ASALARICHILIK SOHASIDA XALQARO HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
“O‘zbekiston asalarichilari” uyushmasi raisi E.O. Nazarov Xitoy Xalq Respublikasidan tashrif buyurgan tadbirkorlar delegatsiyasi bilan uchrashdi.
Uchrashuvda O‘zbekistonda asalarichilikni rivojlantirish, sohaga zamonaviy texnologiyalar va xorijiy tajribalarni joriy etish, shuningdek, asalarichilik mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash va eksport qilish masalalari muhokama qilindi.
Xitoylik tadbirkorlarga O‘zbekiston asalarichilik sohasining salohiyati, asal va boshqa asalarichilik mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash hamda eksport qilish imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi.
Tomonlar zamonaviy asalarichilik texnologiyalarini joriy etish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, investitsiyalarni jalb qilish hamda o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish yuzasidan fikr almashdilar.
Ayniqsa, asal, asal mumi, propolis, gulchang va boshqa asalarichilik mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash va qadoqlash bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Kelgusida bildirilgan taklif va tashabbuslarni amaliy loyihalarga aylantirish, Xitoy Xalq Respublikasi tadbirkorlari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish va asalarichilik mahsulotlarining eksport salohiyatini oshirishga kelishib olindi.