Uyushma binosining ochilish marosimi
Uyushma binosining ochilish marosimi
Farg'onaga tashrif
Farg'onaga tashrif
Asal Bayrami 2023
Asal Bayrami 2023
Bizning hamkorlar
The Food and Agriculture Organization
The Food and Agriculture Organization
ALOQALIZING
ALOQALIZING
Savollar bormi?
Savollaringizga javob berishga tayyormiz. 
Fayl yuklash:
maksimal: 1
Manzili:
O'zbekiston, Toshkent, Navoiy ko'chasi 40