Адрес:
O'zbekiston, Toshkent, Navoiy ko'chasi 40
`$site.phones[0].num_title`
Asalari - hakim dastyori, dexqon - hamkori, hosil - madori !!!
Hurmatli asalarichilar va saytimiz mehmonlari, Siz saytimizdan "Asalarichilik ensiklopediyasi" va "Arizor.uz" axborot almashish tizimi mobil ilovalarini yuklab olishingiz mumkin

OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI UCHUN PRESS-RELIZ.

« Back

OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI UCHUN PRESS-RELIZ. 03.12.2021 00:00

PRESS-RELIZ

O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, AT "Aloqabank" va O‘zbekiston asalarichilari uyushmasi tomonidan "Asal Bayrami" va asalarichilik mahsulotlarining ko‘rgazma-yarmarkasini o‘tkazish to‘g‘risida

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 6 oktyabrdagi “Respublikada asalarichilikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3327-sonli qarori ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar natijasida asalarichilik sohasi yildan yilga rivojlanib ijobiy ko‘rsatkichlarga erishib kelinmoqda.

Sohada erishilgan yutuqlarni namoyish etish, asalarichilar o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish, yangi, zamonaviy texnologiyalar hamda xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribalarini o‘rgatish va ishlab chiqarishga joriy etish, aholiga sifatli asal hamda asalari mahsulotlarini arzon narxlarda yetkazib berish maqsadida 2021 yilning 1-10 dekabr kunlari Toshkent shahridagi "Anhor-Lokomativ” bog‘i hududida to‘rtinchi marta "Asal bayrami" va asalarichilik mahsulotlari ko‘rgazma yarmarkasi o‘tkaziladi.

"Asal bayrami" va asalarichilik mahsulotlari ko‘rgazma yarmarkasi doirasida respublikamizning barcha viloyatlaridan 400 dan ortiq asalarichilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi sub’ektlar va sohaning  2000 ga yaqin ilg‘or vakillari ishtirok etishi rejalashtirilgan.

O‘zbekiston Asalarichilari uyushmasi Prezidentimizning 2017 yil 16 oktyabrdagi “Respublikada asalarichilikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3327-sonli qaroriga asosan 2018 yilda tashkil etilgan bo‘lib, qo‘yidagilar uning asosiy yo‘nalishlari va vazifalari etib:

  - asalarichilik tarmog‘ini rivojlantirishga qaratilgan normativ-huquqiy bazani ishlab chiqishda ishtirok etish;

- asalarichilik tarmog‘ini rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishni muvofiqlashtirish, yagona ilmiy-texnika, texnologik, investitsiya va eksport siyosatini amalga oshirishni muvofiqlashtirish;

- asalari kasalliklarining oldini olish, davolash va tashxis qo‘yish bo‘yicha zamonaviy va ilg‘or usullarni joriy etish ishlariga ko‘maklashish;

- oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, shu jumladan xorijiy muassasalarda asalarichilik tarmog‘iga kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlarini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirishda ishtirok etish;

- asalarilarning ozuqa bazasini mustahkamlash va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish;

- asalarichilik sohasida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish va muvofiqlashtirish;

- qishloq xo‘jalik ekinlari va mevali bog‘larni asalarilar bilan changlatish tadbirlarini tashkil etishda asalarichilik sub’ektlariga yordam ko‘rsatish;

- asalarichilik mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va eksport qilish bilan shug‘ullanuvchi sub’ektlarni qo‘llab-quvvatlash;

- asalarichilik sub’ektlari rahbarlari, uyushmaning xodim va mutaxassislarini sohaga oid bilimlarini oshirish bo‘yicha, o‘qishlar, ko‘rgazma hamda seminarlarni tashkillashtirish;

- uyushma a’zolari faoliyatiga va taraqqiyotiga to‘siq bo‘layotgan muammolarni aniqlash, tahlil qilish, ularni bartaraf qilish bo‘yicha vakolatli organlarga takliflar tayyorlash hamda o‘z vakolati doirasida tadbirlarni amalga oshirish;

- uyushma a’zolarining iqtisodiy rivojlanishiga, jumladan, asalarilar orqali (changlatish) agrotexnika usulini keng qullash, ular tomonidan yetishtirilayotgan, qayta ishlanayotgan hamda eksport qilinayotgan mahsulotlar, ko‘rsatilayotgan xizmatlarning turi va sifatini oshirishga, ushbu mahsulotlar va xizmatlarning iste’molchilarga tarqatilishiga har tomonlama ko‘maklashish;

