Адрес:
O'zbekiston, Toshkent, Navoiy ko'chasi 40
`$site.phones[0].num_title`
Asalari - hakim dastyori, dexqon - hamkori, hosil - madori !!!
Hurmatli asalarichilar va saytimiz mehmonlari, Siz saytimizdan "Asalarichilik ensiklopediyasi" va "Arizor.uz" axborot almashish tizimi mobil ilovalarini yuklab olishingiz mumkin

ASALARI KASALLIKLARI

ASALARI KASALLIKLARI

 

Asalarilar qisqa hayot kechirishiga qaramasdan har xil kasalliklar bilan zararlanishlari mumkin.

Asalari kasalliklari yuqumli va yuqumsiz bo‘ladi. Yuqumsiz kasalliklar asalari oilasining hayoti uchun kerak bo‘lgan sharoitlarning buzilishi natijasida ke­lib chiqadi. Sharoitlar tiklanishi bilan kasalliklar yo‘q bo‘lib ketadi.

Yuqumli kasalliklarga – infeksion va invazion ka­salliklari kiradi.

Infeksion kasalliklarning qo‘zg‘atuvchilari ke­lib chiqishi o‘simliklarda bo‘lgan bakteriya, virus va zamburug‘lardir.

Invazion kasalliklarning qo‘zg‘atuvchisi bir hujayrali, ko‘p hujayrali parazitlardir.

Yuqumli infeksion kasalliklarga – Amerika, Evropacha chirish, xaltasimon chirish, toshsimon va ohaksimon qurtchalar kasalliklari kiradi.

Yuqumli invazion kasalliklariga – Nozematoz, Akarapedoz, Varroatoz, Braulyoz kasalliklari kiradi.

Asalari oilalarini sog‘aytirish uchun kasalliklarni o‘z vaqtida aniqdab, unga qarshi davolash, sanitariya va oldini olish tadbirlarini to‘liq qo‘llash zarur.

Davolashdan ko‘ra kasallikning oldini olish ancha osonroqdir. Buning uchun:

Yangi arizor tashkil qilganda, ari oilalarining sog‘lomligi ma’lum bo‘lgan arizorlardangina sotib olish;

ishlatilgan arixonalar, asalajratkichlar va har qanday asbob-uskunalarni ishlatish oldidan yaxshilab dezinfeksiya qilish;

asalarilarni chetdan sotib olingan asal bilan boqishga yo‘l qo‘ymaslik;

asalarichi arizorda ishlaganida ozoda xalat kiyib ishlash, qo‘llarini mumkin qadar tez-tez yuvib, iskana va boshqa mayda asboblarni vaqti-vaqt dezinfeksiyalab turish; arizor doirasida ozodalikka qattiq rioya qilish, nobud bo‘lgan asalarilarni kuydirib yuborish;

qurtchali, asalli hamda asalsiz mumkatak tortilgan ramkalarni kasal oilalardan olib sog‘lom oilalarga o‘rnatishga aslo yo‘l qo‘ymaslik

asalarilar o‘rtasida o‘g‘irlik yuz berishga yo‘l qo‘ymaslik asal, mum va mumkatakdan iborat asalarichilik mahsulotlarini asalarilar kira olmaydigan joyda saqlash;

ari oilalarini normal sharoitda boqish, yetarli miqdorda oziq-ovqat bilan ta’minlash va arixonalarni yaxshilab isitish;

har yili ko‘klamda ari oilalarini qishlovdan chiqargandan so‘ng dezinfeksiyalangan ozoda arixonalarga ko‘chirish zarur.

Chirish kasalligi tushgan arizorlarga to kasallik tugatilguncha karantin e’lon qilish lozim!

Yevropa chirish kasalligi

Kasallikning paydo bo‘lish vaqti ko‘klamda, yozning birinchi yarmida, aksari hollarda kunlar sovuq va oziqa kam bo‘lgan vaqtlarda paydo bo‘ladi. Tabiatda asal­li o‘simliklar ko‘paygan sa­ri kasallik kamayadi va kuzga borib, asalarilarning asal to‘plashi to‘xtashi bilan yangidan kuchayadi.

Kasallikni qo‘zg‘ovchi mikroblar

Bu kasallikni pluton streptokokklari qo‘zg‘atadi. Pluton streptokokki uncha chidamli bo‘lmaydi va spora hosil qilmaydi, shu sababli yevropa chirish kasalligiga qarshi kurash olib borish ancha engil bo‘ladi. Yevropa chi­rish kasalligiga uchrab nobud bo‘lgan qurtchalarning tanalarida boshqa mikroblar ham bo‘ladi.

