Адрес:
O'zbekiston, Toshkent, Navoiy ko'chasi 40
`$site.phones[0].num_title`
Asalari - hakim dastyori, dexqon - hamkori, hosil - madori !!!
Hurmatli asalarichilar va saytimiz mehmonlari, Siz saytimizdan "Asalarichilik ensiklopediyasi" va "Arizor.uz" axborot almashish tizimi mobil ilovalarini yuklab olishingiz mumkin

SUN’IY YO‘L BILAN ONA ARI YETISHTIRISH

SUN’IY YO‘L BILAN ONA ARI YETISHTIRISH

pchelomatka

 

Ona asalari yetishtirish uchun quyidagi turdagi uch guruh arilari oilasi qatnashadi:

1-guruh - ona ari yetishtirish uchun qurtcha olinadigan onalik oila;

2-guruh - erkak ari yetishtiriladigan otalik oila;

3-guruh - kosachadagi va g’umbakdagi qurtchalarni tarbiyalovchi oila.

Sun’iy yo'l bilan ona ari yetishtirish orqali asalarichi quyidagi ko’rsatkichlarga erishadi:

  • birinchi yuqori mahsuldor sifatli ona ari qo'ygan tuxumdan qurtchalarni olib, ko'p sonli ona ari qurtchalarni yetishtirish mum­kin;
  • erta bahorda rejali ravishda tashkil etiladigan kichik yangi oilalarga kerakligicha ona ari yetishtiriladi;
  • sun’iy yetishtirilgan ona arilar yuqori sifatli bo’libgina qolmay, balki ko'ch ona arilardan tuxum qo’yish qobiliyati bo‘yicha qolishmaydi va ayrim hollarda ustun turadi;
  • ona ari yetishtirish bo'yiclia maxsus ixtisoslashtirilgan xo‘jalik tashkil etilib, kerakli arilari zotidan ona ari yetishtirish mumkin;
  • yaxshi ona ari yetishtirish xo‘jaligi tashkil etilgach, asalarilarning zotini yaxshilash bo’yicha naslchilik ishlarini tashkil etish mumkin.

Sun’iy yo'l bilan ona ari yetishtnishga kirishishdan avval qurtchalarni ko'chiradigan kosachani yopishtirish romi tayyorlanadi. Bunday rom 15 mm kenglikdagi yog'och tayoqcha (reyka)dan yasalsa, maqsadga muvofiq bo'ladi. Bunday romni ari oilasi ichiga qo’yish vaqtida unda g’uj o’tirgan arilar tarqatib yuborilmaydi va natijada kosachadagi qurtchalarni tarbiyalovchi ari oilasi yax­shi qabul qiladi. ona arining safati yuqori bo‘ladi. Rom ichiga 2-3 qator mum kosachalarni yopishtirish uchun qalinligi 10 mm eni 15 mm li tayoqcha (reyka)ning ikki yon tarafidan bittadan mix qoqib yopishtiriladi, tayoqcha yengil buriladi.

Ko'p sonli ona ari yetishtirishda faner pona patronchaga ona ari yetishtirish kosachasi yopishtirilib, unga onalik oilasidan olingan qurtcha ko'chiriladi. Agarda juda ko'p sonli ona ari yetishtirish kerak bo’lsa, u holda onalik oilasining ikkita alohida-alohida ari kiradigan teshigi bor 20 ta romli yotoq uyasi o'rtasidan zich yopilib, teng ikkiga bo’linadi. Uyaning bitta bo'limiga onalik oila­si joylashtiriladi. Ikkinchi bo’limga esa yosh ona arili sog'lom ari oilasi o'tkaziladi.

Onalik oiladagi ona ari ko'p tuxum qo'ymasligi va yirik tuxum qo’yishi uchun bu oila ko'p miqdorda asal yoki shakar sharbati bilan oziqlantirib turiladi. Mumkatak inchalarga ozuqa to’ldirilganida ona ari tuxum qo'yishi uchun bo’sh inchalar kamayib qoladi va natijada ona ari qo’ygan tuxumlarini vazni og'ir bo’lib, yirik bo’ladi.

Ona ari yetishtirish uchun shu arilarining inchalaridan yarim sutkalik qurtchalari ko’chiriladi. Ona ari sifatli bo'lishi uchun ikki marotaba qurtcha ko’chnish usulidan foydalaniladi. Tarbiyalovchi oilaga xohlagan oiladan olingan qurtchalar ko’chirilgan kosachali rom beriladi va ertasiga qabul qilingan mum kosacha ichidagi qurtchalar olib tashlanib, o’rniga tayyor sutli kosachaga mahsuldor ko’rsatkichlarga ega bo'lgan onalik oilasidan olingan 12 soatlik yoki bir sutkalik qurtcha ko'chirilib, yana tarbiyalovchi oilaga beriladi.