- uyushma a’zolariga mahsulotlarni sotish, eksport qilish, bojxona rasmiylashtiruvlari va boshqa yo‘nalishlarda nazariy va amaliy yordam berish;

- uyushma a’zolarining boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar bilan, jumladan, xorijiy hamkorlar bilan o‘zaro iqtisodiy aloqalar o‘rnatishlarida hamda ushbu alokalarning rivojlanishida ko‘maklashish belgilangan.

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida hududiy asalarichilar uyushmalari tashkil etilgan bo‘lib, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar barcha asalarichilik sub’ektlarini birlashtirish va mavjud muammolarini hal etish masalalarini muvofiqlashtirib kelmoqda.

O‘zbekiston asalarichilar uyushmasi 2018 yildan buyon Apimondiya Xalqaro asalarichilik uyushmalari federatsiyasining a’zosi bo‘lib, bu dunyo asalarichilik tajribasida mavjud tajribadan foydalanish va respublikaning asalarichilik xo‘jaligini jadal sur’atlarda rivojlantirish, ilg‘or davlatlar tajribasidan foydalanish, qishloq xo‘jaligida asalarichilik sanoatining asosiy yo‘nalishi - "changlatish" agrotexnikasini qo‘llash hisobiga qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligini sezilarli darajada oshirish va mamlakat oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlashda muhim hissa qo‘shmoqda.

Bugungi kunda sohani malakali kadrlar bilan ta’minlash maqsadida, Toshkent davlat Agrar Universiteti, Farg‘ona davlat universiteti va Samarqand veterinariya meditsinasi institutlarida "asalarichi-zootexnik" mutaxassisligi bo‘yicha oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlab kelinmoqda.

 Ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash va talabalar almashish maqsadida Rossiya, Isroil hamda Ukrainaning ilmiy va o‘quv muassasalari bilan gorizontal aloqalar o‘rnatildi.

O‘zbekiston asalarichilari uyushmasi va AT "Aloqabank" ta’sischiligida “Aloqalizing” lizing kompaniyasi tashkil etildi. Tijorat banklarining krediti va lizing kompaniyaning o‘z mablag‘lari hisobidan lizing asosida asalarichilik uchun zarur uskunalar va inventarlar, asalari uyalari ishlab chiqarish texnologik liniyalari, asal qadoqlash uskunalarini lizing asosida yetkazib berish yo‘lga qo‘yildi.

Asalarichilik sohasini tartibga soluvchi qo‘yidagi me’yoriy hujjatlar ishlab chiqildi:

O‘zbekiston Respublikasida asalarilarni tashish va joylashtirish tartibi - unga muvofiq asal yig‘ish davrida uyushmalarning talabiga binoan asalarichilik sub’ektlari - uyushma a’zolari, o‘rmon fondi yerlaridan, tog va tog‘ oldi zonalar, tabiiy yaylovlar, shuningdek qishloq xo‘jaligi yerlari, qo‘riqlanadigan tabiiy hududlardan bepul foydalanishi belgilandi.

Asalarilarni parvarish qilishning veterinariya-sanitariya qoidalari - asalarilar kasalliklarining oldini olish va davolash bo‘yicha veterinariya xizmatining talablari belgilandi.

O‘zbekiston Respublikasida asalarilarni boqish va ko‘paytirish tartibi - asalarilarga egalik qiluvchi (ulardan foydalanadigan) yuridik va jismoniy shaxslar uchun asalarilarni boqish, ko‘paytirish, saqlash sharoitlariga qo‘yiladigan talablar, ulardan qishloq xo‘jaligi va entomofil o‘simliklarni changlatishda foydalanish va asalarichilik mahsulotlari olish bo‘yicha tartib belgilandi.

Organik asalarichilik mahsulotlarini ishlab chiqarish qoidalari - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 oktyabrdagi PQ-4477-sonli "2019-2030 yillarda O‘zbekiston Respublikasining yashil iqtisodiyotga o‘tish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida" gi qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning "Chorvachilik sohasini yanada rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi (2019 yil 18 martdagi PQ-4243-sonli) qaroriga muvofiq, asalarilarni qo‘shni mamlakatlarga vaqtincha olib chiqish hisobiga yig‘ilgan asalni respublikamiz xududiga bojsiz olib kirishga ruxsat berildi.

