Адрес:
O'zbekiston, Toshkent, Yakkasaroy tumani Shota Rustavelli ko'cha, 8-uy
`$site.phones[0].num_title`
Asalari - hakim dastyori, dexqon - hamkori, hosil - madori !!!
UZ
RU UZ EN
Hurmatli asalarichilar va saytimiz mehmonlari, Siz saytimizdan "Asalarichilik ensiklopediyasi" va "Arizor.uz" axborot almashish tizimi mobil ilovalarini yuklab olishingiz mumkin

APITERAPIYA

ASALARI BILAN DAVOLAShGA KO’RSATMALAR:

photo_2019-03-31_11-03-39

1. Asab tizimi kasalliklari:
- Osteoxondroz ,og‘rikli ,radikulyar,kompression sindromlar bilan,
- diskogen radikulitlar (disk churrasi)
- nevrozlar,vegetonevrozlar
- vegeto-tomir distoniyasi (VSD)
- migren
- jinsiy zaiflik
- erkaklarda psixogen impotensiya
- depressiya
- uyku buzilishi
- bosh miya kon aylanishi buzilishining boshlangich davri
- yuz nervi nevriti
- uch shoxli nerv nevralgiyasi
- polinevritlar
- insultdan sunggi paralich va afaziyalar
2.Revmatizm va bugim kasalliklari:
- revmatoid artritlar
- birlamchi osteoartroz
- jaroxatdan keyingi artritlar
- poliartlar
- spondiloartritlar
- podagra
3.Kardiologiya:
- stenokardiya,aritmiya
- arterial gipertenziya I,II darajasida
4.qon- tomir kasalliklari:
- venalar varikoz kengayishi
5. Endokrinologiya:
- dismenoreya
- og'rikli xayz
- klimaks
- klimakterik nevrozlar
6.Zamonaviy kasalliklar:
- sotsial depressiya
- surunkali charchoq sindromi
- alkogol,nikotin,kofein va boshqa qaramlik
7.Urologiya:
- Erkaklardagi surunkali kasalliklar,prostatit,sistit,bepushtlik.


 

QARSHI KO’RSATMALAR:

Противопоказания


- Asalari zaxri va mahsulotlarini ko’tarolmaslik
- xomiladorlik
- oshkozon osti bezi kasalliklari (utkir davrida)
- buyrak parenximasiga bog‘liq kasalliklar
- qon kasallaklari,ya'ni qon ketishi bilan kechuvchi kasalliklar
- yomon sifatli o’smalar.

Davolanish davomida quyidagi mahsulotlar mumkin emas:
- achchik
- moshli,no’xatli mahsulotlar
- kofe,shokolad
- pista,bodom
- qazi,ot gushti mahsulotlari
-qulupnay,sitrus mevalar

*Saytda taqdim etilgan barcha ma'lumotlar axborot berish maqsadida bo'lib, hech qanday shartlarda ommaviy oferta emas. Tashrif buyuruvchilar ularni tibbiy tavsiyalar sifatida foydalanmasliklari kerak.  Tashxis qo'yish va davolanish usullarini tanlash sizning davolovchi shifokoringizning  huquqidir.

 

Qadim zamondan beri xalq tibbiyotida, insonni har xil kasalliklardan davolashda asalari zaxri, gulchangi, ona suti, mum va asal ishlatilgan. Asal qo‘shib tayyor­langan dori-darmonlarni odam organizmi yaxshi qabul qiladi. Asal bilan davolanish davrida shakar iste’mol qilishni to‘xtatish kerak.

Gulchangi muzlatkichda og‘zi berk idishda saqlanganida 6 oy ichida 30%, bir yildan keyin 50%, xususiyatini yo‘qotadi. Ikki yil saqlangan gulchangida foydali xususiyat qolmaydi. Asal 37° yuqori isitilsa, mikroblarga qarshi kurashish xususiyati, qaynatilganda esa barcha foydali xususiyatlarini yo‘qotadi.

