O‘ZBEKISTON ASALARICHILARI UYUSHMASI BINOSINING OCHILISH MAROSIMI 30.05.2019 16:27
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3327 sonli "Respublikada asalarichilikni yanada rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida" gi 2017 yil 16 oktyabrdagi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, AT "Alokabank"ning moliyaviy ko‘magida O‘zbekiston asalarichilar uyushmasining binosi tuliq kapital ta’mirlanib qurilish ishlari yakunlandi.
O‘zbekiston asalarichilar uyushmasining kapital rekonstruksiya qilingan binosida respublikaning barcha hududiy uyushmalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi uyushma ma’muriyati, O‘zbekistonning barcha hududlaridan keltirilgan turli assortimentga ega bo‘lgan asal va asalarichilik mahsulotlariga ega “Asal olami” savdo markazi, asalarichilikka ixtisoslashgan veterinar apteka, asalarichilik uskunalar va zamonaviy texnologik liniyalarni lizing asosida yetkazib beruvchi «ALOQALIZING» MChJ, asalari mahsulotlari va asalarilarni chaqtirish bilan davolashga ixtisoslashgan “Apiterapiya” meditsina markazi, asalni sifatini aniqlovchi laboratoriya markazi tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 oktyabrdagi "Respublikamizda asalarichilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish to‘g‘risida"gi PQ-3327-sonli Qaroriga asosan "O‘zbekiston asalarichilari" uyushmasi tashkil etildi, uning asosiy yo‘nalishlari va vazifalari quyidagilar etib belgilandi:
- asalarichilik sohasining normativ-huquqiy bazasini ishlab chiqish;
- sohani rivojlantirish dasturlarini tayyorlash va amalga oshirish;
- yagona ilmiy-texnik, texnologik, investitsiya va eksport siyosatini olib borish;
- oliy, o‘rta maxsus, kasb-hunar va shu jumladan chet el ta’lim muassasalarida kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash;
- asalarilar ozuqa bazasini mustahkamlash va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish.
2018 yilda O‘zbekiston asalarichilari uyushmasi Xalqaro asalarichilik uyushmalari Federatsiyasi "Apimondia"ga a’zo bo‘ldi. Bu Respublikada asalarichilikini jadal sur’atda sanoatlashtirish, rivojlangan mamlakatlarning xalqaro tajribasidan foydalanish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda asalarichilik sohasining asosiy yo‘nalishi - qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligini sezilarli darajada oshishiga sabab bo‘luvchi «changlatish» agrotexnikasini joriy etish, bu esa respublikaning oziq-ovqat xavfsizligi dasturini amalga oshirishda muhim hissa qo‘shadi.
2019 yilning sentyabr oyida Kanadaning Monreal shaxrida Apimondiyaning 46-Kongresssi bo'lib utadi. Ushbu Kongressda "O‘zbekiston asalarichilari" uyushmasini "Apimondia" xalqaro asalarichilik uyushmalari Federatsiyasiga a’zo bulganligini tasdiklovchi guvoxnomani topshirish marosimi bo'lib o'tadi.
2018 yilning sentyabr oyidan buyon birinchi marta Farg‘ona Davlat Universiteti va Samarqand Veterinariya Institutida zootexnik-asalarichi mutaxassisligi bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash boshlandi. Barcha viloyat kollejlarida asalarichilik sohasi uchun zootexnik yo‘nalishi bo‘yicha bir yillik o‘quv kurslari tashkil etildi. Xorijiy mutaxassislar tomonidan kollej o‘qituvchilari uchun asalarichilik kurslarini o‘qitish uslublari bo‘yicha seminarlar o‘tkazildi. Ilmiy va pedagogik kadrlar tayyorlash maqsadida Rossiya, Isroil va Ukrainadagi ilmiy va o‘quv muassasalari bilan gorizontal aloqalar o‘rnatildi.