O‘zbekiston asalarichilar uyushmasi tashabbusi bilan 10 mingdan ortiq asalarichilar oilalari bahorgi-yozgi davrda Qirg‘iziston tog‘lariga vaqtinchalik olib chiqish rejimida olib chiqildi va asalarilarimiz tomonidan qo‘shimcha 520 tonna tog‘ asali imtiyozli asosda olib kirildi.

 “Asalni qalbakilashtirganlik uchun jazo qo‘llash bo‘yicha” Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 178-moddasiga tegishli o‘zgartirish kiritildi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotining (FAO BMT) "Asalarichilikni barqaror rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash" loyihasi bo‘yicha 350 ming AQSh dollari miqdorida grant ajratildi.

 Ushbu maablag‘lar hisobiga:

- Respublikamizdagi asalarichi mutaxassislarning malakasini oshirish uchun xorijiy davlatlardan olimlar olib kelish

- asalarichilik bo‘yicha 7 turdagi kitoblar nashr etish;

- qishloq xo‘jalik ekinlarni kimyoviy ishlov berish vaqtida asalarichilik sub’ektlarini mobil aloqa vositalari orqali (onlayn) ogohlantirish bo‘yicha dastur ishlab chiqildi;

- asalni sifatini tahlili qiladigan o‘quv-laboratoriya uskunalarini olib kelish;

- asalarichilikka oid video va hujjatli filmlar tayyorlash ishlari olib borilmoqda.

Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish maqsadida asalarilar bilan changlatish agrotexnikasini joriy etish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.

Misol uchun, Samarqand viloyatining Jomboy va Bulung‘ur tumanlaridagi 1,5 ming gektar maydonga ekilgan mevali bog‘lar shartnoma asosida pul to‘lash hisobiga asalarilar bilan changlatish agrotexnikasi amalga oshirildi. Asalarilar bilan changlatish evaziga mazkur mevali bog‘ning hosildorligi ekilgan mevali daraxtning turiga qarab 2 barobardan 5 barobargacha oshdi. Jumladan, mazkur bog‘ning gilos ekilgan 90 gektar maydonini changlatish uchun 80 mln. so‘m sarflash evaziga 2,0 mln. AQSh dollari miqdorida qo‘shimcha hosil olishga erishildi.

Respublikamizdagi ko‘plab paxtakorlarning ta’kidlashicha, asalarilar paxta dalalariga joylashtirilganida, g‘uza gullarining to‘qilishi ikki baravar kamayadi, ko‘chatlardagi ko‘saklar soni 43% ga ortadi, 1 ta ko‘sakdagi paxta tolasining vazni 12,8% ga va hosildorlik sezilarli darajada oshadi.

Naslchilik ishlarini takomillashtirish bo‘yicha rejali ishlar olib borilmoqda, Farg‘ona viloyatida “Karpat” zoti va “Karnika” zotlari uchun himoyalangan urchitish punkti tashkil qilindi. 2021 yilda respublikada asalarilarning zotini yaxshilash maqsadida 1 mln. 100 ming dona ona-arilar mahalliy sharoitda asalarichilik xo‘jaliklarida yetishtirildi.

2021 yilda 311 ming donadan ortiq asalari paketlari Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston davlatlariga eksport qilindi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 28 foizga ko‘p bo‘ldi. (2020 yilda 243 ming dona asalari paketlari eksport qilingan).

So‘nggi uch yil ichida mum va mumni qayta ishlash sexlari soni 5 tadan 18 tagacha ko‘paytirildi, bu asosan respublika ehtiyojlarini qondirishga imkon beradi.

2021 yilda asalari boqish istagida bo‘lgan 11 mingdan ortiq aholi xonadonlarga 260 mlrd. so‘m miqdorida tijorat banklarining imtiyozli kredit mablag‘lari ajratish hisobiga ularning bandligi va daromad olish manbalari shakllantirildi.

