Адрес:
O'zbekiston, Toshkent, Navoiy ko'chasi 40
`$site.phones[0].num_title`
Asalari - hakim dastyori, dexqon - hamkori, hosil - madori !!!

QUTILI ARI OILASINI YETISHTIRISH VA ULARNI JO’NATISH

QUTILI ARI OILASINI YETISHTIRISH VA ULARNI JO’NATISH

 

   Arilar uzoq joylarga 4-6 ta mumkatak romli paket (quti)larda jonatiladi. Jo’natiladigan kichik yosh ari oilalari bahor va yoz mavsumida yotoq uyalarda tashkil etiladi. Texnik talablarga ko’ra 4 ta romli paket (quti)ga 4 ta mumkatak rom joylanadi. Shundan 2 tasida usti berk lichinkalari, yana 2 tasida 3 kg gulchangi usti beikitilgan inchalarda asal ozig’i hamda 1,1 kg yosh arilari va urchigan ona arisi bo’ladi; oltita romligida esa 4 ta mumkatak romda usti beikitilgan lichinkalan, 2 tasida gulchang va usti berkitilgan inchalarda 4 kg asal ozig’i hamda 1,4-1,5 kg arisi bilan urchigan ona arisi bo'ladi. Mumkatak romsiz paket (quti)da esa 1,2 kg arisi hamda 1 ta urchigan ona arisi alohida qutining ustki bir chekkasiga Titov qafaschasida o'rnatilib jo'natiladi.

Tajribali asalarichilar arilarni paket (quti)larga ko'clinish paytida vaqtni tejash maqsadida arilarning hajmini tarozida tortmasdan, ko'z bilan chamalab aniqlaydilar. Bitta yotoq uya (435x300 mm) romida zich o'tirgan arilar 200-250 gr keladi. Shuning uchun texnika standart talablariga rioya qilish maqsadida to'rt romli paket (quti)larga 4-5 ta mumkatak romdagi arilar silkitib tushiriladi.

Paket (quti)lar jo’natishga quyidagicha tayyorlanadi:

Dastlab 1 ta och jigarrang mumkatak rom asal ozig'i bilan paket (quti)ga ko'chiriladi. Ularning har bittasi usti berkitilgan inchalarda 1,5 kg dan asal ozig'i yoki arilar qayta ishlagan shakar sharbati bo’ladi (usti berkitilmagan inchalardagi ozig‘i bor romni jo’natish mumkin emas). So‘ngra 2 ta to'q jigarrang mumkatak romda usti berkitilgan lichinkalar arisi bilan qo‘yiladi. Bunda, albatta, ona arisi topilib, paket (quti)ga tushganligiga e’tibor beriladi va yana qo'shimcha 2-3 ta mimkatak romdagi arilar silkitib tushiriladi.

Mimkatak romli paket (quti)larning old va orqa tarafidagi taxta devorlaridan havo kiradigan teshik yoki tirqish ochiladi. To’rtta romli paket (quti)ning 200x100 mm o‘lchamli teshigiga ko'zining o'lchamlari 2-3 mm bo’lgan sim to’r o’rnatiladi. Paket (quti)larning old tarafidagi devorida uning pastki qismidan, orqa tarafidagi devorida uning ustki qismidan teshik ochiladi.

Mumkatak romsiz paket (quti)lar qayerga va qanday transportda jo’natilishiga qarab ma’lum miqdorda oziq bilan ta'minlanadi. Agar samolyotda jo‘natiladigan bo'lsa, oziq o’rnida shakar sharbati beriladi, yo’lda va aeroportlarda shakar sharbati qo’yiqroq holda sim to’r orqali cho’tka yoki biror latta yordamida arilar ustiga silkitiladi, arilar bir-birining ustini tozalab oziqlanadi. Boshqa transport vositalarida jo’natiladigan bo'lsa, shakar sharbati (2 kg shakarni 1 litr suvda eritib) 1 litrli shisha bankalarga quyiladi va polietilen qopqoq bilan zich qilib berkitilib, qopqoqda 2 ta 0,8 mm diametrli teshik­cha ochib qo’yiladi. Keyingi paytlarda mumkatak romlarsiz paket (quti)larni jo’natishda qand upasi va asaldan tayyorlangan hamirsimon oziq (qand ozig’i)dan har qutiga 0,6 kg solinib, uning yonida litrli bankada suv qo'yilmoqda. Shisha bankalarining qopqog‘i yuqorida aytilgandek teshilib, kichkina pilik qo’yiladi.

