Адрес:
O'zbekiston, Toshkent, Navoiy ko'chasi 40
`$site.phones[0].num_title`
Asalari - hakim dastyori, dexqon - hamkori, hosil - madori !!!
Hurmatli asalarichilar va saytimiz mehmonlari, Siz saytimizdan "Asalarichilik ensiklopediyasi" va "Arizor.uz" axborot almashish tizimi mobil ilovalarini yuklab olishingiz mumkin

SAVOL VA JAVOBLAR

SAVOL VA JAVOBLAR

вопрос

Arizorda sho‘r suv tayyorlash uchun qancha tuz solinadi?

Arizorda sho‘r suv tayyorlash uchun 1 litr ichimlik suviga 3-5 g tuz solinadi.

Asalari organizmida tuz moddasi yetarli bo‘lmasa, ular xojatxonalarga uchib boradi. Bu holatni oldini olish uchun arizorda shur suv tayyorlangan idish o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.

Diastaza soni nima? Nima uchun diastaza soni oz bo‘lsa bozorlarda asalni sotilishiga ruxsat berilmaydi?

Diastaza bu kraxmalni parchalab, dekstrinaga aylantiruvchi ferment.

Diastaza gulshirasida doim bo‘ladi. Shakar sharbatida diastaza bo‘lmaydi. Bir gramm asaldagi diastaza fermenti tomonidan 1 soat ichida parchalangan 1% li kraxmal eritmasi miqdoriga diastaza soni deyiladi. Tabiiy asalda diastaza soni 10-20 Gote birligigacha bo‘ladi. Asalari oilasi shakar sharbati bilan boqilsa diastaza kamayib ketadi. Diastaza soni ko‘rsatkichdan past bo‘lsa asal ta­biiy hisoblanmaydi.

Suvni har bir asalari oilasiga, arixona ichiga berilsa foydalimi?

Arixona ichiga suv quyilsa ham asalarilar tashqaridan suv olib keladilar. Arixona ichiga suv berish arichining ko‘p vaqtini oladi va arixona sovushiga, asalarilarni bezovta bo‘lishiga olib keladi. Shuning uchun arizorga umumiy suv idishlari o‘rnatish tavsiya etiladi. Suv idishlari quyosh tushib turadigan, shamol yo‘q yerga o‘rnatilishi kerak.

Asalarilar qancha suv iste’mol qilishadi?

Har bir asalari oilasi bir sutkada 300 g suv ishlatishi aniqdangan.

Onadanni va yosh ona arining qaysi belgilariga qarab yaxshi yomonga ajratiladi?

Onadonni asalarilar 9-10-kuni berkitadi. Onadon qancha katta bo‘lsa ona ari vazni shuncha og‘ir bo‘ladi. Onadonning balandligi ikki santimetrdan past bo‘lmasa bu onadondan savlatli urg‘ochi ari chiqadi. Tirik urg‘ochi arini vazni kamida 180 mg bo‘lishi kerak.

Tuxumga kirgan ona arini tuxum qo‘yishiga qarab baholanadi. Sertuxum ona ari mumkatakka bir chekkadan hamma katakchalarga tuxum qo‘yadi. Oz tuxum quyuvchi ona ari onda-sonda katakchalarni qoldirib tuxum qo‘yadi.

Asalari oilasi qancha gulchangi olib keladi?

Tajribadan ma’lumki bir mavsumda bitta asalari oilasidan 30 kg gulchangi yig‘ib olingan. Kuchli asala­ri oilasining oziqdanishi uchun 15-20 kg gulchangi ke­rak bo‘ladi. Ortiqcha gulchangini gulchang ajratkich asbobi bilan sotuv uchun yig‘ib olinadi.

Asalarilar gulshira yig‘ish uchun harorat necha daraja bo‘lganda uyasidan uchib chiqadi?

Asalarilar qulay sharoitda kunduzi havo darajasi +10° bo‘lganida uyasidan uchib chiqadilar. Ularning gul­shira yig‘ib kelish uchun havo darajasi 20°-25° bo‘lsada, zo‘r berib uchishadi.

O‘simliklar shirani qaysi sharoitda ko‘proq ajratadi?

O‘simliklardan chiqadigan shira miqdori va sifatiga – iqlim, ko‘proq va ob-havo sharoitlari, ularning sorti, o‘sish sharoitlari ta’sir etadi.

Yog‘ingarchilik uzoq cho‘zilishi, sovuq qurg‘oqchilik kuchli shamol o‘simliklarning shira ajratishiga katta salbiy ta’sir etadi.

Agar kunlar yetarli darajada iliq bo‘lib, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ib tursa, o‘simliklarning shira ajrati­shiga yaxshi ta’sir etadi.

Varroatozga qarshi kurashishning qulay vaqti qachon?

Noyabr va dekabr oylarida asalari oilasida qurtchalar bo‘lmaydi. Varroatoz kanasi ochiq asalari qurtchalari bo‘lmagan davrda katakchalardan tashqarida bo‘ladi.

Shu vaqtda havo harorati +4° atrofida bo‘lganda bipin preparata qo‘llansa yaxshi natija beradi. 1 g bipin preparatani 2 litr qaynatab 28° gacha sovutilgan suvga qo‘shib, 200 ta ari qoplab turgan mumkatakli ramkaga sepiladi.

Nima uchun erta bahorda asalarilar oilasi kuchsizlanib arixonadan uchib chiqib, qaytib kirolmaydi?

Qishlov uchun asalari oilasiga yaxshi oziqa qo‘yilmagan. Zudlik bilan oziqani yaxshilab, kuchsiz oilalarni birlashtirish kerak.

Qishlovda arixonaning eshikchalarini ochiq qoldirsa bo‘ladimi?

Qishlovda arixonaning pastki eshikchasini ikkita asalari o‘tadigan qilib toraytiriladi. Tepadagi eshikcha va boshqa teshiklar to‘lik yopiladi. Aks holda asalari­lar arixonani isitish uchun ko‘p kuch sarf qiladilar.

Kandi nima? U ni qanday tayyorlaydi?

Kandi – shakar uni bilan asal aralashtirib tayyor- langan asalarilarga berish uchun oziqd. Sog‘lom oila- dan olingan asalni emallangan idishga solib olovda qizitiladi. Maxsus 2 devorli, ichiga suv qo‘yilgan mos- lama idish ishlatilganida, asal qo‘yib qolmaydi. Asal­ni olovda qo‘yib qolmasligi uchun uni kavlab turiladi. Uning qaynashiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Kizitalgan asal sovugandan keyin unga oz-ozdan shakar uni (pudrasi) qo‘shiladi va aralashma yetarli darajada quyuqlashguncha aralashtirib turiladi. Bunday aralashma yoyilib ketmaydigan holatta kelganda kulcha shaklida yasalib asala­ri uyasiga, ramkalar ustiga beriladi.

Nukleus nima?

Urug‘li ona arilar yetishtirish va zaxirada urug‘langan ona ari saqlash uchun kichkina asalari oilalari tuziladi. Shu oilalar nukleus deb ataladi. Nukleuslarni arixonalardagi asosiy oilalar yoniga joylasa ham bo‘ladi. Buning uchun uyaning yonidan uchta ramka o‘rnatiladigan joy to‘silib, unga alohida eshikcha qilinadi.

Nukleusga uchta ramka asalarisi bilan qo‘yiladi. Ramkalarning ikkitasida faqat yopilgan qurtchalar bo‘lishi kerak. Ochiq qurtchalar bo‘lsa asalarilar berilayotgan onadonni qabul qilmaydi. Nukleusga onadonni asalarilar joylashtirilgandan so‘ng, sakkiz soat o‘tgandan so‘ng beriladi. Asalarilar onadondan chiqqari urg‘ochi arilarga qaraganda yopiq onadonlarni yaxshiroq qabul qiladi. Ona ari qancha yosh bo‘lsa, asalarilar uni shuncha yaxshiroq qabul qiladi. Onadonni yoki yosh urug‘lanmagan ona arilarni nukleusga, o‘simliklarda shira va gulchangi bor, havo ochiq kunlarda berilsa, asalarilar onadonni oson qabul qiladi. Nukleusdagi urug‘langan ona arini boshqa oiladagi qari ona arini almashtirish uchun ishlatiladi. Keyinchalik nukleusda­gi qurtchali ramkalarni boshqa oilalarni kuchaytirish uchun berib, o‘rniga bo‘sh mumkatakli ramkalar berila­di. Nukleusning o‘zini kuchaytirib katta oilaga aylantirsa ham bo‘ladi.

Ishchi asalari qancha yashaydi?

Asal yig‘ish davrida, asalarilar 40 kun yashaydi. Asal­ari qancha ko‘p ishlasa shuncha oz yashaydi. Asal yig‘ishda, qurtchalar tarbiyasida ishtirok etmagan asalarilar 6-7 oy yashaydi.

Erkak arilar qancha yashaydi?

Asalari oilasida erkak ari tabiatda shira tugaguncha yashaydi. Kuzda ishchi arilar erkak arilarni uyadan haydab chiqaradi. Erkak arilar sovuq va ochlikdan o‘ladi.

Qachon va nima uchun asalarilar sun’iy mumpardani qirqadi?

Tabiatda shira, asalari oilasida oziqa yetarli bo‘lmasa, sun’iy mumparda toza mumdan yasalmagan bo‘lsa, asalari­lar qo‘yilgan mumpardani sim yonidan qirqishadi.

Arizordagi o‘g‘irlik nima?

Bir asalari oilasidagi asalni boshqa oiladagi ari­lar qarshilikka uchramasdan olib chiqib ketishi – ari­zordagi o‘g‘irlik deb ataladi.

O‘g‘irlik qachon sodir bo‘ladi?

Tabiatda shira bo‘lmagan vaqtda arizorda kuchsiz yoki ona arisiz oilalar bo‘lganida o‘g‘irlik boshlanadi. Ayg‘oqchi ari, kuchsiz yoki ona arisi yo‘q oilani aniqlaydi. Keyin kuchli oila, kuchsiz oilaga hujum qiladi.

Kech kuzda asalari oilasida ona ari yuqligini qanday bilsa bo‘ladi?

Kech kuzda asalari oilasida erkak arilar qishlovga qoldirilgan bo‘lsa, demak shu ari oilasida ona yo‘q yoki urug‘lanmagan ona ari bor.

Qish paytida tabiiy holda bir oilada qancha asalari nobud bo‘ladi?

Qishlov yaxshi o‘tgan holda asalari oilasida 300 ta gacha asalari nobud bo‘ladi?

Qaysi sabablarga ko‘ra qishlovda arilar o‘ladi?

Oziqa yetarli bo‘lmasa, pad asali yoki qari ona ari bo‘lsa, zararkunandalar bezovta qilsa, shamollash uzoq cho‘zilsa, oila kasallikka uchrasa, asalarichi oldindan chora ko‘rmasa.

Arixonaning eshikchasini qaysi tomonga qaratib o‘rnatish kerak?

Arixonaning eshikchalarini janubga qaratib o‘rnatish kerak.

Yilning qaysi oyida ona ari tuxum qo‘yishni to‘xtatadi?

Havo yaxshi, ari oilasi kuchli bo‘lganida noyabr oyida ham ona ari tuxum qo‘yishda davom etadi. Faqat dekabr oyida to‘xtatadi.

Asalari qishda uxlaydimi?

Yo‘q asalarilar qishda uxlamaydi. Sovuq tushganida ular qishki to‘plam – g‘uj (klub) tashkil qilib, bir-birini isitib, oziqlanib qishlaydi.

Qishlovda asalli ramkalar bo‘lmaganida, shakar sharbati bersa bo‘ladimi?

Kunlar iliq bo‘lganida, bir litr suvga ikki kilo shakar aralashgan sharbatni bersa bo‘ladi.

Nima uchun kuchli ari oilasida ona ari yo‘qolib qoladi ?

Ona ari nozematoz kasalligiga uchragan.

Ona arini yoshi katta bo‘lgan.

Asalarilar yangi ona ariga almashtirish uchun o‘ldirgan.

Ona arini almashtirishda uni qo‘l bilan qanday to‘g‘ri ushlash kerak?

Ona arini ko‘kragidan ushlash kerak.

