Адрес:
O'zbekiston, Toshkent, Navoiy ko'chasi 40
`$site.phones[0].num_title`
Asalari - hakim dastyori, dexqon - hamkori, hosil - madori !!!

2019 YIL 15 AVGUSTDAGI “O‘ZBEKISTONDA QISHLOQ XO‘JALIGI VA QAYTA ISHLASH SANOATINING HAMKORLIK HOLATI VA ISTIQBOLLARI TAHLILI, O‘ZARO MUNOSABATLARNING NORMATIV-HUQUQIY BAZASINI ISHLAB CHIQISH” MAVZUSIGA BAG‘ISHLANGAN ANJUMAN TO‘G‘RISIDA MA’LUMOT

« Back

2019 YIL 15 AVGUSTDAGI “O‘ZBEKISTONDA QISHLOQ XO‘JALIGI VA QAYTA ISHLASH SANOATINING HAMKORLIK HOLATI VA ISTIQBOLLARI TAHLILI, O‘ZARO MUNOSABATLARNING NORMATIV-HUQUQIY BAZASINI ISHLAB CHIQISH” MAVZUSIGA BAG‘ISHLANGAN ANJUMAN TO‘G‘RISIDA MA’LUMOT 16.08.2019 11:45

 

1

        O‘zbekiston Respublikasi “Adolat” sotsial demokratik partiyasi va O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jalik vazirligi hamda qishloq xo‘jalik va chorvachilik tarmoqlari vakillari ishtirokida 2019 yil 15 avgust kuni “O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi va qayta ishlash sanoatining hamkorlik holati va istiqbollari tahlili, o‘zaro munosabatlarning normativ-huquqiy bazasini ishlab chiqish” mavzusiga bag‘ishlangan anjuman bo‘lib o‘tdi.

2

Konferensiyada: O‘zbekiston Respublikasi “Adolat” sotsial demokratik partiyasi spikeri o‘rinbosari Raximov A.K., O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Xoliqov B.M., O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlis qonunchilik palatasi ishlab chiqarish, qurilish va savdo-sanoat sohalari bo‘yicha fraksiya “Adolat” sotsial demokratik partiyasi a’zosi Xoliyarov Y.B hamda Jahon banki, TIKA, KOICA, JAYKA va boshqa davlat idoralari, uyushmalar ishtirok etishdi.

3

Mavzu yuzasidan ma’ruzalar tinglandi. Ma’ruzlarda kelgusi 3 yilda yerlardan samarali foydalanish, intensiv bog‘ va tokzorlar barpo etish, sohaga resurs tejamkor zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda past rentabelli paxta va g‘alla maydonlari o‘rniga oziq-ovqat ekinlarini joylashtirish evaziga 2021 yilga borib 17,7 mln tonna meva sabzavotlar ishlab chiqariladi yoki 110 foizga o‘sishga erishiladi. 2019-2020 yillarda g‘alla va paxtadan past rentabelli maydonlarni qisqartirish hisobiga sabzavot maydonlari 32 ming gektarga, poliz maydonlari 4,6 ming gektarga, kartoshka 10,7 ming gektarga oshadi. Ushbu maydonlarda innovatsion resurs tejamkor texnologiyalarni joriy etish hisobiga 2021 yilda birgina sabzavot ishlab chiqarish hajmini 2018 yilga nisbatan 110 foizga yoki 10,7 mln tonnaga oshirish rejalashtirilgan.

4

Respublikada jami 269 ming gektar bog‘lar mavjud bo‘lib, shundan atigi 16 foizi yoki 44 ming gektari intensiv bog‘lardir. Mazkur qaror bilan 2019-2021 yillarda meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan 55 ta tumanda samarasiz bog‘lar o‘rniga 36 ming gektarda zamonaviy intensiv bog‘lar barpo etiladi. Buning uchun 3 trln. 674 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi.

5

Respublikamiz qishloq xo‘jaligida qonun ustivorligini ta’minlash, sohani yanada rivojlantirishga asos bo‘la olishi, fermer xo‘jaliklari bilan dexqonlar o‘rtasidagi qonuniy munosabatlarni yo‘lga qo‘yilishi qishloq xo‘jaligini rivojlanishiga asos bo‘la olishi xaqida fikrlar bildirildi.

6

Undan tashqari qishloq xo‘jaligidagi muammolar ularni yechimlari xaqida ham fikrlar bildirildi, jumladan urug‘chilik, qishloq xo‘jaligini barcha tarmoqlarida uyushmalar tashkil qilish va ularni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligiga chet el tajribalarini joriy qilishda har tomonlama xisob-kitob qilib samarali jixatlarni o‘rganib chiqib keyin joriy qilish va boshqalar.

Manba: Vazirlik matbuot xizmati


Farg`onaga tashrif
Farg`onaga tashrif
Uyushma binosining ochilish marosimi
Uyushma binosining ochilish marosimi
Farg'onaga tashrif
Farg'onaga tashrif
Uyushma binosining ochilish marosimi
Uyushma binosining ochilish marosimi
Bizning hamkorlar
The Food and Agriculture Organization
The Food and Agriculture Organization
ALOQALIZING
ALOQALIZING
Savollar bormi?
Savollaringizga javob berishga tayyormiz. 
Fayl yuklash:
maksimal: 1
Manzili:
O'zbekiston, Toshkent, Navoiy ko'chasi 40