Shu yo’l bilan ona ari yetishtirilganida, tayyor bir kunlik kerakli ozuqa birliklariga ega bo’lgan sut evaziga qurtchadan sifatli ona ari yetishib chiqadi.

Xulosa qilib aytganda, quyidagi natijalarga erishiladi:

  • ona arilari boqishning texnologik usullari yaratiladi va ertangi sifatli ona arilari yetishtiriladi, paketli asalarichilik rivojlantiriladi;
  • shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo’jaliklari ona asalarilar bilan ta’minlanadi, paketli asalari oilalari chetga eksport qilinadi;
  • O’zbekistonda ko’paytirilayotgan Kavkaz, Krama va mahalliy asalari zotlari populatsiyasining sifat ko’rsatkichlari yaxshilanadi;
  • arilari mahsulotlari ishlab chiqarish va arilari oilalarining iqtisodiy samaradoriigi 15-20 % ga oshiriladi;
  • ona asalari yetishtirish bo’yicha shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo’jaliklari uchun taklif va tavsiyanomalar beriladi.

 

SUN’IY YO‘L BILAN ONA ARI YETISHTIRISH

 

Asalari oilasi ona arisiz bir oila bo‘lib, rivojlanib yashay olmaydi. Asalarilar ona ari yo‘qligini sezishsa, o‘zlari asalarichi ishtirokisiz ham ona ari yetishtira oladilar. Lekin asalarilar, mahsuldorligi kam oilalardan yoshi katta qurtchalarni ona ari yyetishtirish uchun tarbiyaga olishib, onadon ko‘rishlari mumkin. Bu holatda yaxshi sertuxum ona ari yetishtirilmaydi. Yaxshi ona ari yetishtirish uchun, kuchli, mahsuldor oilalarning bir kunlik qurtchalari tarbiyaga olinishi kerak chun­ki uch kunlik qurtchalar Perga va asal aralashmasi bilan boqiladi.

Shuning uchun yaxshi sertuxum ona ari yetishtirish uchun asalarichi arizordagi ari oilalarini kuzatib, qanday mahsulot (asal, mum, nasl) berishini yozib yurishi ke­rak. Arizordagi ari oilalari bir xil boqilgani bi­lan, ularning mahsulot berishi har xil bo‘ladi. Ona ari yetishtirish uchun, eng yaxshi mahsuldor (rekordchi) ari oilasidan foydalaniladi. Ko‘p miqdorda asal, mum, nasl bergan oila rekordchi hisoblaniladi. Lekin bu oilalar yuqumli kasalliklarga uchraganliklari aniqlansa – ulardan foydalanish yaramaydi. Asal arilarning sifatini yaxshilash uchun arizordagi eng yaxshi ona arilarni aniqlash, tanlash hamda ko‘paytirish ishlarini beto‘xtov olib borib, keyinchalik ulardan ona va erkak arilar yetishtirish uchun foydalaniladi.

Yaxshi sertuxum ona ari yetishtirish uchun, tabiatda gulshira va gulchangi bo‘lishi hamda ob-havo sharoitlari yaxshi bo‘lishi kerak. Ona ari yetishtirish vaqtida tabiat­da shira va gulchangi uzilib qolsa, ob-havo nobop kelsa, asalarilar yasalgan onadonlarni qirqib yuboradi, ona ari tarbiyasini to‘xtatadi yoki yetishtirilgan ona ari­lar sifatsiz bo‘ladi. Bunday holat bo‘lmasligi uchun, ona ari yetishtirayotgan oilaga shakar-sharbati berilib, uyani isitish tushakchasi bilan o‘rab qo‘yiladi. Ona ari yetishtirishni ari oilasida berkitilgan erkak ari qurtchalari paydo bo‘lganidan keyingina boshlash kerak.

Yaxshi sertuxum ona arilar aprel va may oylari- da yetishtiriladi. Yangi yetishtirilgan ona arilarning sifatini, onadonda qolgan oziqani miqdoriga qarab baholasa bo‘ladi. Onadoni tagida qolgan oziqa qancha ko‘p bo‘lsa, qurtcha shuncha yaxshi oziqlangan bo‘lib shu ona ari serpusht bo‘ladi. Onadonning tagida oziqa qolmagan bo‘lsa, ona ari qurtchalari yaxshi oziqlanmagan bo‘lib, u onadondan mayda ona ari chiqadi.

