Адрес:
O'zbekiston, Toshkent, Navoiy ko'chasi 40
`$site.phones[0].num_title`
Asalari - hakim dastyori, dexqon - hamkori, hosil - madori !!!
Hurmatli asalarichilar va saytimiz mehmonlari, Siz saytimizdan "Asalarichilik ensiklopediyasi" va "Arizor.uz" axborot almashish tizimi mobil ilovalarini yuklab olishingiz mumkin

ASALARICHILIK MAHSULOTLARI

асалари махсулотлари

Asal

Asal – asalari mahsuloti bo‘lib, eng foydali ne’matlardan biridir. Asalning tarkibida odam organizmida tez hazm bo‘ladigan 80 % meva va uzum qandi bo‘ladi. Bu qandlardan tashqari oz miqdorda oqsil, temir, fos­for va boshqa moddalar bor. Bu moddalar suyaklarning o‘sishi va qonning normal yurib turishi uchun zarurdir. Asal organizmni mustahkamlaydi. Ayniqsa yosh bolalar uchun foydali. Asalning tarkibida juda oz miqdorda kislotalar, buyoq mineral hamda asalga maxsus xid beradigan xushbo‘y moddalar bo‘ladi.

Asal och, suvdek tiniq rangdan qoramtir ranggacha bo‘ladi. Uning mazasi va xushbo‘y hidi nozik mayin, ju­da yoqimli hamda o‘tkir yoqimsiz bo‘ladi.

Asalda qamish shakari qancha ko‘p bo‘lib, qiyom moddalari oz bo‘lsa, u tezroq kristallanadi. Agar qamish shakari kam lekin qiyom moddalari ko‘p bo‘lsa, asal uzoq vaqtda kristallanadi. Asalning quyuq holga keltirish uchun suyuq asalga kristallanib qolgan asaldan qo‘shiladi. Suyuq asalning 1 kg ga kristallangan asaldan 1 g qo‘shilsa asal 3-4 sutkada quyuqlashadi. Quyuqlashgan asalni suyultirish mumkin. Buning uchun asal qo‘shdevorli idishda qizdiriladi. Asal kuyib qolmasligi uchun, idishning devorlari o‘rtasiga suv quyiladi. Asalni suyultirishda 65 darajagacha qizdirish kerak chunki 65 darajadan yuqori qizdirilganida asalning tarkibidagi moddalar parchalanib ketadi va sifati buziladi.

Asalning sifatini saqlash uchun uni og‘zi berkitilgan idishga solib, qishda salqin, o‘ta sovuq bo‘lmagan quruq xonada saqlash lozim. Xonaning harorati besh darajadan past bo‘lmasligi lozim. Agar xonada namlik bo‘lsa, asal namni o‘ziga tortib, achib qoladi. Asal achiy boshlasa uni suyultirish kerak.

Asalni saqlash uchun har xil idishlar: bochkalar, flyagalar va xokazolar ishlatiladi. Ular alyumindan, plastmassadan yoki yog‘ochdan tayyorlangan bo‘lishi lozim. Eng yaxshi asal saqlovchi idish – quruq yog‘ochdan ishlangan idish hisoblanadi. Asal mumkatakdan ajratilmay, ramkasi bilan ham saqlanadi. Biroq mumli asal iste’mol qilinganida anchagina mum behuda ketkaziladi. Ramkali asal qish yoki bahorda oziqasi qolmagan asalari oilalariga berish uchun saqlanadi.

Asalning yetilganligini bilish uchun mumkatakli ramkalarni ko‘tarib olib ko‘rish kerak. Asalli ramkalar yarningacha mumqopqoq bilan koplangan bo‘lsa yoki gorizontal holatda ramka aylantirilganida asal tomchilamasa u yetilgan hisoblanadi. Ochiq qurtchalari bor ramkalarning asalini ajratish uchun olib bo‘lmaydi.