1. Agar sizni yo‘tal bezovta qilayotgan bo‘lsa, quyidagi usulni qo‘llang:

O‘rtacha limonni olib, 10 daqiqa qaynatilsa, limon yumshoq bo‘lib, undan ancha sharbat siqib olsa bo‘ladi. Buning uchun limonni 2 ga bo‘lib sharbatini siqib olarniz. Siqib olingan sharbatni 200 g stakanga qo‘yib, 2 osh qoshiq glitserin qo‘shib, stakanni asal bilan to‘ldirib yaxshilab aralashtirish kerak. Tayyorlangan da­volash sharbatini qo‘llash me’yori: agar yo‘tal kam bo‘lsa, 1 kunda 1 choy qoshiqdan sharbat ichiladi. Agar yo‘tal kechasi bezovta qilsa, bir choy qoshiq sharbatni yotish oldidan va yana bir choy qoshiq sharbatni kechasi ichish zarur bo‘ladi.

Agar sizni kuchli yo‘tal bezovta qilsa:

Nonushta, tushlik kechki ovqatdan oldin va keyin; 1 oshqoshiqdan sharbatni kuniga 6 marta 6 oshqoshiq ichish kerak bo‘ladi. Yo‘tal pasaygan sari sharbat qabul qilishni kamaytirish kerak.

2. Shamollash va gripp kasalligida quyidagi yo‘l bilan davolanish yaxshi natija beradi:

a)       yaxshi yuvilgan turpni uchini kesib, ichini o‘yib chuqurlik yasash kerak. Yasalgan chuqurlikka 2 osh qoshiq suyuq asal qo‘yib, 4 soat saqlanadi. Turp suvi bilan aralashgan asalni har kuni ovqat oldidan 3 mahal osh qoshig‘ida kattalar, 3 choy qoshig‘ida bolalar qabul qilishi kerak

b)       ikki osh qoshiq o‘lchamida quruq malina mevasini 1 stakari qaynoq suvga solib, termosda 3 soat damlanadi. So‘ng suyuqlikni dokadan o‘tkazib, 2 osh qoshiq asal qo‘shib aralashmani yotish oldidan ichiladi;

v)       sarimsoq atalasini 1/1 asal bilan aralashtirib yotish oldidan 1 osh qoshig‘ida qabul qilib, so‘ng yarim stakari issiq suv ichib yuborish kerak

g)       nafas yo‘llari shamollaganda 100 g asalni 150 g qaynoq suvga solib 15 daqiqa chiqqari bug‘ida nafas olinadi. Shuningdek astma kasalligida asal bugidan nafas olishni 1 kunda 3-4 marta takrorlanadi.

3. Yo‘g‘on ichak kasalligida quyidagi usulni qo‘llang:

1 osh qoshiq asalni 1 stakari qaynatib sovutilgan iliq suvga aralashtirib ovqat iste’mol qilishdan oldin ichiladi. Davolash kursi 2 oy. Shuningdek bu usul organizmga kerak bo‘lgan vitaminlarni ham ta’minlab beradi.

4. Teri qo‘yganida yoki tuzalmagan yara chiqqanida quyidagi usulni qo‘llashingiz mumkin:

O‘simlik yog‘ini 1/1 asal bilan yaxshilab aralashtirib tayyorlangan malhamni shikastlangan joyga surib, ustidan doka bilan bog‘lab qo‘yiladi.

5. Soch tuqilishida quyidagi usul foydalidir:

Boshni yuvib bo‘lgandan so‘ng 20 g asalga 5 g sarimsoq aralashmasini yaxshilab soch ildiziga surtib 30-60 daqiqadan so‘ng iliq suvda yuvib tashlanadi. Bu muolajani soch to‘kilayotganda ishlatish lozim. Natijasi yanada yaxshiroq bo‘lishi uchun 1 osh qoshiq asal ham ichish kerak.

6. Oq dog‘larga qarshi quyidagi usuldan foydalansangiz bo‘ladi:

2 osh qoshiq kuritib tuyo‘lgan sariq choy (zveroboy) ni 1 stakari qaynatilgan suvga solib, buglangunga qadar qaynatiladi. Tayyor bo‘lgan qaynatmani kasallangan joyga yaxshilab surtiladi. Bu bilan bir vaqtda 1 osh qoshiq asalni qaynatilgan suvga aralashtirib 2-3 mahal iste’mol qilinadi.