Kasallikning belgilari

Yevropa chirish kasalligi yuz berganida usti suvalmagan katakchalardagi qurtchalar zararlanganligi sabab­li, bu kasallik tushgan mumkataklarda usti teshilgan katakchalar bo‘lmaydi. Usti berkitilib teshilgan ka­takchalar kasallik juda avj olib ketgan hollardagina uchraydi.

Qurtchalarning o‘liklari xiralanadi, bo‘shashib qoladi, dastaval sarg‘ish tusda, keyinchalik kir sarg‘ish yoki sarg‘ish qo‘ng‘ir tusda bo‘lib, so‘nga qoramtir yoki jigarrang tusga kiradi. Kasal qurtchalar bezovtalanadi va har xil vaziyatda nobud bo‘lib qoladi.

Chiriyotgan modda cho‘zilmaydi. Qurtchalarning po‘stlari katakcha devorlariga yopishib turmaydi, shu sababli asal­arilar bu po‘stlarni kataklardan qiynalmay chiqarib oladilar. Chiriyotgan qurtchadan achigan yoki oyoq terining hidi kelib turadi.

Dezinfeksiyalash, haydab ko‘chirish va davolash Ameri­ka chirish kasalligi bilan bir xil bajariladi.

Amerika chirish kasalligi

Kasallik odatda yozda – ona ari zo‘r berib tu­xum qo‘yayotgan vaqtda paydo bo‘ladi. Bu kasallik bilan qattiq zararlangan ari oi­lasi yoz o‘rtasida, kamroq za­rarlangan ari oilasi esa yoz oxirida, qishda yoki kelgusi erta bahorida nobud bo‘ladi. Qishlab chiqqari kasal oilalarda bu kasallik erta bahorda avj olib ketadi. Bu kasallikni Larve basillasi qo‘zg‘atadi. Bu mikrob juda chidamli sporalar hosil qiladi. Bu sporalar qurtchalarning qurib qolgan po‘stlarida va qismari asal ichida bo‘lganlarida bir necha yillargacha saqlanishi mumkin. Qaynab turgan suvda 15 daqiqa, 100° qizitilgan mumda 5 soatgacha saqlanadi. Quyosh nuri sporalarni 3 kundan keyingina o‘ldirishi mumkin.

Bu bilan usti berkitilgan katakchalardagi qurtchalar kasallanadi. Katakchalarning qopqoqchalari ularga yopishgan qurtchalarning og‘irligidan ichga tomon botib turadi va ko‘pincha teshilgan bo‘ladi. Qurtchalarning tanasi yopishqoq cho‘ziluvchari bo‘lib, bir necha santimetrga chuzilishi mumkin. Asalarilar bunday katakchalarni ochib, ulardagi chiriyotgan moddani olishga zo‘r beradilar, ammo bu modda yopishqoq va cho‘ziluvchari bo‘lganidan ko‘pincha bu ishni uddalay olmaydilar. Nobud bo‘lgan qurtcha och-jigarrangdan tortib to‘q jigarrang tus­da bo‘ladi. Kasal qurtcha katakchaning pastki devorida cho‘zilib yotadi. Qurib qolgan qurtchaning po‘sti katakcha­ning pastki devoriga mahkam yopishgan bo‘ladi va yuqori tomon sal ko‘tarilib turadi. Bunday po‘stni katakchadan chiqarib olishga asalarilarning kuchi yetmaydi. Chirib yotgan qurtchalardan eritilgan duradgorlik yelimining hidi keladi.

Agar arizorda Amerika chirish kasalligi bilan faqat 1-2 oila kasallangan bo‘lsa, ularning mumkataklarini eritib yuborish kerak. Ko‘p asalari oilalari zararlangan bo‘lsa, ularni yangi arixonaga ko‘chirib, davolash sharbatini berish kerak.

Haydab ko‘chirish

Kasallangan ari oilasining o‘rnini kavlab 10% so‘ndirilgan ohak (1 m2 erga 1 litr hisobida) sepiladi, yangi tozalangan arixona ichiga kasal tegmagan mumkatakli ram­kalar yoki sun’iy mumparda qo‘yiladi. Ona arini topib qafaschaga solib, yangi arixonaning ramkalari o‘rtasiga o‘rnatiladi. Davolash sharbatini tayyorlab, ramkalar ustida joylashgan oxurchaga qo‘yib beriladi. Ari uyasi maxsus mato bilan o‘ralib, arixona yopiladi. Ko‘chirish ishlarini kunning ikkinchi yarmida bajarish kerak.