AT “Aloqabank" va O‘zbekiston asalarichilari uyushmasi ta’sischiligida asosiy faoliyati asalarichilik sub’ektlariga asalarichilik sohasida qo‘llaniladigan inventarlar, uskunalar, jihozlar, shuningdek asalni qadoqlash bo‘yicha zamonaviy texnologik liniyalarni lizingga berishdan iborat bo‘lgan «ALOQALIZING» MChJ lizing kompaniyasi tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasida asalarilarni ko‘chirish va joylashtirish tartibi ishlab chiqildi. Mazkur tartibga muvofiq asal yig‘ish davrida uyushma talabnomasiga asosan uyushmaga a’zo bo‘lgan asalarichilik sub’ektlariga o‘rmon fondi yerlari, qo‘riqlanadigan tabiy hududlari (davlat qo‘riqxonalari, muhofaza qilinadigan hududlar bundan mustasno), tog‘li va tog‘ oldi hududlaridan, tabiiy yaylovlardan, shuningdek boshqa qishloq xo‘jaligi yerlaridan bepul foydalanish imkoniyati berildi.
Asalni qalbakilashtirganlik uchun jazo choralari qo‘llash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy protsessual Kodeksiga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Asalarichilik mahsulotlarini standartlashni takomillashtirish unga halqaro standartlarni joriy etish va O‘zbekistonning asalarichilik mahsulotlarini standartlash bo‘yicha davlatlararo Qo‘mitasiga a’zo bo‘lish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Asalarichilik bo‘yicha tajriba stansiyasini tashkil etish va bu ishlarga chet el olimlarini jalb qilish bo‘yicha rejalashtirilgan ishlar olib borilmoqda. BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi bo‘yicha tashkiloti (FAO) bilan hamkorlikda amalga oshirish uchun loyiha tayyorlandi. Bu loyihaga muvofiq O‘zbekistonda asalarichilik bo‘yicha matuhassislar va ilmiy xodimlarni tayyorlash uchun 350 ming AQSh dollari miqdorida grant mablaglarni jalb kilish ishlari olib borilmokda.
O‘zbekiston Respublikasida asalarilarning zoti tarkibini yaxshilash maqsadida 2500 dan ortiq Ukrainadan “Karpat” zotli va Germaniyadan “Karnika” zotli zotli ona arilar keltirildi.
Namangan viloyatida ona arilarni sun’iy urug‘lantirish bo‘yicha laboratoriya tashkil etildi, naslchilik ishlarini takomillashtirish bo‘yicha rejali ishlar olib borilmoqda, Farg‘ona viloyatida zotli ona arilarni ko‘paytirish bo‘yicha himoyalangan urchitish hududi tashkil etildi.
O‘zbekiston asalarichilari uyushmasi tashkil qilingan vaqtdan buyon faoliyat olib borgan O‘zbekistondan asal eksport qilish bir necha baravarga oshdi, asalari paketlarini eksport qilish 1,5 baroborga ko‘paydi va ularning soni 207 ming donaga yetdi, umumiy valyuta tushumlari bir yarim martaga oshdi va uning summasi (miqdori) bir million dollarga yetdi.
2018 yilda O‘zbekistonliklar dasturxoniga 17 ming tonnadan ortiq shirin asal mahsulotlari yetkazilib berildi, aholi jon boshiga asal ishlab chiqarish yarim kilogrammni (0,5 kg) tashkil etdi.
O‘zbekiston tarixida birinchi marta 2019 yilda qishloq xo‘jaligi ekinlarini asalarilar bilan changlatish agrotexnikasi qo‘llanildi va asalarilar bilan changlatganlik uchun to‘lov joriy qilindi. Samarqand viloyatining Jomboy va Bulung‘ur tumanlaridagi bog‘dorchilik xo‘jaliklari asalarichilar bilan changlatish bo‘yicha shartnoma tuzishdi va 1500 gektar bog‘lardagi gilos, olma, nok, olxuri va boshqa daraxtlarni 7500 ta asalari oilalari bilan changlatildi. Agronomlarning aytishiga qaraganda, bog‘larning hosildorligi ularning kutgan prognozidan oshib ketgan. Qo‘shimcha olinishi ko‘tilayotgan mahsulot asalarilarni olib kelish va to‘lash xarajatlaridan bir necha barobarga ko‘p bo‘lmoqda.