7. Oshqozon og‘rigida ishlatish mumkin bo‘lgan usullardan biri:

Buning uchun 500 g asal, 500 ml otquloq (podorojnik) suvini 20 daqiqa past olovda qaynatiladi. Sovutib 1 osh qoshiqdan ovqatdan 30 daqiqa oldin bir kunda uch mahal iste’mol qilinadi.

8. Erkak ojizligida:

a) yangi sabzi sharbatini 1/1 asal bilan aralashtirib, bir kunda uch marta 50 ml ichiladi;

b) 200 g asal, 150 g maydalangan aloe barglarini 350 ml qizil sharobga aralashtirib, 5 kun muzlatkichda ushlab turiladi. So‘ng dokadan o‘tkazib, bir kunda 3 mahal 1 choy qoshiqdan ovqatdan bir soat oldin qabul qilinadi. Bir haftadan keyin hajmini 1 osh qoshiq miqdorida ko‘paytiriladi. Davolanish mudsati 1 oy. Keyin 10 kun o‘tgach yana takrorlash kerak.

9. Semizlikda:

1/1 asal bilan selderey sharbati aralashmasini bir kunda uch mahal ikki osh qoshig‘ida ichiladi.

10. Buyrak tosh kasalligida:

1/1 asal bilan turp suvini aralashtirib bir kunda 100 g ichish kerak.

11. Buyrakda qum bo‘lganida:

100 g zaytun yog‘i, 2 limon sharbatini 100 g asalga qo‘shib aralashtirib, bir kunda uch marta osh qoshiqda is­te’mol qilinadi. Davolash mudsati uch hafta.

12. Bachadon zaifligida:

1/1 asal, olma va piyoz sharbati tayyorlanib bir kunda uch marta osh qoshig‘ida ichiladi.

13. Asabiylashganda:

Qaynatilgan iliq 200 g sutga 20 g asalni aralashtirib uyqudan oldin ichiladi.

14. Organizmning qarishini sekinlashtirish uchun:

100 g asalga 1 g ona ari sutini aralashtirib iste’mol qilib turish kerak.

15. Upka kasalini (tuberkulyoz) davolashda:

100 g – asal, 100 g g‘oz yog‘i, 100 g sariyog‘, 15 g aloe shar­bati va 100 g kakao kukuni. Bu aralashmani 1 osh qoshiq hajmini bir stakari 30% asal suviga aralashtirib, bir kunda ikki marta ichiladi.

16. Oshqozon yarasini davolashda:

Oshqozon yarasi ko‘pincha qo‘rquv va noto‘g‘ri ovqatlanishdan kelib chiqadi. Davolashni boshlaganda, birinchi to‘rt kun ichida, ertalab nonushtadan bir soat oldin bir choy qoshiq asal, kunduzi ikki marta 1/3 sta­kari ovqatdan ikki soat oldin qabul qilish kerak. Beshinchi kuni ertalab nonushtadan ikki soat oldin 1/3 stakan, kunduzi ikki marta 1/3 stakari iste’mol qilish kerak. Davolash davri 1 oy.

17. Gipertonik kasalligida:

Gipertonik kasalligida asalni sabzavot sharbatlari bilan aralashtirib iste’mol qilishni tavsiya qilarniz. Bunday aralashmani qorong‘i, salqin joyda shisha idishda saqlash kerak. 1 stakari qizilcha, sabzi, turp, xren va bir dona limon sharbatini 1 stakari asalga aralashtirib, bir osh qoshiqdan kuniga uch marta ovqatdan bir soat ol­din iste’mol qilinadi.

18. O‘pka kasalligini davolashda:

Qizil beda gulidan damlangan 1 stakari choyga 20 g asal aralashtirib, 0,5 stakandan kuniga uch marta qabul qilish kerak.

Ona ari suti juda tuyimli va tez hazm bo‘ladigan keng biologik ta’sir etuvchi modda. U mikroorganizmlarni o‘sishini to‘xtatadi. Modda almashishiga yaxshi ta’sir qiladi, markaziy asab tizimini yaxshilaydi, charchoqni qoldiradi, bo‘y o‘sishini tezlatadi, ishtaha ochadi, kon bosimini normal holatga keltiradi, qonda temir moddasi, eritrotsitlar va gemoglabinni ko‘paytiradi. Xolesterinni kamaytiradi, yaralarni bitishini tezlashtiradi. Ona ari sutini qon bosim kamayganida, miya tomiri torayganda (ateroskleroz), ko‘krak qisishi (ste­nokardiya) va boshqa kasalliklarda qo‘llashni tavsiya qilarniz.