Qand ozig’i 4 kg qand upasi, 1 kg toza tog’ asali va 100 ml suv qo'slub tayyorlanadi. Ularning hammasi yaxshilab bir xil massa hosil bo’lguncha aralashtiriladi. Bu massa qo’lga yopishmasligi kerak. Qo'shiladigan asal oldindan 55 °C gacha haroratdagi suv hammomida isitiladi. Qutiga arilarni silkitib tushirishdan avval hamirsimon oziq qo’yiladi. Ona arisi albatta, iloji bo’lsa yog’ochdan tayyorlangan maxsus ona ari jo'natiladigan qafaschada, 8-12 ta kuzatuvchi ari bilan jo’natiladi.

Yuqoridagidek tayyorlangan paket arixonada tarozi ustiga qo'yiladi. uning ustidagi teshikchasiga qo'yilgan voronka bilan birga vazni tortiladi va ari oilasining o’rta qismidagi mumkatak romlar olinib, arisi 1,1 kg bolguncha paketga silkitiladi. Ona arisini qo’shib silkitib yubormaslik uchun oldindan ona ari topilib, dumaloq sim to’r qafascha ostiga berkitib qo’yiladi. Qutiga kerakli miqdorda ari olinganidan keyin qafascha ostidagi ona ari chiqarib yuboriladi. Quti ichidagi arilar bilan birga silkitiladi, so'ngra uning ustidagi voronka olinib, qopqog’i mix bilan qoqib qo’yiladi.

Mumkatak romli va romsiz paket (quti)lar pochta orqali jo’natilayotganida qutilarning qopqog’iga jo’natilayotgan joyning manzili aniq qilib yozilib, «Ehtiyot bo’ling! Tirik ari», «Yuqori qismi», “To'ntarilmasin”, «Quyosh nuri tushmasin» deb yozilgan varaqalar yopishtiriladi.

Mumkatak romlar qutilarini jo'natishga qulay bo'lishi uchun har bittasining o’rtasida 8-10 sm dan joy qoldirilib, yog'och reykalar yordamida bir-biriga tutashtirib qoqib qo’yiladi.

Mumkatak romli qutilar manzilga yetib kelgach, ko’chirib o’tkaziladigan uyalari turadigan joylarga mo’ljallab qo’yib chiqiladi va arilar uclub chiqishi uchun darhol ulaning teshikchalari ochiladi. Qurichadagi arilarning birinchi uchishi tugaganidan keyin qutilar turgan joylarga bo'sh uyalar qo’yiladi va qutilardagi mumkatak romlar arisi bilan olib qo’yiladi. Qutilarda qolgan arilar uyaning ari kelib qo‘nadigan taxtachasi oldiga qoqib tushiriladi. Mumkatak romsiz qutilar esa qopqog' i ochilib ichiga 5-6 ta mumkatak romlar solingan uyaning ichiga qo‘yiladi va oradan 10-12 soat o‘tgach, qutidagi arilarning hammasi uya ichidagi mumkatak romlarga otadi. Uya ichidagi mumkatak romlarining qarshisida arilar uchib chiqishi uchun teshik ochib qo’yiladi. Qutidagi arilarmg hammasi mumkatak romlarga o‘tib, tinchlanganidan keyin uya ichidagi quti olib tashlanadi va ona arisi qafaschadan mumkatak romlar ustiga chiqarib yuboriladi.

Farg`onaga tashrif
Farg`onaga tashrif
Uyushma binosining ochilish marosimi
Uyushma binosining ochilish marosimi
Farg'onaga tashrif
Farg'onaga tashrif
Uyushma binosining ochilish marosimi
Uyushma binosining ochilish marosimi
Bizning hamkorlar
The Food and Agriculture Organization
The Food and Agriculture Organization
ALOQALIZING
ALOQALIZING
Savollar bormi?
Savollaringizga javob berishga tayyormiz. 
Fayl yuklash:
maksimal: 1
Manzili:
O'zbekiston, Toshkent, Navoiy ko'chasi 40