Адрес:
O'zbekiston, Toshkent, Navoiy ko'chasi 40
`$site.phones[0].num_title`
Asalari - hakim dastyori, dexqon - hamkori, hosil - madori !!!
Hurmatli asalarichilar va saytimiz mehmonlari, Siz saytimizdan "Asalarichilik ensiklopediyasi" va "Arizor.uz" axborot almashish tizimi mobil ilovalarini yuklab olishingiz mumkin

ZARARKUNANDALAR

ZARARKUNANDALAR

1

Asalari dushmasalan – zararkunandalari ko‘p bo‘lib, ular arixona va uning tashqarisida ham bo‘ladi.

Asalarilar arixonadan tashqariga uchib chiqindilarida ularni har xil qushlar va hasharotlar poylab turadilar va ularni nobud qiladilar. Arixonalarga chumoli hujum qilib, ari uyasidagi asalni tashib ketadilar. Asalari tanasiga kanalar yopishib olib, qonini suradilar, asal­ari qurtchalariga zarar yyetkazadilar. Kuz va qish fasllarida arixonalarga sichqonlar kirib asalarilarni bezovta qiladilar. Arixonadagi mumkatakli ramkalarini mum kuyasi shikastlaydi. Asalarichi bu zararkunandalarga qarshi sabr-tokat bilan kurash olib borishi kerak chunki ular asalarichilikka katta ziyon yyetkazadilar.

Mum kuyasi

Mum kuyasi ikki xil: katta va kichik bo‘ladi. Kunduz kuni kapalaklar arixo­na teshikchalarida, maxsus matolar ichi­da yashirinib yotadi. Kechalari chiqib tu­xum qo‘yadilar. Urg‘ochi kuya o‘rtacha 12-15 kun yashaydi. Shu vaqt ichida arixona­larni yoriqchalariga, mumkatakli ramkalarga 700 ta gacha tuxum qo‘yadi. 12 kun o‘tgach bu tuxum­dan mayda qurtchalar chiqadi. Havo qancha issiq bo‘lsa, ular tezroq kapalakka aylanadi. Harorat past bo‘lganida o‘sish to‘xtaydi va ular uyquga ketadi. Harorat +8 darajadan yuqori bo‘lganida, uyg‘onadi va normal hayot kechiradi. Havo Harorati –10° bo‘lganida ular nobud bo‘ladi. Kuya mum bilan oziqlanadi. Kuyalar mumkatakli ramkalarga, gulchan­gi, asal va asalarilarning qurtchalariga zarar yetkazadi.

Mum kuyasiga qarshi kurashish uchun arizorda faqat kuchli oilalarni asrash kerak. Arixonaning teshiq yorug joylarini berkitish kerak. Ramkalardan kuyalarni koqib tushirib arixonani toza tutiladi. Eski mumkatakli ramkalar yangilanadi. Tozalash natijasida chiqqari chiqindilarni kuydirib yuboriladi. Mumkatakli ramkalarni saqlashda, mum kuyasi kapalaklari kira olmaydigan yashiklar ishla­tiladi. Kuya tushgan ramkalarning mumini eritib yuborish yoki 80% sirka kislotasi bilan dezinfeksiyalash kerak.

Sichqonlar. Asalari oilalari bahor, yoz oylarida sichqonlarni uyasiga kirishiga yo‘l qo‘ymaydilar. Harorat sovuq bo‘lganida, asalarilar bir-birini isitish uchun yigilib, «qish to‘planinga» kirib g‘uj bo‘lib olishadi va arixona­ni himoya qila olmaydilar.

Shu vaqtda arixona eshikchasi toraytirilmagan bo‘lsa, sichqonlar kirib, oziqa uchun qoldirilgan asalni, mumni yeb, asalarilarni bezovta qiladilar.

Sichqonlar arixonaga kirmasligi uchun uning eshikchasini toraytirib, bitta asalari o‘tadigan yo‘lakcha qoldirish hamda arizor atrofiga sichqonlar uchun zaharli yem sepib qo‘yish kerak.

Chumolilar – asalarilarning eng xavfli dushmasalandan biridir.

Chumolilar arixonadan asalni tashib ketadilar yoki arixonani issiq joyiga uya solib olishadi. Asalari oilasi kuchsiz bo‘lsa, chumolilardan o‘zlarini himoya qila olmaydilar.

Chumolilarning uyasini yo‘q qilish mumkin emas. Ari­xonani almashtirib, qoziqlariga moy surkab qo‘yish ke­rak.

Qushlar asal aril arga juda katta zarar yetkazadilar. Uchib chiqqari asalarilarning yo‘liga kurkunak, arixo‘r va qarqinoqdan iborat qushlar joylashib oladi va uchayotgan asalarilarning hammasini nobud qiladi. Qushlarni cho‘chitish ham deyarli foyda bermaydi. Zararkunanda qushlar ko‘payib ketganida, asalarixonalarni vaqtincha bu yerdan ko‘chirib, uchuvchi asalarilarni saqlab qolish mumkin. Ko‘pincha zararkunanda qushlar avgust oyining 20-kunidan boshlab sentyabrning 20-kunigacha bo‘ladi.