Sun’iy ona ari yetishtirishda ikkita oila ishtirok etadi. Bularning biri – boquvchi oila, ikkinchisi – nasl oilasi. Ikkala oila ham kuchli bo‘lishi shart. Boquvchi oilaga qurtchalarni berishdan bir sutka oldin undagi ona arini hamda ochiq tuxum qurtchali ramkalar­ni olib, boshqa asalari oilasiga berish kerak. Oilada faqat yopiq qurtchalar qolishi kerak. Boquvchi oila ko‘p sifatli ona arilarni boqishi uchun quyidagilar bo‘lishi lozim:

Oilada 6-7 ramka usti yopiq qurtchali ramkalar bo‘lishi;

oilada boquvchi asalarilarning soni ko‘p bo‘lishi;

uyada un kg asal hamda ikkita pergali ramka bo‘lishi kerak.

Boquvchi oilada ochiq qurtchalar bo‘lmasligi uchun, o‘n kun oldin ona arining tuxum qo‘yishini qisqartirib qo‘yiladi. Qisqartirish bu – ona arini bir ramkali panjaraga «izolyatorga» mumkatakli ramka bilan qo‘yiladi. Ona ari boshqa ramkalarga o‘tib tuxum qo‘ya olmaydi. Qolgan ramkalardagi qurtchalar 10 kun ichida yopiladi. Keyin ona ari panjara ichidagi ramka bilan boshqa ari­xonaga solinib, yangi oila yarataladi. Boquvchi oilada faqat yopiq qurtchali ramkalar qoladi.

Boquvchi ari oilasining ona arisi va ochiq qurtchalari olingandan so‘ng asalarilar 8 soat ichida ona ari yo‘qligini sezib, bezovtalana boshlaydilar. Ertasiga bu oilaga ona arilar o‘stirish uchun qurtchalar beriladi. Yaxshi ona ari yetishtirish uchun olingan qurtchalarning yoshi, tuxumdan chiqqandan keyin 1-2 kunlik bo‘lishi kerak. Tuxumdan chiqqaniga ikki kundan oshgan qurtchalardan sifatli ona ari yetishtirib bo‘lmaydi. Tuxumdan chiqqari qurtchalar yarim oy shaklida buklanib turadi. Qurtchalarni 1-2 kunligini kuz bilan ajratib olish ancha qiyin. Yoshi bir qurtchalar bir xil kattalikda bo‘lmaydi. Mumkatakli ramkalarning chetlarida va pastida joylashgan qurtchalarni o‘rta qismdagi qurtchalarga nisbatari yaxshi isitishmaydi. Shuning uchun qurtchalar o‘sishda orqada qolishi mumkin. Kerakli qurtchalarni olish uchun rekordchi oilaning uyasi o‘rtasiga ishchi ari­lar qurtchalari uchun qurilgan oq rangdagi mumkatakli ramka qo‘yiladi. Bunga ona ari tuxum qo‘ya boshlaganidan keyin, 5 kun o‘tgach eng katta qurtchalar yoshi ikki kun­lik bo‘ladi. Bu ramkadagi hamma qurtchalar ona ari yetishtirish uchun yarayveradi. Ona ari yetishtirish uchun ko‘p miqdorda qurtchalar kerak bo‘lganida, izolyator ishlati­ladi. Bu izolyator – bitta va ikkita ramkali bo‘lib, ik­kita devorchalari sim to‘rdan yasalgan panjaradan iborat. Panjaradan ishchi arilar o‘tib yuradilar, ona ari esa o‘ta olmaydi. Bu izolyatorga ishchi arilarning katakchasi qurilgan oq rangli mumkatakni qo‘yib, so‘nga ona ari joylashtiriladi. Izolyatorni usti yog‘och planka bilan yopiladi. Izolyator uch kunga oila ichiga qo‘yiladi. U yerga qamalgan ona ari uch sutka ichida mumkatakka tuxum qo‘yadi. Uch sutka o‘tgach izolyatordan mumkatakli ramkani ona ari bilan birga olib yana qaytarib uyaga qo‘yiladi va ikki sutka arixonada ushlab turiladi. Shu ramka katakchalaridagi qurtchalarni yoshi ikki kunlik bo‘ladi.

Ikki sutka o‘tgach, bu ramkani ehtiyotkorlik bilan olib, ustidagi asalarilarni cho‘tka bilan supurib uyasiga tushirish kerak. Ramka ustidagi asalarilarni silkitib tushirish yaramaydi, chunki qurtchalar shikastlanib qolishi mumkin.

Olingan qurtchalarni ona ari yetishtirish uchun, boquvchi oilalarga berishning har xil usuli bor.

