Адрес:
O'zbekiston, Toshkent, Navoiy ko'chasi 40
`$site.phones[0].num_title`
Asalari - hakim dastyori, dexqon - hamkori, hosil - madori !!!

BAHORGI ISHLAR

BAHORGI ISHLAR

bahor

Asalari oilasiga bahorgi ishlov berish

Bahor fasli asalari oilalanrini parvarish qilish uchun asosiy ishlar qilinadigan mavsmn bo’lib hisoblanadi. Bahor faslida asalari oilalarida quyidagi ishlar amalga oshiriladi:

  1. ari uyasini umumiy tekshirish, ko'zdan kechirish;
  2. uyaning taglik qismi va ichki hajmini dog' va chiqindilardan tozalash;
  3. uya romlarini dezinfeksiya qilish;
  4. bahorgi taftish o’tkazish;
  5. uyaning ichki hajmini kengaytirish,
  6. arilarni shakar sharbati bilan boqish;
  7. qishlab chiqqan arilarni almashtirish

Ari oilasining bahorgi rivojlanishida 3 ta o’ziga xos davrni ko’rish mumkin:

Qishlab chiqqan arilarning o’rnini almshish davri.

Ari oilasining jadal rivojlanish davri.

Ko'p sonli ishsiz qolgan yosh arilarning to’planib qolgan davri.

Birinchi davr. Ona ari tuxum qo‘yishni boshlagan vaqtdan boshlab 1 oycha vaqt otgach qishlab chiqqan arilarning o'rin al­mashish davri bo’ladi, bu davr arilarning jadal ishlash davrigacha cho'ziladi. Mana shu davr ichida qishlab chiqqan qari arilar o'lib, ularning o’rnini bahorda yetishtirilgan yosh arilar egallaydi. Ona ari tuxum qoyishni janubiy viloyatlarda bahor oyining boshlarida, ya'ni fevral oyining birinchi 10 kunligida boshlaydi. Dastlabki kunlari ona ari sutkasiga 40-80 ta, keyin esa 100-120 ta tuxum qo’ya boshlaydi. Birinchi bahorgi uchishini o'tkazib orqa ichaklarida qishlash davomida to’planib qolgan axlatlarni bo'shatganidan keyin, ona arining tuxum qoyishi bir necha marotaba ortadi.

Qishlashga yaxshi sharoit yaratilgan bo’lsa, arilarning faol harakat qilish davridan 3 hafta o’tgach, oiladagi arilar som 10 % gacha kamayib, hamma qari arilar o’lib ketadi, ularning o’rnini bosadigan yosh arilar hali inchalaridan chiqmagan bo'ladi. Keyin yetishib chiqayotgani yosh arilar soniga o'lib borayotgan arilar soni tenglashib, oilada o’sish to'xtab muvozanat holati yuzaga keladi va nihoyat, tug’ilayotgan arilar soni o’layotgan arilardan ortib oila rivojlanib ko’paya boshlaydi.

Ari oilasining o'sishi birinchi davrda juda sezilarli bo’lib, sifat tomonga o’zganb boradi. Bu davrda bitta qishlab chiqqan ari bitta lichintani boqishga qurbi yetsa, bahorda yetishtirilgani yangi yosh arining bittasi bir nechta, ya'ni torttagacha lichinkani boqa oladi. Shundan ko'rinib turibdiki, birinchi davrda ari oilasi keyingi davrda tez rivojlanish va o’sish uchun tayyorgarlik ko’radi. Qishlab chiqqan arilar ikkinchi va uchinchi davrda yetishtirilgan arilarga qaraganda o'zlarining xususiyatlarini kam saqlaydilar. Shuning uchun bundan kuchsiz ari oilalari o’z uyalarini tashlab, boshqa uyalardagi kuchli oilalarga qo’shilib oladilar. Bundan tashqari, ona arisi yo’q oilalar boshqa oila ona arisini juda yaxshi qabul qiladi hamda ikkita oila bir-biriga qo’shilganida ham o'zlarini yaxshi tutadilar.

Ikkinchi davr. Bu davr ari oilasining jadal rivojlainshi bilan xarakterlanadi. Rivojlanayotgan boquvchi arilar bilan yetilayotgan lichinkalar o’rtasida o'zaro aloqa bo‘lib, ona ari lichinkalarni boquvchi arilar soniga qarab tuxum qo'yadi. Oilada boquvchi yosh arilar soni ko'payishi bilan, ona arining tuxum qo'yishi ham ortib boradi.