Qarqunoq – yirtqich qush bo‘lib hasharotlar va kichik hayvonlar bilan oziqlanadi. Arizorda uchuvchi asal­arilarni ko‘p miqdorda nobud qiladi.

Kurashish choralari sifatida ular­ni cho‘chitish, uyalarini vayron qilish qo‘llanadi.

Arixo‘r – bu yirik yirtkich qush bo‘lib, uzunligi 64 sm. Beli to‘q qizgish, qorni och qizgish rangda bo‘ladi. Ari, tukli ari va asalari bilan oziqlanadi.

Bu qushlar asalari uchish yo‘nalishini poylab hujum qiladi va ko‘p miqdordagi asalarilarni nobud qiladi. Ular tumshug‘i bilan asalarini ko‘ndalang ushlab, maydalab yutib yuboradilar. Arixo‘rlar ovni faqatgina qorinlari to‘yganda to‘xtatadi.

Ularga kurashishda qarqunoqdagi kabi usulni qo‘llaymiz, ya’ni uyalarini vayron qilib, qo‘rqitib haydash lo­zim.

Kurkinak – bu asalarichilikka kat­ta zarar keltiradigan, chiroyli uzun­ligi 26 sm li qush. Tanasi va dumi ko‘k-yashil, bo‘yni sariq beli qizg‘ish rangda bo‘ladi. Bu qushlar arizor atrofiga joylashib, uchish vaqtida asalarini ushlab yeydi. Ular bir necha kunda bir arizorni quritishi mumkin.

Kurashish choralari: qushlarning uyasi ichiga oltingugurt solish va uyaga kirish yo‘lini to‘sib qo‘yish kerak.

Qovoq ari – arilar ichida eng yirigi bo‘lib uzunligi 25-30 mm bo‘ladi. Qovoq arilar daraxt kovaklarida yoki tom tagiga kul rangli maxsus qog‘ozsifat in quradilar. Kuzda asalarilar gujga (qishki to‘plam) to‘planganlarida qovoq arilar asalari uyasiga kirib asalini yeb, ularning ko‘p qismini nobud qiladi.

Qovoq arilar bilan kurashda – ularning uyasini vayron qilib, urg‘ochi qovoq arini o‘ldirish kerak. Undan tashqari arizorga sharob sirkasi qo‘yilgan shisha idish quyilsa, uning hidi qovoq arilarni o‘ziga rom etadi. Shisha ichiga tushgan qovoq arilar sharob sirkasida cho‘kib ketadi. Bunday shisha idishni arizorga asala­rilar uchishi to‘xtaganidan keyin qo‘yish kerak. Ertalab asalarilar uchishi oldidan shisha idishini olib qo‘yish kerak. Uning uyasini vayron qilganda ehtiyot bo‘lish kerak chunki 10 ta qovoq ari chaqsa odam o‘lishi mumkin.

Filant boshi katta o‘zi kichikroq ari bo‘lib, uzunligi 16 mm. Yakka tarzda hayot kechiradi. Arining urg‘ochisi asalarini o‘ldirib, yotqizadi va qornini ezib jig‘ildonidan chiqqari asal va gul­shira bilan oziqlanadi. Arining erkagi asalarilarga zarar etkazmaydi, faqat gulshira bilan oziqlanadi. Filant – asal arini faqat asali uchun nobud qiladi, asalini surib olganidan keyin tanachasini tashlab yuboradi. Bu arilarga qarshi kurashda ularning topilgan uyasini zaharli moddalar, ya’ni geksaxloran, DTT va boshqa zaharli moddalar bilan dorilash kerak.

 

Manba:  mirishkor.uz

Asal Bayrami 2023
Asal Bayrami 2023
Asal Bayrami 2023
Asal Bayrami 2023
Asal Bayrami 2023
Asal Bayrami 2023
Asal Bayrami 2023
Asal Bayrami 2023
Asal Festivali Namangan
Asal Festivali Namangan
Uyushma binosining ochilish marosimi
Uyushma binosining ochilish marosimi
Uyushma binosining ochilish marosimi
Uyushma binosining ochilish marosimi
Farg'onaga tashrif
Farg'onaga tashrif
Asal Bayrami 2023
Asal Bayrami 2023
Bizning hamkorlar
The Food and Agriculture Organization
The Food and Agriculture Organization
ALOQALIZING
ALOQALIZING
Savollar bormi?
Savollaringizga javob berishga tayyormiz. 
Fayl yuklash:
maksimal: 1
Manzili:
O'zbekiston, Toshkent, Navoiy ko'chasi 40