Yangi arixona eshikchasini ochib, oldiga katta qog‘oz yoyiladi. Eski arixonadan arilarni ramkasi bilan olib, eshikcha oldidagi qog‘ozga silkitib tushiriladi. Keyin ularni tutun bilan haydab, yangi arixona­ga kirgiziladi. Asalarilar kirib bo‘lganlaridan ke­yin, uyani tashlab ketmasligi uchun, eshikchaga to‘r tortib qo‘yiladi. Eshikcha oldiga qo‘yilgan qog‘oz yoqib yuboriladi. Shu holatda ari uyasi 4 kun turadi. 4 kun o‘tgach ko‘chirishni yana takrorlab, ona ari almashtiriladi.

Dezinfeksiyalash

Eski arixonani, zararlangan mumkatakli ramkalarni dezinfeksiyalash (yuqumsizlantirish) kerak.

Arixonalarni dezinfeksiyalash oldidan yaxshilab mum, propolisdan tozalab, 2 kg issiq kulning 1 chelak suvdagi aralashmasi bilan yuviladi, kuritiladi va kavsharlash lampasining o‘ti bilan tekis kuydiriladi. Shuningdek 10% vodorod pereoksidi eritmasi yoki 3% sirka kislotasidan dezinfeksiyada qo‘llanadi. Zarar­langan mumkatakli ramkalarning asalini ajratib (bu asal odam uchun zararsizdir) olib, mumini eritib yuborish kerak. Bo‘shagan mumkatakli ramkalarni 2% vodo­rod pereoksidi yoki bo‘lmasa 1% sirka kislotasi bilan yuqumsizlantiriladi. Mumkatakli ramkalar tayyorlangan suyuqdikda 1 sutka botirib qo‘yib saqlanadi, keyin toza suv bilan yuviladi.

Maxsus matolar, xalat, sochiq yuz niqob va boshqa mayda asboblar 20% li peroksid vodorod eritmasiga 5 soat yoki 1% li aktivlashtirilgan xloramin eritmasiga 2 soat solib qo‘yish bilan yuqumsizlantiriladi. Asalajratkich, agar u kasal oiladan asalni ajratib olishda ishlatilgan bo‘lsa, 2% li qaynab turgan kir sodasi bilan yuviladi.

Davolash

1-usul: Davolash uchun shakar pastasidan foydalansa bo‘ladi. Buning uchun 154 g shakar uniga 1 g terramitsin va 45 g kungaboqar yog‘i qo‘shib davolash pastasi tayyorlanadi. Shakar pastasini 200 g li kulchaga o‘xshatib tayyorlab ramka ustidagi yupqa mato tagiga qo‘yiladi. Yoki bo‘lmasa kungaboqar yog‘i qo‘shmasdan 100 g shakar uniga 2,5 g terramitsin aralashtirib ari uyasiga sepiladi.

2-usul: Davolash sharbati – ikki kism shakarni bir qism suvga aralashtirib, qaynash darajasigacha olib borib tayyorlanadi.

Tayyorlangan shakar sharbati 30° gacha sovutilganidan keyin dorilardan biri qo‘shiladi.

Bir litr shakar sharbatiga:

Biomitsin - 500 000 ED IB (internatsional birlik).

Oksitetrasiklin – 400 000 ED. IB (internatsio­nal birlik).

Streptomisinni bir litr shakar sharbatiga 900000 dan 100000 gacha IB (internatsional birlik) o‘lchamida beriladi.

Norsulfazol – bir litr shakar sharbatiga bir g norsulfazol natriy aralashtirib beriladi.

 

Tayyorlangan davolash sharbatini har bir ari yo‘lagiga 150 mg dan asalarilar butunlay sog‘ayib ketguncha beriladi!

 

Har bir qo‘shilayotgan preparatlar oldin iliq suvda eritilib keyin shakar sharbati bilan aralashtiriladi!

 

Oksivit – sariq poroshoq undan chirish kasalligini davolashda foydalaniladi. Davolash sharbati: 1/1 tayyorlangan shakar sharbatini bir litriga 0,5 g oksivit qo‘shilib, har bir oilaga 100 g dan oxurchalarga qo‘yib be­riladi. Demak tayyorlangan aralashma 10 oilaga etadi. Davolashni har uch kunda kasallik tugaguncha berib turish kerak.