Ona arining yoshini qaday bilib olsa bo‘ladi?

Qari ona mumkatakli ramkada sekin, shoshilmay yuradi, ramkadan osongina sirg‘anib ketadi. Yosh ona ari shoshilib, tez-tez yuradi, qo‘rqoq bo‘ladi, arixonaning qorong‘i joyida berkinib yuradi.

Asalari oilasi ona ari yo‘qligini qachon sezadi?

Asalari oilasidan ona ari olinganidan keyin 15-20 daqiqa o‘tgach asalarilar sezishadi va 8 soat o‘tgach onadon qurishga kirishishadi.

Ona ari chaqadimi ?

Ona ari o‘z nayzasini boshqa ona arilar bilan urushganida ishlatadi. Lekin, asalarichi ona arini kaftiga olib ezsa, odamni ham chaqadi.

Asalarilar kamroq chaqishi uchun nima silish kerak?

Asalari oilasiga tutun tutatilsa, kamroq chaqadi. Le­kin ko‘p tutatish yaramaydi, chunki bu ularning ish faoliyatini to‘xtatadi.

Asalari kamroq chaqishi uchun, arichining kiyimi toza, spirt va bopqa o‘tkir hidlar bo‘lmasligi kerak.

Asalarilarni ko‘rishdan oldin arichi qo‘llariga yalpiz nastoykasi surtib, yuz niqobiga sepib olsa asalari­lar kamroq chaqadi.

Asalarichilik bilan kimlar shug‘ullanishi mumkin?

Asalari chaqishi kimga allergiya bermasa, boshi aylanmasa, shu odam shug‘ullanishi mumkin. Asalarichilik astma, tuberkulez, buyruq yurak kasalligi bor odamlarga tavsiya qilinmaydi.

Bir kg mum ishlab chiqarish uchun asalarilar qancha asal ishlatadi?

Bir kg mum ishlab chiqarish uchun, asalari oilasi 3,600 kg asal ishlatishi aniqlangan.

Bir ramka qurtchalarni yetishtirish uchun asalarilar qancha asal ishlatadi?

Bir kg asalari yetishtirish uchun 1,14 kg asal va 0,89 kg perga ishlatishi aniqlangan.

Bir ramkani qoplab o‘tirgan asalarilarni vazni qancha?

Bir ramkani to‘liq qoplab o‘tirgan asalarilarining vazni o‘rtacha 300 g.

Ona arini qishda asalarilar boqadimi?

Yo‘q. Ona ari tuxum qo‘ymagan vaqtida o‘zi asal bilan ovqatlanadi.

Asalarilar qancha balandlikka ko‘tarilib uchadi?

Aniqdanishi bo‘yicha: ishchi arilar 8 metrgacha balandlikda, erkak va yosh urg‘ochi arilar 30 m balandlikkacha uchishlari mumkin.

Asalari asrashda qanday arixonadan foydalanish yaxshiroq?

O‘zbekistonda asosari yotiq 16, 20 va 24 ta ramka joylashadigan arixonadan foydalaniladi.

Arixonalarni fanerdan yasasa bo‘ladimi?

Yo‘q. Faner asalarilarni qishda sovuqdan, yozda issiqdan himoya qila olmaydi. Arixona uchun taxtachalarning qalinligi kamida 35 mm bo‘lgan yog‘ochdan yasash kerak.

Arixonani qanday yog‘ochlardan yasash kerak?

Arixonalarni yumshoq yog‘ochlardan yasash kerak. Buning uchun ignabargli daraxtlardan, oq qarag‘ay, qora qorag‘ay, qarag‘ay va kedr qarag‘ay daraxtlari yaxshiroq hisoblanadi.

Arixona yasaladigan taxtalar sifatli va yaxshi quritilgan bo‘lishi shart.

Diafragma nima? U qanday vazifani bajaradi?

Diafragma – yog‘ochdan iborat to‘siq taxtacha. Diafrag­ma – ari uyasini bo‘sh qismidan ajratish vazifasini ba­jaradi. Ko‘pincha diafragma ari oilasini isitish uchun ishlatiladi.

Sharbat beruvchi oxurchalarni nimadan, qanday yasash kerak?

Oxurchalar yog‘ochdan yasalgan bo‘lib, sharbat teshiklaridan oqib ketmasligi uchun eritilgan mum bilan ichidan suvalishi kerak. Asalarilar sharbatga chukib, nobud bo‘lmaSligi uchun oxurcha ichiga yog‘ochdan po‘klar qo‘yiladi. Oxurchalar oilaning issiq joyiga qo‘yiladigan qilib yasalishi kerak.

Nima uchun asalarilar sun’iy mumpardada in ko‘rishni to‘xtatdi?

Tabiatda gulshirasi ajratilishi to‘xtaganida, ari oi­lasi sun’iy mumparda qurmaydi.

Ari uyasiga sun’iy mumpardani qachon qo‘yish kerak?

O‘simliklar shira ajratayotganda, asalari oilasi zo‘r berib ishlayotganida sun’iy mumparda qo‘yish kerak.

Sun’iy mumparda ishlatilishdan 3 oy oldin ishlab chiqarilgan bo‘lishi kerak.

Ishlatishdan oldin, mumpardani quyoshga tutib 2 soat erib ketmaydigan darajada ushlash kerak. Keyin salqin xonaga olib kirib sovutilsa, su’niy mumparda yanada mustahkam bo‘ladi.

Nima uchun ona ari bitta katakchaga 2-3 ta tuxum qo‘yadi?

Bunday holat kuchsiz oilalarda kuzatiladi. Asalari­lar ona ari tuxum qo‘yishi uchun katakchalarni tozalab bera olmaganida, ona ari bitta katakchaga uchtagacha tuxum qo‘yadi. Katakchalar yetarli bo‘lmasa, ona ari yo‘rganida ham tuxumini tashlab ketadi.

Kech kuzda onadondan yetilib chiqqan, urug‘lanmay qishlovga kirgan ona ari bahorga chiqib erkak ari bilan juftlasha oladimi?

Yo‘q. Urug‘lanmagan ona ari bahorga chiqib erkak ari yetiladigan tuxum qo‘ya boshlaydi.

Asalari chaqishi xavfli bo‘lgan inson tanasidagi a’zo qaysi?

Eng xavfli joyi tomoq.

Onasiz qolgan asalari oilasiga qafaschada ona ari berish ancha qiyin. Ona ari berishni boshqa yo‘li bormi?

Onasiz qolgan oilaga 6 soat o‘tgach yosh ona arini arixo­naning eshikchasidan kirgizib yuborish usuli bor. Faqat yosh ona arini berishdan oldin iliq suvga solib qo‘yish kerak. Suvda ona ari biroz yugurib, charchaganidan keyin arixona eshikchasidan kiritiladi.

Ona ari qo‘ygan urug‘lanmagan tuxumni, erkaklangan arilar qo‘ygan tuxumdan farqi bormi?

Ona ari urug‘lanmagan tuxumni bir chekkadan, katakchalarga bittadan, katakcha tubining o‘rtasiga qo‘yadi. Erkaklangan arilar bir katakchaga 2-3 ta, katakchalarni tubiga qo‘ya olmay devorchalarga qo‘yadi. Erkak ari tuxumini qo‘yadigan ona ari va erkaklangan arilarni yo‘qotish kerak.

Ona ari o‘tkazishda qaysi hidlardan foydalanish kerak?

Ona ari solingan qafaschani bir kechaga oilaga qo‘yiladi. Ertasiga «xolstikni» (yupqa mato) ko‘tarib, ramkalar ustiga, ona ari bor qafaschaga va «xolstik» ka yalpiz nastoykasi septiladi. 5 daqiqa o‘tgach ona arini chiqarib yuborsa bo‘ladi.

Nima uchun ari oilasida urug‘langan ona ari bo‘lsa ham, oila 3-4 onadon quradi?

Bunday holat uchrab turadi. Bu onadonlardan eng yaxshi ona arilar yetilib chiqadi, chunki ular juda ko‘p ona suti bilan oziqlantiriladi. Yangi ona ari tuxum qo‘yishni boshlagandan keyin, eski ona ari yo‘q bo‘lib ketadi. Bu holat «tinch almashish» deb ataladi. Agar ona arini orqa oyog‘ining bir qismi qirqib qo‘yilsa, bu holat qaytariladi.

Onadon qurayotgan ari oilasi bitta onadonni ikki barovar uzun qilib qurdi. Bu onadondan sifatli ona ari chiqadimi?

Onadondagi qurtcha onadonni tubidan uzilib, oldinga siljigan. Shuning uchun asalarilar onadonni uzunroq yasagan. Bunday cho‘zilgan, qing‘ir va nozik onadonlarni uzib olib, tashlab yuborish kerak.

Onadon tarbiyalayotgan oilaga urug‘langan ona ari o‘tkazsa bo‘ladimi?

Ona ari tarbiyalayotgan oila urug‘langan va urug‘lanmagan ona arilarni kamdan-kam qabul qiladi. Ona ari o‘tkazishdan oldin ari uyasida qurilgan onadonlarni yulib yuborish kerak.

Yuqumli kasalliklar qo‘zratuvchisi asalda bo‘ladimi?

Yo‘q. Asalda yuqumli kasalliklar qo‘zg‘atuvchisi o‘ladi. Asalda bakteriyaga qarshi kurashuvchi moddalar bor.

Qaysi kislotalarni asalarichilikda ishlatiladi?

Kislotalarni ifloslangan mumni tozalash uchun, varroatoz kanasiga qarshi kurashda, arixonalarni, mumkatakli ramkalarni va boshqa asboblarni dezinfeksiya uchun ishlatadi. Bular quyidagilar:

Chumoli kislotasi.

Shovul kislotasi.

Oltingugurt kislotasi.

Sovuq va ochlikdan nobud bo‘lgan qurtchalarni, chirish ka- salligida nobud bo‘lgan qurtchalardan qanday ajratamiz?

Ochlik va sovuqdan nobud bo‘lgan qurtchalar bir chekkadan to‘lik ramkasi bilan nobud bo‘ladi. Chirish kasalligi natijasida nobud bo‘lgan qurtchalar sog‘ qurtchalar bilan aralash joylashgan bo‘ladi.

Qurtchalar ko‘pincha qachon nobud bo‘ladi ?

Issiq yoz oylarida.

Qaysi ari onadonni qirqadi ?

Ona ari onadondan chiqishi oldidan, ishchi arilar onadonni uchidan qirqib ona ari chiqishiga yordam beradi. Onadondan birinchi ona ari chiqqanidan keyin, oilada tabiiy ko‘ch (roy) ajratish holati bo‘lmasa, ishchi arilar qolgan onadonlarni yonidan qirqib teshadilar, shu teshik orqali, birinchi chiqqari ona ari o‘z nayzasi bilan onadondagi ona arini o‘ldiradi.

Asalarilarga qaldirg‘ochni zarari bormi?

Yo‘q. Qaldirg‘ochlar faqat erkak arilarni nobud qiladi. Ishchi arining bir chaqishiga qaldirg‘ochlar no­bud bo‘ladi.

Asalarilarga oq ilon zarar qiladimi?

Onda-sonda, arixona yerga o‘rnatilganida bo‘lishi mumkin.

Arixonaning polidan ramkaning ostki plankasi oralig‘i qancha bo‘lishi kerak?

Ramkaning ostki plankasi bilan polning oraliqi 15 mm dan baland bo‘lmasligi kerak. Aks holda asalarilar poldan ramkalarga o‘tish uchun yo‘l quradilar. Eng yaxshi oraliq 9 mm – bu ikki asalari balandligi Hisoblanadi.

Tipratikonlarni asalarilarga zarari bormi?

Yo‘q aksincha ularning foydasi bor. Ular arizordagi nobud bo‘lgan arilarning tanachasi bilan oziqlanadilar.

Ramkaning yonbosh plankalari bilan arixona devorchalarining oralig‘i qancha bo‘lishi kerak?

Oralig‘i 5 mm va undan tor bo‘lsa, asalarilar ramkalarning yonbosh plankalarini propolis bilan arixo­na devorchalariga yopishtiradilar. Oraligi 10 mm va un­dan keng bo‘lsa, mumkatak tortib yo‘lak yasaydi. Eng yaxshi oraliq 7-9 mm.