Asal – tog‘, o‘rmon, dala asallariga ajratiladi. Bu asallar har xil o‘simliklardan, yilning har xil davrlarida olinganligi uchun uning kimyoviy tarkibi ham turlicha. Asalning tarkibida 16- 20 % suv bo‘ladi. Asal bir xil o‘simliklardan olingan bo‘lsa «monoflerniy» un­ga shu o‘simlikning nomi beriladi. Agar asal har xil – «polifler» o‘simliklaridan olingan bo‘lsa – gul asa­li deyiladi. Asal ramkalardan asalajratgich yordamida olingan vaqtda suyuq bo‘ladi. U idishlarga qo‘yilgandan so‘ng, birmuncha vaqt o‘tgach qotib qoladi.

Asalning suyuq holatidan qattiq holatga aylanishi – cho‘kib, shakarlanib yoki kristallanib qolish deb ataladi.

Kristallanish ba’zi asallarda tezroq ba’zilarda esa sekinroq bo‘ladi. Qiyom esa kristallanmaydi.

Pad asal

Pad asal – bu o‘simlik shirasiga xech aloqasi bo‘lmagan, asosari hasharotlar mahsulotidir. Daraxtdagi bitlar va qurtchalar o‘z tanasidan juda ko‘p miqdorda shi­rin suyuqlik ajratadi. Ba’zi o‘simliklarning tanalari zaharlanganda chiqib turadigan shira hamda buzilgan meva shirasini ham asalarilar to‘playdi. Pad qiyom shirasini asalarilar ko‘proq kuzda, tabiatda gulshirasi kam bo‘lganida to‘playdi. Pad asalini qishlovga asalarilar uchun qoldirish yaramaydi, chunki qishlov vaqtida asala­rilarning ichini o‘tkazib yuboradi.

Yosh tajribasiz asalarichining pad asalini aniqlashi qiyin bo‘lishi mumkin, malakali asalarichi buni juda osonlik bilan farq qila oladi. Shuning uchun bunday tajribasiz asalarichiga pad asalini aniqlashda ohakli va spirtli reaksiya usuli yordam beradi.

Ohakli reaksiya uchun idish olib unga 1 qism asal va 1 qism suv solib aralashtiriladi, ustiga 2 qism ohakli suv qo‘yib qaynatiladi. Pad asali qo‘ng‘ir parchalar hosil qiladi.

Spirtli reaksiyada 1 qism asalni 1 qism suvda aralashtirib ustiga 10 qism sharob spirti qo‘yiladi. Suv loyqalanadi, bu pad asali borligidan darak beradi.

Gulchangi yig‘ish

Asalarilar tanasining eng muhim tarkibiy qismlari asosari oqsil va oqsil moddalaridan iborat. Asalarilarga oqsil moddali ovqat berilmasa, ularning vazni kamayadi, urchish qobiliyati yuqoladi, ari tobora nimjonlashadi va nobud bo‘ladi. Mana shuning uchun, oqsil moddalar asalari ovqatining eng zarur qismlaridan biri hisoblanadi. Asalari oilasi normal rivojlanishi uchun yetarli miqdorda gulchangni olib kelishi kerak. Ular oqsil moddani gulchangi­dan oladi. Oqsil moddasi yetarli bo‘lmasa, asalarilar tarbiyalayotgan avlodi ham kamayib ketadi. Asalarilar gulchang bilan asaldan ishchi va erkak asalarilarning uch kunlik qurtchalarini boqish uchun oziqa tayyorlaydi. Asalari gullardan shira yig‘ish vaqtida gulchangi uning tanasiga yopishib qoladi. Bu gulchangni asalari­lar oyoqlari bilan supurib, uni shira bilan xo‘llab, so‘nga orqa oyoqchalardagi savatchalariga bir xil vaznda joylashtiradi.

Arixonaga keltirilgan gulchangni asalarilar mumkatakchalarga joylab, ustiga asal bostiradi. Ustiga asal bostirilgan perga aynimaydi. Asalari oilasi rivojlanishi uchun, bir mavsumda 25 kg atrofida gulchang iste’mol qiladi. Katakchalariga joylashtirilgan gulchang perga deb ataladi. Serchang gulli o‘simliklarni topib kelgan asalarilar ham raqs tushib bu haqida oilaga habar beradilar.

