Адрес:
O'zbekiston, Toshkent, Navoiy ko'chasi 40
`$site.phones[0].num_title`
Asalari - hakim dastyori, dexqon - hamkori, hosil - madori !!!

O`zbekiston asalarichilari uyushmasi va FAO asalarichilik sohasiga ilg'or texnologiyalarni joriy etmoqda.

« Back

O`zbekiston asalarichilari uyushmasi va FAO asalarichilik sohasiga ilg'or texnologiyalarni joriy etmoqda. 07.12.2021 11:03

Asal bayrami doirasida O`zbekiston asalarichilari uyushmasi va FAO tomonidan ikkita innovatsion platforma namoyish etildi:

 

  1. "Asalarichilik Ensiklopediyasi"mobil ilovasi

 

  1. "Arizor.uz" axborot almashish tizimi

 

Shuningdek, soha vakillari uchun xalqaro ekspertlar ishtirokida seminar va treninglar o'tkazildi. Seminarlar nafaqat Toshkentda, balki Farg'ona va Samarqandda ham o'tkazildi. Seminarda asalarichilikda intensiv texnologiyalar, asalarichilik samaradorligini aks ettiruvchi buxgalteriya hisobi tizimini tashkil etish, asal eksport qilish tartibi va xorijiy mamlakatlarning asal sifatiga bo'lgan talablari, asalarilarni davolash va dori vositalarini qo'llash tartibi, jahon asalarichiligida yangi texnologiyalar kabi masalalar ko'rib chiqildi.

"FAO" asalarichilikni barqaror rivojlantirishni qo'llab-quvvatlash " loyihasi O'zbekistonda tarmoqni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan. Birinchi navbatda, asalarichilarni o'qitish va salohiyatini oshirish, ularning faoliyatiga ilg'or texnologiyalarni joriy etish uchun yangi imkoniyatlar ochilmoqda", - deydi FAO vakili o'rinbosari Sherzod Umarov.

Toshkentda o'tayotgan asal bayrami, agar ilgari asalarichilik havaskor kasb sifatida qabul qilingan bo'lsa, bugungi kunda unga qishloq xo'jaligining muhim tarmog'i sifatida katta e'tibor qaratilayotganini ko'rsatmoqda.

энциклопедия

Yuklab olish

Arizor.uz

Yuklab olish


Farg`onaga tashrif
Farg`onaga tashrif
Uyushma binosining ochilish marosimi
Uyushma binosining ochilish marosimi
Farg'onaga tashrif
Farg'onaga tashrif
Uyushma binosining ochilish marosimi
Uyushma binosining ochilish marosimi
Bizning hamkorlar
The Food and Agriculture Organization
The Food and Agriculture Organization
ALOQALIZING
ALOQALIZING
Savollar bormi?
Savollaringizga javob berishga tayyormiz. 
Fayl yuklash:
maksimal: 1
Manzili:
O'zbekiston, Toshkent, Navoiy ko'chasi 40