Ona ari sutining xususiyatlari:

Uyqu, ishtaxa, xotira yaxshilanadi, mehnatga qobiliyat oshadi. Ateroskleroz kasalida qulay davolash usullaridan biri hisoblanadi. Infeksiyalarga qarshiliq kuchayadi.

Oziq-ovqatni uzlashtirishni ferment almashuvini faollashtiradi. Tuqimalarning nafas olishini yaxshilaydi, chidamlilikni oshiradi. Tomirlarni vegetativ tizimini tartibga soladi. Parasimpatik bo‘limini qo‘zg‘atadi va adrenalin ajratishini kuchaytiradi.

Asab tizimini yaxshilab, miyaning glyukoza va kislo­rod o‘zlashtirishini kuchaytiradi. Allergik reaksiyalarni oldini oladi.

Arterial bosimni normallashtiradi. Hayvonlarning kon tomiriga ona ari suti berilsa, arteriya bosimini bir zumda tushiradi.

Qon tarkibini oqsil sintezini normallashtiradi. Ilikning funksiyasini yaxshilaydi.

Organizmda sintezni kuchaytiradi, bu esa o‘sishni va vaznning rivojlanishini tezlashtiradi.

Jinsiy quvvatni oshiradi, bepushtlik va jinsiy ojizlikni davolaydi. Buyrak osti bezlari faolligini kuchaytiradi.

Spetsifik immunitetni kuchaytiradi. Charchoqni yozib yuboradi.

Umumiy va hayotiy faollik ko‘tariladi. Yurak faoliyatini, kayfiyatni yaxshilaydi. Emizikli ayollarning sutini ko‘paytiradi.

Organizm almashuv protsessida chiqindilar yo‘qolishini yaxshilaydi, bu esa qarilikning oldini oladi. Organizmni yoshartirish uchun har kuni bir gramm ona sutini til tagiga qabul qilish kerak.

1. Oshqozon yarasini davolash uchun 1 g ona ari sutini 100 g asalga aralashtirib har kuni uch mahal ovqatdan oldin 1 choy qoshiqdan ichiladi.

2. Bitishi qiyin bo‘lgan yaralar, teri kuyganida:

Ona ari sutini asalga aralashtirib, dokaga surtib, yaraga bog‘lanadi. Yana spirtga aralashtirilganini ham ishlatsa bo‘ladi.

3. Milk og‘riganda:

Ona ari sutini spirtga aralashtirib 10% nastoykasi bilan og‘izni chayish kerak. Ona ari sutini qabul qilganida 20 daqiqa o‘ng tomonga yotib turiladi.

4. Zamburug‘ga qarshi:

Ikki baravar ona ari sutini asalga aralashtirib surtib qo‘yish kerak.

Ichiga qabul qilish uchun ona sutini asal bilan 1/5 aralashmasini iste’mol qilinadi.

5. Yosh bolalarning terisi bichilganida:

Ona ari sutini spirt bilan tayyorlangan aralashmasi bilan artish kerak. Agar noxushlik sezilsa aralashmaga ikki baravar suv qo‘shiladi.

Gulchangi va perga yurak kasalligiga qarshi qo‘llaniladi. Ularning uzini qabul qilish va asal bilan iste’mol qilishi qon-tomir, yurak kasalliklarida, qon bosimi oshishida, konda xolesterin miqdorini pasayishida, ovqatni hazm qilishda yaxshi natija beradi. Gulchangi va perga ichakdagi mikroorganizmlarni o‘sishini to‘xtatadi va muntazam ravishda ushlab turadi. Ular gastrit, ich ketishi va ich qotishiga qarshi foydalidir. Gulchangi va perga oshqozon va ichak yara kasalliklari davolanishida ishpatiladi. Klinik tajribada maz shaklida gulchangi na perga ko‘p yillar mobaynida ishlatib kelingan. Gul­changi va perga saraton va o‘sma kasalliklarida boshqa dorilar bilan birgalikda ishlatilganda samarali nati­ja beradi.