Masalan:

1. Havaskor arichilar uchun eng oson usuli bu ona ari yetishtiriladigan qurtchalar qaysi katakchalarda ko‘proq bo‘lsa, boquvchi oilaga shu katakchalar beriladi. Mumkatakning bir-ikki kunlik qurtchalar ko‘p joylashgan qismidagi katakchalar tagidan kesib olinadi. Tagidan kesib olingan katakchalardagi qurtchalar har uchta qurtchaning birini o‘ldirib, siyraklatib boquvchi oila­ga qo‘yiladi. Qoldirilgan qurtchalar ustiga asalarilar onadonlar ko‘radi. Bu usulda tayyorlangan qurtchalarning ko‘p miqdori siyraklashtirish natijasida bexuda isrof bo‘ladi.

2. Arizorda ko‘p miqdorda ona ari yetishtirish kerak bo‘lganida, qurtchali katakchalarni kesib ko‘chirish usu­li qo‘llanadi. Bu usul qo‘llanganida ona ari yetishtirish uchun hamma qurtchalardan foydalansa bo‘ladi. Ona ari yetishtirish uchun qurtchali katakchalarini bir qatordan kesib olib, alohida ajratiladi. Keyin har bir katakcha­lar yarim chuqurligigacha kesiladi. Qurtchali katakcha eritilgan mum yordamida patronga yopishtiriladi, patron esa ramkaga yopishtirilib, boquvchi oilaga qo‘yiladi.

Katakchani patronga yopishtirishdan oldin patronni eritilgan mumga tekizib, katakchani qarama-qarshi to­moniga yopishtiriladi. Patron kichkina, silliq to‘rt qirrali yog‘ochdan (brusokdan) iborat. Patron yopishtiradigan ramka mumkataksiz bo‘lib, uning ichiga uch qator, orasi 7 sm uzoqdikda yog‘ochdan to‘sin o‘rnatiladi. Shu to‘sinlarga patronlar yopishtiriladi. To‘sinlarni aylantirish mumkin bo‘lishi uchun, har qaysi to‘sinning uchi ramkaga bitta mix bilan qoqib qo‘yiladi.

3. Ona ari yetishtirishda sun’iy tovoqchaga qurtcha ko‘chirish uslubidan foydalanish mumkin. Sun’iy tovoqcha (misochka) arizorda mumdan yasaladi. Buning uchun yog‘ochdan qolip yasaladi. Qolip bilan tovoqchani diametri 8-9 mm, chuqurligi 9-10 mm bo‘lishi kerak. Tovoqchalarni tayyorlash uchun 100 g toza mumni eritib, qolipini avval sovuq suvga, keyin 9-10 mm chuqurlikda erib turgan mumga botirib olinadi yana sovuq suvga tiqiladi. Bu ish 3-4 marta qaytarilgandan keyin tovoqcha tayyor bo‘ladi. Tovoqchani qolipdan tushirib, ramkaga qirqib olingan katakcha kabi yopishtiriladi. Keyin, tovoqchalarni 4-5 soatga asalari oilasiga silliqlash uchun beriladi. So‘ng maxsus moslama (shpatel) bilan qurtchalar olinib tovoqchalarga solinadi. Tovoqchaga solingan qurtchani asalarilar tarbiyaga olib ona suti bilan boqishni boshlaganidan so‘ng ichidagi qurtchani olib o‘rniga ikkinchi marta bir kunlik qurtcha berilsa, bu qurtchadan ko‘p oziqa hisobiga yaxshi ona ari yyyetilib chiqadi.

Shpatel bilan qurtcha olinayotganida oziqasi bilan olish zarur. Hozirgi vaqtda tayyor tovoqchalarni (mi­sochka), shpatelni asalarichilik do‘konidan sotib olsa bo‘ladi.

Ona ari yetishtirishda qurtchalarni ari oilasidan tashqarida uzoq ushlab bo‘lmaydi. Qurtchalar parvarishdan qoladi. Ularni ko‘chirish ishlarini toza, yorug‘, havo harorati 25 darajadan past bo‘lmagan xonada, bir soatdan oshirmay bajarish kerak.

4. Ona ari yetishtirishda Jenter katakchali ramkasidan foydalanilsa, asalarichining ishini osonlashtirib, qurtchalarning bir kunligini olib, boquvchi oilalarga shikastlantirmay ko‘chirishini ta’minlaydi.

