Asal bayrami doirasida O`zbekiston asalarichilari uyushmasi va FAO tomonidan ikkita innovatsion platforma namoyish etildi:
- "Asalarichilik Ensiklopediyasi"mobil ilovasi
- "Arizor.uz" axborot almashish tizimi
Shuningdek, soha vakillari uchun xalqaro ekspertlar ishtirokida seminar va treninglar o'tkazildi. Seminarlar nafaqat Toshkentda, balki Farg'ona va Samarqandda ham o'tkazildi. Seminarda asalarichilikda intensiv texnologiyalar, asalarichilik samaradorligini aks ettiruvchi buxgalteriya hisobi tizimini tashkil etish, asal eksport qilish tartibi va xorijiy mamlakatlarning asal sifatiga bo'lgan talablari, asalarilarni davolash va dori vositalarini qo'llash tartibi, jahon asalarichiligida yangi texnologiyalar kabi masalalar ko'rib chiqildi.
"FAO" asalarichilikni barqaror rivojlantirishni qo'llab-quvvatlash " loyihasi O'zbekistonda tarmoqni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan. Birinchi navbatda, asalarichilarni o'qitish va salohiyatini oshirish, ularning faoliyatiga ilg'or texnologiyalarni joriy etish uchun yangi imkoniyatlar ochilmoqda", - deydi FAO vakili o'rinbosari Sherzod Umarov.
Toshkentda o'tayotgan asal bayrami, agar ilgari asalarichilik havaskor kasb sifatida qabul qilingan bo'lsa, bugungi kunda unga qishloq xo'jaligining muhim tarmog'i sifatida katta e'tibor qaratilayotganini ko'rsatmoqda.