2021-yil 10-dekabr kuni “Anhor Lokomotiv” bog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo‘mitasi, AT “Aloqabank” va O‘zbekiston asalarichilar uyushmasi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Asal bayrami” va asalarichilik mahsulotlari ko‘rgazma-yarmarkasining yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
“Asal bayrami” va asalarichilik mahsulotlari ko‘rgazma-yarmarkasida mamlakatimizning barcha viloyatlaridan asalarichilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar va sohaning yetakchi vakillari ishtirok etdi.
“Asal bayrami” va asalarichilik mahsulotlari ko‘rgazma-yarmarkasi doirasida quyidagi tadbirlar o‘tkazildi:
- barcha turdagi asal va asalarichilik mahsulotlari ko‘rgazmasi va savdosi;
- asalarichilikda foydalaniladigan veterinariya preparatlari, inventarlar va jihozlar ko‘rgazmasi;
- Asalarichilar o‘rtasida ilmiy-amaliy seminarlar va mahorat darslari;
- Qator xorijiy davlatlardan taklif etilgan mutaxassislar, olimlar va asalarichilarning ishtiroki.
–13 nominatsiya bo‘yicha tanlovlar o‘tkazildi.
Ishtirokchilar va ularning vakillari 2-9 dekabr kunlari asalarichilikning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy seminarlarda ishtirok etdilar. Seminarlar ma’ruza va mahorat darslari tarzida tashkil etildi.
Ilmiy-amaliy seminarlarda tadbirkorlar bilan birga Veterinariya va chorvachilik davlat Qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi Vazirligi va boshqa idora va tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
“Asal bayrami” va ko‘rgazma-yarmarka doirasidagi ko‘rik-tanlovlar ishtirokchilariga sovg‘alar hamda maxsus sertifikatlar topshirildi.