Адрес:
O'zbekiston, Toshkent, Navoiy ko'chasi 40
`$site.phones[0].num_title`
Asalari - hakim dastyori, dexqon - hamkori, hosil - madori !!!

UYUSHMANING MAQSADLARI

UYUSHMANING MAQSAD VA VAZIFALARI

Uyushmaning asosiy maqsadi O‘zbekiston Respublikasida asalarichilik sohasini rivojlantirish;
Uyushma o’z maqsadlariga erishish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
- asalarichilik tarmog‘ini rivojlantirishga qaratilgan normativ-huquqiy bazani ishlab chiqishda ishtirok etish;

- asalarichilik tarmog‘ini rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishni muvofiqlashtirish, yagona ilmiy-texnika, texnologik, investitsiya va eksport siyosatini amalga oshirishni muvofiqlashtirish; 

- mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va manfaatdor tashkilotlar bilan hamkorlikda asalarichilik xo‘jaliklarini o‘rmon fondi yerlariga, tog‘ va tog‘oldi hududlariga, tabiiy pichanzor va yaylovlarga hamda qishlok xo‘jaligi yerlariga joylashtirishni amalga oshirish;

- asalarilar uchun sun’iy ozuqalar ishlab chiqarishni markazlashgan xolda tashkil etishga ko‘maklashish va ushbu tajribani keng qo‘llash hisobiga asalarichilik xo‘jaliklarining ozuqa bazasini mustahkamlash;

- asalari kasalliklarining oldini olish, davolash va tashxis qo‘yish buyicha zamonaviy va ilg‘or usullarni joriy etish ishlariga ko‘maklashish;

- oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, shu jumladan xorijiy muassasalarda asalarichilik tarmog‘iga kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlarini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirishda ishtirok etish;

- O‘zbekiston Respublikasidagi asalarilar orqali qishloq xo‘jalik ekinlarini changlatish, asalarichilik mahsulotlarini yetishtirish, ularni qayta ishlash xamda eksport qilish bilan shug‘ullanuvchi subyektlarni va uyushma a’zolarini birlashtirish, ularni qo‘llab-quvvatlash;

- asalarichilik subyektlari, uyushmaning xodim va mutaxassislarini sohaga oid bilimlarini oshirish, ko‘rgazma hamda seminarlar tashkillashtirish;

- uyushma a’zolari faoliyatiga va taraqqiyotiga to‘siq bo‘layotgan muammolarni aniqlash, tahlil qilish, ularni bartaraf qilish bo‘yicha vakolatli organlarga takliflar tayyorlash hamda o‘z vakolati doirasida tadbirlarni amalga oshirish;

- uyushma a’zolarining iqtisodiy rivojlanishiga, jumladan, asalarilar orqali (changlatish) agrotexnika usulini keng qo‘llash, ular tomonidan yetishtirilayotgan, qayta ishlanayotgan hamda eksport qilinayotgan mahsulotlar, ko‘rsatilayotgan xizmatlarning turi va sifatini oshirishga, ushbu mahsulotlar va xizmatlarning iste’molchilarga tarqatilishiga xar tomonlama ko‘maklashish; 

- asalari oilalari va asalari paketlari, mumparda, asalarichilikka oid jixozlar, asbob-uskunalar ishlab chiqaruvchi va asalni qayta ishlash va qadoqlash ishlari bilan shug‘ullanuvchi tizimlarni tashkil etishga ko‘maklashish;

- uyushma a’zolariga mahsulotlarni sotish, eksport qilish, bojxona rasmiylashtiruvlari va boshqa yo‘nalishlarda nazariy va amaliy yordam berish;

- uyushma a’zolarining boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar bilan, jumladan, xorijiy hamkorlar bilan o‘zaro iqtisodiy aloqalar o‘rnatishlarida hamda ushbu aloqalarning rivojlanishida ko‘maklashish;
- uyushma a’zolarining asalarichilik sohasidagi bilim va tajribalarni o‘rganishlarida hamda ularni amalda qo‘llashlarida ko‘maklashish, chet eldagi shu kabi faoliyat bilan shug‘ullanuvchilar bilan o‘zaro tajriba almashish tadbirlarini tashkillashtirish va amalga oshirish; 

- asalarichilik sohasida zarur bo‘ladigan yo‘nalishlar va sohalar bo‘yicha umumiy ma’lumotlar bazalarini tashkil etish va doimiy rivojlantirib borish; 

- uyushma a’zolari uchun o‘quv qo‘llanmalar, ma’lumotlar to‘plamlari va boshqa shu kabi noshirlik mahsulotlarini tayyorlash xamda ommaviy axborot vositalari orqali axborotlar berish;

- asalarichilik sohasida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish va muvofiqlashtirish.

 

максад

Farg`onaga tashrif
Farg`onaga tashrif
Uyushma binosining ochilish marosimi
Uyushma binosining ochilish marosimi
Farg'onaga tashrif
Farg'onaga tashrif
Uyushma binosining ochilish marosimi
Uyushma binosining ochilish marosimi
Bizning hamkorlar
The Food and Agriculture Organization
The Food and Agriculture Organization
ALOQALIZING
ALOQALIZING
Savollar bormi?
Savollaringizga javob berishga tayyormiz. 
Fayl yuklash:
maksimal: 1
Manzili:
O'zbekiston, Toshkent, Navoiy ko'chasi 40