ASOSIY ASAL YIG‘ISH DAVRI
![]()
O‘zbekistonda o‘simliklarning gullashi, odatda erta ko‘klamda boshlanib, kech kuzgacha davom etadi. Asalarilar asalning ko‘proq qismini qisqa vaqt ichida, shu joydagi asosiy serasal o‘simliklar gullagan davrida yig‘ib oladilar. Agar asalarilar to‘g‘ri parvarish qilinsa, bunday o‘simliklarning gullash vaqtigacha oiladagi asalarilarning soni 50000-70000 gacha yetadi. Shuncha asalarilar har kuni 4 kg cha asal keltirishlari mumkin. Bu paytni asalarichilar «asosiy asal yig‘ish payti» deydilar. Asalarichilik uchun mos keladigan serasal davrlar mavsumda 2-3 marta takrorlanadi.
Ayni asal yig‘ish davri kelganda, yangi chiqqari yosh arilar 7 kunlik bo‘lishlari bilan ucha oladigan holatga keladilar. Bu davrda oiladagi hamma asalarilar mumkin qadar ko‘proq asal to‘plab qolishga urinadilar. Ari qurtchalaridan bo‘shagan katakchalariga darrov asal to‘ldiradilar, ularning soni ancha kamayadi. Qurtchalarini boqishdan bo‘shagan va xali ucha olmaydigan yosh arilar, uchadigan asalarilarning keltirgan shirasini ulardan qabul qilib oladilar. Bu shirani qayta ishlab asal qiladilar, katakchalarga joylaydilar, katakchalarning ustini mum bilan berkitadilar, zo‘r berib arixonaning havosini almashtirib turadilar va hokazo. Asosiy asal topish vaqtida arixonaga qo‘shimcha mumkatakli ramkalar qo‘yib, arixonani kengaytirishga to‘g‘ri keladi. Asosiy asal topishning oxiriga borib ari uyasida ko‘p miqdorda asal to‘planadi, ammo asalarilarning soni ancha kamayadi, chunki asal to‘plash vaqtida ko‘p asalarilar nobud bo‘ladi.
Asosiy asal to‘plash vaqtidan keyin oilada qishlash uchun asalarini yetishtirish ishi boshlanadi.
🐝 Asal beruvchi o‘simliklar taqvimi (mart–sentabr)
Mart – Aprel
-
Bodom – 30–40 kg/ga | Asali och sariq, gulchang qizilroq
-
O‘rik – 20–30 kg/ga | Asali oltin rang, mayin ta’mli
-
Olma – 20–25 kg/ga | Asali och sarg‘ish, biroz nordon
-
Gilos/Olcha – 25–30 kg/ga | Asali tiniq, shirin
-
Nok – 15–20 kg/ga | Asali och sariq, xushbo‘y
-
Pavloniy – 700–1000 kg/ga (!) | Asali tiniq, juda yengil
-
Karashka (Raps) – 50–100 kg/ga | Asali oqsimon, tez kristallanadi
May – Iyun
-
Tok (Uzum) – 10–15 kg/ga | Asali tiniq, nordonroq
-
Gulxayri va tog‘ giyohlari – 50–70 kg/ga | Asali to‘q rangli, xushbo‘y
-
Tog‘ piyoz (Allium) – 100–150 kg/ga | Asali to‘q rangli, o‘tkir hidli
-
Kekik (Chabrets) – 80–120 kg/ga | Asali oltin rang, dorivor
-
Oqquray (Melilot) – 200–300 kg/ga | Asali och sariq, tiniq, dorivor
-
Akatsiya – 800–1000 kg/ga | Asali mutlaqo tiniq, uzoq suyuq turadi
Iyun – Iyul
-
Yovvoyi lavanda – 100–150 kg/ga | Asali oltin rang, yoqimli hidli
-
Beda – 100–200 kg/ga | Asali och sarg‘ish, tez kristallanadi
-
Qizilmiya – 200–250 kg/ga | Asali to‘q rangli, biroz achchiq, dorivor
Iyul – Avgust
-
Tog‘ rayhon (Basilikum) – 70–120 kg/ga | Asali to‘q oltin rang, kuchli hidli
-
Qandim, saksovul, sho‘ra – 30–50 kg/ga | Asali och jigarrang, dorivor
-
Kungaboqar – 30–50 kg/ga (ba’zi joylarda 100 kg) | Asali oltin rang, tez kristallanadi
Avgust – Sentabr
-
Paxta – 200–300 kg/ga (ba’zan 500 kg gacha) | Asali och sariq, yumshoq
-
Shuvoq (Polyn) – 50–80 kg/ga | Asali to‘q jigarrang, achchiqroq, dorivor