Asalarichilik sohasida amalga oshirilgan samarali tadbirlar natijasida asalarichilik bilan shug‘ullanayotgan sub’ektlarda parvarish qilinayotgan asalari oilalari soni 1 mln. 100 mingtaga yetkazilib, bu o‘tgan yilga nisbatan (907 ming dona) 21% ga yoki 193 ming  donaga oshdi.

Buning natijasida 2021 yilda 25 ming tonnadan ortiq asal yetishtirilib, bu o‘tgan yilga nisbatan (21 ming 410 tonna) 17% ga yoki 3ming 600 tonnaga oshdi.

Asalarichilikni rivojlantirish bo‘yicha Prezidentimizning qarorida belgilangan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi - sohaning vertikal boshqaruv tizimini tashkil etish, uning barqaror rivojlanishi, yangi ish o‘rinlarini yaratish, asalarichilikni sanoat usuliga o‘tkazish, asalarichilik madaniyatini tubdan yaxshilash, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish orqali asal yetishtirishni ko‘paytirish va tannarxini pasaytirish, respublika aholisining sifatli asalarichilik mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, eksport salohiyatini oshirish imkonini beradi.

Bugungi kunda tashkil etilayotgan "Asal Bayrami" va asalarichilik mahsulotlarining ko‘rgazma-yarmarkasi doirasida quyidagi tadbirlar o‘tkaziladi:

- barcha turdagi  asal va asalarichilik mahsulotlarining ko‘rgazmasi va savdosi;

- asalarichilik sohasida ishlatiladigan veterinariya dori vositalari, inventarlar va uskunalar ko‘rgazmasi;

- ilmiy va amaliy seminarlar, mahorat darslari, asalarichilar o‘rtasida tajriba almashish;

- Asal bayramiga qiziqish bildirgan Ukraina, Rossiya Federatsiyasi,  Dog‘ison, Checheniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Izroil mamlakatlaridan tashrif buyurgan mutaxassislar, olimlar va asalarichilarining ishtiroki ta’minlanadi;

- 13 nominatsiya bo‘yicha tanlovlar o‘tkaziladi.

Respublikaning turli mintaqalaridan kelgan "Asal Bayrami" va asalarichilik mahsulotlarining ko‘rgazma-yarmarkasini  ishtirokchilari uchun “Anhor-lokomotiv” bog‘i xududidan maxsus pavilonlar ajratilgan bo‘lib, u yerda nafaqat mahsulotni namoyish etish, balki o‘z mahsulotlarini keng jamoatchilik va poytaxt mehmonlariga sotish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Ishtirokchilar va ularning vakillari 2-9-dekabrgacha bo‘lib o‘tadigan asalarichilikning dolzarb masalalari bo‘yicha ilmiy-amaliy seminarlarda ishtirok etishlari mumkin. Seminarlar ochiq muloqot tarzida tashkil etiladi, ma’ruzalar va master-klasslar shaklida olib boriladi.

Ilmiy va amaliy seminarlarda soha tadbirkorlari bilan bir qatorda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi va boshqa idora hamda tashkilotlar vakillari ishtirok etadilar.

"Asal bayrami" va ko‘rgazma-yarmarka doirasida o‘tkaziladigan tanlovlar qatnashchilari diplom va esdalik sovg‘alari, shuningdek maxsus sertifikatlar bilan taqdirlanishadi.

ПРЕСС-РЕЛИЗ АСАЛ БАЙРАМИ 2021

ПРЕСС-РЕЛИЗ РУС ПРАЗДНИК МЁДА 2021


Asal Bayrami 2023
Asal Bayrami 2023
Asal Bayrami 2023
Asal Bayrami 2023
Asal Bayrami 2023
Asal Bayrami 2023
Asal Bayrami 2023
Asal Bayrami 2023
Asal Festivali Namangan
Asal Festivali Namangan
Uyushma binosining ochilish marosimi
Uyushma binosining ochilish marosimi
Uyushma binosining ochilish marosimi
Uyushma binosining ochilish marosimi
Farg'onaga tashrif
Farg'onaga tashrif
Asal Bayrami 2023
Asal Bayrami 2023
Bizning hamkorlar
The Food and Agriculture Organization
The Food and Agriculture Organization
ALOQALIZING
ALOQALIZING
Savollar bormi?
Savollaringizga javob berishga tayyormiz. 
Fayl yuklash:
maksimal: 1
Manzili:
O'zbekiston, Toshkent, Navoiy ko'chasi 40