1. Asalari yong'in paytida o'zini o'zi saqlashga kirishadi va ko'proq asal yig'ishga urinadi. Shu sababli asalarichilikda tutundan foydalanish ziyon qilmaydi.
2. Odam bir qoshiq asal olishi uchun 200 ta asalari bir kun dam olmasdan ishlashi zarur bo'ladi.
3. Yangi oziq manbai borligidan boshqa asalarilarni ogoh etish uchun asalarilar aylana hosil qilgan holda ini ro'parasida o'ziga xos raqs ijro eta boshlaydi.
4. Asalari soatiga 24 km tezlikda uchadi.
5. Kunduzning o'zida bir asalari oilasi 10 kilogrammgacha asal yig'a oladi.
6. Asalari oziq qidirish jarayonida kun bo'yi 12 gektarga yaqin maydonni uchib o'tadi.
7. Bir oila 50 mingta asalaridan iborat bo'ladi.
8. Bir asalari oilasining taxminan 30 foiz qismi gullarni changlash bilan shug'ullanadi.
9. Asalarining vazni 0, 1 grammga teng.
10. Asalari gulning hidini bir kilometr uzoqlikdan sezadi.
11. Bir kilogramm asal yig'ish uchun asalari 10 millionta gulni changlashi talab etiladi. Bir asalari esa bir kunda yetti mingtadan ziyod gulni changlashga ulguradi.
12. Qadimiy Misrda bundan besh ming yil oldin ham odamlar asalari boqqan.
13. Asalari bir soniyada 440 marta qanot qoqadi.
14. Asalari oilasiga bir kunda ikki stakan suv zarur bo'ladi.
15. Seylonda yashovchi odamlar asalarini taom o'rnida yeydi.
16. Asal kosmonavtlar va g'avvoslarning iste'mol qilishi shart hisoblangan taomlaridan biri hisoblanadi.
17. Asalarini tinchlantirishda kir sovunning ahamiyati katta ekan. Kir sovundan taraluvchi hid asalarilarni xotirjam torttirarkan.
18. Asalari qarindoshini uning hididan taniydi.
19. Asalarining beshta ko'zi bor.
20. Odam yuzta asalari baravar chaqsa, albatta o'lim topadi.