Адрес:
O'zbekiston, Toshkent, Navoiy ko'chasi 40
`$site.phones[0].num_title`
Asalari - hakim dastyori, dexqon - hamkori, hosil - madori !!!
Hurmatli asalarichilar va saytimiz mehmonlari, Siz saytimizdan "Asalarichilik ensiklopediyasi" va "Arizor.uz" axborot almashish tizimi mobil ilovalarini yuklab olishingiz mumkin

ASALARI ZOTLARI

Похожее изображение

 

ASALARILAR ZOTI



Arilar zoti deb, shu yer iqlimi sharoitida yashayotgan ko’pchilik ari oilalarining tashqi ko’rinishi va yashash sharoiti bir xil ko’rinishga o’xshash bo’lib, ularning fiziologik va morfologik, shuningdek, foydali xo’jalik belgilari birbiriga o’xshash yoki bir avloddan ikkinchi avlodga o’xshashlik belgilarining o’tishi hamda shu sharoitga moslashgan ari turlariga aytiladi. Asalarichilikda shu paytgacha inson tomonidan birorta ham ari zoti yaratilmagan. SHunga qaramasdan tabiat iqlim sharoitiga moslashgan tabiiy ari zotlari bor. Mana shu tabiat saralab yetishtirgan ari zotlarini aborigen zoti deb ataladi. Avvaldan ko’p ming yillar ichida tabiat qonunlari bo’yicha tabiiy saralash oqibatida bir-biridan marfologik, biologik va xo’jalik ko’rsatkichlari hamda qit'alar, hududlar bo’yicha o’z nomini olgan aborigen asalari zotlari mavjudligi mutaxassislarga ma'lum. MDKH hududlarida quyidagi aborigen ari zotlari: “O’rta rus”, “Qo’ng‘ir Kavkaz tog‘ arisi”, “Sariq Kavkaz arisi”, “Karpat” arisi, “Ukraina cho’l arisi” va boshqa joydan keltirilgan arilardan “Italiya arisi” hamda Yugoslaviyadan keltirilgan “Krainka” ari zotlari tarqalgan. Kelib chiqishi bo’yicha karpat zoti deb atalgan asalari zoti oldinga yuz yillikdan to xozirgi kungacha O’zbekiston iqlim sharoitiga mos ari zoti bo’lgani uchun bir asr davomida butun O’zbekiston viloyat va tumanlarida shu zot arilari va ularning avlodlari boqib ko’paytirilmoqda.
 

O’RTA RUS ARI ZOTI


Bu zot ari MDH hududlarida juda ko’p tarqalgan bo’lib,uning tabiiy ko’payish joylari O’rta va SHimoliy Yevropahisoblanadi. Bu zot arilarning boshqa zot arilardan farqi shundaki, ular uzoq qishlab, sovuq qattiq bo’ladigan joylarda yashab rivojlanishiga moslashgan. Qishlash vaqtida 6–7 oy davomida orqa yo’g‘on ichagida 40 mgr gacha axlatni ushlab tura oladi. Bu zot arining rangi qoramtir kulrang bo’lib, tanasining qorin qismida sariq g‘ildirakchalari yo’q.
Inchadan chiqqan bir kunlik ishchi arining vazni 110 mgr. Urchimagan ona arining vazni 190 mgr. Urchigan ona arining vazni 210–220 mgr. Xartumchasining uzunligi 5,9 dan 6,3 mgacha. Ona arisi mavsum o’rtasida 1 kunda o’rtacha 1600–1800 ta gacha, ayrim hollarda 2000 ta gacha tuxum qo’yishga qodir. Ko’chga chiqishga moyil bo’lib, 80% ari oilalari ko’chga chiqishga intiladi. 25–30 ta gacha ko’ch g‘umbagini tortadi. Arilari juda badjahl. Kuchli sharbat kelish davridan mukammal foydalanadilar. Kuchsiz sharbat kelish davrida qo’ng‘ir kavkaz tog‘ arisidan keyin turadi. O’rta rus arisi XVII asrda SHimoliy Amerikaga, XVIII asrda Janubiy Amerikaga keltirilgan.