Mutaxassislarning eng sodda hisob-kitoblariga ko‘ra, hozirgi kunda qishloq xo‘jaligi ekinlarini asalarilar bilan changlatish hisobiga qo‘shimcha 1,5 trillion so‘mlik mahsulot olinmoqda. Faqatgina asalarilarni bog‘ va dalalarda to‘g‘ri joylashtirish va tashkiliy chora-tadbirlar amalga oshirish hisobiga ushbu ko‘rsatkichni 4,0 trillion so‘mga yetkazish mumkin.
Prezidentimizning 2017 yil 16 oktyabrdagi PQ-3327-sonli qaroriga asosan binosini ajratilishi O‘zbekiston asalarichilari uyushmasi hududiy uyushmalar bilan birgalikda sohaning vertikal va yagona boshqaruv tizimini shakllantirish, uni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini ochish, asalarichilikni sanoat usuliga o‘tkazish, zamonaviy texnologiyalarni amaliyotga joriy qilish, asal yetishtirish xajmlarinii oshirish, aholini sifatli asalari mahsulotlari bilan taa’minlash va sohaning eksport salohiyatini oshirishdan iborat.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 18 martdagi “Chorvachilik tarmog‘ini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi PQ-4243 sonli qarorga asosan bahor-yoz mavsumida asalarilarni qo‘shni mamlakatlarga vaqtinchalik bojxona olib chiqilganda, yetishtirilgan asal miqdorini O‘zbekistonga olib kirishda bojxona imtiyozlarni berilishi asalarichilik sohasini rivojiga va asalarichilar o‘rtasida xalqaro xamkorliklarni mustahkamlanishiga zamin yaratdi.
Aholi orasida asalari mahsulotlari iste’mol qilishni targ‘ib qilish, ularning salomatligiga ta’siri, O‘zbekistonning barcha asalarichilarini birlashtirish, intensiv texnologiyalarni joriy etish va tajriba almashinish, asalarichilikni rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan qarorda belgilangan vazifalarni bajarish samaradorligini oshirish, asalarichilik sub’ektlarining faoliyatini qo‘llab quvvatlash va muvofiqlashtirish, asalarichilarning muammolarini muhokama qilish va ularning yechimini aniqlash maqsadida 2017-2018 yillarda “Asal bayrami” o‘tkazilmoqda. Uning tashabbuskorlari AT “Aloqabank” va O‘zbekiston asalarichilari uyushmasi hisoblanadi.
O‘zbekistonda asalarichilik sezilarli daarajada sifat va son jihatda o‘zgarmoqda. Savdo nuqtalarida qadoqlangan asalning turlari ko‘paygan. Eng asosiysi aholini asal mahsulotlariga bo‘lgan talabi oshib borayotganligi quvontiradi.
Ko‘plab odamlar asalarilar bilan qiziqishmoqda. Hududiy asalarichilik uyushmalariga maslahat olish, asalarilar bilan ishlash bo‘yicha yordam so‘rab, asbob-uskuna sotib olish uchun kelishmoqda.
Asalarichilik sohasda har yili 15% o‘sish templari saqlanib qolmoqda. Hozirgi kunda 14 mingdan ortiq asalarichilik sub’ektlari faoliyat olib borib, 870 mingdan ortiq asalari oilalarini boqib kelmoqdalar. 2019 yil davomida respublikamizda asal yetishtirish xajmlarin 19 ming tonnaga yetkazish rejalashtirilgan.
Eng asosiysi – asalarichilar davlat tomonidan sohani real qullab-quvvatlanayotganini his qilishmoqda. Davlat asalarilarni nafaqat asal yetishtiruvchi sifatida, balki asalarilarni qishloq xo‘jaligi ekinlarini asosiy changlatuvchisi va bog‘ hamda dalalarning hosildorligini sezilarli darajada oshirib beruvchisi sifatida qaramoqda.