Адрес:
O'zbekiston, Toshkent, Navoiy ko'chasi 40
`$site.phones[0].num_title`
Asalari - hakim dastyori, dexqon - hamkori, hosil - madori !!!

Asalariga Varroatoz kanasi qanday zarar keltiradi?

« Back

Asalariga Varroatoz kanasi qanday zarar keltiradi? 11.09.2019 12:35

Varroatoz invazion kasallik bo‘lib, asalari oilasidagi lichinkani ham yetuk arini ham jarohatlaydi. Kasallikni varroa yakobson kanasi qo‘zg‘atadi. Tabiiy sharoitda varroatoz o‘rta hind asalarilarida uchraydi. Kanalar asalarilarning qanotlari tagida, qornida ko‘pincha bo‘ynida joylashadi. Kanalar og‘iz apparati bilan segment oralig‘ida joylashib, old gavdasi asalarining xitin qoplamiga yopishib berkilgan bo‘ladi.

Bitta asalarining tanasida 10 ta va undan ortiq kana joylashgan bo‘lishi mumkin. Qish vaqtida urg‘ochi kanalar arilar ustida qolib ketadi, natijada ularning ayrim qismi qishda halok bo‘lib arixonaning tubiga to‘kiladi, qolganlari esa qishlab chiqadi.

photo_2019-09-10_11-51-15

Asalari oilasida yangi lichinkalar paydo bo‘lishi bilan kanalar ko‘paya boshlaydi. Ular bahorda tuxum qo‘yadi. Bu paytda asalarining usti ochiq (shuvalmagan) naslining gemolimfa suyuqligi ularga qo‘shimcha oziq vazifasini o‘taydi.

Asalarilar lichinkasining g‘umbaklik davrida kanalar tuxum qo‘ya boshlaydi. Agarda g‘umbak joylashgan katakchaga bir-nechta urg‘ochi kanalar kirgan bo‘lsa, ular g‘umbak ustiga har qaysisi uchtagacha tuxum qo‘yadi, agarda bitta urg‘ochi kana kirgan bo‘lsa u 4-5 ta tuxum qo‘yadi. Tuxumlarning yarmida urg‘ochi, yarmida erkak kana rivojlanadi. Urg‘ochi kanalar 8-9 kunda, erkak kanalar 6-7 kunda yetiladi. Kanalarning urchish davri yosh arilarning katakchadan chiqish davriga to‘g‘ri kelib, katak ichida bo‘ladi.

Katak ichida urg‘ochi kana bilan erkak kana qo‘shilgandan so‘ng, erkak kanalar katak ichida halok bo‘ladi. Eski urg‘ochi kanalar, yangi, yosh urg‘ochilar bilan birga katakdan chiqayotgan yosh asalarilarga qo‘shilib uyadan chiqadi. Bahorda urg‘ochi kanalarning ahvoli og‘irlashib iqlim sharoitiga chidamsiz bo‘ladi. Yozda chiqqan kanalar ancha chidamli bo‘lib, ular yozning har qanday sharoitiga moslashadi.

photo_2019-09-10_11-54-12

Kanalar har xil sharoitda ham oziqsiz 3-5 kundan ortiq yashay olmaydi. Havo harorati 30-34˚C va 60% namlik kanalarning ko‘payishiga qulay bo‘ladi. Havoda kislorod miqdori yetarli va atmosfera bosimi 0,3-0,8 Pa bo‘lganda bir daqiqada 120-240 tebranishga chidab arilar ustida saqlanib qoladi. Bu kanalar 42-44˚C issiqqa va 0-2˚C sovuqqa ham chidaydi.

Namlik 10-12% bo‘lganda ular nobud bo‘ladi. Quyosh nurlarini yoqtirmaydi.

Varroatoz kasalligida g‘umbaklik davriga o‘tgan lichinkalarning o‘lishi, katakchalardan o‘sib chiqqan yosh arilarning mayibligi kuzatiladi. Oiladagi mayib asalarilarning soniga qarab kanalarning rivojlanganlik darajasini aniqlash mumkin.

O‘lgan lichinkalar qo‘lansa hid chiqargani bois, katakchalar ichidan oson olinadi. Kana yopishgan arilar bezovtalanadi, katakchalardan chiqib arixonaning tagiga to‘kiladi. Kana bosgan oilalar notinch bo‘lib, qishlovga kirishda bir yerga yig‘ila olmaydi. Ularning o‘sishi va asal yig‘ishi kamayadi, bu oilalarda ona arining tuxum qo‘yishi erta kuzda to‘xtaydi. Kuzda kuchsizlanib qolgan oilaga kuchli oila arilari hujum qiladi. Uyalarining ko‘rinishi xuddi yevropa chirish kasalidagidek bo‘ladi.

photo_2019-09-10_11-51-27

Oila kasalga sekin-asta chalinadi: birinchi yili oilaning hosildorligi yuqori bo‘lib, ikki yil o‘tgandan so‘ng 20-30% gacha asalarilarni kana bosadi. Ayrim vaqtlarda kana juda rivojlanib, qisqa vaqt ichida oilaning halok bo‘lishiga olib keladi.

Asalarichi hamkasblar arilaringizni qishga Varroatoz kanalariga qarshi dorilab qoʻyishni unutmang !!!

Manba:T.me/bolarichilik guruhimiz Asalarichilik, @bolarichi


Farg`onaga tashrif
Farg`onaga tashrif
Uyushma binosining ochilish marosimi
Uyushma binosining ochilish marosimi
Farg'onaga tashrif
Farg'onaga tashrif
Uyushma binosining ochilish marosimi
Uyushma binosining ochilish marosimi
Bizning hamkorlar
The Food and Agriculture Organization
The Food and Agriculture Organization
ALOQALIZING
ALOQALIZING
Savollar bormi?
Savollaringizga javob berishga tayyormiz. 
Fayl yuklash:
maksimal: 1
Manzili:
O'zbekiston, Toshkent, Navoiy ko'chasi 40