Propolis

Propolis – yelimga o‘xshash yopipqoq moddadan iborat. Propolisning kelib chiqishi ilgan aniq o‘rganilmagan. Bu masalada ikki xil fikr yuritilgan. Birinchisi, asalari gulchang bilan ovqatlanganida chang po‘stlogida bo‘ladigan malhamga o‘xshash moddani qusadi va u modda mum bilan aralashib propolisni hosil qiladi. Ik­kinchi fikr – asalarilar yopishqoq yelimni daraxt tanasidan, kurtaklaridan oladi. Bu yelimga mum, gulchangi qo‘shib propolis yaratadi. Asalarining propolis ajrata­digan so‘lagi yo‘qligi aniqlanganligi uchun, asalarilar propolisni daraxtlar tanasidan, kurtaklaridan olish fikri to‘g‘ri deb hisoblanadi.

Propolisni, asalarilar kuz faslida sovuq tushishi arafasida, arixonaning hamma yoriqchalarini suvash uchun ishlatadi. Arixona eshikchalarini, bir necha tor yo‘l qoldirib, boshqa qismini propolis bilan berkitib qo‘yadi. Shuningdeq asalarilar propolisni katakchalarni yaltiratish uchun ham ishlatadi. Zararkunandalar: masalan, sichqon arixonaga kirib o‘lib qolsada asalarilar uni propolis bilan suvab qo‘yadi. Propolis bilan suvalgan sichqon o‘ligi aynimaydi. Bahor kelishi bilan asal­arichi arixonaning ramkalari ustidagi, eshikchalardagi propolisni sotish uchun yig‘ib oladi. Eng toza propolis arixona eshikchalarini ichki tomonidan olinadi. Ramka­lar ustidagi propolis yig‘ilganida mum bilan aralashib qoladi. Propolis mumdan tozalash uchun suvga solinganida, mum suv betiga qalqib chiqadi. Propolisning rangi och sariqdan to‘q qo‘g‘ir tusgacha bo‘ladi. Propolis tarkibi har xil bo‘lib u asalarilar yashayotgan joyda o‘sadigan o‘simliklarga bog‘liq. Propolis 50-55 % propolis smolasi va balzamlardan, 8-10 % xushbo‘y efir moyidan, 30 % gacha propolislangan mumdan va 5 % gulchangidan tashkil topgan. U tibbiyotda, kosmetikada ishlatiladi.

Ona suti

Ona suti – ishchi asalarilarining so‘lak bezlaridan ishlanib chiqadi.

Ona suti juda to‘yimli va tez xazm bo‘ladi. Ona asal­ari tuxum qo‘yib yo‘rganida, ishchi arilar ona arini yonida yurib hartuinchalari yor­damida uni oziqdantiradi.

Qurtchalarining hamma turlari (ona ari, erkak va ishchi arilar) tuxumdan chiqqandan keyin faqat 3 kun ona suti bilan, ishchi va erkak ari qurtchalari uchinchi kundan boshlab gulchang va asal aralashmasi bilan boqiladi. Urug‘langan tuxum doimo ona suti bilan boqilganligi uchun undan ona ari yyetilib chiqadi.

Ona suti tibbiyot va kosmetikada keng ishlatiladi. Ona sutini yig‘ish ancha noqulayliklar yaratadi. Uni yig‘ish uchun normal oilaning ona arisini olib yetimlatish kerak. Yetim oila onadonlar ko‘rishga kirishadi. Onadondagi qurtchani boqish uchun qo‘yilgan sutni kichkina oyna qoshiqcha bilan olib qoraytirilgan oynali idishga solinadi.

Mum

Mum mahsulotining 80 foizi sun’iy mumparda tayyorlash uchun ishlatiladi. Qolgan taxminari 20 % ini xalq ho‘jaligida ishlatiladi. Olinish usuliga qarab mum: arizor mumi, presslangan mum, ekstraksion va oqartirilgan xillarga bo‘linadi. Eng oliy nav – arizor mumi hisoblanadi.