Jenter katakchali ramka plastmassadan yasalgan, ta­gi alohida ajratiladigan katakchalar va tovoqchalardan iborat. Jenter katak ramkasi, ona ari o‘ta olmaydigan panjara bilan yopilgan. Jenter katak ramkasiga asal surtib nasl oluvchi oilaga 2-3 soatga beriladi. Keyin bu katak ramkasiga ona ari solinib, asalari oilasini o‘rtasiga joylashtiriladi. Ona ari panjaradan boshqa mumkatakli ramkaga o‘tolmay, Jenter kataklariga tuxum qo‘yadi. Ishchi arilar panjaradan o‘ta oladilar. Ona ari tuxum qo‘yganidan keyin tuxum bor katakcha ajratib oli­nib, tayyor tovoqchaga kiydirilib, boquvchi asalari oila­siga beriladi.

Ona ari 16 kunda yyyetilib chiqadi. Lekin bir kunlik qurtcha tarbiyaga olingan bo‘lsa, unda ona ari yetishtirish uchun 12 kun vaqt kerak bo‘ladi. Ona ari chiqishi kuniga mo‘ljallab, yangi oila yaratish uchun nukleuslar tayyorlab qo‘yish kerak. Yyyetilgan onadonni yangi oilalarga tarqatib beriladi. Buning uchun yangi oilalarni bir kun oldin yyetimlatib qo‘yish kerak. Yyyetilgan onadonni vaqtida olib qo‘yilmasa, birinchi chiqqari ona ari boshqa onadondagi ona arini o‘ldiradi. Yyyetilgan onadonlarni tarqatib berish uchun nukleuslar tayyor bo‘lmasa, onadon­larni qafaschaga joylashtirib, shu tarbiyalovchi oilada, nukleuslar tayyor bo‘lguncha qoldirish kerak. Nukleus – bu urug‘li ona ari yetishtirish uchun kichkina ikki, uch ram­kali oilalardir.

O‘zbekistonda kuz faslida ham ona ari yetishtirsa bo‘ladi. Tajribalarning ko‘rsatishicha, kuzda olingan ona arilari bor oilalar yangi oilaga kam ajraladi. Bizning tajribalarimiz hududimizda ona ari olishning eng oxirgi muddati oktyabr oyi ekanligidan dalolat beradi. Tajribali asalarichilarimiz o‘lkamizdan zararkunanda qushlar uchib ketganidan keyin tarbiyalovchi oila tashkil qilishga kirishadi. Bunday oilalarni bir vaqt ichida uyani yyyetilgan nasl bilan kengaytirish usulini qo‘llab tashkil qilish yaxshi samara beradi.

 

ONA ARINING YETILISH DAVRI GRAFIGI

 

Shuni aytish kerakki, har bir oilada asal 10 kg dan kam bo‘lmasligi va har kuni kechqurun 200 g asal – perga aralashmasini solish kerak. Shunda uyadan yuqori sifatli ona ari olish mumkin.

 

ONA ARINI ALMASHTIRISH

 

Ona arilar urug‘langanidan keyin birinchi va ikkin­chi yillarda sertuxum bo‘ladi. Keyinchalik ularning tu­xum qo‘yishi susayadi. Shu sababli ona arilarni har ikki yilda almashtirib turish kerak.

Tuxum qo‘yishdan qolgan ona arilarni urug‘langan, urug‘lanmagan ona arilarga yoki yyetilgan onadonga almashtirish mumkin. Ona arini yangi oilaga o‘tkazish, eng qiyin ishlardan hisoblanadi.

Ona arini bahorda almashtirish osonroq bo‘ladi, chun­ki asalarilar tabiatdan shira va gulchangini zo‘r berib to‘playotganida yangi ona arini ham, boshqa asalarilarni ham, yaxshi qabul qiladilar. Ona arilarni oilaga muvaffaqiyatli o‘tkazish uchun oilada yosh asalarilar ko‘p bo‘lishi kerak. Uyaga yosh ona arilarni kechqurun o‘tkaziladi, uni o‘tkazish vaqtida ari uyasiga tutun berib asalarilarni bezovta qilmaslik kerak. Yetimlatilgan oilaga yangi urug‘langan ona arini bir-ikki soat ichida o‘tkazilsa yaxshi bo‘ladi. Agar kechroq qolib berilsa asalarilar ona ari yetishtirish uchun qurtchalarni tarbiyaga olib onadon qurishni boshlab yuboradi, so‘ng o‘tkazilayotgan ona ari­ni qabul qilishlari ancha qiyinlashadi. Ona arilarni urushsiz ona arilar bilan almashtirish uchun oilaga usti berkitilgan, ona ari chiqishiga bir-ikki kun qolgan onadonni boquvchi oiladan qirqib olib berilsa, asalari­lar oson qabul qilishadi. Onadonni mumkatakli ramkaga yopishtirib yoki ikki ramka o‘rtasiga o‘rnatib bersa bo‘ladi. Bu usulda oilada tuxum qo‘yish 7-8 kunga to‘xtaydi.

