Адрес:
O'zbekiston, Toshkent, Navoiy ko'chasi 40
`$site.phones[0].num_title`
Asalari - hakim dastyori, dexqon - hamkori, hosil - madori !!!
Последние новости

ASALARILAR HAQIDA QIZIQ FAKTLAR

« Back

ASALARILAR HAQIDA QIZIQ FAKTLAR 20.07.2018 15:37

1. Dunyoda yigirma mingga yaqin ari turlari mavjud. Asalarilar esa, yigirma ming tur arilar orasida, insonni birinchi marta chaqqandan so‘ng albatta halok bo‘luvchi yagona ari turi hisoblanadi.

2. Asalarilar inson tomonidan iste’mol qilinadigan mahsulot (asal) tayyorlovchi yagona hashorot turi hisoblanadi. Boshqa hech qaysi hashorot inson tomonidan iste’mol qilinuvchi mahsulot tayyorlamaydi.

3. Asalarilar ba’zida "fan uchun ulkan sir" deb ham ta’riflanadi. Chunki ular 20 million yildan beri mavjud va shu vaqt davomida umuman o‘zgarmagan jonzot hisoblanadi. Bu muddat davomida dunyodagi deyarli butun mavjudodlar ma’lum darajada o‘zgargan.

4. Asal hech qachon aynimaydi. U tabiiy antibakteriya, antimikrob bo‘lib, har qanday buzuvchi, aynituvchi mikroblarga qarshi kurasha oladigan mahsulotdir.

5. Asal yashash uchun zarur bo‘lgan barcha moddalar (suv, minerallar, turli fermentlar va boshqalar) ni o‘zida mujassam etuvchi yagona tabiiy mahsulot hisoblanadi.

6. Asal iste’mol qilinuvchi yeng qadimiy mahsulotlardan biri hisoblanadi. Asal Misr firavni Tutanhamon (mil. avv. XIV asr) sag‘anasidan ham topilgan bo‘lib, topilgan paytgacha (1922 yil 4 noyabr’) iste’mol qilish uchun yaroqli holda saqlangan.

7. Asalarilar qizil rangni ko‘ra olmaydi. Qizil rang ularga qora bo‘lib ko‘rinadi.

8. Asalari uyasida 20 mingdan 60 minggacha (ba’zi manbalarda 80 minggacha) asalari bo‘lishi mumkin. Uyada uch xil asalari mavjud bo‘ladi: qirolicha, yuzlab ishlamaydigan erkak asalarilar va o‘n minglab ishchi - urg‘ochi asalarilar.

9. Qirolicha odatda 3-5 yil umr ko‘radi. Uning asosiy vazifasi - tuxum qo‘yish. Aprel’ va may oylarida qirolicha erta-yu kech tuxum qo‘yadi. Bitta tuxum qo‘yish uchun 20 sekund atrofida vaqt kifoya bo‘lib, bir kunda 1500-2000 atrofida tuxum qo‘yadi.

10. Asalari uyasida tuxumlar uchun uch xil xona (katak) mavjud. Birinchisining diametri 5 mm bo‘lib, unga faqat kelajakda ishchi - ayol asalari ochib chiqadigan tuxumlar qo‘yiladi. Ikkinchisining diametri 7 mm. Unga kelajakda ishlamaydigan - erkak asalari ochib chiqadigan tuxum qo‘yiladi. Uchunchi turdagi maxsus xonalargaga esa faqat kelajakda qirolichalar ochib chiqadigan tuxumlar qo‘yiladi. Qirolicha asalari tuxum qo‘yishdan oldin ulardan qaysi turdagi asalari chiqishini biladi va shunga mos xonaga tuxum qo‘yadi.

11. Faqat urg‘ochi asalarilargina ishlaydi, ya’ni asal yig‘adi. Erkak asalarilar esa ishlamaydi, ularning yagona vazifasi - qirolichani urug‘lanirish. Shu sababli erkak asalarilar "tekinxo‘r asalarilar (drones)" deb ataladi. Odatda ular kuzda qirolicha va urg‘ochi asalarilar tomonidan uyadan haydab yuboriladi.

12. Faqat urg‘ochi asalarilargina chaqa oladi. Erkak asalarida nish bo‘lmaydi va u chaqa olmaydi.

13. Asalari uyasida faqat bitta qirolicha mavjud bo‘ladi va barcha asalarilar unga bo‘ysunadi. Undan boshqa qirolicha asalari paydo bo‘lsa va uyani boshqarishga harakat qilsa, u asalarilar tomonidan o‘ldiriladi.

14. Qirolichani asalarilar hididan taniydi. Agar qirolicha to‘satdan o‘lib qolsa, uning o‘lganligini 15-20 minutda hididan sezishadi va zudlik bilan qo‘yilganiga 3 kundan ko‘p bo‘lmagan tuxumlar orasidan qirolicha tayinlab olishadi.

15. Asalarilarning aynan bitta qirolichaga bo‘ysunishining hamda yangi qirolichani qanday qilib barcha asalarilar tomonidan yakdillikda tayinlanishing sababi inson tomonidan haligacha aniqlanmagan.

16. Ishchi asalarilar hayotining davomiyligi 6-7 haftani tashkil etadi. Erkak asalarilar esa 4 oygacha yashaydi.

17. Asalarilar onglilik darajasi bo‘yicha Dunyodagi barcha mavjudodlar ichida 2-o‘rinda turadi (1-o‘rinda inson).

18. Asalarilar insonlar va ba’zi kompyuterlar uchun eng qiyin bo‘lgan matematik masalalarni osonlikcha hal qila oladi. Tasavvur qiling: yakshanba kuni oziq-ovqat do‘koniga bormoqchisiz va uyingiz yaqinida turli joylarda 6 ta do‘kon bor. Ularning qaysi biri piyoda borganda siz uchun eng yaqin? Bunday masalar matematikada "sayohatchi sotuvchi masalalari" deb nomlanadi va ularni yechishda ba’zi kompyuterlar ham hisobdan adashishi mumkin. Asalarilar esa, hech qiynalmasdan uyasidan eng yaqinda bo‘lgan gulzor yoki gul qaysi ekanligini aniqlay oladi. Hozirda bu turdagi masalalarni hal eta oladigan, inson tomonidan aniqlangan yagona mavjudod asalari hisoblanadi.

19. Har bir asalari jamoasida faqat shu jamoa asalarilariga xos hid mavjud bo‘lib, jamoa a’zolari bir-birini shu hid orqali tanib olishadi.

20. Asalarilar bir-biriga qayerda gulzorlar mavjud ekanligini "raqs tushish" orqali tushuntiradi. Ular gulzorlarni aniqlaganda iniga qaytib, o‘zining turli harakatlari bilan gulzor aynan qayerda, qancha uzoqlikda ekanligini boshqalarga tushuntiradi. Bu harakatlar fanda "asalari raqsi" deyiladi.

   


Farg`onaga tashrif
Farg`onaga tashrif
Uyushma binosining ochilish marosimi
Uyushma binosining ochilish marosimi
Farg'onaga tashrif
Farg'onaga tashrif
Uyushma binosining ochilish marosimi
Uyushma binosining ochilish marosimi
Bizning hamkorlar
The Food and Agriculture Organization
The Food and Agriculture Organization
ALOQALIZING
ALOQALIZING
Savollar bormi?
Savollaringizga javob berishga tayyormiz. 
Fayl yuklash:
maksimal: 1
Manzili:
O'zbekiston, Toshkent, Navoiy ko'chasi 40