 


QO’NG’IR KAVKAZ TOG’ ARISI



Bularni tabiiy ko’payish joylari Kavkaz tog‘ hududlari va Kavkaz oldi hamda Kavkaz orti hududlari va boshqa mamlakatlargacha tarqalgan. Bu arilar tanasi kichik bo’lib, 1 kunlik ishchi arisining vazni 75–90 mgr, urchimagan ona arisining vazni 180 mgr, urchigani 200 mgr ga teng. Tanasining rangi kumush-kulrang bo’lib, qorin g‘ildirakchalarida sariq chiziqchalari yo’q. Xartumchasining uzunligi 6,9–7,1 mm gacha. Arilari muloyim ona arisi 1 sutkada 1100–1700 tagacha tuxum qo’yadi. Asal ustini ho’l qilib yopadi. Arilari kam ko’chga chiqadi va 5 tadan 20 tagacha g‘umbak tortib, 3–5% gacha ko’chga chiqadi. Tabiatdan 400–500 gr sharbat kelib tursa arilar ko’chga chiqish holatini yo’qotadi.

 

SARIQ KAVKAZ ARISI


Bu ari zotining tarqalgan joylari Gruziya, Armaniston va Ozarbayjon o’lkalari bo’lib, SHimoliy Kavkaz viloyatlarida ham ko’paytiriladi. Arilarning rangi kulrang bo’lib, qorin qismida sariq g‘ildirakchalari bor. Qattiq issiq haroratda ham yashashga moslashgan. Inchadan chiqqan 1 kunlik ishchi arisining vazni 80–90 mgr. Urchimagan ona arisining vazni 180 mgr. Urchigan ona arisining vazni 200 mgr ga teng. Jadal rivojlanish davrida ona arisi 1 sutkada 1100–1700 tagacha tuxum qo’yadi. KHartumchasining uzunligi 6,5–6,9 mmbo’ladi. Asal ustini ho’l qilib yopadi.
 

KARPAT ZOTI


Bu naslning vatani Karpat tog‘lari va vodiylari bo’lib, tashqi ko’rinish belgilari Krainka nasliga yaqin bo’lgan holda, tanasining rangi kulrang ko’rinishga ega. Urchimagan ona arisining tana vazni 185 mgr, urchigan ona arisining vazni 205 mgr ga teng bo’lsa, 1 kunlik ishchi arsining vazni 110 mgr ga teng, xartumchasining uzunligi 6,3–7,0 mm ga teng. Asal inchasining ustini oqish rangda quruq berkitadi. Arilari muloyim, ko’chga kam chiqadigan va qishga chidamli. O’rta Osiyo iqlim sharoitida, asosan, shu zot arilari boqiladi.
 

ITALIYA ZOTI


Bu nasl MDHga Italiyadan keltirilgan bo’lib, tana va qorin g‘ildirakchalari juda sariq. AQSHda bu zot bilan saralash ishlarini olib borib, tillarang ari naslini yetishtirishgan. Bir kunlik ishchi arisining vazni 115 mgr. Urchimagan ona arisi 190 mgr. Urchigan ona arisi 210 mgr, xartumchasi 6,3–6,5 mm. Tana tuzilishi bo’yicha ari zotlari orasida eng yirik ari hisoblanadi. Arilari muloyim bo’lib, qattiq issiqda yashashga moslashganligi uchun ham O’rta Osiyoda ko’paytiriladi, Ona arisi 1 sutkada 2500 tagacha tuxum qo’yib, ko’p tuxum qo’yishi bo’yicha boshqa ona arilardan ajralib turadi. SHuning uchun ham bu nasl arilarni rivojlantirish va ko’paytirish maqsadida boqiladi.

 

Manba:  mirishkor.uz

Asal Bayrami 2023
Asal Bayrami 2023
Asal Bayrami 2023
Asal Bayrami 2023
Asal Bayrami 2023
Asal Bayrami 2023
Asal Bayrami 2023
Asal Bayrami 2023
Asal Festivali Namangan
Asal Festivali Namangan
Uyushma binosining ochilish marosimi
Uyushma binosining ochilish marosimi
Uyushma binosining ochilish marosimi
Uyushma binosining ochilish marosimi
Farg'onaga tashrif
Farg'onaga tashrif
Asal Bayrami 2023
Asal Bayrami 2023
Bizning hamkorlar
The Food and Agriculture Organization
The Food and Agriculture Organization
ALOQALIZING
ALOQALIZING
Savollar bormi?
Savollaringizga javob berishga tayyormiz. 
Fayl yuklash:
maksimal: 1
Manzili:
O'zbekiston, Toshkent, Navoiy ko'chasi 40