Bir xil dori uzoq vaqt qo‘llanilganida kasallik qo‘zgatuvchilariga ta’sir qilmay qoladi. Shuning uchun ular­ni almashtirib turish kerak.

Davolash sharbatini oxurchaga qo‘yib yoki asalari yo‘la­giga, asalari tanasiga purkab bersa ham bo‘ladi.

Xaltasimon chirish kasalligi

Xaltasimon chirish kasal­ligi – yuqumli kasallik bo‘lib, juda mayda virus ta’siri natijasvda, asosari yozning boshida oziqa ozligi- dan va sovuqdikdan boshlanadi. Bu kasallikka asosari 5-6 kunlik qurtchalar uchraydi. Qurtchalar pinset bilan olinganida suyuqlik bor xaltachaga o‘xshaydi. Bu kasallik ko‘rinishidan Amerika chirish kasalligiga o‘xshaydi, ammo bu kasallikka uchragan qurtchalariing chirib yotgan moddasi cho‘zilmaydi va po‘sti katak devorchalariga qattiq yopishib turmaydi. Qurib qolgan qurtchalarning jasadlari tim qora, qo‘g‘ir rangli qobiqda aylanib qoladi va katakchalardan oson olinadi. Kasallikning yuqish manbai qurtchalar bilan birga oila ichida yosh asalarilar qurtchalarni oziqlantirish, o‘lgan qurtchalarni chiqarib tashlash, katakchalarni tozalash vaqtida tarqaladi. Asalari oilasi sovuqda qolsa yoki oziqa yetarli bo‘lmasa kasallik avj oladi.

Kasallangan oila yangi arixonaga ko‘chiriladi, ortiqcha ramkalarni olib, asalari oilasini zichlab, issiq o‘rab, oziqa beriladi. Kasallik qo‘zg‘atuvchi virus 100° isitilganda 30 daqiqadan keyin yoki quyosh nurlarida 7 soatdan keyin nobud bo‘ladi.

Kasallik kuchaygan holatida ari oilasini yangi dezinfeksiyalangan arixonaga o‘tkaziladi va mumkatakli ram­kalar o‘rniga toza dezinfeksiyalangan ramkalar qo‘yib arixona isitilib, oziqa beriladi. Kasal tekkan, kuchsizlanib qolgan oilalar birlashtiriladi. Kasallangan qurtchali mumkataklarning mumi eritiladi. Oilaning ona arisi 7 kungacha qafaschaga solib qo‘yiladi, keyinchalik zaxiradan ona ari olib almashtiriladi.

Davolash

Davolash sharbati yaxshi natija bermaydi. Oldini olish uchun 1/1 tayyorlangan sharbatning bir litriga 50 mg biomitsin yoki levomitsetin aralashtirib berish kerak.

Davolashda teng qismlardan iborat shakar sharbati­ga antibiotiklar qo‘shilib tayyorlanadi. Bir litr shakar sharbatiga 500 mg IB biomitsin, tetrasiklin yoki terramisin qo‘shib yaxshilab aralashtiriladi va 150 ml davo­lash sharbatini bir asalari yo‘lagiga uch marta har 7 kunda bir martadan berib turiladi.

Toshsimon qurtchalar kasalligi

Toshsimon qurtchalar kasalligi bilan usti yopilgan va yopilmagan qurtchalar kasallanadi. Kasallik rivojlanganida kamdan-kam holatda katta arilarga yuqadi. Bu kasal­lik bahor va yoz mavsumlarida kuzatiladi. Yuqori darajada namlik va ari uyasini ortiqcha kengaytirish, kasallikning rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Kasallikning qo‘zg‘atuvchisi, gulshirasi va gulchangi bilan uyaga olib kelinadi. Kasal­lik tushgan katakchalarda dastlab sariq yoki to‘qsariq mog‘or paydo bo‘lib, so‘nga bu mog‘or qoramtir tusga kiradi. Nobud bo‘lgan qurtchalar ko‘rib, qorasimon toshga o‘xshab qoladi. Qurtchali ramkani olib silkitilganda urilgan tosh ovozi keladi. Arizorda ayrim oilalar kasallanadi. Davolash sharbati yaxshi natija bermaydi. Kasal tekkari qurtchali ramkalar eritib yuboriladi, asalarilarni toza arixona­ga ko‘chirib, oziqa beriladi. Arizorda kasallikka chidamli bo‘lgan kuchli oilalarni boqish kerak.