Eritilmagan xom mum quyidagi navlarga bo‘linadi:

1-nav – oq sariq rangli bo‘lib, perga, asal va boshqa chet narsalar aralashmagan, kuya tushmagan va mog‘orlanmagan quruq bo‘ladi. Yorug‘likka tutib qaraganda, katakchalar­ning tublari k’'rinib turadi. Bunday xom mum tarkibi­da 70 % atrofida sof mum bo‘ladi;

2-nav – xom mum to‘q jigarrang yoki qoramtir tusda bo‘lib, gulchangi, asal va boshqa chet narsalar aralashma­gan bo‘ladi. Yorug‘likda katakchalarning tubi ko‘rinib tu­radi. Tarkibida 55-65 % atrofida sof mum bo‘ladi;

3-navga      – qora tusdagi yorug‘likka tutib qaraganda, katakchalarning tubi ko‘rinmagan, quruq asalsiz, mum kapalagi tushmagan mog‘orlanmagan xom mum kiradi. Tarkibi­da 40-55 % atrofida sof mum bo‘ladi. 3-nav talablariga to‘g‘ri kelmaydigan eritilmagan xom mum arizorda eritilmay, merva qatoriga qo‘shilgani yaxshi. Xom mumni suvda eritib, presslab mumi olingandan keyin qolgan chiqindilar merva deb ataladi. Suvsiz eritilsa «vitop­ka» deyiladi. Xom mumlarni eritish uchun har bir ari­zorda quyoshda, suvda va bug‘da eritadigan asboblar bo‘lishi kerak. Birinchi navli xom mumni quyosh eritgich asbobida eritish kerak.

Arizorda bu usulda olingan mum birinchi navli mum hisoblanadi.

1-navli       mumni rangi ok va och sariq bo‘lib, xech qanday begona aralashmalar bo‘lmaydi. Bu mumni sindirib ko‘rganda, hamma qismi bir xil rangda bo‘ladi;

2-navli xom mumni va quyoshda eritilgan mumni chiqindisini bug‘li eritkichda eritish kerak. Bu usul­da eritilgan mum to‘q sariq yoki och qo‘ng‘ir rangda bo‘lib, sindirilganida tagi tukroq bo‘lib, cho‘kma borligi bilinib turadi;

3-navli xom mumlarni va bug‘li eritkichda qolgan chiqindilarni presslash yo‘li bilan qayta ishlaganda ko‘proq mum ajratish mumkin. Buning uchun xom mum­ni xaltaga solib suvda qaynatiladi, so‘nga bir-biriga oshiq-moshiq bilan ulangan ikkita taxta orasiga olib qisiladi. Xaltacha yorilib ketmasligi uchun birdaniga katta kuch bilan qismaslik kerak. Pressni asta-sekin ezib borilsa xom-ashyodagi mumning hammasi chiqib suv bilan birga ostidagi idishga tushadi.

Eng oson va qulay usul – bu mumni elakdan o‘tkazish. Yaxshi qaynatilgan xom mumni suv bilan birga tur orqali tindirgichga – «ostidagi idishga» o‘tkaziladi. To‘r chiqindilarni ushlab qoladi. Bir sutka ichida tindirgichdagi mum qotgan holatga kelib, suvdan ajraydi. Mumning sifatini yaxshilash uchun yomg‘ir suvi ishlatila­di. Temir idishlaridan foydalanmaslik kerak.

Mumning rangi qancha oq bo‘lsa, sifati shuncha yaxshi bo‘ladi.

Tabiiy (natural) ari mumi 65° darajada eriydi. Isitish davomida 100° darajaga ko‘tarilsa, eritilayotgan mum to‘lqinlanadi, lekin qaynamaydi. Bu mumdagi suvning chiqish holati. Mumning namligi qancha oz bo‘lsa, sifati shuncha yaxshi bo‘ladi.

