2019 yil 25 sentyabr kuni Toshkent shahar xalqaro biznes markazida O'zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda eksportni rag'batlantirish agentligi tomonidan tashkil etiladigan O'zbekiston-Koreya biznes-forumi bo'lib o'tadi.
Koreya importchilari uyushmasi "Koima" boshqaruv raisi Kvang-XI Xong boshchiligidagi delegatsiyasi va Koreyaga o'zbek mahsulotlarini eksport qilishdan manfaatdor Janubiy Koreyaning yetakchi kompaniyalari jamlashdan ko'zlangan maqsad mahalliy mahsulotlarni Koreya bozoriga eksport qilishni kengaytirish masalalarini muhokama qilish.
Biznes-forum davomida Koreyaga eksport qilish qoidalari va taomillari hamda "Koima" elektron ma'lumotlar bazasining imkoniyatlari to'g'risida taqdimot shuningdek, "B2B" muzokaralari o'tkaziladi.
Biznes-forumda ishtirok etishni istaganlar, +998 71 2321268, +998 93 5931111 telefonlar orqali oldindan ro'yxatdan o'tishingizni so'raymiz.
Manba: http://t.me/epauzb