Ohaksimon qurtchalar

Ohaksimon qurtchalar ka­salligi bilan usti berkitilgan va berkitilmagan qurtchalar kasallanadi. Ko‘proq erkak ari qurtchalari kasallanadi. Kasallik bahor va yozda, havo namligi yuqori bo‘lganida paydo bo‘ladi. Kasallik uyaga olib kelingan suv va gulchangi bilan keladi. Bu kasallik tushgan katakchalarda namatchaga o‘xshash oq mog‘or paydo bo‘ladi. Bu mog‘or katakchaning chetlaridan tashqariga chiqib, aylana atrofga yoyilib turadi. Nobud bo‘lgan qurtchalar qotib qoladi, och jigarrang tusga kiradi va ohaktoshga o‘xshaydi. Davolash sharbati yaxshi natija bermaydi. Ko‘pincha ayrim oilalar kasallanadi. Asalari oilasini quruq holatda ushlash kerak. Nam arixonalarni almashtirish kerak. Kasallik tekkari mumkatakli ramkalar­ning mumini eritib yuborib, o‘rniga toza mumkatakli ramkalar qo‘yiladi. Davolash uchun shakar sharbati berib, ari uyasidan ortiqcha ramkalarni olib, yostiqcha bilan o‘rab isitish kerak.

Bu kasallikka qarshi kurashda asalarichilar avvaldan sarimsoqpiyoz butasini 5 g dan dokaga o‘rab muzlatkichda saqlaydilar. Kasallik paydo bo‘lganida har bir dokaga o‘rab qo‘yilgan sarimsoqpiyozning butachasini asalari uyasiga uch kun qo‘yish davolashda yaxshi natija beradi.

Askonazol – Toshsimon va Ohaksimon kasalliklarga qarshi kurashda qo‘llaniladi. Bir ml askonazol oldin 50 ml suvda aralashtirilib, keyin 3 litr shakar sharbatiga qo‘shiladi. Davolash sharbatini har bir oilaga 300 g har 5 kunda 2 marta beriladi.

Askovet – Toshsimon va ohaksimon kasalliklarga qarshi kurashda qo‘llaniladi. Bir ml askovet oldin 50 ml suvda aralashtirilib, keyin 3 litr shakar sharbatiga qo‘shiladi. Davolash sharbatini har bir oilaga 300 g dan har 5 kunda 2 marta beriladi.

Akarapidoz – katta arilarda uchraydigan yuqumli kasallikdir. Akarapidoz invazion kasallik bo‘lib, akarapis vudi kanasi nafas olish tizimlarini zararlaydi. Bu kasallik bilan yosh asalarilar, erkak va ona arilar kasallanadi.

Akarapis vudi kanasi ko‘zga ko‘rinmaydi u nafas yo‘llariga joylashib, asalari qoni bilan oziqlanadi. Bu kana asalari organizmidan tashqarida yashay olmaydi. Bu kanachalar asalarining nafas olish tizimida ko‘payib, nafas olishni qiyinlashtiradi.

Akarapidoz kasalligiga uchragan asalarilar ozib, ucha olmaydigan bo‘lib qoladi. Yerga tushib, arixona oldida o‘rmalab yuradi, qanotlari yozilib turadi. Kasallik bir asalaridan ikkinchisiga o‘tish yo‘li bilan tarqaladi.

Bu kasallik qurtchalarga, sun’iy mumpardaga, arixona­ning boshqa qismlariga yuqmaydi. Kanachalar ko‘proq yosh asalarilarni jarohatlaydi. Asalarilar nobop sharoitda boqilganida kasallik juda tez tarqaladi. Kanachalarni rivojlanishiga nam havo, zaxliq o‘simliklarda shiraning kamligi, yog‘ingarchiliq va hokazolar sabab bo‘ladi. Kasallik asosari qishning oxiri, bahorning boshida aniqlanadi. Akarapidoz kasalligiga uchragan asal­ari oilalaridan namuna olib, laboratoriyaga yuborish kerak.

Davolash

Kasallikni davolash uchun arixonaning teshiklarini yaxshilab yopib, pastki eshikchasidan fenotiazin tutatish kerak.