Zabrus nima?

Zabrus – ramkalardan asal ajratishdan oldin pichoq bilan kesib olingan qopqoqchalar.

Ari oilasi asal topish uchun uyasidan bir sutka chiqmasa, qancha asal ishlatadi?

Bir oila o‘rtacha 12 ramkani qoplab o‘tirgan bo‘lsa, bir sutkada 500 g asal ishlatadi. Anig‘ini bilish uchun arizorda arixona o‘rnatilgan tarozi bo‘lishi kerak.

Mum eritish uchun yomg‘ir suvi bo‘lmasa, suvni qanday yumshatish kerak?

Suvni yumshatish uchun bir chelak suvga (10 litr) 200 g oddiy oshxona sirkasi qo‘shiladi.

Kuzda beriladigan shakar sharbatini qaynatib tayyorlash kerakmi?

Kuzda beriladigan sharbatni tayyorlashda 3 kg shakarni 2 litr suvga aralashtirib qaynatmasdan 70° isitib tayyorlanadi. Shakar sharbati kechqurun asalarilar uchishi to‘htagandan keyin beriladi.

Gulchang yo‘q davrda o‘rnini nima bosishi mumkin?

Gulchang yo‘k davrda, sigir sutini asal yoki shakar sharbatiga aralashtirib bersa bo‘ladi.

Yuqumli kasallik bilan kasallangan ari oilalaridan olingan asalni qaynatib arilarga bersa bo‘ladimi?

Asal qaynatilganida foydali xususiyatini yo‘qotadi. Asalarilarga shakar sharbati berib, asalni odam egani yaxshi.

Ona arining qanoti qanday qirqiladi?

Ona arining qanotini pinsetda ushlab, qaychi bilan qirqiladi.

Ona arining qanoti qirqib qo‘yilsa ko‘ch ajratishga chiqadimi?

Qanoti qirqilgan ona ari ko‘ch ajratishga chiqadi, le­kin ucha olmay arixona oldiga, yerga tushadi. Ko‘ch ajratgani chiqqari asalarilar o‘z uyasiga qaytadi. Keyinchalik yangi ona ari bilan qaajratadilar. Ko‘pincha asalari­lar qanoti kirqilgan ona arini uldirib, yangi ona ari yetishtirib ko‘ch ajratadi.

Yangi ushlangan ko‘ch bir oy o‘tgach, ko‘ch ajratadimi?

Xa, ajratadi. Ari uyasiga yetarli mumkatakli ramkalar kuyilmasa, uyaning harorat darajasi baland bo‘lsa, tabiatda gulshirasi bo‘lmasa va ish bilan ta’minlamagan yosh asalarilar ko‘p bo‘lsa ko‘ch ajratadi.

Ajralgan ko‘chlarni qanday birlashtirish kerak?

Ko‘chlar bir-biri bilan kurashmasligi uchun ularni alohida alohida eshikchalari bor bir arixonaga joylashtirish kerak. Ikki sutka o‘tgach ortiqcha ona arini va bo‘lib turgan taxtachani olib qo‘yiladi. Asalarilar o‘zlari birlashib ketadi.

Agar ajralib chiqqari ko‘ch ko‘p bo‘lsa, ularning onasini topib qafaschaga solib, yangi arixonaga qo‘yilgan ramkalar orasiga o‘rnatiladi. Asalarilarni yangi ari­xona eshikchasi orqali kiritadi. Bir sutka o‘tgach bitta ona ari qafaschadan chiqarib yuboriladi, qolganlarini bu uyadan olib qo‘yiladi.

Erta bahorda kuchsiz oilani kuchaytirish uchun boqsa ari uyasidan ishchi arilar bersa bo‘ladimi?

Kuchaytirish uchun boqsa oiladan yopiq qurtchali ram­ka asalarisiz berilgani ma’quldir.

Zaruriyat tug‘ilganda boshqa oilaning asalarilarini eshikcha oldiga qoqib tushiriladi. Tushirilgan asalarilarning uchuvchilari eski xonasiga qaytib ketadi, yosh asalarilar eshikcha orqali yangi oilaga kiradi.

Bir arixonada ikki oila qishlovdan chiqanidan keyin bir oilani qaysi yo‘l bilan boqsa arixonaga ko‘chirish mum­kin?

Erta bahorda bir arixonada joylashgan ikkita ari uyasi bir-birini isitib yaxshi rivojlanadi. Ko‘chirishni kechroqqa qoldirish kerak. Asalari oilalari yaxshi rivojlanganidan keyin, arixonaning o‘ng tomonidagi ari uyasini yangi arixonaga ko‘chirish kerak. Bo‘shagan o‘ng tomondagi joyga ikkinchi chap tomondagi ari uyasini ko‘chirib, arixonani chap tomonga, eski eshikchasi o‘rniga to‘g‘rilab siljitish kerak.

Yangi arixonani eski arixonaning yoniga, o‘ng tomoniga o‘rnatish kerak. Undan keyin, har kuni bir metrdan siljitib, ularni bir-biridan uzoqlashtiriladi.

Mumkatakli ramkadagi pergani qanday saqlash kerak?

Pergani saqlash uchun u joylashtirilgan katakchalarni shakar uni bilan to‘ldirib qo‘yish kerak. Pergali ramkalar harorati +2° +10°gacha bo‘lgan xonada saqlanishi zarur.

Qirqib olingan perga usti yopiq shisha idishda muzlatkichga qo‘yib saqlanadi.

Zaxiraga olib qo‘yilgan asalli ramkalar kristallanib qolmasligi uchun qanday saqlanadi?

Havo harorati kunduzi va kechasi katta farq qilmaydigan, havo namligi 80% , harorati +30° bo‘lgan xonalarda saqlash lozimdir. Havo harorati -0° dan past bo‘lgan xonada saqlash mumkin emas.

Qihlovga qaysi ramkalarni qoldirish zarur?

Qishlovga jigarrangli, 3-4 marta qurtchalar chiqarilgan mumkatakli ramkalarni qoldirish kerak chunki ular issiqroq bo‘ladi. Oq rangli, qurtchalar chiqarilmagan ram­kalarni qishlovga qoldirish mumkin emas.

Zaxiradagi bo‘sh mumkatakli ramkalarni qanday saqlash kerak?

Mumkatakli ramkalar maxsus yashiklarda yoki teshikchalari yo‘q yaxshi yopilgan arixonalarda saqlanadi. Agar mumkatakli ramkalarga kuya tushgan bo‘lsa, mumkataklarga oltingugurt yoki sirka kislotasini bug‘i bilan ishlov beriladi. Mumkatakli ramkalarni havo almashib turadigan joyga qo‘yilsa, kuya kapalagi tuxum qo‘ymaydi. Qishda havo harorati -10° past bo‘lganida, kuya kapalagi, qurtchalari va tuxumlari nobud bo‘ladi.

Nima uchun qishlovda asalarilar ikkiga bo‘linib, qish to‘planinga kiradilar?

Ari uyasida ortiqcha ramkalar bo‘lsa, birdaniga sovuq tushgani sababli, ular ikkiga bo‘linadi. Qishlovga ari uyasini tayyorlaganda asalari bilan qoplanmagan ortiqcha ramkalarni olib qo‘yish kerak.

Qishda ari oilasi ona arisini yo‘qotsa qanday yordam berish kerak?

Qishda yordam berib bo‘lmaydi. Iliq kunlar boshlanganida, nukleusdan ona ari olib beriladi yoki boshqa kuchsiz oila bilan birlashtiriladi.

Bahorda shakar sharbatini qanday tayyorlab beriladi?

Bahorda shakar sharbatini ikki qism shakarni bir qism suvga aralashtirib ertalab bergan yaxshi.

Qishda ari oilasida oziqa yetarli bo‘lmasa, qanday oziqa beriladi?

Qishda och qolgan ari oilasiga kandi beriladi.

Faqat iliq kunlar boshlanganida, shakar sharbatini mumkatakli ramkaga qo‘yib, asalari to‘plarni yoniga be­riladi. Shakar sharbatini tayyorlashda ikki kg shakarni bir litr suvga aralashtirib beriladi.

Achib qolgan asalni arilarga oziqa uchun bersa bo‘ladimi?

Achigan asalni qaynatib keyin, bahorda berish kerak.

Qihlovda ari uyasining o‘rtasidagi ramkalarda oziqa tugab qolsa, ari to‘plarni chekkadagi asalli ramkalarga o‘ta oladimi?

Qishki asalarilarni to‘plarni (klub) oldin pastdan tepaga, keyin arixonaning orqa devoriga qarab siljiydi. Chekkadagi asalli ramkalarga faqat iliq kunlarda o‘ta oladi. Sovuq kunlarda asalari uyasining o‘rtasida oziqa tugab qolsa, ari oilasi nobud bo‘ladi. Shuning uchun qishlovga kirayotgan asalarilarga ikki kg dan kam bo‘lmagan asalli ramkalar qoldirish kerak.

Tabiiy ko‘ch ajraganda, ona ari jig‘ildoniga asal to‘ldirib chiqadimi?

Ha, ona ari jig‘ildoniga asal to‘ldirib chiqmasa, ucha olmaydi. Ko‘ch ushlanib, ko‘ch idishiga solinib salqin joyda 10 kungacha saqlansa, oziqasi yetadi.

Ajralgan ko‘ch arixonaga joylashtirilganidan so‘ng ancha vatq o‘tgach, ona ari tuxumi ko‘rinmaydi. Ona ari borligini qanday bilsa bo‘ladi?

Ari uyasiga ochiq qurtchali ramka qo‘yish kerak. Ona ari bo‘lmagan oilada asalarilar onadon ko‘rishni bosh­laydi.

Ajrab chiqqari ko‘chni (roy), oldindan hamma onadonla- rini yulib tashlab, o‘z arixonasiga qaytarsa bo‘ladimi? Kbayta ko‘ch ajratadimi?

Xa, qayta ko‘ch ajratishi mumkin. K^ ajratmasligi uchun tabiatda shira ajratish kuchayib, asalarilar shi­ra to‘plashga utsa, uyaning havo almashishini kuchaytirib arixona soyaga olinadi.

Yangi arixonaga joylashgan ko‘ch, asalli va qurtchali ramkalari borligiga qaramay, nima uchun uyasini tashlab uchib ketadi?

Asalari oilasi uyasini tashlab ketishiga quyidagi belgilar sabab bo‘ladi:

Asal yetarli bo‘lmasa.

Arixonaning hidi yoqmasa (sichqon kirgan arixona).

Arixona namligi.

Ona ari nobud bo‘lsa.

Kana bosgan bo‘lsa.

Asalari oilasi bir marta ko‘ch ajratdi. Ikkinchi mar­ta ko‘ch ajratmasligi uchun nima qilish zurur?

Ari uyasida bitta yetilgan onadon qoldirilib, qolganini yulib tashlash kerak.

Ari uyasida onadonlar qurilsa, bu tabiiy ko‘ch ajratishmi yoki tinch almashuvmi? Qanday bilsa bo‘ladi?

Tabiiy ko‘ch ajratish vaqtida, asalarilar ishlashni to‘xtatadi, in qurmaydi, ona ari tuxum qo‘yishini susaytiradi, asalarilar asal yig‘maydi. Tinch almashish davrida asalarilar zo‘r berib ishlashni davom etiradi. Tinch almashish ko‘pincha arizorda tabiiy ko‘ch ajratish bo‘lmagan davrda bo‘ladi.

Ajralib chiqqari ko‘ch kuchsiz bo‘lsa, qanday tadbir qo‘llaniladi?

Kechqurun asalarilar uchishi to‘xtaganidan keyin ko‘chni yangi arixonaga joylab, eski arixona o‘rniga qo‘yiladi. Ko‘ch ajrab chiqqari arixonani eski o‘rnidan yangi joyga ko‘chirib, bitta yaxshi qurilgan onadon qoldirilib, qolganlari yulib yuboriladi. Bu uyada yangi ona ari chiqib, urug‘lanib, qishga oziqa to‘plashga ulguradi. Ertasiga, ko‘ch ajratgan oilaning uchuvchi asalarilari eski o‘rnidagi yangi arixonaga qaytib kelishi hisobiga ajralib chiqqari ko‘ch kuchayadi.