1. Qon bosimi baland bo‘lganida gulchangi iste’mol qilish yaxshi natija beradi.

Buning uchun gulchangi 1/1 asal bilan aralashtirilib, kuniga 1 choy qoshiqdan uch marta och qoringa qabul qilinadi. Davolanish muddati 3 hafta.

2. Qorin og‘rig‘i kasalligida:

Ich o‘tganda va qotganda kuniga 1/3 choy qoshig‘ida uch marta ichiladi. Davolash davri 1 oy.

Gulchangidan davolash aralashmasini tayyorlash:

a) 60 g gulchangini, 300 g suyuq asal bilan aralashtirib, 7 kun saqlanadi, keyin har kuni ikki marta ovqatdan oldin 1 osh qoshig‘ida iste’mol qilinadi.

b) 6 g gulchangi, 230 g asal 1 litr sovuq suvda aralashtirilib sharbat tayyorlanadi. Buning uchun 1 litr sovuq suvga 230 g asal solib, yaxshilab aralashtirish vaqtida gulchangi solib turiladi. Tayyorlangan aralashmani 5 kun o‘tgach, har kuni ovqat oldidan 150 g iste’mol qilish kerak. Aralashma 6-7 kunga yetadi, keyin yangi tayyorlanadi.

3. Soch to‘kilishini davolash:

200 g gulchangini 100 g suvga bitta tuxum sarig‘i bilan aralashtirib, boshga 15 daqiqa surtib qo‘yiladi. Keyin iliq suv bilan yuvib tashlanadi.

4. Mijoz sustligi, asab buzilishi depressiya, prostata bezi kasalligi, qandli diabet kasalliklarini davolash:

32 g gulchangi tabiiy holatida bir kunda ikki marta, gulchangi ikki oy davomida qabul qilinadi. Kasallikning oldini olish uchun har kuni ikki marta 20 g gulchan­gi iste’mol qilish kerak.

5. Jigar og‘rig‘ida:

Bir choy qoshiq gulchangini bir osh qoshiq asal bilan aralashtirib nonushtadan keyin iste’mol qilish kerak. Davolanish muddati 1,5 oy.

Mum bilan asal aralashmasi yaraga, yiringlagan yaraga, shishgan joyga quyilsa uni bitishini tezlashtiradi. Buning uchun mumni eritib, 3/2 kungaboqar yog‘i qo‘shib bu aralashmani shikastlangan joyga qo‘yib, doka bilan bog‘lanadi.

Propolis – ko‘p kasalliklarni davolashda katta ahamiyatga ega. Propolis bezarar bo‘lib, u kimyoterapiyadan ham yaxshiroq natija beradi. Propolis boshqa dorivor giyoxlar bilan qo‘llanganda yaxshi natija beradi. Propolisning xususiyatlari ko‘payadi va sun’iy dorilarga xos bo‘lgan nojuya ta’sir qilish kamayadi. Qadim zamonlardan beri inson propolisdan tabiiy holatida foydalangan. Uni asalarilar daraxt tani va qo‘rtaklaridan yigib olib, unga so‘lak bezlari, mum va gulchangini qo‘shib propolis tayyorlaydi.

Davolash uchun propolisdan (nastoyka) tayyorlash

1. 10% nastoyka propolisini tayyorlash uchun 10 g propolisni maydalab, elakdan o‘tkazib, qoramtir shisha idishga solib ustidan 100 ml 70% spirt qo‘yib, qapqog‘ini yopib, 10 sutka xona haroratida aralashtirib saqlash kerak. Keyin nastoykani 12 soat muzlatkichda ushlab, dokadan o‘tkaziladi. Bu nastoykani quloq shamollaganda, o‘simlik yog‘i bilan aralashtirib tana darajasigacha isitilib, bir kunda uch tomchidan bolalarga, kattalarga 10 tomchidan tomiziladi.