Fenotiazin kukuni bahor va kuzda harorat 15° past bo‘lmaganda qo‘llaniladi. Bir oilaga 1,5 g fenotiazin ishlatiladi. Davolashni 2 marta kunma kun qo‘llaydilar. Bir oyda uch marta. davolashdan oldin arixona poliga usti yog‘langan qog‘oz yozilib uning teshiklari bo‘lsa berkitiladi. Davolash uchun 3 g qog‘ozga o‘ralgan fenotiazinni tutatqichning ichidagi cho‘g‘ ustiga qo‘yib ikki oila eshik­chasidan tutatiladi. Avval har bir oilaga 30 soniya davomida tutaladi, keyin 20 soniyadan qaytariladi. Tutatilgandan keyin eshikchalar toraytiriladi, yozilgan qog‘ozni uyadan olib yoqib yuboriladi.

Braulyoz – bu ishchi va ona arilar­ning invazion kasalligi bo‘lib, braula hasharoti tomonidan qo‘zg‘atiladi. Bu asalarilarning bitlash kasalligi. Asalari biti kichkina qanotsiz qizil qo‘g‘ir rangli hasharot bo‘lib u asala­rining tanasida yashaydi. U ona arida ko‘proq uchraydi. Ona ari va asalarilar iste’mol qiladigan oziqa bilan oziqlanadi.

Bitlar asalarilarning og‘iz qismlariga ilinib, bir tomchi oziqa paydo bo‘lguncha qitiqlaydi. Keyin shu oziqani iste’mol qiladi. Kasallangan asalarilar ozib ketadi, ona ari esa tuxum qo‘yishni kamaytiradi, oila kuchsizlanib nobud bo‘ladi. Asalarining ustidagi bitni ko‘z bilan aniq ko‘rsa bo‘ladi.

Asalarilarni davolash uchun fenotiazin, naftalin yoki kamfora preparatlarini qo‘llash tavsiya qilinadi. Davolash oldidan ramkalar ostiga bir tomoni yog‘langan qog‘oz yozilib, arixonada teshikchalar bo‘lsa suvaladi. Tutatib bo‘lgandan keyin bitlar tushgan qog‘ozni ehtiyotlik bilan olib yoqib yuboriladi.

Fenotiazin har bir oilaga 1,5 g tutatilib, eshikchalar toraytiriladi.

Har bir oilaga 12 g naftalin dokaga o‘ralib kechqurun qo‘yilib, ertalab olinadi.

Kamfora ham har bir oilaga 5 g dokaga uralib arixona ichiga kuyilib, ertalabgacha kdldiriladi.

Davolash 3 kun ketma-ket takrorlanadi.

Varroatoz – xavfli kasallikdir. Bu kana bo‘lib asa­larilar ustida joylashib olib, uning qoni bilan oziqlanadi. Varroatoz kanasi jigar rang bo‘lib, ko‘z bilan ko‘rsa bo‘ladi. Bu kana tuxumlarini qurtcha bor mumkataklar berkitilishidan oldin o‘tib tuxum qo‘yadilar. Bitta mumkatakchaga 4-8 ta gacha tuxum qo‘yadi. Erkak ari bor katakchalarga ko‘proq 10-14 ta tuxum qo‘yadi. Bu kananing erkaklaridan asalarilarga uncha xavf yo‘q. Berkitilgan qurtchali mumkatak ichidagi kanalar chiqayotgan asalariga yopishib birga chiqadilar. Urg‘ochi kana qurtchalarga, ishchi va erkak arilarga yopishib, ularning qoni bilan oziqlanadi. Katakchalardan tashqarida bu asalarilar katta arilar ustida yashaydi va birga qishlaydi. Erkak kanalar sut rangida bo‘ladi. Bitta ishchi ari tanasida 6-7 ta gacha kana bo‘ladi.

Qishlov vaqtida kana bosgan asala­rilar bezovtalanib, arixonadan uchib chiqib nobud bo‘ladilar. Bahor va yozda asalari oilasi kuchsizlanadi, katak­chalarning mumqopqoqlari teshilib, arixona oldida olib chiqib tashlangan qurtchalarni va qanotsiz asalarilarni ko‘rish mumkin.

Davolashda bipin prepara­ta qo‘llaniladi. Havo harorati +4° bo‘lganida 1 g bipinni 2 litr suvga aralashtirib, har ari yo‘lagiga 10 ml purkaladi. Fenotiazin kukunidan broulyoz kasalligida aytilganidek foydalanish lozim.