Agar yangi asalari oilasini tashkil qilish kerak bo‘lmasa, ko‘chni ikki xonali arixonaning bo‘sh xonasiga joylashtirib, ona ari urug‘lanishigacha kutish kerak. Ona ari urug‘langanidan keyin, yonidagi oilaning qari onasini olib ko‘chni qo‘shib yuborish kerak.

Ko‘ch ajratishga tayyorlangan ari oilasining onasini qanday almashtirish kerak?

Ko‘ch ajratishga tayyorgarlikni boshlagan oilaning onasini almashtirishning hojati yo‘q. Yaxshisi ko‘ch ajrab bo‘lganidan keyin, uni yangi arixonaga joylab, ik­ki sutkadan keyin, ona arini qafaschasiga solib, yana bir sutka shu uyada qoldirish kerak. Bir sutka o‘tgach shu qafaschadagi ona ari o‘rniga yosh urug‘langan ona ari so­lib qo‘yib yana bir sutka shu oilada saqlanadi, keyin yosh ona arini qafaschadan chiqarib yuboriladi. Ko‘ch ajratgan ari uyasida bitta yaxshi onadon qoldirilib, qolganlari yulib tashlanadi. Bu holatda ikkala oilada ham yosh ona ari bo‘ladi.

Asalarilar ko‘ch ajratishga tayyorgarlikni boshlab yuborgan bo‘lsa, ularni qanday to‘xtatish kerak?

Asalarilarni to‘xtatish uchun, ikki xonali yotiq ari­xonani ko‘ch ajrayotgan arixona o‘rniga qo‘yiladi. Yangi arixonaning bir eshikchasi asalarilar o‘rganib qolgan eski o‘rniga to‘g‘rilab qo‘yiladi, ikkinchi eshikcha qarama-qarshi tomondan ochiladi. Eshikchasi eski o‘rniga to‘g‘ri kelgan xonada qurtchali ramkalar va bitta onadon qoldiriladi. Eshikchasi qarama-qarshi tomonga ochilgan xonasiga bo‘sh va asalli ramkalar qo‘yilib, hamma asalarilar shu xonaga ona arisi bilan birga silkitiladi. Uchuvchi asalarilar o‘rgangan eshikchasiga qaytib, qurtchalarni tarbiyalashga majbur bo‘ladi. Ona ari yo‘q bo‘lgani uchun ko‘ch ajrata olmaydi. Ona ari bor bo‘limda, onadon va qurtchalar bo‘lmaganligi uchun asalarilar ko‘ch ajrata olmay ishga kirishib ketadi. Ona ari yo‘q bo‘lagida ona ari chiqib urug‘langandan keyin, eski ona ari olinib, ikka­la uya birlashtiriladi.

Qanday qilib kuchsiz ari oilasini ishchi arilar bilan kuchaytiriladi?

Ona arisi bor kuchsiz oilani, onasiz qolgan asala­ri oilasi bilan kuchaytirsa bo‘ladi. Buning uchun ona­siz oiladan hamma asalli va qurtchali ramkalar olib qo‘yiladi. Bir sutka o‘tgach onasiz oilaning asalarilari sekin qimirlaydigan bo‘lib qoladi. Bu asalarilar­ni ramkasi bilan olib, ona arisi bor arixona eshik­chasiga olib boriladi. 5 daqiqadan keyin asalarilar eshikchadan o‘zlari kirib ketishadi. Onali arilar bunga qarshilik qilmaydi. Bu holda qo‘shilgan asalarilar eski o‘rniga qaytib bormaydi.

Yotiq arixonadagi ari oilasining onasi qanday almashtiriladi?

Ari oilasi yaxshi rivojlanib kamida 8 ta qurtchali ramka bo‘lganida, arixonaning yon tomonidan eshikcha ochilib ari oilasi teng ikkiga bo‘linadi. Bo‘layotgan, ramkalar arixonaning ikki chetiga joylashtiriladi. Oraliqni bo‘sh mumkatakli ramkalar bilan to‘ldiriladi. Ona ari bo‘lmasa asalarilar onadon ko‘rishni boshlaydi. Ona arisi bor bo‘lagi kuchsizlanib ko‘ch ajratishga tayyorgarlik qilmaydi.

Yangi ona ari yetilib 2-3 ramka tuxum qo‘yganida, eski ona ari ham tuxum qo‘yib, yangi ona ari tomonga yaqinlashib kelib arixona o‘rtasida uchrashadi. Keyinchalik eski ona ari nobud bo‘ladi. Qo‘shilish hisobiga oilada ko‘p ishchi ari va qurtchali ramkalar hosil bo‘ladi.

Asalarilarda ich qotishni qanday davolash mumkin?

Ich qotishi faqat sifatsiz gulchangi bilan oziqlanganda bo‘ladi. Asalarilarga iliq shakar sharbati berib ich qotishini oldini olish uchun arizorda iliq suv idishi o‘rnatilishi zarur.

Yuqumli kasallik qo‘zg‘atuvchisi sovuqda o‘ladimi?

Yo‘q sovuq yuqumli kasalliklar qo‘zg‘atuvchilariga ta’sir qilmaydi.

Ari oilasi kimyoviy moddalar bilan zaharlanganida asalarilar qanday saqlab qolinadi?

Asalarilar kimyoviy moddalar bilan zaharlanganida arixona oldida nobud bo‘lgan asalarilar tanachasi ko‘payadi. Arichi zudlik bilan ari uyasini qisqartirib, isitish uchun yostiqcha bilan o‘rab qo‘yiladi. Har bir oi­laga asali bor-yo‘qdigidan qatiy nazar bir litrdan 1/1 tayyorlangan shakar sharbati berish kerak. Ari oilasi kuchsizlanib yoki ona arisiz qolsa ari oilalarini birlashtirish kerak.

Quyoshda eritilgan mumda chirish kasalligini qo‘zg‘atuvchilari o‘ladimi?

Yo‘q quyosh mum eritgichida issiqdik 75° dan baland bo‘lmaydi. Mumni dezinfeksiyasi uchun 110° issiqlik ke­rak.

Issiq bug‘ bilan mumkatakli ramkalarni dezinfeksiya qilsa bo‘ladimi?

Xa. 60° bug‘ darajasida mumkatakli ramkalarni ikki soat ushlab turish kerak. Bu holatda mum kuyaning tuxumi va qurtchasi nobud bo‘ladi.

Shovul kislotasi bug‘i bilan mumkatakli ramkalarni dezinfeksiyalaganda, ramkalarga tortilgan sim zanglamasligi uchun nima silish kerak?

Simni ochiq yeriga eritilgan mum surtib qo‘yish ke­rak.

Sirka kislotasini bug‘i bilan mumkatakli ramkalarni qanday dezinfeksiyalanadi?

Oldin ramkalar propolis va mumdan iskana bilan tozalanadi. Keyin ularni yaxshi yopilgan yashikka solib, ramkalar ustiga 80% sirka kislotasi bilan namlangan paxta qatlarni qo‘yiladi. Yashikning hamma teshikchalari suvalib uch kun ushlab turiladi. Mumka­takli ramkalarni ishlatishdan oldin bir sutka shamollatiladi.

80% sirka kislotasi qanday tayyorlanadi?

96% sirka kislotasining 1/4 qisninga bir qism suv qo‘shiladi.

Sifatli mumkatakli ramkalarni qanday va nima bilan dezinfeksiyalanadi?

Bu ramkalarni 1% vodorod pereoksidi bilan dezinfeksiyalasa bo‘ladi. Buning uchun katakchalar 1% vodorod pereoksidi suyuqligi bilan to‘ldiriladi.

Oradan uch soat o‘tgach ramkalar silkitilib, katakchalarni bo‘shatib, suv bilan yuviladi.

Isitish yostiqchasi qanday dezinfeksiyalanadi?

Isitish yostiqchasini va boshqa yumshoq matolarni 30 daqiqa suvda qaynatish kerak yoki 2% vodorod pereoksidiga uch soatga solib qo‘yiladi. Keyin suv bilan chayiladi. Shu 2% vodorod pereoksidi bilan pichoq, oxurcha va boshqa mayda asboblarni dezinfeksiya qilsa bo‘ladi.

Ari oilasi varroatoz bilan kasallanganida chumoli kis­lotasi bilan qanday ishlov berish kerak?

Poliyetilen paketga o‘lchami 15x25 sm, qalinligi 3-5 mm karton joylashtirilib, 150 ml chumoli kislota­si qo‘yiladi. Chumoli kislotasi oqib ketmasligi uchun, quti butun bo‘lishi shart! Quyilgan kislotani karton shimib olgandan so‘ng, paketni og‘zi o‘rab berkitiladi. Ishlatishdan oldin paketning bir tomonidan 1,5 sm teshikcha ochiladi. Keyin teshikchani pastga qaratib ari oilasi ramkalarining ustiga 21 kunga joylashtirib, asosiy asal yig‘ish davriga 10 kun qolganida to‘xtatiladi. Davolash vaqtida yuqoridagi eshikchalar ham ochib qo‘yiladi.

Shovul kislotasi bilan varroatozga qarshi qanday kurashiladi?

Asalarichilikda 2% shovul kislotasi havo harorati + 14° past bo‘lganida ishlatiladi. Shovul kislotasi – bu oq rangli poroshok. 20 g shovul kislotasini bir litr suvga aralashtirib har bir asalarilar qoplagan ramkaga 10-12 ml purkab chiqiladi. Bir asalari oilasi 12 ta ramkada o‘tirgan bo‘lsa, 150 ml suyuqlik purkaladi. Ishlovni asal yig‘imidan keyin o‘tkazish kerak. Purkash vaqtida qurtchali kataklarga kislota tegmasligi kerak.

Chirish kasalligini oldini olish uchun davolash sharbati penisillin bilan qanday tayyorlanadi?

1/1 tayyorlangan shakar sharbatini bir litriga 200 (ED) IB penisillin qo‘shiladi. Har bir asalari yo‘lagiga 100 g dan har 7 kunda uch marta beriladi. Masalan: ari oila­si 10 ari yo‘lagini egallasa, demak bir oilaga 1 litrdan sharbat beriladi.

Ari oilasi qishdan kuchsizlanib va ona arisiz chiqishiga sabab nima?

Ari oilasi qishdan kuchsizlanib va ona arisiz chiqishi, asosari asalarichining quyidagi xatolariga bog‘liq

Qari ona ari qishlovga qoldirilgan.

Qishlovga yozda qurtcha tarbiyalashda ishtirok etgan ishchi arilar kiritilgan.

Ari uyasi yaxshi isitilmagan.

Yaxshi oziqa qoldirilmagan.

Qishlovga aniqlanmasdan kasal oilalar kiritilgan.

Gulchang yetarli bo‘lmagan.

Onasiz qolgan ari uyasini onasi bor ari uyasiga qanday birlashtirish kerak?

Birlashtirishdan oldin ikkala oilani arixonasini har kuni bir-biriga 1 metrdan siljitib, yaqinlashtirish kerak. Ari uyasidan bo‘sh asalsiz ramkalarini olib uya qisqartiriladi. Kechkurun, hamma asalarilar uyaga qaytganida, onasiz uyani ramkalarini onali uyaga olib o‘tib qo‘yiladi. Ramkadagi asalarilarni silkitib o‘tkazish mumkin emas. Keyin to‘siq taxtachasini (diafragma) birlashgan uyaning chekkasiga qo‘yib, arixona qopqog‘i yopiladi. Onasiz qolgan asalarilarni bahorda, ona arisi bor asalarilar qarshilik ko‘rsatmay qabul qiladi.

Har xil zotli ari oilasi qanday birlashtiriladi?

Har xil zotli asalari oilalari birlashtirilganida asalarilar o‘rtasida kurash boshlanadi. Majbur bo‘linsa, bir uyaning ona arisini olib qo‘yib, ikkinchi onasi bor boshqa zotli ari oilasi bilan birlashtirilganida, ona­si yo‘q uyadan ikkita mumkatakli ramka asalarisi bilan birlashtirilayotgan oilalar o‘rtasiga qo‘yiladi. Asalariar o‘rtasida kurash sodir bo‘lmasligi uchun, birlashtiriayotgan oilalar orasiga qog‘oz qo‘yib ajratilib, arixona ichiga shakar sharbati purkaladi.