Ona arisi olingan oilaga darrov urug‘li ona ari be­rilsa yaxshiroq bo‘ladi. Urug‘li ona arilar nukleusdan olib beriladi. Urug‘li ona arini asalarilar tezroq qabul qiladi. Almashtirilayotgan eski ona arini Ti­tov qafaschasiga solib, ona arining hidini singdirish uchun bu qafascha shu oila ichiga qo‘yilib 3-4 soat tutiladi. Bundan keyin qafaschadagi eski ona ari o‘rniga, yangi ona ari joylashtirilib, qafaschani ilgangi o‘rniga qo‘yiladi. Ertasi kuni kechqurun, asalariar uyasiga qaytib bo‘lganlaridan keyin, arixona ochilib, asalarilar yangi ona arini yoqtirgan yoki yoqtirmaganligi aniqlanadi. Asalarilar qafaschaga qo‘nib tinch o‘tirsalar va qafascha teshikchalaridan ona arini oziqlantirayotgan bo‘lsa, ona arini darrov qafaschadan chiqarish mumkin. Uni chiqarish uchun qafaschani pastki qopqoqchasini ochib unga mumparda yopishtiriladi. Yana qafaschani o‘z o‘rniga qaytarib qo‘yish kerak. Asalarilar mumpardani qirqib, Qafaschadan ona arini o‘zlari chiqarib oladilar.

Agar asalari oilasi qafaschadagi ona arini yoqtirmasa, qafascha oldiga to‘planib bezovtalansa, arixonani yopib bir sutka o‘tgach tekshirib ko‘rish kerak. Shundan keyin ham asalarilar ona arini yoqtirmaganligi aniqlansa, bu arixonada onadonlar yoki urug‘lanmagan yosh ona ari bor­ligini ko‘rsatadi. Agar bu urug‘siz ona ari katta va yaxshi rivojlangan bo‘lsa uni oilada qoldiriladi. Agar bu ona ari rivojlanmagan, kichik bo‘lsa, uni oiladan olib qafaschani yangidan arixonaga qo‘yish kerak. Ba’zari ari oilasi ona arini bir necha marta berilsa ham qabul qilmaydilar. Bu holatda arixonani ko‘chirib, boshqa yer­ga o‘rnatish kerak.

Eski o‘rniga darrov yangi arixona qo‘yiladi. Bu arixo­naga bir nechta zaxiradagi mumkatakli ramkalar va bitta usti berktilgan qurtchali ramka qo‘yiladi.

Ko‘chirilgan arixonadan katta asalarilar qaytib eski o‘rnidagi yangi arixonaga kiradilar. Ko‘chirilgan arixo­nada faqat yosh asalarilar qoladi va shu kuni kechkurun bu arixonaga qafascha bilan ona ari qo‘yiladi.

Ona arilarni «tinch almashuvi» bu mavsum ichida asala­rilar o‘zlarining qari onasini almashtirib oladilar.

Ona ari almashtirish uchun onadonlarni berish qoidalari:

Asalarilar yyetilgan onadonni yaxshi qabul qilishlari uchun onadonni, qari ona oiladan olinganidan keyin 2-3 kun o‘tgach berish kerak.

Qari urug‘langan ona arini urug‘lanmagan ona ari bilan almashtirish qoidalari:

Urug‘lanmagan ona arini onadondan chiqishi uchun boshqa oilaga o‘tkazish;

asalarilar tabiatdan gulshira olib kelayotgan davrida ona ari o‘tkazish kerak. Tabiatda shira bo‘lmasa, 1/1 shakar berib turish;

urug‘lanmagan ona arini kechqurun, asalarilar uchishi to‘xtaganidan keyin o‘tkazish;

urug‘lanmagan ona arini, qari ona ari olingandan keyin 3 kun o‘tkazib, oila ichidagi qurila boshlangan onadonlarni olib tashlab keyin o‘tkazish;

yosh urug‘lanmagan ona arini quyoshli iliq kunda be­rish;

ona arini qafaschaga solib berish;

urug‘lanmagan ona arini qafaschada 1-2 sutka ushlab, keyin shu oila asalini surtib chiqarish kerak.

Urug‘langan qari ona arini urug‘langan yosh ona ari bilan almashtirish uchun quyidagi qoidalariga amal qilish kerak:

Asalari oilasidan qari urug‘langan ona ari olin- ganidan ikki soat keyin urug‘langan yosh onani o‘tkazish;

yosh urug‘langan ona arini qalpoqchaga yoki qafaschaga solib, qurtchali ramkalar orasiga berish;

qalpoqcha ostida yoki qafaschada ikki sutka ushlab, keyin ona arini ochiq qurtchali ramkaga chiqarib yuborish.