Fenotiazin kukuni. Bahor va kuzda harorat 15° past bo‘lmaganda fenotiazin kukuni qo‘llaniladi. Bir oilaga 1,5 g fenotiazin ishlatiladi. Davolashni 2 marta kunma-kun qo‘llaydilar. Bir oyda uch marta. Davolashdan oldin arixona poliga usti yoglangan qog‘oz yozilib, arixo­na teshiklari bo‘lsa berkitiladi. Davolash uchun xuddi yuqorida aytib o‘tilganidek 3 g qog‘ozga o‘ralgan fenotiazinni tutatqichning ichidagi cho‘g‘ ustiga qo‘yib ikki oila eshikchasidan tutatiladi. Avval har bir oilaga 30 soniya davomida, keyin 20 soniyadan tutatiladi. Tutatilgandan keyin eshikchalar toraytiriladi, yozilgan qog‘oz yoqib yuboriladi.

Chumoli kislotasi bilan davolash. Poliyetilen paketga o‘lchami 15x25 sm, qalinligi 3-5 mm karton joylashtirilib, 150 ml chumoli kislotasi qo‘yiladi. Chumoli kislotasi oqib ketmasligi uchun, paket butun bo‘lishi shart! Qo‘yilgan kislotani karton shimib olganidan so‘ng, paketning og‘zini o‘rab berkitiladi. Ishlatishdan oldin paketning bir gomonidan 1,5 sm teshikcha ochiladi. Ke­yin teshikchani pastga qaratib ari oilasi ramkalarining ustiga 21 kunga joylashtirib qo‘yiladi. Bu usulni havo darajasi +10°, +30° bo‘lganida qo‘llanadi. Davolash asosiy asal yig‘ish davriga 10 kun qolganida to‘xtatiladi. Davolash vaqtida yuqoridagi eshikchalar ham ochib qo‘yiladi.

Timol bilan davolash. Timol – rangsiz kukun. Davo­lashda havo harorati +7°, +27° bo‘lganda qo‘llaniladi. Da­volash uchun 0,25 g timolni ikki ramka orasiga 3 marta har 7 kunda sepiladi shuningdeq nozematoz, askozferoz va chirish kasalliklarini oldini olishda foydalaniladi. 1/1 tayyorlangan 25 litr shakar sharbatiga 3 g oldindan iliq suvda eritilgan timolni qo‘shib har bir ramka hisobiga 100 g dan har uch kunda bir beriladi. Davolash 4 marta takrorlanadi.

Davolashda 2% shovul kislotasi havo harorati 16° past bo‘lmaganda qo‘llaniladi. Har bir mumkatakli asalari qoplagan ramkaga 10 ml sepiladi.

Bipin-T. Erta bahorda va kuzda varroatozga qarshi kurashishda qo‘llanadi. Bir g bipin 2 litr qaynatib 30° gacha sovutilgan suvga aralashtirilib, har bir ari yo‘lagiga 10 ml sepiladi.

Preparat «Dilabik»dan varroatozga qarshi bahorda va kuzda havo harorati +3°, +10° bo‘lganda foydalaniladi.

Preparatni tayyorlashda bir litr qaynatib, 30° gacha sovutilgan suvga 0,5 ml dilabik konsentrata aralashtarilib, har bir asalari yo‘liga 10 ml purkaladi.

Fumisari ingichka, uzun preparat singdirilgan 200x25x1 mm o‘lchamidagi yog‘och parchasi.

Erta bahor va kuzda qo‘llaniladi. Bir kuchli oilaga ik­kita yog‘och parchasi, arixona ichiga qo‘yiladi. Kuchsiz oilalarga va nukleuslarga bitta yog‘och parchasi yetarli bo‘ladi.

Joylashtirilgan yog‘och parchalarni asalarining qurt­chali ramkalar soniga qarab 3 kundan 25 kungacha ari xonasida qoldiriladi.

Nozematoz – ishchi, ona va erkak arilarda uchraydigan kasallik. Bu kasallik qishlovning oxiri, bahorning boshida uchraydi. Kasallikni qo‘zg‘atuvchi nozema apis bir hujayrali organizm bo‘lib, asalarining o‘rta ichaklarida parazitlik qiladi. Bu yerga u zararlangan oziqa – pad asali bilan tushadi. Kasallikning tarqalishi  kasal asalarilardandir. Ular asal, perga, suv va uyalarni o‘zining chiqindi (axlati) orqali zararlantiradi. Sog‘lom asalarilar zararlangan asal, per­ga, suvlarni iste’mol qilganida katakchalarni tozalash paytida yoki asbob-uskunalardan kasallikni yuqtiradi. Qishlovning oxirida kasal asalarilar ko‘payib asala­rilar bezovta bo‘ladi. Ularda ich ketish kuzatiladi. Ka­sal asalarilar uyadan chiqib ketishga harakat qiladilar.