Birlashgan asalarilar eski o‘rniga qaytib ketmasligi uchun, arixona eshikchasiga xashak poxol qo‘yib asalari­larni arixonadan chiqishini qiyinlashtiriladi. Arixona eshikchasidan qiynalib chiqqari asalarilarni xotirasida yangi arixona qoladi.

Ona arisiz oila onadon ko‘rgan bo‘lsa, onadonlarni yulib yubormay urug‘langan ona ari bersa bo‘ladimi?

Ari oilasida onadonlar qurilib, tarbiyalayotgan bo‘lsa, urug‘langan ona arini ko‘pincha qabul qilmaydi.

Bir oilaga boshqa bir qimmatbah zotli ona arini qanday o‘tkazish kerak?

1-usul:       Buning uchun ikkita yetilgan qurtchali ramkani olib, ustidagi asalarilarni silkitib uyasiga tushiriladi. Olingan ramkalarning qurtchalari katakchadan chiqayotgan bo‘lishi kerak. Ramkalarda oziqa bo‘lmasa yana bir oziqali ramka olinadi. Hamma olingan ram­kalarni bo‘sh arixonaga joylashtirib, yonini taxtacha bilan to‘sib, yostiqcha bilan isitish uchun yaxshilab o‘rab qo‘yiladi. Arixonaning eshikchasi to‘liq yopiladi. Ona arini olib, shu arixonadagi yangi ramkalar ustiga qo‘yib yuboriladi. Ikki kun o‘tgach uya tekshirilib, chek­kadagi ramkaga suv qo‘yiladi. Besh kun o‘tgach arixona eshikchasi bir asalari o‘tadigan qilib ochiladi. Ramka­larni asalarilar egallashiga qarab yana yopiq yetilgan qurtchali ramka beriladi.

2-usul:       Ikki dona yetilgan qurtchali ramka asalarilari bilan olinib, yangi uyaga joylashtiriladi. Shu uyaga oziqali ramka qo‘yilib, yana ikki ramka asalari silki­tib beriladi. Keyin bu arixonani boshqa yerga o‘rnatib, eshikchasini bir asalari o‘tadigan qilib ochib qo‘yiladi. Katta asalarilar eski joyga qaytib uchib ketadi. Uyada faqat yosh asalarilar qolganidan keyin, ona ari­ni qalpoqcha ostiga qamab beriladi. Bir sutka o‘tgach, qalpoqchani olib, ona ari chiqarib yuboriladi.

Isitish uchun qanday matolar ishlatiladi?

Isitish uchun eng yaxshi matolar kanop, mox (eysin), paxta hisoblanadi.

O‘rtacha materiallar bu somon, qamish, xazon va arra kipig‘i. Yomon materiallarga poxol, pichari va yog‘och qirindisi kiradi. Isitish matolarini tayyorlaganda pax­ta ishlatishni tavsiya qilarniz.

Tutatsichdan sanday to‘g‘ri foydalanish mumkin?

Tutatqich ishlatilganida asalari oilasiga iloji boricha ozroq ramkalar ustidan tutun berish lozim. Tutatish uchun quruq yonish vaqtida qora saqich suyuqligi ajratmaydigan, chirigan terak va tol yog‘ochlaridan foydalaniladi.

Nima uchun ishchi va erkak arilarga nisbatari ona arining tuxumdan yetilib chiqishiga nisbatari oz muddat ketadi ?

Ona ari qurtchalari tuxumdan chiqqari birinchi kunidan boshlab oxirigacha ona suti bilan boqiladi, shuning uchun ona ari tez yetishib chiqadi. Ishchi va erkak asalari­lar qurtchalari tuxumdan chiqqanidan boshlab, uch kun ona ari suti bilan boqiladi, keyin asal va perga aralashmasi bilan boqiladi. Bu aralashmani xazm qilib singdirish uchun vaqt talab qilinadi. Shuning uchun ishchi va erkak asalarilarning yetilish muddati cho‘ziladi.

Qanday qilib asalarilarni bir o‘simlikka uchishga o‘rgatiladi (dressirovka)?

Agar arixonaga birorta gulning hidi kelib turgan oziqa solingan oxurcha quyilsa, asalarilar bu oziqani oxurchadan olib, mumkataklarga eltadi. Bu oziqani hammadan ilgan topib olgan asalarilar o‘z mumkataklariga qaytib kelganidan so‘ng, dalada birorta oziqa manbai topgan darakchi asalarilar kabi, doira shaklida tez-tez yura boshlaydilar, ya’ni boshqa asalarilarni shu oziqani keltirish uchun qiziqtirishga urinadilar. Asa­larilarning bir qismi oxurchadagi oziqani katakchalarga keltirishi, undagi boshqa asalarilarni o‘sha oziqa manbalarini izlab topish uchun arixonadan uchib ketishga majbur etadi. Shu tariqa, agar asalarilarga paxta, olma, o‘rik yoki beda gulining hidi kelib turgan sharbat berilsa, bu holda ular shu o‘simliklarni qidirib topish uchun uchadi. Asalarilar bu o‘simliklarni ularning shirasidan kelib turgan hidiga qarab topib oladi. Demak asalarilarga muayyari o‘simlik gulining hidi kelib turgan shakar sharbati berish bilan, ularni ana shu o‘simlikni izlab topish uchun uchishga majbur qilish mumkin. Asalarichilikda bu usul asalarilarni o‘rgatish (dressirov­ka) deb ataladi. Asalarilarni o‘rgatish uchun issiq suvda shakar eritilib, 1/1 shakar sharbati tayyorlanadi. Bu sharbat sovuganidan keyin, unga asalarilarni o‘rgatish mo‘ljallangan o‘simlikning (masalan, beda) gullari bo- tirilib 2-3 soat ushlanadi. Gulning miqdori shar­bat hajmining taxminari to‘rtdan bir qisninga barobar bo‘lishi kerak. Gullari, ko‘kat qismlaridan tozalanishi kerak aks holda sharbatning hidi va ta’mi buziladi. Be­da guli botirilib tayyorlangan sharbatni ertalab asal­arilar uchishi boshlanguncha, har bir oila oxurchasiga 100 g dan qo‘yiladi.

Asalning tarkibida qancha suv borligini aniqlash mumkinmi?

Asalning tarkibida qancha suv borligini aniqlash uchun bir gramm gacha aniq qilib ko‘rsatadigan mayda toshlar bilan ta’minlangan torozi hamda bir litr asal sig‘adigan tor og‘izli shisha idish olinadi. Dastlab, bu idishning o‘zi tarozida tortilib vazni aniqlanadi va yozib qo‘yiladi, so‘nga bu idishga bir litr asal quyilib yangidan tarozida tortiladi. Bu og‘irliklar o‘rtasidagi tafovut bir litr asalning vaznini ko‘rsatadi. Pishgan asalning tarkibi­da suvning miqdori 16-22% gacha bo‘ladi. Pishgan bir litr asalning vazni, undagi suvning miqdoriga qarab, 1402-1443 gramm gacha bo‘ladi. Bir litr asalning aniq vaz­nini bilib olgandan keyin, unda qancha suv borligini quyidagi jadvalga qarab aniqlash mumkin.

 

1 litr suyuq asalning vazni (gramm hisobida)

Suvning miqdori (% miqdorda)

1443

16

1436

17

1429

18

1422

19

1418

20

1409

21

1402

22

 

Erkaklangan asalarilar gulshira to‘plagani uchib chiqadilarmi?

Xa, erkaklangan, hattoki tuxum qo‘yayotgan asalarilar gulshirasini to‘plagani chiqadi.

Asalarilar erkaklangan asalarilarni boqadimi ?

Yo‘q boqmaydi.

Erkaklangan arilar kuzda tuxum qo‘yadimi?

Sovuq tushishi va tabiatda gulshirasi to‘xtaganidan so‘ng, erkaklangan asalarilar tuxum qo‘yishni to‘xtatadi. Sovuq kunlar tushguncha ularni arizorlardagi boshqa oilalarga tarqalib kirib ketishiga imkon berish kerak.

Erkaklangan oilalarni qanday tuzatish mumkin?

Erkaklangan asalarilarni tuzatish uchun quyidagi usullardan foydalansa bo‘ladi:

1-usul: Erkaklangan oilaning arixonasini boshqa yerga ko‘chirib, o‘rniga zahiradagi yashik ichiga qurtchali va oz miqdorda asalli ramkalarni yosh asalarilari bilan qo‘yiladi. Ko‘chirilgan, erkaklangan ari oilasidagi uchuvchi asalari eski o‘rniga qaytib, keladi. Ko‘chirilgan uyada faqat erkak arilar qoladi. Ularni nobud qilib yuborish kerak.

2-usul: O‘rta kuchli asalarilarni topib, uning ona arisini qafaschaga solib, erkaklangan ari oilasiga qo‘yiladi. Keyin ikki oilaning arixonasi o‘rnini almashtiriladi. O‘rta kuchli oilaning uchuvchi asalarilari eski o‘rniga qaytib, erkaklangan oilaga kirib o‘z onasini ko‘rib, erkaklangan asalarilarni nobud qilishadi. Er­kaklangan oilaning arilari o‘z o‘rniga qaytib, qurtchali ramkasi bor oilaga kirib, qurtcha tarbiyalash ishiga kirishadi. Keyin bu oilaga onadon yoki ona ari beriladi.

3-usul: Erkaklangan oila oldiga, yangi arixona joylashtirib, unga qurtchali va bitta asalli ramka asal­arilari bilan qo‘yilib, yangi kichik oila tuziladi. Kechqurunga borib bu oilaga qafaschaga solib urug‘langan ona ari beriladi. Ertasiga ona ari qafaschadan chiqarib yuboriladi. 3-4 kun o‘tgach bu oilani erkaklangan oilaga qo‘shib yuboriladi.

4-usul: Onasiz bo‘lgan oila arixonasini 3-4 metr nariga olib qo‘yib, o‘rniga daraxt shoxi yerga ko‘mib o‘rnatiladi. Shu shoxga ona ari qamalgan qafascha ilib qo‘yiladi. Keyin, onasiz oila asalarilarini oldindan yerga yozilgan qog‘oz ustiga silkib tushiriladi. Asalarilar uchib eski o‘rniga qaytib, uyasini topolmay, ona ari ilingan shoxga qo‘nishadi. Asalarilar shu holatda ertalabgacha qoldiriladi. Ertalab arixonani eski o‘rniga o‘rnatib, ichiga bo‘sh va asalli ramkalar joylashtirib, keyin shoxdagi ona arini qafaschadan chiqarib, asalarilar bilan birga arixonaga silkitib kiritiladi.

5-usul: Erkaklangan asalari oilasini tuzatish uchun, bu oilaning o‘rtadagi qurtchali ramkasiga o‘lgan ona ari­ni yopishtirib yetti kunga uyada qoldirish kerak bo‘ladi. Asalarilar tuxum qo‘yishni to‘xtatadi. Keyin bu oilaga bir kunlik qurtchalari bor ramka qo‘yilsa, asalarilar onadon qurib o‘zlariga ona ari chiqarib oladi.

Erkaklangan asalarilar, o‘tkazilayotgan ona arini o‘ldirmasligi uchun nima qilish kerak?

Agar xech qaysi usul ta’sir qilmasa, berilayotgan ona ariga, shu oilaning asalini surkab qo‘yish kerak.

Nechta asalari chaqsa odam o‘lishi mumkin?

Yuragi kasal odamni bitta asalari chaqsa kifoya qiladi. Sog‘lom odam 500 ta asalari chaqishiga chiday ola­di. Asalarichilarga asalari zahari, xattoki ilon chaqishi xavfli emas.

Ari uyasini ochmay, oila holatini qanday bilsa bo‘ladi?

Asalari oilasining holatini quyidagi belgilardan bilib olsa bo‘ladi:

1.Arixona eshikchasi oldida qorovul asalarilar bo‘lmay, erkak arilar ko‘p bo‘lsa – bu urug‘langan ona ari yo‘qligini bildiradi.

