O’zbekiston asalarichilari uyushmasi 2019 yil 4 sentyabr kuni hududiy asalarichilar uyushmalari raislari ishtirokida Kanadaning Monreal shahrida joriy yil 8-12 sentyabr kunlari bo’lib o’tadigan “Аpimondia-2019” seminarida ishtirok etishda yuzaga kelgan muammolar va ularni bartaraf etish to’g’risida yig’ilish bo’lib o’tdi.
Yig’ilishda Buxoro, Navoiy, Surxondaryo, Qashqadaryo, Jizzax hamda Toshkent shahri asalarichilar uyushmalari raislari, “Аloqabank” vakili va O’zbekiston asalarichilar uyushmasi boshqaruv organi xodimlari ishtirok etishdi.
Yig’ilishni Uyushma raisi Sh.Suyarkulov olib bordi. Yig’ilish ishtirokchilarining muammo va takliflari atroflicha ko’rib chiqildi.
Unda quyidagi masalalarga alohida to’xtalib o’tildi:
-Qishloq xo’jalik ekinlarida foydalanilayotgan pestitsidlar ta'sirida asalari oilalari juda ko’p zaxarlanish xolatlari barcha viloyatlarda mavjudligi;
-Аsalarichilar tomonidan yetishtirilayotgan asal mahsulotlarini eksporti bo’yicha muammolar;
-2019 yil 8-12-sentyabr kunlari bo’lib o’tadigan “Аpimondia-2019”da ishtirok etuvchilar yuzaga kelgan muammolar;
-Hududiy asalarichilar uyushmalari faoliyatini rivojlantirish;
-Аsal va asalarichilik mahsulotlarini sifatini tekshirish bo’yicha markazlashgan laboratoriya tashkil qilish;
-Qishloq xo’jalik ekinlarini asalarilar bilan changlatish agrotexnikasini joriy qilish bo’yicha takliflar;
Yuqorida keltirilgan taklif va muammolar yuzasidan yig’ilish bayonnomasi rasmiylashtirilib tegishli tartibda ishlar olib borish kelishib olindi.
Manba: Axborot xizmati.