Xom mum tarkibida: mum, ari pillasi, gulchangi, asal qoldiqlari, ari qurtchalarining axlati – mervani tashkil qiladi. «Vitopka» dan mum mervaga qaraganda ko‘proq chiqadi. Xom mum, «Vitopka» va mervalar uzoq saqlanganda ulardagi sof mumning ancha qismi nobud bo‘ladi. Bu mahsulotni asosari mum kuyasi buzadi. Shuning uchun xom mumlarni tezroq eritib, mumini olish kerak chiqindisini biolaboratoriyaga topshirish mum­kin.

 

ASAL, bol — ishchi asalarilar o‘simliklar gulidagi shira (nektar)ni organizmida qayta ishlash yo‘li b-n hosil qiladigan shirin suyuqlik. Asalarilar asalni uya kataklariga o‘zlari uchun oziq qilib g‘amlaydi. Asal o‘z tarkibiga ko‘ra nektardan farq qiladi. Asalda 80% dan ko‘proq uglevodlar (glyukoza, fruktoza), 0,4% kul, 13-20% suv bo‘ladi. Asalda inson uchun foydali moddalarning 70 dan ortiq turi bor. Shuningdek, asalda mineral moddalar: kalsiy, natriy, kaliy va b.; mikroelementlar, organik kislotalardan olma, limon kislotalari, vitaminlar (V2, V6, RR, S, E, K) borligi aniqlangan. Tabiatdan olinish manbaiga ko‘ra gul (nektar) asal va shira (o‘simlik barglari va poyalaridan ajraladigan shira) asalga bo‘linadi. Guldan olingan asal ham o‘simlik turiga qarab beda, yantoq, kungaboqar, g‘o‘za va b.ga ajraladi. Asal o‘zining ta’mi, hidi, rangi jihatidan, shuningdek qaysi faslda qanday o‘simlik gulidan yig‘ilganligiga va joyi (tog‘, o‘rmon, vodiy)ga qarab ham farqlanadi. Eng yaxshi asal – tog‘ asali, chunki u turli dorivor gullardan yig‘iladi. Oq akatsiya, beda, olma, shaftoli va b. O‘simliklar gulidan to‘plangan asal ham sifatli, oftob kam tushadigan o‘rmon gullari va etishgarishda turli zaharli dorilar sepiladigan texnika o‘simliklari, mas, fa, kanopdan olingan asal ancha sifatsiz hisoblanadi. Asal mumkataklardan maxsus asalajratkich moslamalar b-n ajratib olinadi. Asal Qimmatli oziq-ovqat mahsuloti, uning 1 kg da o‘rtacha 3200 kaloriya energiya bor. Asaldan tibbiyotda qadimdan doridarmon sifatida foydalanilgan. Hozir farmatsevtika sanoatida turli doridarmonlar ishlab chiqariladi. Asalning o‘zi turli kasalliklarga parhez va davo vositasi tarzida beriladi. 20-asrning 60- yillaridan boshlab tibbiyotda asal b-n davolash usullari - apiterapiya shakllandi. Asal oziq-ovqat sanoatida ham ishlatiladi.

ASAL SIRKASI — asal idishlari yuvindisidan tayyorlanadigan sirka. Asal sirkasi lazzatli, undan asalning xushbo‘y hidi keladi. Asal sirkasini tayyorlash: 10 litr yuvindi sharbatga achitqi va qattiq non burdalari solinadi, aralashtirib, iliq joyga qo‘yiladi. Bijg‘ish tugagach, tindirib shisha idishlarga quyiladi. Shuningdek, asal sharbatiga vino va qora non burdalarini qo‘shib (1:1) ham sirka tayyorlash mumkin. Asal sirkasi oziq-ovqat sifatida oddiy sirka qatorida ishlatiladi.

ASALARI ELIMI, propolis – yumshoq, yopishqoq, xushbo‘y, nordon, sarg‘ish-yashil yoki jigarrang modda; smola, mum, efir moyi va gul changidan tashkil topgan. Tarkibida vitaminlar, aromatik kislotalar, flavo-noidlar, kumarinlar, polisaxaridlar va b. moddalar bor. Asalari yelimi mikroblarni o‘ldirish xususiyatiga ega bo‘lgani uchun teri kasalliklarida surtiladigan malhamlarga qo‘shiladi.