 

TUXUM QO‘YISH

 

Urg‘ochi ari onadondan chiqqanidan keyin, erkak ari bilan xali juftlashish qobiliyatiga ega bo‘lmaydi. Ona­dondan chiqqaniga 3-4 kun bo‘lgan urg‘ochi ari, birinchi marta iskab uchishga chiqadi. Iskab uchishda urg‘ochi ari atroflarni eslab qoladi. Onadondan chiqqaniga 8-10 kun bo‘lganida, havo iliq vaqtida soat 12 dan 16 gacha erkak ari bilan uchrashuvga chiqadi. Urg‘ochi ari uyasidan 10 kilometr nariga uchib borib, o‘ntagacha erkak ari bilan havoda juftlashadi. Juftlashib bo‘lishganidan keyin, ona ari, erkak ari bilan birga yerga tushadi. Yerda ona ari, erkak aridan ajralib, uyasiga uchib ketadi. Er­kak ari shu yerda nobud bo‘ladi. Bu uchish – nikoh uchishi deyiladi. Ona ari arixonaga qaytib kelganidan keyin, ikki sutka o‘tgach, tuxum qo‘ya boshlaydi. Urg‘ochi asalari ko‘p yoki oz tuxum qo‘yishi ko‘pgina faktorlarga bog‘liq. Uning sertuxum bo‘lishi asosan:

Yil fasli.

Jinsiy a’zolarning tuzilish hususiyatlari.

Uyaning to‘g‘ri kurilganligi va bo‘sh kataklar bo‘lishi.

Tabiatda gulshira asal va gulchangining yetarli bo‘lishi.

Urg‘ochi asalarining yoshi.

Asalari oilasining kuchi va uyaning qish fasliga moslashganligi kabi faktorlarga bog‘liq bo‘ladi.

Ona arining jinsiy a’zosi ikkita katta tuxumdondan iborat.

Tuxumdonlarning har birida 110 tadan 180 tagacha tuxum naychasi bo‘ladi. Bu naychalar ayrim xonachalarga bo‘lingan. Har qaysi naychasida o‘rta hisob bilan 13 ta­dan xonacha bor. Ari tuxumlari ana shu xonachada yetishadi. Tuxumlar dastlab tuxum naychalarining boshida vujudga keladi. Tuxum embrioni naycha bo‘ylab siljib, asta-sekin kattalashadi va yyetiladi. Yyetilgan tuxum naychadan tuxum yo‘liga o‘tadi. Ikkita tuxumdonga yarasha ikkita tu­xum yo‘li bo‘ladi. Bular – juft tuxum yo‘li deb ataladi. Bu juft tuxum yo‘llari borib-borib bir-biriga tutashadi va umumiy yo‘lga – toq tuxum yo‘liga aylanadi. Tuxum ana shu toq yo‘ldan chiqadi.

Juft tuxum yo‘llari tutashgan joyda kichkina pufakcha – urug‘don bor. Ona ari juftlashganidan so‘ng er­kak arining urug‘i – spermatazoidi ana shu pufakchaga to‘planadi. Tuxumning oldingi uchida kichkina teshikchasi bor, erkak arining urug‘i – spermatazoidi tuxum ichi­ga ana shu teshikchadan kiradi. Ona ari tuxum qo‘yganida urug‘dondan spermatazoidlar aralashgan suyuqlik tomchisi chiqadi.

Ona ari tuxumini mumkatakli ramkalarning katakchalariga qo‘yadi.

Ona ari ikki xil tuxum qo‘yadi – urug‘langan va urug‘­lanmagan. Ona ari tuxumi spermatazoid bilan qo‘shilsa urug‘langan deyiladi. Bu tuxumdan oziqa ta’sirida ish­chi yoki ona ari yyetilib chiqadi. Tuxumga spermatazoid qo‘shilmasa urug‘lanmagan tuxum deyiladi. Urug‘lanmagan tuxumdan erkak ari yyetilib chiqadi. Ona arining  urug‘langan va urug‘lanmagan tuxum qo‘yishi, mumli ka- takchalarning o‘lchaninga bog‘liq bo‘ladi. Katakchalarning o‘lchami 5,3-5,4 mm bo‘lganida, ona ari ishchi ari tuxumini qo‘yadi. Ona ari tuxum qo‘yish vaqtida, qorin uchi­ni katakchaga tushirganida, tukchalari katakcha devorlariga tegib tushsa tuxum urug‘lanadi.