2.Amerikacha, Yevropacha chirish kasalligi va Nozema­toz bilan kasallangan oilani tepa eshikchasidan noxush hid kelib turadi.

3.Ari oilasi kasal bo‘lganligini tashqariga olib chiqib tashlangan qurtchalardan va ucha olmay, qanotlarini yozib, sudralib yurgan asalarilardan bilib olsa bo‘ladi.

4.Ari oilasining kuchini – issiq kunda arixona eshik­chasi oldida osilib to‘rgan ko‘p asalarilar bo‘lsa, bu oila­ning qurtchali ramkalari ko‘pligini bildiradi.

5.Erta sahar asalarilar ishni boshlasa, demak kun quyoshli bo‘ladi.

6.Agar asalarilar eshikcha oldida o‘tirishsa, demak kun bulutli bo‘ladi.

7.Agar kunduz kuni asalarilar gala (masoviy) bo‘lib, tez shoshilib arixonaga qaytsalar, demak havo o‘zgaradi.

8.Oz shira beruvchi gullar yaqin bo‘lsa, asalarilar arixona eshikchasiga yengil qo‘nib, tez shoshilib uyasiga kirib ketadi.

9.Agar asalarilar uzoqdan ko‘p shira olib kelsa, taxtachaga og‘ir qo‘nib, shoshilmay, damini olib, keyin uya­siga kirib ketadi.

10.Qaysi gullardan shira olib kelayotganlarini, asalarilarning orqa oyog‘ida olib kelayotgan gulchangi rangidan bilib olsa bo‘ladi.

11.Asalarilar arixonani ari yelimi bilan suvashni boshlasa – demak sovuq qish boshlanishini bildiradi.

12.Arixona eshikchasi oldida ko‘p qorovul asalarilar bo‘lsa, bu oila badjaxl.

13.Asalari oilasi erkak arilarni uyadan haydasa, de­mak asal topish davri tugaganligini va oilada urug‘langan ona ari borligini bildiradi.

14.Asalari xonasining pastki eshikchasida suv paydo bo‘lsa, demak arixonada havo almashuvi pastligi va ari­xona namligini bildiradi.

15.Asalarilar arixona oldi devorida bir narsani istaganga o‘xshab betartib yugurib yurishsa, demak bu oila endigina ona arisini yo‘qotgan.

 

Asosiy asal topish davrni boshlanishini va tugashini qanday bilib olarniz?

Asosiy asal davrining boshi va oxirini arizorda ari­xona o‘rnatilgan tarozining ko‘rsatishidan bilsa bo‘ladi. ---------------------     

Asalarilar hidni qanday biladi?

Asalarilarning birdan-bir xid bilish a’zosi uning muylovchalaridir.

Asalarini zaxri nima?

Asalari zaxri – bu ishchi arilarning zaharli bezlaridan ishlab chiqarilgan rangsiz, xushxidli suyuqlik. Katta asalarilarda yosh arilarga nisbatari zahari ko‘proq. Asalari qancha ko‘p gulchangi bilan oziqlansa, zahari shuncha ko‘p bo‘ladi.

Asalari zahari qanday olinadi?

Asalari zaharini 12 V elektr yuradigan sim o‘ralgan maxsus oyna yordamida olinadi. Bu sim tortilgan oynani arixona ichiga ramkalar ustiga joylashtirib, arixona qopqog‘ini yopib, elektr toki o‘tkaziladi. Asalarining g‘ashi kelib, shu oynani chaqishga harakat qilganda, zahari oynada qotib qoladi. Keyin, oynadagi zahar tomchilarini asalarichi qirib oladi. Takroriy zahar olish uchun 14 kun o‘tishi kerak bo‘ladi. Asalarichi asalari zaxrini olganida nafas yo‘llarini saqlash uchun to‘rt qavatli dokadan foydalanishi kerak.

Asalari chaqqari joy shishib ketsa nima qilish kerak?

Asalari chaqqari joyni qashlab, tegib bo‘lmaydi. 0,25% nashatir spirti bilan namlab artib qo‘yish kerak.

Arizorda ari chaqqanidan keyin, allergiya paydo bo‘lishini oldini olishning oddiy yo‘li bormi?

Allergiya bo‘lmasligi uchun, asalari chaqqari odamga 50 g 40 % li spirt ichkizish kerak.

Asalari oilasi tabiiy ko‘ch ajratish holatiga tushmasligi uchun, qanday ishlarni bajarish kerak?

Asalari oilasi tabiiy ko‘ch ajratish holatiga tushmasligi uchun quyidagi talablarni bajarish lozim:

Ari oilasidan ishsiz asalarilarni va yopiq qurtchali ramkalarini olib, yangi nukleuslar (kichik oila) yaratish kerak.

Asalari oilasida yoshi ikki yildan o‘tmagan urug‘langan ona ari bo‘lishi kerak.

Zotli asalarilarni asrash kerak.

Asalarilarni gulshira to‘plash, yangi in qurish ishlari bilan ta’minlash kerak.

Arixonalarni gulshira ajratayotgan gullar bor erga ko‘chirish kerak.

Ari oilalarini katta arixonalarda asrash kerak.

Arixonalarni soat 1200 -1600 soya tushadigan joylarga o‘rnatish kerak.

Ari uyasining havo almashtirishini kuchaytirish kerak.

Mum kuyasiga qarshi kurashda naftalindan foydalansa bo‘ladimi?

Naftalin mum kuyasiga qarshi kurashda yaxshi natija bermaydi. Sirka kislotasi bug‘i qo‘llanilganida mum kuyasining kapalagi o‘ladi. Tuxuninga va qurtchasiga ta’sir qilmaydi. Arixonani doim tozalab turish kerak.

Propolis necha darajada eriydi?

Propolis 107° da eriydi.

Oq ko‘zli asalarilar qanday asalarilar?

Bu – ko‘r erkak arilar. Erkak arilarning murakkab ko‘zlari oq plyonka bilan yopilib qolib xech narsa ko‘rmaydi. Agar plyonka pinset bilan olib tashlansa ko‘rish qobiliyati qaytadi.

Ari oilada oq ko‘zli erkak arilar yetilsa, oiladagi ona arini almashtirish kerak.

Arizorlarda dezinfeksiyalashning eng arzon usuli qaysi?

1. Dezinfeksiyalash uchun o‘tinni yoqib kuli olinadi. 1 % kul aralashmasini tayyorlash uchun, 100 litr suvga 30 kg kul solib ikki soat qaynatiladi. Sovuq suvda tay­yorlash uchun yangi o‘ldirilgan ohak qo‘shiladi. Masalan, 3 % kul aralashmasini tayyorlash uchun, 6 kg kulni bir kg yangi o‘ldirilgan ohakka qo‘shib, ustidan 10 litr suv bilan aralashtiriladi. Shu holatda bir kecha ichida 3-4 marta aralashtirib turiladi. Keyin, eritmani ustidagi qismini dezinfeksiyalash uchun ishlatiladi.

2. Ohak – xlor xidli kukun bo‘lib, tarkibida 25% xlor bor. 10% ohak suti tayyorlash uchun bir kg ohakni, bir litr suvda o‘ldirib, yana 9 litr suv qo‘shiladi. Ohak suti arixonalarni dezinfeksiyalash uchun ishlatiladi. Ari­xona ostidagi yerni dezinfeksiyalash uchun 25% li ohak suti tayyorlanadi.

Qaysi kasalliklarga qarshi asalari zavari qo‘llaniladi?

Asalari zahari – bo‘ggimlar, bel og‘rig‘ida, peshob tutolmaslik va hokazoda ishlatiladi.

Ajrab chiqari ko‘ch, o‘zi bilan gulchangi zaxirasini olib chiqib ketadimi?

Yo‘q. Olib chiqib ketmaydi. Tabiatdan gulchangini olib kelayotgan asalarilar ko‘ch ajratish vaqtida uchib ke­lib qolsa, ko‘chga qo‘shilib ketadi.

Bir vatqda bir ari oilasidan ikkita ko‘ch ajralib chiqishi mumkinmi?

Xa, agar birinchi ko‘ch ajralib chiqishi ob-havo tufayli ushlanib qolgan bo‘lsa, keyingi kuni ikki ko‘ch ham ajraladi.

Urug‘langan ona ariga tamg‘a qo‘yish uchun qaysi ranglardan foydalanish kerak?

Tamg‘a qo‘yish uchun besh xil rang ishlatiladi: oq, qizil, ko‘k, sariq va yashil. Oq rangli bo‘yoqni kabisa yilida, qolgan bo‘yoqlarning rangi alifbe bo‘yicha birin­chi harfiga qarab ishlatiladi. Ya’ni, oq rangdan ke­yin qizil, so‘ng ko‘k, sariq, yashil, ko‘k rangli bo‘yoq yoshi aniqlanmagan ona ariga ishlatiladi.

Qaysi usul bilan tamg‘a qo‘yiladi?

Buning uchun oldindan tayyorlangan sintetik bo‘yoqdan tashqari, ilgak yoki gugurt cho‘pi ishlatiladi. Ona ari­ni avval o‘ng qo‘l bilan olib, chap qo‘lni bosh barmog‘i va ko‘rsatkich barmog‘i o‘rtasida ushlanib, gugurt chupi yordamida ona ari beliga ikki mm diametrli doyra shaklida qattiq plyonka bilan tamg‘a yelim bilan uning ko‘kragiga yopishtiriladi. Qattiq plyonka o‘rniga rangli folga ishlatilsa ona arini kuchli oilada topib olish oson bo‘ladi.

Ona ariga tamg‘a qo‘yish o‘rniga qanotlarini qirqib qo‘yish ishonchliroqmi?

Ayrim arichilar tamg‘a qo‘yish o‘rniga ona ari qanotlarini qirqib qo‘yadi. Juft yilda – chap qanotini, toq yilda – o‘ng qanotini. Har ikki yilda ona arini almashtirib turadi. Bu usul ishonchli emas. Ona arining qanotlarini qirqayotganda mayib qilib qo‘yish mumkin. Ko‘pincha qanoti qirqilgan ona arini ishchi arilar o‘ldirib, yangi ona ari chiqaradi. Bu usulni ishlatishni tavsiya qilmaymiz.

Ishchi va erkak arilarni vazni qancha?

Ishchi arilarni vazni 0,122 g – 0,134 g; erkak arilar 237,9 – 240,0 mg gacha.

Onadonni qaysi asalarilar quradi?

Onadonni qari asalarilar eski ishlatilgan mumdan quradilar.

Arizordagi dori qutichasida nimalar bo‘lishi kerak?

Arizorda: toza benzin, 96 % spirt, yod, atseton, xlor, konyak, leykoplastir, pinset, qaychi, o‘tkir pichoq, va­zelin, ingichka shpagat ip, shpris, spirtovka, dezinfek­siyalash uchun kislotalar, ilon zahariga qarshi ishlatiladigan dori, ko‘z tomchi dorisi, analgin, dimedrol, navokain va xokazo.

Erkak arilar uyadan kunning qaysi vaqtida ko‘proq uchib chiqadilar?

Kunning issiq vaqtida soat 1300–16°°gacha uchib chiqadi.

Bir yilda ona ari qancha tuxum qo‘yadi?

Taxminari 150000 – 160000 tuxum qo‘yadi. Bir kg tuxum vaznida 7500000 tuxum bo‘ladi.

Ishchi ari qancha og‘ir yuk ko‘tara oladi?

Ishchi arilar o‘z vazniga nisbatari ikki barobar og‘ir yuk ko‘tara oladi. Masalan, ishchi ari erkak ari tanachasini uyadan ko‘tarib chiqadi.

Ishchi arilar hayoti davomida qaysi ishlarni bajaradi?

Ishchi ari katakchadan chiqib, birinchi uch kunlikda mumkatakchalarini tozalaydi. Turtinchi, beshinchi va oltinchi kunlari katta arilarni oziqlantiradi. Keyin, 7-11-kunlarida 1,2,3 kunlik qurtchalarni boqadi.

12-kunidan boshlab 18-kungacha in quradilar.

18-21-kungacha uyani qo’riqlaydi. 21-kundan boshlab uyaga suv, gulchangi va gulshira olib kelish bilan shug’ullanadi.