ASALARI ZAHARI, apitoksin (lot. apis — asalari, yun. toxikon — za-har) — ishchi asalarilar tanasidagi ipsimon bezlari ajratadigan o‘tkir hidli achchiq, och sariq, shaffof suyuqlik. A.z. tarkibida biol. faol moddalar, fermentlar, erkin aminokislotalar, chumoli, xlorid, ortofosfat kislotalari, gistamin, xolin, triptofan, oltingugurt, magniy fosfat va b. moddalar bor. A.z. tarkibidagi ta’sir qiluvchi moddalar gistamin glikozidi, lipidlar, hayvonot saponinlariga yaqin turadigan moddalardan iborat. Zichligi 1,313. Suvdatez, chumoli kislotada va 60°li spirtda sekin eriydi. Asalari chaqqanda 0,2—0,3 mg zahar ajratadi. Asalari chaqqan joyda qattiq og‘riq va shish paydo bo‘ladi. Asalari chaqqan joyga darhol validol eritmasi yoki sarimsoq kesib surtilsa, og‘riq qoladi, shish paydo bo‘lmaydi. A.z.dan tibbiyotda radikulit va bod kasalliklarini davolashda foydalaniladi. Bunda organizm bevosita asalarilarga chaktiriladi yoki tarkibida A.z. bo‘lgan dorilar qo‘llaniladi. Bu preparatlardan bronxial astma, gipertoniya kasalliklarini davolashda ham foydalanish mumkin. Bod va radikulitni davolashda tarkibida A.z. bo‘lgan virapin (1 g virapinda 0,15 mg A.z. bo‘ladi) surtma holida qo‘llaniladi. Tarkibida A.z. bor dorilardan qon tomirlarini kengaytirish va moddalar almashinuvini yaxshilashda foydalaniladi.

ASALARI MUMI — ishchi asalarilar mum bezlarida ishlab chiqaradigan yog‘simon suyuqlik. As.m. mum oynachalarida joylashgan mayda teshikchalar orqali tashqariga chiqib, havo ta’sirida qotadi va och sariq plastinka ko‘rinishga keladi. Mumni faqat yosh arilar (10 — 20 kungacha bo‘lgan yoshdagi) ishlab chiqaradi. Mavsum davomida bitta oila 0,8 — 2 kg gacha mum i.ch.i mumkin. Mum tarkibida 300 dan oshiq elementlar bo‘lgan murakkab aralashma bo‘lib, ular murakkab efirlar aralashmasi (75% gacha), yog‘ kislotalari, uglevodorodlar va b.dan iborat. Mum vitaminga boy (asalari uyasidan olingan 100 g mumda 4096 ME A vitamini bor). Solishtirma massasi 0,956 — 0,969. 62 — 72° da eriydi. Suvda erimaydi, efir, xloroform, benzol, benzin, skipidar moyida oson eriydi. Mumdan yangi asalari oilalari uchun mumparda tayyorlanadi, asosan, kosmetikada, oziq-ovqat sanoatida, tibbiyotda va texnikada ishlatiladi.

 

Manba:  mirishkor.uz

Asal Bayrami 2023
Asal Bayrami 2023
Asal Bayrami 2023
Asal Bayrami 2023
Asal Bayrami 2023
Asal Bayrami 2023
Asal Bayrami 2023
Asal Bayrami 2023
Asal Festivali Namangan
Asal Festivali Namangan
Uyushma binosining ochilish marosimi
Uyushma binosining ochilish marosimi
Uyushma binosining ochilish marosimi
Uyushma binosining ochilish marosimi
Farg'onaga tashrif
Farg'onaga tashrif
Asal Bayrami 2023
Asal Bayrami 2023
Bizning hamkorlar
The Food and Agriculture Organization
The Food and Agriculture Organization
ALOQALIZING
ALOQALIZING
Savollar bormi?
Savollaringizga javob berishga tayyormiz. 
Fayl yuklash:
maksimal: 1
Manzili:
O'zbekiston, Toshkent, Navoiy ko'chasi 40