Mumli katakchalarning o‘lchami 5,4 mm dan katta bo‘lsa ona ari tuklari tuxum qo‘yish vaqtida, katakchalarning devorchalariga tegmagani hisobiga urug‘lanmagan tuxum qo‘yadi. Shuning uchun asalarichilar, sun’iy mumparda sotib olayotganida katakchalarni o‘lchaninga e’tibor berishlari kerak. Shuningdek qari ona arining sperma qabul qilishi va saqlash organida sperma zaxirasi tugab qolganligi uchun ona ari urug‘lanmagan tuxum qo‘ya boshlaydi. Asalari tuxumi oq tusda, uzunchoq shaklda bo‘lib, ingichka uchi bilan mumkatak tubining o‘rtasiga yopishtiriladi. Tuxum rivojlangan sari yon tomonga qiyshayadi, uchinchi kun oxirida – katakchaning tubiga yarim oysimon yotadi va tuxum po‘sti yorilib, undan oq qurtcha paydo bo‘ladi. Ona, ishchi va erkak arilarning tuxumdan chiqqari qurtchalari birinchi uch kunlikda maxsus sut bilangina oziqlanadilar. Keyinchalik ishchi va erkak ari qurtchalarini gulchangi va asal aralashmasi bilan, onadonlardagi ona ari qurtchalarini esa faqat ona ari su­ti bilan boqadilar. Bu sutni ona ari suti deydilar. Qurtchalar tez o‘sadilar va ko‘p oziqa talab qiladilar. Tabiatdan oziqa kelmasa, asalarichi oziqa (shakar sharbati) berishi kerak. Asalari oilasi och qolsa, qurtchalarini tashqariga, yerga olib chiqib tashlaydilar. Qurtchalar o‘stirilganida arixona issiq bo‘lishi kerak. Arixonaning issiqlik darajasi pasayib ketsa, qurtchalarning rivojlanishi butunlay to‘xtab qoladi.

Qurtcha o‘sayotgan vaqtida bir necha marta po‘stini al- mashtiradi. Qurtcha yyetilib bo‘lgandan keyin asalarilar qurtchalarni oziqlantirishni to‘xtatib, ularning boshlari katakchaning ochiq tomoniga joylashgan holatida katakchani mum bilan berkitadilar. Bu holatda qurtchalar yyetilib, qanotlari paydo bo‘lib, ari holatiga keladi. Qopqoqchalarini o‘zlari kemirib tashqariga chiqadilar.

Asalarilar rivojlanishida tuxumli, qurtchali, gumbak oldi va gumbak bosqichlaridan o‘tadi.

Lekin ona, ishchi va erkak arilarni bosqichlardan o‘tish davri bir necha kunga farq qiladi.

Bu rivojlanish muddatlari ba’zan, ob-havo sharoitlariga, asalari oilasining quvvatiga va boshqa sharoitlariga qarab, ikki kungacha, undan ortiq yoki kam bo‘lishi mumkin.

Sun’iy ona ari yetishtirishda necha kunligi qurtchalar tarbiyaga olinganligi katta ahamiyatga ega. Masalan: bir kunlik qurtcha tarbiyaga olingan bo‘lsa, undan ona ari yetishtirish uchun o‘n ikki kun vaqt kerak bo‘ladi. Ona ari yetishtirib, u yangi oilada tuxum qo‘ya boshlaguncha 26-27 kun o‘tadi. Tuxumdan ishchi ari chiqib gulshira yig‘ishga uchadigan bo‘lguncha 35-40 kun va erkak ari chiqib urg‘ochi ari bilan juftlashish jarayonida 35-36 kun o‘tadi.

 

Rivojlanish bosqichlari

Ona ari

Ishchi ari

Erkak ari

Tuxum

3

3

3

Qurtchali

5

6

7

G‘umbak oldi

2

3

4

G‘umbak

6

9

10

Yetilgan ari

16

21

24

 

Manba:  mirishkor.uz

Asal Bayrami 2023
Asal Bayrami 2023
Asal Bayrami 2023
Asal Bayrami 2023
Asal Bayrami 2023
Asal Bayrami 2023
Asal Bayrami 2023
Asal Bayrami 2023
Asal Festivali Namangan
Asal Festivali Namangan
Uyushma binosining ochilish marosimi
Uyushma binosining ochilish marosimi
Uyushma binosining ochilish marosimi
Uyushma binosining ochilish marosimi
Farg'onaga tashrif
Farg'onaga tashrif
Asal Bayrami 2023
Asal Bayrami 2023
Bizning hamkorlar
The Food and Agriculture Organization
The Food and Agriculture Organization
ALOQALIZING
ALOQALIZING
Savollar bormi?
Savollaringizga javob berishga tayyormiz. 
Fayl yuklash:
maksimal: 1
Manzili:
O'zbekiston, Toshkent, Navoiy ko'chasi 40