Nima uchun mumkataklar qorayadi?

Mumkatakchalarda qurtchalar o’sib yotganida po’st almashtiradi. Po’st katakcha devorchalariga yopishib qoladi, shuning uchun mumkataklar qorayib, torayib qoladi. Bir yilda ari oilasida to’rtta mumkatakli ramka yangilab tu rish kerak.

Albinoslar qanday asalarilar?

Asalarilarni yetilishida tanasining birorta qismi ok rang holatida qolganida albinos deb ataladi. Bu arilarni davolab bo’lmaydi. Ona arini almashtirish kerak.

Urug’langan ona ari tuxum qo’ymasligi ham mumkinmi?

Ko’pincha, erkak ari urug’i quyuqlashib qolganida, ona ari tuxum qo’ya olmaydi.

Nima uchun qurtchalar g’umbak holatida nobud bo’ladi?

Buning sababi ona arini tizimida genetik buzilish sodir bo’ladi.

Boshi pastga aylanib qolgan qurtchalar qanday qurtcha­lar?

Bu kamdan-kam uchraydigan xolat. Oziqa kamligi hisobiga va qurtchani boshi zararkunandalar bilan zararlanganida, pastga aylanib qoladi. Shu holatda asala­rilar qurtchaning ustini yopib qo’yadi. Bu aylanib qolgan qurtchalar normal qurtchalar, faqat katakchaning tubini qirqib chiqa olmasligi sababli nobud bo’ladi.

Arizorda akkumulyator nima uchun ishlatiladi?

Arizorda akkumulyator arichining uyini yoritish uchun, mum qopqoqni ochish vaqtida elektr pichog’ani isitish uchun, mumni simga yopishtirish va boshqa yoritish ishlarida ishlatiladi.

Ona ari sutidan qanday dorilar tayyorlanadi?

Ona ari sutidan: «Apilak», «Apiserum», «Laydabey», «Energovital», «Apitonin», «Spintavit», «Rodjelli», «Vita Apinol Spofa» kabi dorilar tayyorlanadi.

Apilak – bolalar kasalligida, qon bosimi balandligida, miokard infarktida qo’llanadi.

«Apiserum» va «Laydabi» tushkunlikka tushganda, qarilik kasalligida kullanadi.

«Energovital» – uyqusizlikda, sil kasalligida, jigar shamollashida, nafas qisishi kasalligida qabul qilinadi.

«Spintavit» – yara toshishi, nerv tolasining shamollashi, qon yaratish tizimi kasalliklarida ishlatiladi.

«Rodjelli» – qon kamayish, xomiladorlikda qo’llaniladi.

«Vita Apinol-Spofa»? o’pkalar shamollaganida, na­fas qisish kasalliklarida ishlatiladi.

Gulchangi bo’lmaganda, o’rniga nima berish kerak?

1/3 soya uni, 1/1 xamirturush va sut, 1/1 asal aralashmasini berish kerak. Oziqani kuchaytirish uchun 10% quruq tuxum kukuni sarig’ini qo’shish kerak.

Kech kuzda ona ari urug’lansa tuxum qo’yadimi?

Kech kuzda urug’langan ona ari bahorgacha tuxum qo’ya olmaydi, chunki asalarilar qurtcha o’stirish bilan shug’ullanmaydi. m

Qaysi holatda qora oyoqli ona arilar yetiladi?

Kuchsiz oilada yetishtirilgan ona arilarni oyoqlari qora rangda bo’ladi. Ular yaxshi yetilmagan ona ari hisoblanadi. Normal yetilgan ona arilarni oyog’ining rangi jigarrang, qizil-jigarrang bo’ladi.

Ona arining, erkak ari bilan juftlashishi qanday sodir bo‘ladi?

Erkak ari ona ari orqasidan 25 m balandlikka uchib borib, oldi oyog‘i bilan avval ona arining orqa oyog‘ini, so‘nga aylanib qolgan oyoqlarini ham ushlab, aylanish davrida juftlashishadi.

Ari uyasida mumkatakli ramkalarni qanday joylashtirish ma’qul?

Arixonada mumkatakli ramkalar arixona oldi devoriga nisbatari parallel yoki perpendikulyar joylashadi. Perpendikulyar holatda joylashganida, asalarilar qurtcha o‘stirgan vaqtida uyadagi issiqligini 21 % ko‘proq yo‘qotadi. Lekin, paralel holatida qishda sovuq havo uyaga oson kiradi. Asalarilar uchun mumkatakli ramka- larning perpendikulyar joylashishi ma’qulroqdir.

Asalning saqlanish muddati qancha?

Yetilgan asal yopiq idishda quruq yerda ancha uzoq saqlanadi. Masalan: fir’avn Tutanhamon qabridan 3000 yillik asal topilgan. Asal og‘zi ochiq idishda saqlansa, o‘ziga nam tortib tez achiydi.

Asalarilarni yangi joyga qanday joylashtirish kerak?

Tajribali asalarichilar, agar asalari oilalari sog‘lom bo‘lsa bunga ahamiyat berishmaydi. Lekin, ko‘chib kelgandan bir-ikki kundan keyin asal yig‘ish boshlanganida, kuchsiz oilalarni kuchli oilalar bilan o‘rnini almashtirib qo‘yilsa, ari oilalarini kuchi, kuchli oilalarning asalarilari uchib kirishi hisobiga tenglashadi.

Asalarilar 9 km masofaga ko‘chirilganida, eski joyiga qaytib uchib keladimi?

Xa, agar yangi joyda oziqa bo‘lmasa, asalarilar oziqa qidirib uzoq joylarga uchib boradi. Oziqa islash paytida tanish joylarni ko‘rib, eski yo‘l esiga tushadi, shu yo‘l bilan avvalgi joyiga qaytadi. Shu holat bo‘lmasligi uchun, asalarilarni oziqa bor joylarga ko‘chirish ke­rak.

Yangi joyga ko‘chirilgan asalarilar qancha vaqtdan keyin oziqa yig‘ishni boshlaydi?

Yangi joyda asalarilar 15 daqiqadan keyin gulchangi yig‘ib keladi. Agar o‘simliklar gulshira ajrayotayotgan bo‘lsa, gulshirani gulchang bilan birga olib keladi. Le­kin asalarilar yangi ko‘chirib keltirilgan joyda birinchi o‘rinda uyasiga suv olib keladi.

Mum qoldig‘idan qanday foydalanish kerak?

Eritilgan mum qoldig‘i merva deb ataladi. Merva ekinlar ustirish uchun yaxshi o‘g‘itdir. Hozirgi davrda merva biolaboratoriyalarda kapalak o‘stirish uchun ishlatiladi.

Qachon qo‘shni arizor asalarichilarining o‘rtasida tortishuv bo‘ladi?

Asalarichi o‘z asalarilarini qo‘shni asalarilar gulshirasi to‘plash uchun uchib o‘tayotgan yerga joylashtirmasligi kerak. Bu holatda, qo‘shni arizor asalarilari gul­shira yig‘ib kelayotib, qo‘shni ari uyalarga kirib ketadi.

Asalarilarni ko‘chirish davrida havoning issiqlik darajasi qancha bo‘lishi kerak?

Asalarilarni ko‘chirish uchun eng ma’qul daraja +13°. Bu vaqtda asalarilar to‘plamga (klub) to‘planadi. Ko‘chirish kechasi, arilar uyasiga qaytib bo‘lganidan keyin bajariladi.

Mumning kul rangini qanday yo‘qotish mumkin?

Buning uchun mumni toza suvda qaynatib 10 % oltingugurt kislotasini qo‘shish kerak.

Nima uchun nukleusdan tez-tez ko‘ch ajrab chiqadi?

Birinchi sababi – nukleus da yosh asalarilar ko‘p bo‘lsa. Ikkinchi sababi – quyosh nuri ta’sirida ari uyasi isib ketganligi uchun. Bu holatda yosh asalarilar oz bo‘lsa ham ko‘ch ajrab chiqadi.

Ona arini sun’iy yo‘l bilan urug‘lantirsa bo‘ladimi?

10 kunlik erkak arini asta-sekin barmoq orasiga olib, salgina qornini bossa jinsiy a’zosi ko‘rinadi. Mikoroskop bilan qaraganda erkak arining urug‘donini ko‘rsa bo‘ladi. Urug‘doni kichkina, dumaloq jigarrangli pufakcha. Pufakcha ichida erkak arining urug‘lari joylashgan. Urug‘ini mikroskop yordamida maxsus tortadigan igna bilan olinadi. Bu urug‘ni zudlik bilan uxlatib qo‘yilgan ona arining jinsiy a’zosiga kiritiladi.

Eng yuvvosh va eng badjaxl asalarilar zoti qaysi?

Eng yuvvosh asalarilar Kavkaz tog‘ qo‘g‘ir zoti. Eng badjaxl zot Boshqirdiston asalarilaridir.

Ko‘chma asalarichilik haqida nimalarni bilish kerak?

Ko‘chma asalarichilik asal mahsulotining ko‘p qismini beradi. Ko‘chma asalarichilik joylarida gulshira ajratadigan o‘simliklarning xilma-xilligi, o‘lkamizda uzoq vaqt sovuq bo‘lmasligi, qish mavsumining qisqaligi, asalarilarning yuvvoshligi, ularni parvarish qilish usullarining oddiyligi, ko‘plab qimmatli asalari, ona ari va qutili asalarilar olish uchun katta imkoniyat yaratadi.

O‘zbekistonning tabiiy sharoiti, o‘simliklarning o‘sishi uchun nihoyatda qulaydir. Asalari oilalarini o‘simliklar bo‘lgan joyga ko‘chirish uchun, asalarichilar o‘simliklar oziqa bazasini yetarli o‘rganib chiqishlari kerak.

Har qanday ko‘chirish vaqtida asalarilar bezovta bo‘ladilar, ari uyasida issiqdik darajasi ko‘tariladi, yangi qurilgan va asal to‘lgan mumkatakli ramkalar yumshab uzilib tushadi. Uzilib tushgan mumkataklar asalarilarni va ona arini ezib qoladi, asalarilar yana ham bezovtalanib, uya issiqdigi yanada ko‘tariladi. Bunday holatda ari oilasi va qurtchalar bug‘ilib nobud bo‘lishadi. O‘zbekiston issiq o‘lka bo‘lganligi uchun, arizorlarni ko‘chirishda asa­larilarni nobud bo‘lish xavfi ko‘proqdir. Shuning uchun ko‘chish oldidan quyidagi choralarni ko‘rish kerak:

1.Ari uyasida havo almashishini kuchaytirish.

2.Ari uyasidan yangi qurilgan va asal to‘lgan ramkalarni olib, o‘rniga bo‘sh mumkatakli ramkalar qo‘yish.

3.Ari uyasidagi mumkatakli ramkalar ko‘chish vaqtida qimirlab asalarilarni nobud qilmasligi uchun mahkamlab qotirish.

4.Arixona eshikchasi va qopqog‘ini ko‘chish oldidan qattiq berkitib, kechasi ko‘chish kerak.

Ko‘chib borgan joyda arixonalar oralig‘ini 4 metrdan qoldirib, eshikchalarini oralatib ochish kerak. Asalari­lar uchib, tinganlaridan keyin, uyadagi ramkalarni ari ko‘chiga nisbatari qoldirish kerak.

Braulyoz kasalligida tamaki tutunidan qanday foydalaniladi?

Tutatish oldidan arixonaning tagiga qog‘oz solinadi. Agar oila, bir uyaning hammasini egallagan bo‘lsa, uya ichidan mum inlarning bir qismi olib tashlanadi, ulardagi asalarilar silkitib tushiriladi. Qolgan mum inlar chetga surilib, uya yopiladi, yaxshi yonib turgan tutatqichga 3-5 gramm tamaki (maxorka) solinadi. Tutunning oqimi bilan, arixonaning pastki uchish eshigidan ichkariga tutun kiritiladi. 3-5 daqiqa asalarilar tutunga dimlanadi. Keyin uyaning ustini ochib arixo­naning ichidan tutun butunlay chiqib ketgunicha ochiq qoldiriladi, chunki tutun asalarilarga ham yomon ta’sir etishi mumkin. Arixonaning tagidagi qog‘ozga tushgan braulalar tashqariga chiqarib yoqib yuboriladi. Shundan keyin, mumkatakli ramkalar o‘z o‘rinlariga su­rilib arixona yopiladi. Tamaki tutuni bilan davolash kursi uch kun olib boriladi. Har 10 kun o‘tgach tutatish takrorlanadi.

