O’zbek-Koreya biznes-forumi to’g’risida 03.09.2019 16:20
O’zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining 2019 yil 28 avgustdagi 05-45-8604-sonli xati orqali joriy yilning 24-26 sentyabr kunlari Koreya davlatining “KOIMА” import qiluvchilar uyushmasi delegatsiyasining tashrifi rejalashtirilgan.
Shu munosabat bilan O’zbekiston Аsalarichilari uyushmasi barcha quyi tashkilotlar hamda asal eksport qiluvchi tadbirkorlarni mazkur biznes-forumda ishtirok etishga taklif etadi.
Ma'lumot uchun:+998(99)307-05-58 (Z.Karimov)
Manba: Axborot xizmati.