Chiqib ketgan asalarilar sovuqda qaytolmay arixona oldida nobud bo‘ladi. Arixona devorchalarida, ramka­lar ustida, ulardan ich ketish natijasida sariq dog‘lar paydo bo‘ladi. Bu kasallik ona ariga tekkanda ko‘pincha tuxumdan qoladi va aksariyat xollarida nobud bo‘ladi. Asalari umri 1-2 oyga qisqaradi. Ari oilasi kuchsizlanadi.

Davolash

Davolashdan oldin arixonada asalari axlati qotib qolgan izlar iskana bilan qirib yuviladi, keyin kavsharlash lampasining o‘ti bilan kuydiriladi. Mumka­takli ramkalar 4% farmalin suyo‘qligi bilan yuqimsizlantiriladi. Arixona va boshqa yog‘och narsalarni 2% achchiq natriy bilan yuviladi. O‘zbekiston sharoitida asalarilar ochiq havoda qishlaydilar va bahor erta kelganida, issiq kunlarda ular tashqariga uchib chiqib, ichlarini bo‘shatishadi. Shu vaqtda arixonani ochib, zudlik bilan oziqani yaxshilash kerak asalarilarni dezinfeksiyalangan arixona va mumkatakli ramkalarga o‘tkazib, uyani isitish kerak. Davolash uchun 1/1 shakar sharbatiga aralashtirilgan fumagillin antibiotigi beriladi. Da­volash sharbatini tayyorlashda 20 g fumagillin 25 litr sharbatiga qo‘shiladi.

Davolash sharbatini 500 g dan har bir oilaga berish kerak. Davolash 10 kun davom etadi.

Sirka kislota shur oziqa tarikasida beriladi. Uni 3 ml sirka essensiyasi 1/1 tayyorlangan 10 litr shakar shar­batiga yaxshilab aralashtirilib, oxurchalarga qo‘yiladi. Bu oziqani ham erta bahorda har bir oilaga 500 g dan be­riladi.

Nozematsid – 5 gramini avval 50 ml issiq suvda eritib, 1/1 tayyorlangan 2 litr shakar sharbatiga qo‘shib yaxshi­lab aralashtiriladi. Tayyorlangan sharbatni har bir ari yo‘lagi hisobiga 100 g beriladi.

Septisemiya – bu katta arilarning bahorda va yozda uchraydigan kasalligi. Namlik yuqori bo‘lganida ka­sallik tez rivojlanadi. Qo‘zg‘atuvchi – bakteriya.

Kasallikning boshida katta arilar bezovtalanib vaximaga tushgandeq tez-tez yugurib keyinchalik nobud bo‘ladilar. Nobud bo‘lgan asalarining tanachasini kul bilan ushlaganda parchalanib ketadi.

Davolash

Ari oilasini toza va quruq arixonaga o‘tkazib, muxrlanmagan asalli ramkalarni olib qo‘yib, ari uyasini isitish kerak. Asalarilarga davolash sharbati berish ke­rak. Bir litr shakar sharbatiga 300000 IB tetratsiklin yoki biomitsin qo‘shib, kechqurun har bir asalari yo‘lagiga 100 grammdan 3 marta har 4 kunda berish kerak.

Manba:  mirishkor.uz

Asal Bayrami 2023
Asal Bayrami 2023
Asal Bayrami 2023
Asal Bayrami 2023
Asal Bayrami 2023
Asal Bayrami 2023
Asal Bayrami 2023
Asal Bayrami 2023
Asal Festivali Namangan
Asal Festivali Namangan
Uyushma binosining ochilish marosimi
Uyushma binosining ochilish marosimi
Uyushma binosining ochilish marosimi
Uyushma binosining ochilish marosimi
Farg'onaga tashrif
Farg'onaga tashrif
Asal Bayrami 2023
Asal Bayrami 2023
Bizning hamkorlar
The Food and Agriculture Organization
The Food and Agriculture Organization
ALOQALIZING
ALOQALIZING
Savollar bormi?
Savollaringizga javob berishga tayyormiz. 
Fayl yuklash:
maksimal: 1
Manzili:
O'zbekiston, Toshkent, Navoiy ko'chasi 40