Arizorda ohaksimon va toshsimon kasalliklariga qarshi qanday kurashish usullari bor?

Buning uchun avvaldan tayyorlanib dokaga o‘ralgan 10 g sarimsoq butachasini uch sutkaga ari uyasining mumkatak­li ramkalari ustiga qo‘yish kerak.

Senotainioz kasalligi nima?

Senotainioz – invazion kasallik bo‘lib, uni senotain pashshasining qurtchalari qo‘zg‘atadi. U asalarining ko‘krak bo‘shligida parazitlik qiladi. Bu kumushrang pashsha bo‘lib, uy pashshasiga nisbatari rangi ochroq. Senogainiya pashshasi juda nasldor bo‘lib uy pashshasidek tuxum qo‘ymay, tirik qurt qo‘yadi. O‘lgan asalari tanachasini boshini uzib, ko‘kragini ezsa parazit qurtcha­lari ko‘rinadi.

Senotainioz kasalligiga qarshi kurashish uchun, yog‘lab qo‘yilgan qog‘oz arixonaning ustiga qo‘yilsa, senotaini­oz pashshasi qog‘ozga yopishib qoladi.

Mum suv, spirt yoki gliserinda eriydimi?

Suv va gliserinda mum erimaydi. Spirtda mum tarkibidagi ayrim moddalargina eriydi.

Mumni qanday saqlash kerak?

Mum yoki sun’iy mumpardani saqlash davomida, uning yuzasida ba’zari kulrang g‘ubor paydo bo‘ladi. Bunday g‘ubor ko‘pincha qishda tayyorlangan mumpardalar bahorda ishlatilganida paydo bo‘ladi. Asalarilar bahorda bun­day mumpardalarni yaxshi qabul qilmaydi.

Sun’iy mumpardadagi guborni bir oz quyosh nurida saqlab turish bilan yo‘q qilish mumkin yoki yonib turgan harorati 36° atrofida bo‘lgan pechkaning oldida bir oz ushlab turilsa ham g‘ubor yuqoladi. Yozning issiq kunlarida asalarilar g‘uborli mumpardani g‘uborsizlarga qaraganda yaxshi qabul qiladi. Umumari sun’iy mumparda ko‘p turib qolganda ham buzilmaydigan mahsulot, chunki havoning issig‘i va namligi amalda unga ta’sir qilmaydi. Saqlash davrida mum qurib qolmaydi va namlanmaydi, shuning uchun unda tabiiy nobudgarchilik bo‘lmaydi. Xom mumni va mervani arizorlarda turib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim.

Asal – perga aralaishasi qanday tayyorlanadi?

Gulchang tutqich asbobida yig‘ilgan changini soyada quritib, asal bilan aralashtiriladi va bankada saqlanadi. Agar gulchangi bo‘lmasa, perga ishlatila­di. Buning uchun pergalik mumkatakchalar kesiladi va olingan perga 1/5 nisbatda asal bilan aralashtirila­di. Asal–perga aralashmasi tarbiyachi asalarilarni oziqlantirishda juda foydalidir.

Qaysi asal eng yoqimli?

Eng yoqimli asal shivit (fenxel) o‘simliginikidir. Uning rangi qora bo‘lib, uzoq vaqt suyuq holatda qoladi.

U o‘zining mazasi va xushbo‘y hidi bilan yoqimlidir. Shuning uchun bu asalni ari uyasidan har qanday holatda ajratib olish kerak.

Asalarichilik yili qachon boshlanadi?

Sentyabr oyida. Yilning bu oyida asalarichi yilni tamomlab yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rishni boshlaydi. Sentyabr oyida yetilib chiqqari ishchi arilar qishlovga kiradi.

Mum qanday yetishtiriladi?

Aniqlanishi bo‘yicha bir ari oilasi bir mavsumda ik­ki kg ga yaqin mum ajratishi mumkin. Bir kg mum ishlab chiqarish uchun asalarilar 3,5-3,6 kg asal iste’mol qilishadi.

Mum tortish vaqtida asalarilarning gulshira tashish qobiliyati kamaymaydi. Agarda ari oilasiga birdaniga bir nechta mumparda qo‘yilsa, bu gulshira tashishga ta’sir qilishi mumkin. Bundan tashqari, asal qo‘yish uchun inlar yetishmasa ham gulshira tashishi kamayib, mahsuldorlik pasayib ketadi. Shuning uchun gulshira tashish vaqtida ari oilasida yetarli mumkatakli ramkalar bo‘lishi shart. Qanchalik ko‘p yangi mumparda tortilsa, shunchalik ko‘p mum yetishtiriladi.

Asosiy mum mahsuloti eski mumkataklarni chiqindiga chiqarib, eritib olinadi. Bitta mumkatakli ramkada (435x300) mm 140 g gacha mum bo‘ladi. Eritilgan 140 g mum shu mumkatakdan olindi deb bo‘lmaydi, chunki uning yarmi, ya’ni 70 grammi, sun’iy mumparda yopishtirilgandagi mum hisoblanadi. Shunday qilib, asalarilarni mumpardaga yopishtirib tortgan inlardagi mumning og‘irligi 70 g keladi. Arixonada ramkalarni tozalaganda chiqqari mum zarrachalari, asal ajratish vaqti to‘plangan mum qopqoqchalar, asalarichi har qaysi ari oilasi bilan ishlagan vaqtida asalarilarni tortgan tilchalarni to‘plarni eritilib mum hosil qiladi.

Mumkatakli ramkalar nima uchun qorayadi?

Mumkatakli ramkalar qurtchalar chiqish hisobiga asta-sekin qorayib boradi. Ikkita avlod qurtchalari yetishib chiqqandan keyin – och jigarrang rangga, beshta avloddan keyin jigarrangga, o‘nta avloddan keyin qoramtir jigarrang rangga, o‘n beshta avlod yetishtirgandan ke­yin qora rangga kiradi. Bunday mumkatakli ramkalar qirqilib, eritishga yuboriladi, ularning o‘rniga mumparda yopishtirilgan ramkalar qo‘yiladi. Qora rangli eski mumkatak ramkalardan foydalanilganida yuqumli kasalliklar tarqalishi bilan bir qatorda katakchalardan yetishib chiqadigan ishchi arilar mayda bo‘ladi. Shuning uchun har yili bir oilada to‘rtgagacha mumkatakli ramkalar almashtirilib turishi kerak.

Bir kg asalari zaharini olish uchun nechta oila bo‘lishi kerak?

Bir asalari oilasidan bir olishda ikki g zahar oli­nadi. Bir kg zahar olish uchun besh yuz kg uchuvchi ari ke­rak bo‘ladi.

Varroatozga qarshi kurashda erkak ari qurtchalarini chiqarib tashlash tavsiya qilinadi. Qachon erkak ari qurtchalarini yo‘qotish kerak?

Urg‘ochi kana erkak ari qurtchalari yopilishdan bir-ikki kun oldin o‘tib tuxum qo‘yadi. Shuning uchun erkak ari qurtchalari yopilganidan keyin qopqoqchalari pichoq bilan kesilib, qurtchalarini chiqarib tashlash kerak.

Urg‘ochi kana onadonga o‘tib tuxum qo‘yadimi?

Ari oilasini kana bosish darajasi yuqori bo‘lganida urg‘ochi kana onadonga o‘tib tuxum qo‘yadi. Shuning uchun kanalangan asalari oilasida ona yetishtirish tavsiya qilinmaydi.

Nima uchun yoz faslida asalari oilasi kuchsizlanib qoladi?

Ari oilasining yoz faslida kuchsizlanish sabablari:

1.Kutilmaganda momaqaldiroq boshlanib jala quysa.             

2.Asalarilar zaharli gulshira ajratilayotgan o‘simliklarga uchsa.

3.Arizor suv xovuzlar yoniga joylashtirilsa.

4.Asosiy asal topish davridan keyin ko‘p ishlagan asalarilar nobud bo‘ladi.

Ari oilasini ko‘p asalari yelimini to‘plashga majbur qilsa bo‘ladimi?

Xa, buning uchun ramka ustiga yog‘och taxtachalarning oralig‘ini ochib ship yasash kerak. Shunda ular shipning ochiq joylarini asalari yelimi bilan berkitishga majbur bo‘ladi.

Erta bahorda asalari qurtchalarini ko‘paytirish uchun shakar sharbati yoki asalli ramkalar berish kerakmi?

Qurtchalarni ko‘paytirish uchun oziqani tabiatda gulshirasi bo‘lmaganida berish kerak. Asalli ramkalarni qopqoqchasini ochib, to‘siq taxtachasi orqasiga joylashtiriladi. Agar kunlar issiq bo‘lsa asalarilar asalni tashib o‘tib ketadi. Agar kunlar sovuq bo‘lsa, yaxshisi shakar sharbatini ustki oxurchalarga qo‘yib berish kerak.

Ona ari yetishtirish uchun erkak ari qurtchalarining sutidan foydalansa bo‘ladimi?

Yo‘q bo‘lmaydi, chunki erkak ari qurtchalari boqilayotgan katakchadagi sutni, onadondagi sut bilan farqi bor.

Nima uchun bir ari oilasida asalni oq va qora mum qopqoqchalari bilan berkitiladi?

Janubiy asalarilar shuningdek Kavkaz asalarilari mum qopqoqchalarini asalga tekkizib berkitadilar, natijada mum qopqoqchalari qora rangli ko‘rinadi. Boshqa zotli asalarilar asalni mum qopqoqchalariga tekkizmay berkitadilar, shuning uchun mum qopqoqchalari oq rang­li ko‘rinadi.

Asalari yig‘ib kelgan gulchangni qanday qilib katakchalarga joylashtiradi?

Asalarini o‘rta oyoq boldirining bir uchida ignasimon o‘simta – tikancha, pix bo‘lib u orqa oyog‘idagi savatchasiga yig’ib kelgan gulchangini katakchaga chiqarib tashlash uchun hizmat qiladi.Bu quyidagicha bajariladi: asalari orqa oyoqlarini ishchi ari katakchasiga tushirib, pix bilan gulchangini surib, asta-sekin orqa oyoqchalarini katakchadan sug’urib oladi. Keyinchalik, katakchaga tushgan gulchangini boshq asalarilar boshi bilan shibbalaydi.

Varroatozga qarshi kurashda termokameradan qanday foydalanamiz?

Asalarilar joylashtirilgan qutini, 46° isitilgan termokameraga joylashtirib, 15 daqiqa ushlab turiladi. Kanalar to’kilishini tezlatish uchun kutini silkitib turish kerak. Issiqlik darajasi 46° dan yuqori bo’lsa, asalarilar dimlanib, jig’ildonidagi asalni qusib yuborishadi. Bu usulni qo’llashni tavsiya qilmaymiz.

Asalarilarni asal yig’ishiga va mum ajratishiga nima ta’sir qiladi?

Birinchi navbatda ona arining nasli, yoshi va ari oilasini parvarish qilish usuli va tabiat sharoitlari.

Asal Bayrami 2023
Asal Bayrami 2023
Asal Bayrami 2023
Asal Bayrami 2023
Asal Bayrami 2023
Asal Bayrami 2023
Asal Bayrami 2023
Asal Bayrami 2023
Asal Festivali Namangan
Asal Festivali Namangan
Uyushma binosining ochilish marosimi
Uyushma binosining ochilish marosimi
Uyushma binosining ochilish marosimi
Uyushma binosining ochilish marosimi
Farg'onaga tashrif
Farg'onaga tashrif
Asal Bayrami 2023
Asal Bayrami 2023
Bizning hamkorlar
The Food and Agriculture Organization
The Food and Agriculture Organization
ALOQALIZING
ALOQALIZING
Savollar bormi?
Savollaringizga javob berishga tayyormiz. 
Fayl yuklash:
maksimal: 1
Manzili:
O'zbekiston, Toshkent, Navoiy ko'chasi 40