Hukumat qarori bilan Sharofiddin Baxriddinov “O‘zbekiston asalarichilari” uyushmasining raisi etib tasdiqlandi.
Ma’lumot uchun, “O‘zbekiston asalarichilari” uyushmasi nodavlat notijorat jamoat tashkiloti bo‘lib, asalarichilik sohasiga taalluqli va asalarichilik sohasi bilan shug‘ullanuvchi subyektlarni ixtiyoriylik asosida birlashtiradi hamda uyushma a’zolarining xohishi, o‘z-o‘zini boshqarish, qonunchilik va oshkoralik asosida tuzilib, ish olib boradi.
“O‘zbekiston asalarichilari” uyushmasi O‘zbekiston Prezidentining 2017-yil 16-oktabrda “Respublikamizda asalarichilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3327 sonli qaroriga asosan asalarichilik tarmog‘ini boshqarish, tizimini tubdan takomillashtirish, tarmoqda naslchilik ishlarini ilmiy asosda tashkil etish, asalarichilik xo‘jaliklari faoliyati samaradorligini oshirish, asal mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi va turlarini yanada ko‘paytirish, asalni qayta ishlash bo‘yicha zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, sohaning eksport salohiyatini oshirish, shuningdek, asalarichilik sohasidagi ilg‘or tajribalarni respublikaning barcha hududlarida tatbiq etish maqsadida tashkil etilgan.