Адрес:
O'zbekiston, Toshkent, Navoiy ko'chasi 40
`$site.phones[0].num_title`
Asalari - hakim dastyori, dexqon - hamkori, hosil - madori !!!

Lipetsk viloyatidagi asalarichilariga asalarilarni pestitsidlar bilan zaharlanish natijasida etkazilgan zarar qoplab beriladi

« Back

Lipetsk viloyatidagi asalarichilariga asalarilarni pestitsidlar bilan zaharlanish natijasida etkazilgan zarar qoplab beriladi 18.09.2019 18:33

Joriy yil yozda Lipetsk viloyatida pestitsid bilan zaharlanish natijasida 27,7 ming asalari oilalaridan 1,7 mingi nobud bo'ldi, Volovskiy, Dobrinskiy, Dobrovskiy, Lebedyanskiy va Stanovlyanskiy tumanlaridagi asalarilar ko'proq zarar ko'rdi.

Tekshiruv natijasida Lipetsk viloyati prokuraturasi pestitsidlar va agrokimyoviy moddalar aylanishi sohasidagi xavfsizlik talablarini rioya qilmagan “Lebedyanskoye” MChJni ushbu hududlarda asalarilar nobud bo'lishida sababchligini aniqladi. Xususan, agrofirma tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklar quyidagi noxush hollarga olib keldi:

agrofirma unga tagishli bo’lmagan hududda pestitsidni qo'llagan;

shuningdek, har yili ekologik va toksikologik tuproq tekshiruvlarini o'tkazmagan;

omborlarda mavjud bo'lgan pestitsidlar ro’yxatga olinmagan va sanitariya me'yorlarini buzgan holda saqlangan;

pestitsidlar va agrokimyoviy moddalarni qo'llash jurnali talablari buzilgan holda amalga oshirilgan.

Tekshiruv natijasida viloyat prokurori "Lebedyanskoye" MChJ va uning bosh agronomiga qarshi 4 ta ma'muriy ish qo'zg'atdi. Qishloq xo'jaligi korxonasi yuridik shaxs sifatida 210 ming rubl miqdorida hamda uning bosh agronomi esa ish haqidan 52 ming rubl jarima to'laydi.

Ilgari, Dobrinskiy tumanida asalarilar o'limining aybdorlari aniqlangandi. U dalalarni tegishli talablarni buzgan holda pestitsid bilan ishlov beradigan yakka tartibdagi tadbirkor bo'lib chiqdi. Unga nisbatan aholining sanitariya-epidemiologik farovonligini ta'minlash sohasidagi ma'muriy qonunbuzarlik holati bo'yicha ish qo'zg'atildi. U 500 dan 1 ming rublgacha ma'muriy jarimaga tortiladi yoki 90 kungacha faoliyatni to'xtatib qo'yiladi.

Lipetsk viloyati hokimiyati asalarilarning nobud bo'lganligi sababli etkazilgan zararni qoplash uchun 9 million rubldan ko'proq mablag' ajratdi. Har bir o'lgan asalari oilasi uchun asalarichilarga (asalarilarni ro'yxatdan o'tkazganlar va bu ishni qilmaganlar) 3500 rublgacha pul to'lanadi.

Manba: https://www.apiworld.ru/1568735264.html


Farg`onaga tashrif
Farg`onaga tashrif
Uyushma binosining ochilish marosimi
Uyushma binosining ochilish marosimi
Farg'onaga tashrif
Farg'onaga tashrif
Uyushma binosining ochilish marosimi
Uyushma binosining ochilish marosimi
Bizning hamkorlar
The Food and Agriculture Organization
The Food and Agriculture Organization
ALOQALIZING
ALOQALIZING
Savollar bormi?
Savollaringizga javob berishga tayyormiz. 
Fayl yuklash:
maksimal: 1
Manzili:
O'zbekiston, Toshkent, Navoiy ko'chasi 40