Ikkinchi davrda oilada qari arilarning o’lib borishi uncha ko’p bo’lmay, o’rta hisobda ona arining 56-66 kun avval qo'ygan tuxumlari soniga tenglashadi (21 kun - ishchi arini yetishtirish kuni, arilarning yozda yashash kuni – 35-45 kun; jami 21 + 35 = 56 kun; 21 + 45 = 66 kun) Ari oilasining ikkinchi davrda rivojlanishi, osish tezligi oilani tashkil qiluvchi arilarning sifatiga ham bog’liq bo’lib, qishda muvaffaqiyatsiz qishlab chiqqan ari oilasining rivojlanishi sutkasiga 3-5 % dan oshmaydi, yaxshi qishlab chiqqan kuchli ari oilasiniki esa 10-14 % ga yetadi

Ikkinchi davrning necha kun davom etishi ari oilasining o’sish kuchi va rivojlanishiga bog'liq bo’lib, oila qancha kuchsiz bo’lsa, u shuncha uzoq rivojlanadi va aksincha.

Uchinchi davr. Ari oilasida 2-2,5 kg asalari yetishtirilgandan keyingina uchinchi davr boshlanadi. Bu davr ishsiz yosh arilarning to’plagan davri deb ataladi. Bu davr ari oilasining arilari 2,5-4 kg ga yetguncha cho'ziladi.

Uchinchi davrda ona arining tuxum qo’yishi ko'payadi, ammo bu ko'payishda baribir yetishtirilayotgan yosh arilar sonidan lichinkalarining soni kam bo'ladi, ya'ni boquvchi arilar bilan ona ari qo’yayotgan tuxumlar soni o'rtasida sezilarli uzilish bo‘ladi. Oila qancha kuchli bo’lsa, ona ari ozining vazniga nisbatan shuncha kam lichinkalar yetishtiradi.

Qna ari sutkasiga 2000 tagacha tuxum qo'ysa, bir dona tuxum qo’yish uchun o'rta hisobda 43 sekund sarflaydi. U ko’p vaqtini bo’sh, tozalangan inchalarni qidirishga ketkazadi. Yetishib chiqayotgan yosh arilar o'lib borayotgan qari arilarga nisbatan bir oz ko’proq bo’lib, oila sekin rivojlanadi. Oila qanchalik kuchli bo’lsa, u shunchalik sekin rivojlanib o‘sadi. Kuchli ari oilalari uzoq rivojlanganida 1 sutkada yetishtirilgan yosh arilar soni sutkasiga o’lib borayotgan qari arilar soniga teng bo’lib, oilaning rivojlanishi va osishi to‘xtaydi. Bu davrda qari arilaring kamayib borishi tabiatdan kelayotgan sharbatning miqdoriga bog'liq bo’lib, agarda sharbat ko’p kelsa, arilar tez qarib, tez o’la boshlaydi va aksincha, sharbat kam kelsa, arilar uyada ish bajarmay o'tiradi hamda ularning yashash vaqti bir oz cho’ziladi. Shunday qilib, ona ari qo’yayotgan tuxumlar soni bilan boquvchi arilar soni o'rtasida tafovut paydo bo’lib, oilada yosh ishchi arilarning keragidan ortiqchasi ishsiz qoladi. Uchinchi davrda tabiatdan sharbat kelmaganligi uchun ham arilar ish bilan ta’minlanmaydi. Oilada quyidagi o'zganshlar yuzaga keladi:

Oiladagi ishchi arilarning o’rtacha yashash vaqti cho’zilib, ko'p sonli yosh arilar to’planib, oilaning kuchi bir oz ortib boradi;

Oilada arilar tanasining fiziologik qarishi susayishi natijasida oila arilari yosharadi, oila arilari o’z tanasida yashash va ishlash uchun kuch va foydali oziq birliklarini to’playdi.

Manba:  mirishkor.uz 

Farg`onaga tashrif
Farg`onaga tashrif
Uyushma binosining ochilish marosimi
Uyushma binosining ochilish marosimi
Farg'onaga tashrif
Farg'onaga tashrif
Uyushma binosining ochilish marosimi
Uyushma binosining ochilish marosimi
Bizning hamkorlar
The Food and Agriculture Organization
The Food and Agriculture Organization
ALOQALIZING
ALOQALIZING
Savollar bormi?
Savollaringizga javob berishga tayyormiz. 
Fayl yuklash:
maksimal: 1
Manzili:
O'zbekiston, Toshkent, Navoiy ko'chasi 40