2. 30% propolisni tayyorlash uchun 30 g tozalangan propolisni shisha idishiga qo‘yiladi, 100 ml 96% li spirt bilan aralashtirib, 7 kun davomida xona haroratidagi joyda saqlash kerak va vaqti-vaqti bilan shisha idishini chayqatib turiladi. Keyin dokadan o‘tkazib, qattiq yopib qo‘yiladi. Nastoyka antiseptik shamollashga qarshi, og‘riqsiz va tez tuzatadigan moddalarga boy bo‘ladi. Ichki va tashqi holatda qo‘llash mumkin. Ichki qo‘llash ku­niga uch mahaldan 10-15 tomchidan pilivitaminlar bilan qo‘shib ichish kerak. Davolanish muddati 3-4 hafta. Zarurat tug‘ilganida davolanish kursi 15-30 kunlik tanaffusdan so‘ng davom ettiriladi.

3. 100% propolis tayyorlash uchun 100 g maydalangan va tozalangan propolisni olib qoramtir shisha idishiga solib, 100 ml 96% li spirt bilan aralashtirib 3-7 kun davomida xona haroratidagi joyda saqlab, vaqti-vaqti bilan shisha idishni chayqatib turish kerak. So‘nga, do­kadan o‘tkazib, muzlatkichda saqlanadi. Bu aralashmani keyinchalik maz tayyorlashda ham ishlatish mumkin.

Kasallikning oldini olish uchun propolis suvini tayyorlash

Spirt aralashmali propolisni distirlangan suv bilan 8 nisbatda qo‘shib, shisha idishiga solinadi. Shisha idishini 800 ml suvga solib 20 daqiqa isitiladi. Ara­lashmani dokadan o‘tkazib, muzlatkichda saqlanadi. Qabul qilish miqdori – ovqatdan bir soat oldin 30 ml dan 3 marta. Davolash muddati 3 hafta.

Propolis suvi virus, mikrob, zamburug‘larga qarshi ishlatiladi. Shamollashda ham yaxshi natija beradi. Te­ri kuyganida yaralarga surtiladi.

Propolisli malham

5, 10, 15, 20, 30, 40 % malham tayyorlash:

Buning uchun 5, 10, 15, 20, 30, 40 g propolis olinib yaxshilab maydalanib, emalli idishga solib quyuq holga kelguncha qaynatiladi. Keyin 95, 90, 85, 80, 70, 60 g vazelin, lanolin yoki sariyog‘ bilan qo‘shilib 20 daqiqa 800 ml li vannada aralashtirib turiladi. Keyin shisha idishiga qo‘yib, yaxshi berkitib, keyin muzlatkichda saqlanadi. Bu malham teri kasalliklarini davolashda samaralidir.

10% malham – burun otsishida, tana qo‘yishida, gemoroyda, bachadon shamollashida qo‘llaniladi.

15% malham – teri yorilganida, tana kichimasida, xusnbuzarda ishlatiladi.

20% malham – zamburug‘ kasalligiga qarshi, furunkul, karbankul, qo‘tir yaraga qarshi foydalaniladi.

30-40% malham radikulit, o‘sma (hosila) pereferik nerv tizimi, teri, sil kasalligida tavsiya yetiladi.

Propolis malhamini o‘simlik yogi bilan tayyorlash

85 g o‘simlik yog‘i emal idishga solinib, qaynash darajasiga yetganda, maydalangan propolis solib, qaynatiladi. So‘nga tozalab, shisha idishga qo‘yib qo‘yiladi. Shikastlangan joyga surtiladi.

Qarshi ko'rsatmalar mavjud. 

Shifokor maslahati zarur!

Asal Bayrami 2023
Asal Bayrami 2023
Asal Bayrami 2023
Asal Bayrami 2023
Asal Bayrami 2023
Asal Bayrami 2023
Asal Bayrami 2023
Asal Bayrami 2023
Asal Festivali Namangan
Asal Festivali Namangan
Uyushma binosining ochilish marosimi
Uyushma binosining ochilish marosimi
Uyushma binosining ochilish marosimi
Uyushma binosining ochilish marosimi
Farg'onaga tashrif
Farg'onaga tashrif
Asal Bayrami 2023
Asal Bayrami 2023
Bizning hamkorlar
The Food and Agriculture Organization
The Food and Agriculture Organization
ALOQALIZING
ALOQALIZING
Savollar bormi?
Savollaringizga javob berishga tayyormiz. 
Fayl yuklash:
maksimal: 1
Manzili:
O'zbekiston, Toshkent, Yakkasaroy tumani Shota Rustavelli ko'cha, 8-uy
Kontaktlar